Karvonsaroy
Namoyishlar

Putin Rossiyasi atrofida mojaro va norozilik alanga olmoqda

Karvonsaroy AFP

Parlament saylovi natijalaridan norozi boʻlib namoyishga chiqqan va asosiy hukumat binosi – Oq uyni egallagan qirgʻizlar gulxan atrofiga toʻplandilar, 6-oktabr, Bishkek. [VYACHESLAV OSELEDKO/AFP]

Parlament saylovi natijalaridan norozi boʻlib namoyishga chiqqan va asosiy hukumat binosi – Oq uyni egallagan qirgʻizlar gulxan atrofiga toʻplandilar, 6-oktabr, Bishkek. [VYACHESLAV OSELEDKO/AFP]

1991-yilgi Sovet Ittifoqi parchalanishidan keyin oʻtgan qariyb 30 yil ichida Moskva xalqaro sahnadagi mavqeini mustahkamlagan boʻlsa-da, rasmiy jihatdan uning safida boʻlgan yaqin-atrofdagi mamlakatlarda qayta avj olgan nizolar va tarixiy qarshilik harakatlari notinchlik va mojarolar bilan sovetcha namunadagi diktatorlar uchun xavf tugʻdirmoqda.

Hokimiyatni saqlab qolish uchun zoʻr berib kurashayotgan avtoritar liderlar sovetlardan keyingi Rossiyaning taʼsirida shakllangan yoqimsiz tizimlarni himoya qilmoqdalar – Kreml bilan kelishib ishlash, “maʼmuriy resurslarni” ishga solib, saylov natijalarini hukumatparast partiyalar foydasiga hal qilish va hayotning hamma sohalarini qamrab olgan korrupsiya.

Ular yordam soʻragan vaqtda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ikki yoqimsiz tanlov qarshisida qoladi: “birinchisi – jamoatchilik noroziligiga uchrash xavfi ostida ittifoqchi davlatni qoʻllab-quvvatlashga rozi boʻlish, ikkinchisi – qoʻshni rejimlarni oʻz holiga tashlab qoʻyish bilan nizoning butun mintaqa boʻylab tarqalib ketishi ehtimoli va oʻz (Rossiyaning) zaifligini eʼtirof etishdir”, deb yozgan edi oʻtgan hafta Financial Times.

Moskvadan mustaqil siyosat yuritishga harakat qilgan postsovet davlatlar esa Rossiya qoʻshinlarining buzgʻunchiligi va hatto bosqiniga qarshi kurashishga majbur boʻlishgan.

7-oktabr kuni rasman tan olinmagan Togʻli Qorabogʻ respublikasining asosiy shahri – Stepanakertdagi havo hujumlaridan vayron boʻlgan uy oldida turgan qariya. Armaniston va Ozarbayjon bahsli yana mintaqa uchun jang qilmoqda. [ARIS MESSINIS/AFP]

7-oktabr kuni rasman tan olinmagan Togʻli Qorabogʻ respublikasining asosiy shahri – Stepanakertdagi havo hujumlaridan vayron boʻlgan uy oldida turgan qariya. Armaniston va Ozarbayjon bahsli yana mintaqa uchun jang qilmoqda. [ARIS MESSINIS/AFP]

Prezident saylovi natijalariga qarshi norozilik namoyishi chogʻida tikanli simlar ortida turgan Belarus askarlari, 30-avgust, Minsk. [TUT.BY/AFP]

Prezident saylovi natijalariga qarshi norozilik namoyishi chogʻida tikanli simlar ortida turgan Belarus askarlari, 30-avgust, Minsk. [TUT.BY/AFP]

Belarus: tinch namoyishlar va ularning bostirilishi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 1994-yildan beri oʻz davlatini temir musht va sovetcha avtoritarizm bilan boshqarib keladi.

Lukashenkoning 9-avgust kungi prezident saylovida 80 foiz ovoz bilan gʻalaba qozongani haqidagi bayonoti uning boshqaruviga qarshi tarixiy noroziliklarni keltirib chiqardi, saylovdan keyingi har dam olish kunlari koʻchalar uning isteʼfosini talab qilayotgan namoyishchilarga toʻldi.

Namoyishlar saylovdan keyin bir necha oy oʻtib ham, politsiyaning shafqatsiz tazyiqlari, taniqli va koʻzga koʻringan muxolifatchilarning hibsga olinishi yoki quvgʻin qilinishiga qaramay tugagani yoʻq.

Lukashenko beqaror ittifoqchi boʻlsa-da, Moskva uchun muhim figura hisoblanadi, Putin esa Belorussiyani Rossiya va NATO oʻrtasidagi bufer hudud deb biladi.

Ikki davlat rahbarlari 14-sentabr kuni Rossiyaning Sochi shahrida yakkama-yakka muzokaralar oʻtkazdilar.

Putin jangovar holatdagi Belarus liderini qoʻllab-quvvatlab, unga 1,5 milliard dollarlik kredit vaʼda qilar ekan, Lukashenko ham Moskva bilan aloqalarni mustahkamlashga vaʼda bergan.

Lukashenko Putinga oʻzini “munosib tutgani” uchun minnatdorchilik bildirar ekan, Belarus “katta ogʻasi bilan yaqin boʻlishi va barcha masalalarda hamkorlik qilishi” kerakligini aytgan.

Shunday boʻlsa-da, Putinning qoʻllovi begʻaraz emas.

Agar keng miqyosli noroziliklar tufayli Belarus rejimi qulaydigan boʻlsa, “keyingi navbat Rossiyaniki boʻladi”, deb ogohlantirgan Lukashenko 8-sentabr kuni Rossiya televideniyesiga bergan intervyusida.

Uchrashuv Rossiyada avgust oyi oxirida muxolifatchi Aleksey Navalniyning zaharlanishidan keyin muxolifat liderlari tomonidan ramziy gʻalaba deb eʼlon qilingan mahalliy saylovlar ortidan oʻtkazilgan.

Togʻli Qorabogʻ: Sovet davriga borib taqaluvchi mojaro

Sovet Ittifoqi 1920-yillarda Armanistonning Togʻli Qorabogʻ viloyatining katta qismini Ozarbayjon hududi etib belgilagan.

Bu chora uning Sovet ittifoqidagi millatlarni muvozanatdan chiqarishga qaratilgan “boʻlib tashla va hukmronlik qil” strategiyasining bir qismi edi – unga koʻra, Sovet respublikalarida bitta muayyan etnik guruh hukmronlik qiluvchi hududlar ichida boshqa milliy ozchilik yashovchi anklavlar tashkil etilgan.

1991-yilda Sovet Ittifoqi parchalanganidan soʻng, SSSR tarafidan hududiy anklav shaklida qoldirilgan “sekin portlovchi bombalar” tufayli Qirgʻiziston-Oʻzbekiston, Qirgʻiziston-Tojikiston va Tojikiston-Oʻzbekiston oʻrtasida chegara mojarolari avj olgan edi.

Sovet Ittifoqi parchalanganidan beri, Armaniston tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan Qorabogʻdagi boʻlginchilar va Ozarbayjon oʻrtasida nizolar 30 mingga yaqin odamning hayotiga zomin boʻlgan.

1994-yili Armaniston vositachiligida erishilgan sulh natijasida armanlar qoʻllovidagi rasman tan olinmagan respublikaga asos solindi.

Rossiya rejimi Armaniston bilan ham, Ozarbayjon bilan ham yaxshi munosabatda boʻlsa-da, muammoni siyosiy jihatdan hal qila olmadi. Ayrim kuzatuvchilarning taxminicha, u har ikki tomonga oʻz taʼsirini oʻtkazish uchun mojaroning yanada avj olishini xohlayotgan boʻlishi ham mumkin.

Oʻnlab yillarga choʻzilgan muvaffaqiyatsiz muzokaralardan soʻng, oʻtgan oy oxirida mintaqada yana janglar boshlandi va Ozarbayjon Turkiyaning koʻmagi bilan Qorabogʻni egallashga qaror qilganini aytdi.

Qirgʻiziston: takrorlanayotgan inqiloblar

Qirgʻiziston barcha Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng demokratik va ayni vaqtda eng beqaror mamlakatdir.

Avtoritarizm, korrupsiya va saylovlarning soxtalashtirilishiga qarshi kurashgan mamlakat 2005 va 2010-yillarda ikki prezidentni hokimiyatdan agʻdarib tashlagan inqiloblarga guvoh boʻlgan.

2010-yilda Qirgʻiziston janubidagi etnik oʻzbek ozchiliklari shafqatsiz zoʻravonliklarga duch kelgan edilar.

Mamlakatni bir necha yil oʻrtacha barqarorlik bilan idora qilgan sobiq prezident Almazbek Atamboyev 2017-yilda oʻz oʻrnini rossiyaparast sherigi Sooronbay Jeyenbekovga boʻshatib berdi.

Oʻtmishdoshining taʼsiridan chiqib ketishga uringan Jeyenbekov 2019-yilda ittifoqdoshi Atambayevning uyida politsiya reydlari oʻtkazib, uni qamoqqa olganidan soʻng, oʻzaro munosabatlarga putur yetgan.

2019-yildagi uchrashuvlar davomida Putinning bu ikki liderni yarashtirishga qaratilgan urinishlari samara bermagan.

Bu oyda parlament saylovlarida ovozlarning sotib olinganiga oid keng koʻlamli ayblovlar ortidan shiddatli toʻqnashuvlar yuzaga keldi, namoyishchilar hukumat binolarini egallab olishdi va mamlakat Markaziy saylov komissiyasi seshanba (6-oktabr) kuni saylov natijalarini bekor qilishidan avval Atambayevni ozod qilishdi.

Bu inqirozni Qirgʻizistonda oʻz harbiy bazasiga ega Rossiya va qoʻshni Xitoy diqqat bilan kuzatmoqda.

Iyun oyida Kreml oʻz aviabazasidagi uchish-qoʻnish yoʻlagini Rossiya hududining bir qismi deb eʼlon qilishi ortidan mahalliy aholi va siyosatchilarning jiddiy eʼtiroziga uchragan edi. Mart oyida esa qirgʻizistonlik tahlilchilar Rossiyaning Qirgʻiziston hududida havo va raketalarga qarshi mudofaa tizimlarini joylashtirish maqsadini shubha ostiga olganlar.

Qirgʻizistonning Xitoyga qaramligi ham kuchayishi mumkin – yaqinda Jeyenbekov koronavirus pandemiyasining iqtisodiy oqibatlarini yumshatish uchun Pekindan olingan 1,8 milliard dollarlik qarzni (mamlakat tashqi qarzining 40 foizidan ortigʻi) uzish muddatini uzaytirishni soʻrab, Xitoy Eksimbankiga murojaat qilgan.

Pekin Markaziy Osiyoning koronavirus oqibatlariga qarshi kurashidan oʻzining geosiyosiy va iqtisodiy maqsadlarini amalga oshirish uchun foydalanmoqda, deydi kuzatuvchilar.

Ukraina: Moskvaning Gʻarb bilan qarama-qarshiligi

2014-yilda Ukrainadagi Gʻarbga moyil xalq gʻalayonlari Rossiyaning Qrim yarim orolini anneksiya qilishiga yoʻl ochdi hamda mamlakat sharqida Kiyev hukumat kuchlari va Moskva qoʻllovidagi ayirmachilar oʻrtasida bugungi kungacha davom etayotgan urushning boshlanishiga sabab boʻldi.

Putin Ukrainaga Rossiya qoʻshinlarini (“yashil odamchalar”) joylashtirish bilan NATO va Yevropa Ittifoqi sobiq Sovet davlatlarining koʻnglini ovlashni toʻxtatishi kerak, degan aniq mujda yoʻlladi.

Fransiya va Germaniya boshchiligidagi tinchlik muzokaralari koʻp jihatdan boshiberk koʻchaga kirib qolgan boʻlsa-da, 2019-yilda Vladimir Zelenskiyning Ukraina prezidenti etib saylanishi 13 ming kishining umriga zomin boʻlgan mojaroni toʻxtatish boʻyicha muzokaralarga dolzarb tus bergan.

Rossiya va Gruziya oʻrtasidagi munosabatlar, shuningdek, 2008-yilda Moskvaning Gruziya ichidagi ikki norasmiy respublikani tan olishi bilan tugagan qisqa urushdan keyin ham keskinlashgan. Rossiya qoʻshinlari mamlakat hududining 20 foizini egallagan.

Shuningdek, Rossiyaning aralashuvi tufayli Moldova liderlari ham oʻz mamlakatlarining bir qismi ustidan boshqaruvni yoʻqotganlar. Moskva 1990-yilgi urushdan keyin ajralib chiqqan tor mamlakat – rusiyzabon Pridnestrovyening katta qismiga tinchlikparvar kuchlarni joylashtirgan. Kreml Pridnestrovyening ayirmachi amaldorlarini qoʻllab-quvvatlab keladi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 4

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Bu namoyishlarning hammasiga Rossiya homiylik qilmoqda

Javob berish

Hammasi yo‘riqnomalardagi kabi bayon qilinibdi

Javob berish

Avtoritar rejimlar bir-birini himoya qiladi.

Javob berish

Rossiyaning oʻzida Xabarovsk Putinga qarshi qariyb 2 oydan beri namoyish oʻtkazmoqda. Ayrimlar ularga Xitoy homiylik qilayotganini aytmoqda.

Javob berish