Karvonsaroy
Terrorizm

Qozogʻistonda yoshlarni ekstremizm taʼsiridan himoyalashga qaratilgan yangi loyiha amalga oshirildi

Aydar Ashimov

Nur-Sultonlik Maryam Tulegenova sentyabr oyida BMTTD doirasida tashkil etilgan masofaviy taʼlimda ishtirok etmoqda. [BMTTDning Qozogʻistondagi vakolatxonasi]

Nur-Sultonlik Maryam Tulegenova sentyabr oyida BMTTD doirasida tashkil etilgan masofaviy taʼlimda ishtirok etmoqda. [BMTTDning Qozogʻistondagi vakolatxonasi]

NUR-SULTON - Yevropa Ittifoqi (YI) va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTRD) tomonidan qozoq yoshlarining radikalizmga qarshiligini kuchaytirishga qaratilgan yangi loyiha amalga oshirildi.

Shu oy Qaragʻanda va Aqtoʻbe viloyatlaridan kelgan 100 dan ortiq qozoq yoshlari “Osiyoda jangovar ekstremizmga qarshi turishni kuchaytirish” (“STRIVE Asia”) loyihasining ilk bosqichida ishtirok etishdi, deyiladi BMT Taraqqiyot Dasturining 7 oktyabr kungi bayonotida.

Oʻquv dasturida oʻz bilimlarini boshqalarga ulasha oladigan yosh avlod vakillari – yuqori sinf oʻquvchilari, oʻrta maxsus taʼlim muassasalari talabalari, oʻz-oʻzini band qilgan va aholining ijtimoiy zaif qatlamiga oid ishsiz yoshlar qatnashdi.

Mazkur tashabbus doirasida ular 1-5-oktyabr kunlari jamoaviy treninglar va individual konsultatsiyalardan oʻtib, jangovar ekstremizm xatarlari, oilaviy va kasbiy muvozanatga erishish va boshqa foydali koʻnikmalarni oʻrgandilar.

“Osiyoda jangovar ekstremizmga qarshi turishni kuchaytirish” loyihasida qatnashayotgan qozoq yoshlari, Nur-Sulton, 1-oktyabr. [BMTTDning Qozogʻistondagi vakolatxonasi]

“Osiyoda jangovar ekstremizmga qarshi turishni kuchaytirish” loyihasida qatnashayotgan qozoq yoshlari, Nur-Sulton, 1-oktyabr. [BMTTDning Qozogʻistondagi vakolatxonasi]

BMT Taraqqiyot dasturiga koʻra, dastur radikallashuv va jangovar ekstremizmga oid erta belgilarning oldini olishga yoʻnaltirilgan va bunda psixologik reabilitatsiya va maslahatlar muhim rol oʻynaydi, zero “radikalizatsiya koʻp hollarda shaxsiy, ruhiy va emotsional omillar bilan bogʻliq”.

“Jangovar ekstremizmning avj olishi koʻp yillardan beri xalqaro hamjamiyatning tinchlik va xavfsizlikni taʼminlashga oid choralariga jiddiy xavf solib solmoqda”, deydi BMT Taraqqiyot dasturining Qozogʻistondagi doimiy vakili Yakup Berish.

“U shuningdek, barqaror rivojlanishga koʻmaklashish va inson huquqlarini taʼminlash> borasida yutuqlarga putur yetkazmoqda”, dedi u. “Qozogʻistondagi zaif yoshlar orasida radikallashuvga qarshi kurashar ekanmiz, Yevropa Ittifoqining hamkorligi va koʻmagini olqishlaymiz.”

“Yevropa Ittifoqi terrorizm va jangovar ekstremizmning har qanday koʻrinishining oldini olish va unga qarshi qatʼiy kurash tarafdori boʻlib qoladi. Yevropa Ittifoqi terrorizmning global voqelik ekanligini eʼtirof etgan holda butun dunyodagi sheriklari bilan bu yoʻnalishdagi hamkorlikka ustuvor ahamiyat qaratmoqda”, deyiladi Yevropa Ittifoqining Qozogʻistondagi elchisi Sven-Olov Karlssonning bayonotda.

“Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan hamkorlik tufayli jangovar ekstremizmning oldini olish va unga qarshi kurashishda davom etamiz, shuningdek, terrorizm uchun qulay sharoitlar mumkin boʻlgan COVID-19 pandemiyasining ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlarini yumshatib, ularga nisbatan chora koʻramiz”, dedi Karlsson.

Qozoq yoshlari ekstremizmni rad etishni oʻrganmoqda

“STRIVE Asia” dasturi Markaziy, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyoda ekstremizmga oid dastlabki belgilarning oldini olishga qaratilgan. Qozogʻistonlik yoshlar uchun moʻljallangan trening 1-5-oktyabr kunlari boʻlib oʻtdi. Shundan soʻng psixologlar har bir ishtirokchi bilan individual maslahatlashuv oʻtkazdilar”, deydi Nur-Sultonlik siyosatshunos Yernar Beysaliyev.

Soʻnggi yillarda Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot dasturi “xabardorlikni oshirish va qashshoqlikni kamaytirishga qaratilgan treninglar oʻtkazish va turli dasturlarni amalga oshirish orqali jangovar ekstremizmga qarshi kurashga ulkan hissa qoʻshdi”, dedi u.

“Taʼlim, ish, hayotiy tajriba, munosib turmush sharoiti – bularning bari endilikda osonlikcha ekstremistik gʻoyalarga aldanmaydigan odamning sogʻlom qarashlariga zamin yaratadi”, dedi Beysaliyev.

“Bu borada yoshlar himoyasizroq. Yoshlarimiz shijoatli. Ular hayotda oʻz yoʻllarini izlaydilar, ammo tanqidiy fikrlash qobiliyatlari hali rivojlanmagan”, deb qoʻshimcha qildi u.

Bu yil turli sohalar, jumladan, terrorizmga qarshi kurash boʻyicha Qozogʻiston va Yevropa Ittifoqi hamkorligi kengaydi.

Bundan tashqari, iyul oyida Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyoda COVID-19ga qarshi kurash uchun 3 million yevro (1,5 milliard tenge) ajratgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500