Karvonsaroy
Saylovlar

Soxtalashtirish ayblovlari ortidan saylov natijalari bekor qilingan Qirgʻizistonda zoʻravonlik kuchaymoqda

Karvonsaroy va AFP

5-oktabr kuni Bishkekda boʻlib oʻtgan parlament saylovi natijalariga norozilik bildirayotgan gʻazabnok qirgʻizistonliklar. [Vyacheslav Oseledko/AFP]

5-oktabr kuni Bishkekda boʻlib oʻtgan parlament saylovi natijalariga norozilik bildirayotgan gʻazabnok qirgʻizistonliklar. [Vyacheslav Oseledko/AFP]

BISHKEK – Seshanba (6-oktabr) kuni Qirgʻiziston markaziy saylov komissiyasi (MSK) Markaziy Osiyo mamlakatida 2005-yildan beri uchinchi marta zoʻravonlik va siyosiy tartibsizliklar keltirib chiqargan bahsli parlament saylovi natijalarini bekor qildi.

MSK “saylov natijalarini haqiqiy emas deb topgani” haqida bayonot bergan. Saylovda ovozlarni ommaviy tarzda sotib olishda ayblangan rossiyaparast prezident Sooronbay Jeyenbekovga yaqin partiyalar gʻalaba qozongan edi.

Saylov natijalari Bishkekda qisqa vaqt ichida norozilik va toʻqnashuvlar keltirib chiqardi, namoyishchilar hukumat binolarini egallab olib, qamoqdagi siyosat arboblari, jumladan sobiq prezident Almazbek Atamboyevni ozod qilganlar.

Toʻqnashuvlar natijasida oʻnlab odam jarohat olgan, 100 dan ortiq kishi tibbiy yordam soʻrab shifoxonalarga murojaat qilgan.

5-oktabr kungi saylov natijalari Bishkekda tungi namoyishlar va shiddatli toʻqnashuvlarni keltirib chiqardi, namoyishchilar hukumat binolarini egallab olishdi va qamoqdagi taniqli siyosatchilar, jumladan sobiq prezident Almazbek Atamboyevni ozod qilishdi. [Vyacheslav Oseledko/AFP]

5-oktabr kungi saylov natijalari Bishkekda tungi namoyishlar va shiddatli toʻqnashuvlarni keltirib chiqardi, namoyishchilar hukumat binolarini egallab olishdi va qamoqdagi taniqli siyosatchilar, jumladan sobiq prezident Almazbek Atamboyevni ozod qilishdi. [Vyacheslav Oseledko/AFP]

5-oktabr kuni Bishkekda boʻlib oʻtgan parlament saylovi natijalariga qarshi norozilik namoyishchilarini tarqatishga urinayotgan maxsus qoʻshinlar. [Vyacheslav Oseledko/AFP]

5-oktabr kuni Bishkekda boʻlib oʻtgan parlament saylovi natijalariga qarshi norozilik namoyishchilarini tarqatishga urinayotgan maxsus qoʻshinlar. [Vyacheslav Oseledko/AFP]

Seshanba kuni sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot kotibi jarohat olgan erkaklardan biri vafot etganini aytdi. Vazirlik qurbonning shaxsini hali aniqlamagan, dedi u AFP bilan telefondagi suhbatida.

Muxolifatdagi siyosatchilar, jumladan sobiq bosh vazir va bir nechta partiya rahbarlari barqarorlikni tiklash va “qonun ustuvorligini taʼminlash” uchun “muvofiqlashtiruvchi kengash” tuzilganini maʼlum qilganlar.

Kengash saylov jarayonida raqobatdosh partiyalar uchun teng shart-sharoitlarni taʼminlamagani uchun Jeyenbekovni tanqid qilib bayonot chiqargan.

Jeyenbekovning idorasi mamlakatdagi vaziyat nazorat ostida ekanligini taʼkidlagan, prezidentning oʻzi esa “ayrim siyosiy kuchlarni” hokimiyatni noqonuniy tarzda egallab olishga urinishda ayblagan.

Jeyenbekovning ashaddiy raqibi boʻlgan Atambayev bilan birga, ikki sobiq bosh vazir va ikki sobiq deputat qamoqdan ozod qilingan, deya xabar beradi OAV.

Saylov natijalari bekor qilindi

Bir qator islohotchi va milliyatchi partiyalar saylov natijalari soxtalashtirilganini iddao qilishgan, dushanba (5-oktabr) kuni kechqurun esa muxolifat tarafdorlari qayta saylovlar oʻtkazish talabi bilan Bishkek koʻchalariga chiqqanlar.

Namoyishchilar karvonining parlament va prezident maʼmuriyati joylashgan Oq uyga yurishi ortidan Bishkekdagi noroziliklar zoʻravonlikka aylanib ketgan.

Politsiya namoyishchilarni tarqatish uchun suv purkagichlar, yorugʻlik-shovqinli garanatalar va koʻzni yoshlatuvchi gaz qoʻllagan.

Keyinroq namoyishchilar qaytib kelib, binoni qurshab olgan va sobiq prezident Atambayev hibsda saqlanayotgan Davlat milliy xavfsizlik qoʻmitasi (GKNB) binosiga kirib borgan.

Ijtimoiy tarmoqlarga joylangan vidolavhada ozod qilingan Atambayevning oʻz tarafdorlarini olqishlayotganini koʻrish mumkin. U mafiya boshligʻini qamoqdan noqonuniy ozod qilishda ayblanib, 11 yillik qamoq jazosini oʻtayotgan edi.

Rossiya va Xitoy kuzatmoqda

2005 va 2010-yilgi inqiloblarni eslatuvchi bu inqirozni Qirgʻizistonda oʻz harbiy bazasiga ega Rossiya va qoʻshni Xitoy diqqat bilan kuzatmoqda.

Iyun oyida Kreml oʻz aviabazasidagi uchish-qoʻnish yoʻlagini Rossiya hududining bir qismi deb eʼlon qilishi ortidan mahalliy aholi va siyosatchilarning jiddiy eʼtiroziga uchragan edi. Mart oyida qirgʻizistonlik tahlilchilar Rossiyaning Qirgʻiziston hududida havo va raketalarga qarshi mudofaa tizimlarini joylashtirish niyatini shubha ostiga olganlar.

Qirgʻizistonning Xitoyga qaramligi ham kuchayishi mumkin – yaqinda Jeyenbekov Pekindan koronavirus pandemiyasining iqtisodiy oqibatlarini yumshatish uchun olingan 1,8 milliard dollarlik qarzni (mamlakat tashqi qarzining 40 foizidan ortigʻi) uzish muddatini uzaytirishni soʻrab, Xitoy Eksimbankiga murojaat qilgan edi.

Koʻplab kuzatuvchilarning fikricha, Pekin Markaziy Osiyoning koronavirus oqibatlariga qarshi kurashidan oʻzining geosiyosiy va iqtisodiy maqsadlarini amalga oshirish uchun foydalanmoqda.

Saylovlardan bir hafta oldin Bishkekda yuzlab qirgʻizistonliklar yigʻilgan va oʻz mamlakati suverenitetini himoya qilib, rossiyaparast partiya rahbarining Qirgʻizistonni Rossiyaga qoʻshilishga chaqiruvchi bayonotini qoralab chiqishgandi.

27-sentabr kuni ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari yakshanba (4-oktabr) kungi parlament saylovlari oldidan tinch namoyish oʻtkazdilar.

Bu norozilik namoyishi yaqinda qirgʻizistonlik deputat Marat Amanqulovning 2019-yilda Moskvada soʻzlagan nutqining videotasviri Facebook orqali eʼlon qilinishi ortidan kelib chiqqan. Videolavhada u qariyb 30 yillik mustaqillikdan soʻng Qirgʻiziston Rossiya bilan integratsiyalashishi kerakligini taʼkidlagan edi.

Amanqulov Jeyenbekovga sodiq deb koʻriladigan rossiyaparast “Birimdik” (Birlik) partiyasining raisi boʻlib, prezidentning ukasi va parlament sobiq spikeri Asilbek Jeyenbekovni oʻz partiyasidan parlamentga nomzodlar qatoriga kiritgan.

Partiya mamlakatni “Evroosiyolashuv”ga qaytarishni maqsad qilgan, deydi Amanqulov videolavhada Rossiya prezidenti Vladimir Putin va uning atrofidagilar tomonidan ommalashtirilgan atamani qoʻllab.

“Oʻttiz yillik mustaqillik bizga aqlimizni yigʻib, qaytish vaqti kelganini koʻrsatdi”, dedi Amanqulov. “Bizning ildizlarimiz bir. Yevrosiyoda uning butun hududi boʻylab birlashgan davlatgina suveren boʻlishi mumkin”.

“Biz birlashib, integratsiyalashishimiz zarur. Erkin yashash yaxshi, lekin uyga qaytish vaqti keldi.”

Saylovning rasmiy natijalari – “Birimdik” va xuddi shu kabi rossiyaparast “Makonim Qirgʻiziston” partiyalarining uzil-kesil gʻalabasi ommaviy noroziliklarni keltirib chiqargan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Rossiyaparast partiyalardan nimayam kutish mumkin.

Javob berish