Karvonsaroy
Ommaviy axborot vositalari

Rossiya OAV Qirgʻizistondagi siyosiy tartibsizliklarni noxolis yoritmoqda

Kanat Altinbayev

Rossiyaning NTV telekanalidagi “Hafta yakunlari” dasturining boshlovchisi Iroda Zeynalova 11-oktyabr kuni Bishkekdan reportaj olib bormoqda. Zeynalova namoyishchilarning xavotirlarini eʼtiborga olmay, tartibsizliklarning kelib chiqishiga qirgʻizlarning ikki tarafga – shimol va janubliklarga boʻlinganini sabab qilib koʻrsatgan.

Rossiyaning NTV telekanalidagi “Hafta yakunlari” dasturining boshlovchisi Iroda Zeynalova 11-oktyabr kuni Bishkekdan reportaj olib bormoqda. Zeynalova namoyishchilarning xavotirlarini eʼtiborga olmay, tartibsizliklarning kelib chiqishiga qirgʻizlarning ikki tarafga – shimol va janubliklarga boʻlinganini sabab qilib koʻrsatgan.

BISHKEK – Rossiyalik jurnalistlar yaqinda Qirgʻizistonda boʻlib oʻtgan norozilik namoyishlarini Kremlning fuqarolar orasida nizo keltirib chiqarib, shimolni janubga qarshi qilib koʻrsatish istagiga mos holda yoritdilar va oʻz maqsadlariga erishish uchun hatto kameralar oldida voqealarni sahnalashtirdilar.

Bishkekdagi ommaviy norozilik namoyishlari 5-oktabr kuni rossiyaparast prezident Sooronbay Jeyenbekovga yaqin partiyalar parlament saylovda gʻolib chiqqani va ovozlarni sotib olishda ayblangani ortidan boshlanib ketgan.

Payshanba (15-oktyabr) kuni Jeyenbekov inqirozga barham berish uchun isteʼfoga chiqdi. U bir necha kun davom etgan tartibsizliklardan soʻng ketishga qaror qilgan.

Tartibsizliklar chogʻida namoyishchilar hukumat idoralarini egallab olishdi va qamoqdagi siyosatchilar, jumladan, Jeyenbekovdan avvalgi prezident Almazbek Atamboyevni ozod qilishgan. 10-oktyabr kuni Atamboyev qaytadan hibsga olingan.

Rossiyaning “Birinchi” kanali xodimi Dmitriy Kulkoning 7-oktabr kuni Bishkekdan tayyorlagan reportaji, “Current Time TV” lavhasidan olingan kadr. Keyinchalik “Current Time” telekanali tarqatgan videolavhada Kulko namoyishchilarga oʻzi uchun “kerakli” muhitni yaratish boʻyicha koʻrsatma berayotgani aks etgan.

Rossiyaning “Birinchi” kanali xodimi Dmitriy Kulkoning 7-oktabr kuni Bishkekdan tayyorlagan reportaji, “Current Time TV” lavhasidan olingan kadr. Keyinchalik “Current Time” telekanali tarqatgan videolavhada Kulko namoyishchilarga oʻzi uchun “kerakli” muhitni yaratish boʻyicha koʻrsatma berayotgani aks etgan.

6-oktabr kuni bayonot bergan Markaziy saylov komissiyasi “saylov natijalarini haqiqiy emas” deb topgan.

Qirgʻizistondagi voqealar koʻplab xorijiy ommaviy axborot vositalarida yoritildi. Kreml nazorati ostidagi Rossiya kanallari sahnalashtirilgan kadrlarni suratga olib, namoyishlarni keltirib chiqargan “omillarni” oʻylab topganlar.

Shulardan biri Rossiyaning “Birinchi” kanalida faoliyat olib boruvchi Dmitriy Kulkoning 7-oktabr kuni Bishkek maydonidan tayyorlagan reportaji boʻldi.

“Current Time” telekanali tomonidan tarqatilgan videolavhada Kulkoning namoyishchilarga kamera oldida oʻzini qanday tutishni oʻrgatayotgani aks etgan.

“Imkoni boʻlsa, odamlarning kayfiyatini koʻrsatish uchun (shiorlarni) baland ovozda hayqiring” dedi u dirijyor kabi qoʻllarini silkitgancha. Kameralar yoqilganida esa namoyishchilar uning aytganini qilib, oʻz siyosiy yetakchilarining ismini aytib baqirishgan va mushtlarini koʻtarishgan.

“Haqiqiy komediya. Film suratga olishyapti”, deydi kamera ortidagi, aftidan Kulko va namoyishchilarni videoga olayotgan odam kulib.

Boshqa bir lavhada, NTV telekanalida “Hafta yakunlari” dasturini olib boradigan tajribali telejurnalist Iroda Zeynalova 11-oktyabr kungi reportajida Qirgʻiziston uchun nozik hisoblangan, lekin hozir dolzarbligini yoʻqotgan muammo – mamlakat aholisining shimol va janubliklarga boʻlinganini tilga olgan.

“Bu qarama-qarshilik shimol va janublik klanlar urushiga borib taqalmoqda. 90-yillarda shimol va janub oʻrtasidagi urush (hokimiyat uchun kurash) tufayli Qirgʻizistonning qulashiga bir bahya qolgan edi”, deydi u.

Zeynalova Qirgʻizistondagi siyosiy inqirozni oʻtgan oy oxirida Armaniston va Ozarbayjon oʻrtasida soʻnggi yillardagi eng ogʻir janglarga guvoh boʻlgan bahsli hudud – Togʻli Qorabogʻdagi mojaroga qiyoslagan. Etnik arman viloyati 1990-yillarda Sovet Ittifoqi qulaganidan soʻng Ozarbayjondan ajralib chiqqan edi.

Zeynalovaning lavhasida koʻrinish bergan Bishkekdagi namoyishchilar parlament saylovlari natijalariga qarshi namoyishlarning shimol va janub oʻrtasidagi kelishmovchiliklarga hech qanday aloqasi yoʻqligini tushuntirishga harakat qilganlar.

“Bu yolgʻon. Xalq birlashgan”, dedi Oʻshdan Bishkekka kelgan namoyishchilardan biri Zeynalovaga. “Bu yerda [Qirgʻizistonning] barcha mintaqalaridan odamlar toʻplangan. Biz [hukumatda] birdamlikni va yangi chehralarni xohlaymiz.”

Oʻzini tanishtirmagan qiz shimoliy viloyatlardan kelgan maslakdoshlari bilan bir safda ekanini taʼkidladi.

Shunga qaramay, rossiyalik jurnalist vaziyatga nisbatan oʻz xulosalarini asosli deya taqdim etgan.

“Mutlaqo yolgʻon”

Facebook tarmogʻidagi fikr-mulohazalarga koʻra, lavhalarni tomosha qilganlar (ular orasida Rossiyada yashovchilar ham bor) rossiyalik jurnalistlarning xatti-harakatlaridan hayratda emas.

“Rossiyalik OAV arboblari odamlarning yolgʻonga va hokimiyatni noqonuniy tortib olishga nisbatan noroziligidan Kremlning qanchalik qoʻrqishini koʻrsatib qoʻyishdi”, deb yozadi Rossiyaning Novgorod shahrida yashovchi Kseniya Sergeyeva.

“Rossiya ommaviy axborot vositalarining turgan-bitgani yolgʻon”, deydi minsklik Yelena Orlova. “Ular Belarus haqida ham xuddi shunday yolgʻon xabarlar tarqatadilar. Biz bunga koʻnikib qolganmiz, ahamiyat ham bermaymiz.”

Qirgʻiziston fuqarolik jamiyati vakillari ham Rossiya kanallarining Bishkekdagi voqealarni noxolis yoritayotganidan gʻazabda.

“Irada Zeynalova doim oʻz chiqishlarida sobiq prezident Almazbek Atamboyev shimollik, hozirgisi – Sooronbay Jeyenbekov janublik ekanini taʼkidlab kelgan”, degan edi Bishkekning “Yangi chehralar” nashri bosh muharriri Leyla Saralayeva Jeyenbekovning isteʼfosidan bir necha kun avval. “Ammo shimol va janub oʻrtasida hech qanday qarama-qarshilik yoʻq!”

Rossiya ommaviy axborot vositalari Qirgʻizistonda fuqarolar urushini keltirib chiqarish uchun shimol va janubdagi aholini bir-biriga qarshi gij-gijlashlashga urinmoqda, dedi u.

Kreml tartibsizliklarni avj oldirsa, Bishkek vaziyatni hal qilish uchun undan yordam soʻrashga majbur boʻladi, deb umid qilmoqda. Bu esa, shubhasiz, Rossiya rejimining Markaziy Osiyo respublikasidagi taʼsirini kuchaytiradi, deydi u.

Kreml Qirgʻizistondagi vaziyatga harbiy aralashuviga aniq ishora qilmagan boʻlsa-da, ayrim kuzatuvchilar Rossiya telekanallarining provokatsion xabarlari Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) tomonidan muvofiqlashtirilishini istisno etmaydilar.

FSB jamiyat hayotining koʻplab sohalarini, shu jumladan Rossiyaning tashviqotchi ommaviy axborot vositalari faoliyatini nazorat qiladi, deydi Bishkeklik siyosatshunos Askat Dukenbayev.

Dezinformatsiya – (Rossiya prezidenti Vladimir) Putinning sobiq mustamlakachi taʼsiridan qutulmoqchi boʻlayotgan postsovet davlatlarga qarshi yangi “gibrid” harbiy doktrinasining bir qismidir”, deydi u.

4-oktyabr kungi parlament saylovlaridan avval – 27-sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari Rossiyaning taʼsiriga qarshi tinch namoyish uyushtirgan edilar, deb xabar beradi 24.kg.

Yuzlab qirgʻizlar oʻz davlatlari suverenitetini himoya qilish va Qirgʻizistonni Rossiyaga qoʻshilishga chaqirgan ayrim siyosatchilarning bayonotlarini qoralash uchun Bishkekka toʻplanganlar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 11

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Rossiya kimga yordam bermasin – buni rad etib boʻlmaydi – Rossiyaga baʼzi joylarini oʻgirib olishadi. Menimcha bu ruslarning joniga tekkan...

Javob berish

Borib turgan safsata, uydirma material. Pashshadan fil yasalgan.

Javob berish

Bir-birlaringizni boʻridek gʻajiysiz, aybni esa boshqalardan qidirasiz. Mahbuslarni oʻzlaringiz ozod qildingiz, keyin yana qamadingiz. Doʻkonlar va ofislar talon-taroj qilindi, hukumat binolari ham qolmadi, qoʻlga ilingan narsalar oʻgʻirlab ketildi. Oʻz uyingizda tartib oʻrnating va bunda boshqalarni ayblamang.

Javob berish

Rossiya doim shunaqa pastkashlik qiladi.

Javob berish

Bu Axlatsaroy yana bitta provokatsion maqola chiqaribdi. Qirgʻizlar noshukur xalq, hech qanday vatanparvarlik yoʻq ularda. Ovozlar qanday sotilganini oʻz koʻzim bilan koʻrdim. Doimgidek bunga boshqalar aybdor. Bu safar ayb ruslarda ekan.

Javob berish

Negadir hayron emasman

Javob berish

U holda mamlakat uchun xavf boʻlgan Rossiya harbiy bazasini ham chiqarib yuborish kerak.

Javob berish

Ruslar ketsa, ISHID keladi. Qachon tushunib yetasizlar shuni?

Javob berish

Ruslar ISHIDdan ham yomonroq

Javob berish

Shunchaki hech biringiz bu yerga kelmang. UYINGIZDA oʻtiring, oʻz mamlakatingizda tartib oʻrnating! Oʻrnating!!

Javob berish

Men ham rusman, shu yerda tugʻilganman va yashayman, men ham ISHIDdan yomonroqmanmi?

Javob berish