Karvonsaroy
Salomatlik

Dunyo mamlakatlari Xitoyning “vaksina diplomatiyasidan” xavotirda

Karvonsaroy

Pekindagi Xalqlar yigʻini katta zalida 2020-yilning 28-may kuni oʻtgan Butunxitoy xalq vakillari kengashi majlisidan soʻng qoʻli bilan ishora qilayotgan qoʻriqchi. [Nicolas Asfouri/AFP]

Pekindagi Xalqlar yigʻini katta zalida 2020-yilning 28-may kuni oʻtgan Butunxitoy xalq vakillari kengashi majlisidan soʻng qoʻli bilan ishora qilayotgan qoʻriqchi. [Nicolas Asfouri/AFP]

Xitoy rejimi oʻz manfaatlari uchun muhim sanalgan mintaqalarda “vaksina diplomatiyasi” bilan shugʻullanmoqda – samarali COVID-19 vaksinasini taqdim etish vaʼdasi bilan diplomatik barter taklif qilyapti. Dunyoning koʻplab davlatlari Pekinning asl maqsadlariga nisbatan tobora sergakroq boʻlib bormoqdalar.

Xitoyning kelajagi yaxshi vaksina ishlab chiqishdagi muvaffaqiyatiga va ayniqsa, koʻpgina mamlakatlarning uni qoʻlga kiritish istagiga bogʻliq, deydi, deydi RAND korporatsiyasining epidemiologi va xitoylik tadqiqotchi Jennifer Xuang Buey.

“Bu uning diplomatiyasi va COVID haqidagi narrativni oʻzgartirishida qoʻl keladi”, dedi u The New York Times bilan suhbatda.

Xitoy rejimi Uxan shahrida koronavirus paydo boʻlganidan beri pandemiya bilan bogʻliq narrativni mamlakatning kasallik tarqalishini toʻxtatishga muvaffaq boʻlgani haqidagi afsonaga oʻzgartirishga urinmoqda.

27-mart kuni Jakarta xalqaro aeroportida tibbiy jihozlar va gumanitar yordam qutilarini qoʻriqlayotgan indoneziyalik ikki harbiy xizmatchi. Suratda COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashda Xitoydan Indoneziyaga yordam tariqasida yuborilgan 40 tonna yukning bir qismi aks etgan. [FAJRIN RAHARJO / AFP]

27-mart kuni Jakarta xalqaro aeroportida tibbiy jihozlar va gumanitar yordam qutilarini qoʻriqlayotgan indoneziyalik ikki harbiy xizmatchi. Suratda COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashda Xitoydan Indoneziyaga yordam tariqasida yuborilgan 40 tonna yukning bir qismi aks etgan. [FAJRIN RAHARJO / AFP]

Xitoyning koronavirus pandemiyasiga qarshi “mardonavor” kurashini madh qiluvchi rasmlardan biri mamlakat milliy muzeyida koʻrgazmaga qoʻyilgan. [Jiang Dong/China Daily]

Xitoyning koronavirus pandemiyasiga qarshi “mardonavor” kurashini madh qiluvchi rasmlardan biri mamlakat milliy muzeyida koʻrgazmaga qoʻyilgan. [Jiang Dong/China Daily]

Ammo hali ham pandemiya va iqtisodiyotga yetkazilgan mislsiz zarardan oʻnglana olmayotgan dunyo davlatlari rahbarlari Pekinning epidemiyaga qarshi choralarini tanqid ostiga olganlar.

COVID-19 epidemiyasiga beparvo munosabatda boʻlgani va aybni oʻzidan soqit qilib, yolgʻon maʼlumotlar yoyinlashga qaratilgan dezinformatsiya kampaniyalari uchun malomat qilingan edi.

Virus oʻtgan yili ilk bor paydo boʻlganida Xitoy ushbu respirator kasallik haqidagi xabarlarni yashirib, uning yuqish xavfini kamaytirib koʻrsatishga uringan.

Butun dunyoda COVID-19ga qarshi samarali vaksina ishlab chiqish poygasi ketayotgan bir paytda, xitoylik xakerlar bir necha mamlakatdagi universitetlar, ilmiy-tadqiqot institutlari va farmatsevtika kompaniyalaridan vaksinaga oid ishlanmalar maʼlumotlarini oʻgʻirlashga urindi, deb xabar beradi Gʻarb davlatlarining razvedka idoralari.

Anʼanaviy sinov jarayonini chetlab oʻtgan holda oʻn minglab xitoyliklarni tekshirilmagan COVID-19 test vaksinalari bilan emlayotgan Xitoy odamlar salomatligi va potensial vaksina samaradorligini xavf ostida qoldirmoqda.

Shu kabi barcha xatti-harakatlarga qaramay, Pekin rasmiylari tijoriy ayblovlar “yanada kattaroq falokatga olib kelishi mumkinligini” aytganlar. Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I 28-sentabr kuni Pekinda Xitoy Xalq diplomatiyasi uyushmasi birgalikda oʻtkazilgan anjumanda bu haqda maʼlum qilgan.

COVID-19 haqidagi narrativni oʻzgartirish

Pekin oʻz ittifoqdoshlari va eski dushmanlariga har qanday muvaffaqiyatli vaksinadan foydalanish huquqini berishni vaʼda qilish orqali ham voqelikni oʻzgartirishga umid qilmoqda.

Xitoy prezidenti Si Tszinpin sentabr oyi boshida anchadan beri Xitoyning mintaqadagi iqtisodiy tajovuzidan shubhada boʻlgan Indoneziyani tinchitish uchun vaksina boʻyicha hamkorlik olib borishga vaʼda berdi, deb xabar qilgan New York Times nashri 11-sentyabr kuni.

Xitoy tashqi ishlar vazirligi bayonotiga koʻra, Si ikki mamlakat hamkorligini oʻzaro munosabatlardagi “yangi yorqin nuqta” deb atagan.

Xitoy rejimining mintaqada qurgʻoqchilikka sabab boʻlayotgani haqidagi tanqidlarga munosabat bildirish maqsadida, Xitoy bosh vaziri Li Ketsyan avgust oyida Tailand, Laos, Kambodja va Vyetnam rasmiylari bilan muzokara oʻtkazgan.

Pekin ular uchun katta miqdorda vaksinani ajratib qoʻyishi yoki vaksina formulalari va tarkibi bilan boʻlishishni vaʼda qilgan, deb xabar beradi Asia Times 26-avgust kuni.

Taklif umuman olganda yaxshi qabul qilingan, ammo baʼzilar Pekinning bu saxovati ortidagi shartlar bilan qiziqqanlar.

Iyul oyida deputatlarga soʻzlagan Filippin prezidenti Rodrigo Duterte vaksina bilan yordam berishini soʻrab Siga “murojaat qilganini” aytgan, deb yozadi New York Times nashri.

U Janubiy Xitoy dengizi masalasida Xitoy hukumatiga qarshilik qilmasligini bildirgan. Pekin bu mintaqada boshqa davlatlarning hududiy daʼvolarini inobatga olmay, tabiiy boyliklar izlash maqsadida sunʼiy orollar qurgan va askarlar joylashtirgan.

Bu voqeadan bir kun oʻtib, Xitoy tashqi ishlar vazirligi soʻzchisi Xitoy hukumati Filippinga vaksinadan foydalanishda ustuvorlik berishini aytdi.

Xitoy “yordami” atrofidagi shubhalar

Xitoy rasmiylari Afrika, Lotin Amerikasi, Karib orollari, Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo davlatlariga ham shunga oʻxshash takliflar bilan chiqqan.

“Vaʼda beramizki, Xitoyda COVID-19 vaksinasi ishlab chiqilib, qoʻllashga tayyor boʻlishi bilan Afrika mamlakatlari birinchilardan boʻlib undan foydalanadilar”, deb aytgan Si Afrika yetakchilariga iyun oyida.

Iyul oyida Vang Xitoyning Lotin Amerikasi va Karib orollariga vaksina sotib olish uchun 1 mlrd. AQSH dollari miqdorida kredit ajratishini vaʼda qilgandi. Bu haqda Meksika hukumati xabar bergan.

Avgust oyida u Marokash tashqi ishlar vaziriga Pekin dunyoda COVID-19 vaksinasiga boʻlgan talabdan foydalanib qolish niyatida emasligini aytib oʻtgan, deb xabar beradi Asia Times.

“Xitoy vaksinasi global ommaviy mahsulotga aylanadi va yil oxirida ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyib olganimizdan keyin biz Marokash kabi Afrika mamlakatlariga ustuvorlik beramiz”, deb aytgan Vang.

Ammo hamma ham Xitoyning “yordamini” olishga oshiqmayapti. Koʻpchilik bunday hamkorlik oqibatlarini savol ostiga olmoqda.

“Shubhalanish kerakmi yoki minnatdor boʻlish?”, deya savol beradi Xitoy va Indoneziya tashqi siyosiy munosabatlarini oʻrganayotgan Indoneziya Islom universiteti akademigi Zulfiqor Rahmat.

“Menimcha ikkovi ham”, deb aytgan u New York Times nashriga.

Pekinda joylashgan Sinovac Biotech sentyabr oxirida boshlanishi kerak boʻlgan 3-bosqich sinovlari uchun Bangladeshni 110 mingdan ortiq bepul vaksina bilan taʼminlashga rozi boʻlgan.

Vaksina xavfsiz ekani tasdiqlangan taqdirda, kompaniya Bangladeshning “ixtisoslashgan” farmatsevtik kompaniyasiga uni arzonlashtirilgan narxda ishlab chiqarish uchun ruxsat berishini aytgan.

Bu takliflar bangladeshliklarni Xitoyning niyati yaxshi ekaniga ishontirishga urinish oʻlaroq baholanmoqda, chunki Xitoy vaksinalari mamlakat fuqarolarining aksariyati uchun qimmatlik qiladi, degan xavotirlar bor.

Ammo 24-sentabr kungi maktubda Sinovac kompaniyasi Bangladesh hukumati bu tashabbusni moliyalashtirishga yordam bermasa, sinovlar kechikishini aytgan, deb xabar beradi Daily Star 3-oktabr kuni.

Beqaror munosabatlarni tiklash

Pekin Pokistonni kamida 40 million vaksina bilan taʼminlash hisobiga bu mamlakatdagi imijini tiklashga intilmoqda. Xitoyning “Bir kamar – bir yoʻl” tashabbusi doirasidagi loyihalar Xitoy manfaatlarining ustuvorligi, ekologiyaga zararlar, xavfsizlik va iqtisodiy nomutanosiblik muammolari tufayli Pokistonda noroziliklar keltilib chiqargan, deb yozadi Asia Times.

U Afgʻoniston va Nepalga ham xuddi shunday vaʼdalar bergan.

Nepal siyosatchilari mamlakatdagi sement zavodida tibbiy sinovlar oʻtkazishga urinayotgan Xitoy hukumatining maqsadlariga sergaklik bilan qaramoqda, deb xabar beradi New York Times.

“Uning nojoʻya taʼsirlaridan xabardor boʻlishimiz kerak-ku?”, deydi Nepalning sobiq tashqi ishlar vaziri va mamlakatning asosiy muxolifat partiyasi – Nepali Congress yetakchisi Prakash Sharan Mahat.

Afgʻoniston shifokorlarining aytishicha, Xitoydan keltirilgan sifatsiz shaxsiy himoya vositalari afgʻonistonliklar hayotini xavf ostida qoldirgan.

“Shifokorlar foydalanayotgan sifatsiz vositalar ular uchun jiddiy xavf tugʻdiradi. Shaxsiy himoya vositalari esa tibbiy xodimlari foydalanishidan avval sinovdan oʻtishi kerak”, deb ogohlantirgan edi may oyida kobullik doktor Nasim Xoshimiy Xitoydan keltirilgan tibbiy vositalarni nazarda tutib.

Pokistondagi tibbiyot xodimlari Xitoyda ishlab chiqarilgan nosoz nafas oldirish qurilmalari COVID-19ga chalingan koʻplab bemorlar oʻlimiga sabab boʻlganini aytganlar.

Mamlakat sogʻliqni saqlash xodimlari Xitoyda ishlab chiqarilgan sifatsiz nafas oldirish apparatlaridan tashqari, noaniq ishlaydigan harorat oʻlchagichlar, sifatsiz yuz niqoblari va baxilalarga ham jiddiy eʼtiroz bildirgan.

Hindiston Xitoyning Bangladesh va Nepalga taklifiga javoban oʻz ittifoqchilarini vaksinalar bilan taʼminlashga vaʼda berdi.

Joriy yilda AQSH hukumati butun dunyo boʻylab COVID-19ga qarshi kurash uchun 20 mlrd. dollardan ortiq mablagʻ ajratgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500