Karvonsaroy
Iqtisodiyot

Xitoy koronavirus inqiroziga qaramay Qirgʻiziston uchun qarzni toʻlash muddatini kechiktirmoqchi emas

Kanat Altinbayev

Qirgʻizistonning oʻsha vaqtdagi prezidenti Sooronbay Jeyenbekov va uning xitoylik hamkasbi Si Szinpin 2019-yil 13-iyun kuni Bishkekda oʻtgan muzokaralardan soʻng bitimlarni imzolash marosimiga kelmoqdalar. [Vyacheslav Oseledko/AFP]

Qirgʻizistonning oʻsha vaqtdagi prezidenti Sooronbay Jeyenbekov va uning xitoylik hamkasbi Si Szinpin 2019-yil 13-iyun kuni Bishkekda oʻtgan muzokaralardan soʻng bitimlarni imzolash marosimiga kelmoqdalar. [Vyacheslav Oseledko/AFP]

OLMAOTA – Xitoy rejimi koronavirus pandemiyasi oqibatida yuzaga kelgan iqtisodiy qiyinchiliklarga qaramay, Qirgʻizistonga bergan yirik miqdordagi qarzni toʻlashni muddatini kechiktirishdan bosh tortmoqda.

Iyun oyi holatiga koʻra, mamlakatning umumiy tashqi qarzi 4,1 milliard dollarni (335 milliard qirgʻiz soʻmi) tashkil etgan. Qirgʻiziston Moliya vazirligining statistik maʼlumotlariga koʻra, shundan 1,8 milliard dollari (147 milliard soʻm) Xitoy Eksport-import banki oldidagi qarzdorlikdir.

Bu raqam Xitoy rejimini Qirgʻizistonning eng katta kreditoriga aylantirgan.

Bu orada Qirgʻiziston yalpi ichki mahsulotining (YIM) uchdan birini tashkil etuvchi xorijiy pul joʻnatmalari keskin kamayib ketgan, zero qirgʻizistonlik mehnat migrantlari pandemiya boshlanishi ortidan Rossiyani tark etishga majbur boʻlganlar.

Olmaotadagi namoyishchilar Xitoyning Qozogʻistondagi elchisi Chjan Syaoning chiqarib yuborilishini talab qilmoqdalar, 13-sentyabr. [Qozogʻiston Demokratik partiyasi taqdim etgan surat]

Olmaotadagi namoyishchilar Xitoyning Qozogʻistondagi elchisi Chjan Syaoning chiqarib yuborilishini talab qilmoqdalar, 13-sentyabr. [Qozogʻiston Demokratik partiyasi taqdim etgan surat]

Ishchilar “Bir kamar – bir yoʻl” forumi bannerini yechib olishmoqda, 2019-yil, 27-aprel. [Greg Baker/AFP]

Ishchilar “Bir kamar – bir yoʻl” forumi bannerini yechib olishmoqda, 2019-yil, 27-aprel. [Greg Baker/AFP]

Iqtisodiyotga yuklamani pasaytirish maqsadida Qirgʻizistonning oʻsha vaqtdagi prezidenti Sooronbay Jeyenbekov aprel oyida “Qirgʻizistonning Xitoy oldidagi tashqi qarzi boʻyicha toʻlovlarni yengillashtirish va toʻlov muddatini uzaytirish” masalasida Xitoy prezidenti Si Szinpin bilan telefon orqali suhbatlashgan edi.

Avgust oyida esa Bishkek bu safar mamlakat tashqi ishlar vazirligi orqali Pekinga yordam soʻrab murojaat qilgan.

Ikkala holatda ham Qirgʻizistonga rad javobi berilgan.

(21-sentyabr kuni) Jeyenbekov eng yirik kreditor davlatlar qarzlarining bir qismidan kechish iltimosini qoʻllab-quvvatlashni soʻrab Birlashgan Millatlar Tashkilotiga yuzlangan edi.

4-oktabr kungi parlament saylovlari ortidan boshlanib ketgan namoyishchilar va politsiya toʻqnashuvlaridan soʻng, 15-oktabr kuni Sooronbay Jeyenbekov Qirgʻizistonda 2005-yildan beri isteʼfo bergan uchinchi prezident boʻldi.

“Qirgʻizistondan gʻazabda”

“Xitoy Qirgʻizistonning qarzidan kechish u yoqda tursin, hatto mamlakatdagi halokatli vaziyatni hisobga olib toʻlash muddatini kechiktirish niyatida ham emasligini bildirdi”, deb yozadi bishkeklik tahlilchi Ayderbek Kusagaliyev 26-sentabr kuni “Exo Kirgizstana” (Qirgʻiziston aks-sadosi) saytida chop etilgan blogida.

Rad javobining asosiy sababi Pekinning “Qirgʻizistondagi loyihalari, jumladan Xitoy-Qirgʻiziston-Oʻzbekiston temir yoʻli va Chuy viloyatidagi “Iskra Azii” (Osiyo uchquni) sanoat parki loyihalarining kechikayotganidan norozi boʻlayotgani bilan bogʻliq”, dedi Kusagaliyev.

“Odamlarning hukumatga qarshi noroziligi tufayli Bishkek Xitoy sarmoyalarini himoya qila olmaydi, shu sababli ham Pekin Qirgʻizistondan ranjigan”, deb yozadi Kusagaliyev.

Markaziy Osiyoning bir qator mamlakatlarida namoyishchilar Xitoy rejimidan bu kabi katta qarz olish oqibatlari yuzasidan oʻz xavotirlarini bildirish uchun toʻplanganlar.

Xitoy siyosati zaif davlatlarni faol qoʻllab-quvvatlayotgan xalqaro hamjamiyatning saʼy-harakatlariga zid kelmoqda.

Aprel oyida Jahon banki, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi va Katta yigirmalik mamlakatlari pandemiya sababli eng nochor mamlakatlarning kreditlar boʻyicha toʻlovlarini yil oxirigacha kechiktirishga qaror qildilar. Agar vaziyat yaxshilanmasa, moratoriy yana uzaytirilishi mumkin.

“Hozirgi kunda koʻplab xalqaro moliya institutlari yuzaga kelgan vaziyat tufayli qarzlarni toʻlash muddatini kechiktirmoqda. Bu qarz oluvchi mamlakatlarga oʻzini tutib olish va iqtisodiy holatini tiklab olishga imkon berdi”, dedi Kusagaliyev.

Pekin nafaqat qarzning toʻlanishi, balki “kun sayin oʻsib borayotgan qarz bilan mamlakatni shantaj qilish orqali Qirgʻizistonning ichki siyosiy jarayonlarini boshqarish imkoniyatidan” ham manfaatdor, dedi Kusagaliyev.

Xitoyning “haqiqiy yuzi”

Iqtisodchilar Karmen Reynxart (Garvard universiteti), Sebastyan Xorn (Myunxen universiteti) va Kristof Trebesh (Kil Jahon iqtisodiyoti instituti) soʻnggi yillarda Pekin rivojlanayotgan mamlakatlarga 200 milliard AQSH dollaridan ortiq qarz berganini aniqlaganlar. Bu uning statistik maʼlumotlarida oshkor qilinmagan, deb yozgan Wall Street Journal nashri mart oyida.

Tadqiqotga koʻra, oʻnga yaqin eng nochor davlatlar yillik YIMning 20 foizi ​​va undan koʻproq miqdorda Xitoydan qarzdor.

“Xitoyning moliyalashtirish hajmining oʻsishini asosan yangi savdo yoʻllarini ochish, Xitoy kompaniyalarining xorijdagi imkoniyatlarni kengaytirish, infratuzilmalarni moliyalashtirish va barpo etish orqali mamlakatning strategik taʼsirini kuchaytirilgan qaratilgan “Bir kamar – bir yoʻl” tashabbusi bilan izohlash mumkin”, deb yozadi Wall Street Journal.

Qarz sababli Xitoyga qaram boʻlib qolish Qirgʻiziston uchun chinakam tahdiddir, deydi Bishkekdagi “Global Technology Solutions Co” kompaniyasi direktori, iqtisodchi Iskender Sharsheyev.

“Xitoy hukumati Markaziy Osiyo davlatlarining qarzni toʻlashga qodir emasligini bilsa-da, yirik kreditlar berishga tayyor”, dedi u. “Shu bilan birga, u mazkur mamlakatlarning sudda oʻzini himoya qilish va shartnoma boʻyicha majburiyatlarini bajarmaslik kabi suveren huquqini tan olmaydi”.

“Agar Markaziy Osiyo mamlakatlari qarzlarni qaytara olmasa, konlar va yer hududlari Xitoy ixtiyoriga oʻtishi mumkin. Mintaqadagi ayrim mamlakatlar shunday qilib boʻldi”, deb qoʻshimcha qildi Shersheyev 2018-yil bahorda Tojikistonning qarzlari evaziga oltin konini Xitoyga topshirganiga ishora qilib.

Pekin Markaziy Osiyo mamlakatlariga kelajakdagi daromadni koʻzlab emas, balki garov sifatida talab qilinadigan uglevodorodlar va boshqa foydali qazilmalarga ega boʻlish uchun yirik kreditlarni taqdim etadi, deydi Bishkeklik tadbirkor Ayan Risqulov.

“Pekin kredit berayotganida doim har tomonlama qoʻllab-quvvatlov, sheriklik va oʻzaro tushunish haqida vaʼdalar beradi, qarzni toʻlash vaqti kelganda esa, qudratli qoʻshnimiz oʻzining asl qiyofasini koʻrsatadi”, dedi Risqulov.

Xitoy rejimi nisbatan yuqori foizli stavkalar va oʻziga xos shartlar bilan kredit beradi, deb taʼkidladi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 14

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

KELAJAGI yoʻq hamkorlik va qarz balosi

Javob berish

Hamma ish dabdalaku (((

Javob berish

Rossiya – b.q ))

Javob berish

Shu topda qirgʻizlar qarzlarni qaytarish kerakligini tushunib yetdilar)))) Darvoqe, nega Amerikaning Xalqaro valyuta fondi hech qachon qarzlaridan kechmaydi?

Javob berish

Vasya, bunaqa ahmoq bo‘lma ))

Javob berish

Xitoydan va ayniqsa Parashkadan uzoqroq yurganimiz maʼqul.

Javob berish

Rossiya aviabazasi pul to‘lasin.

Javob berish

Mirok boʻlib tugʻilgansan, mirokligingcha oʻlib ketasan [“Mirok” Markaziy Osiyoda poytaxt aholisi oʻzini tozaroq va bilimliroq deb hisoblagani uchun qishloqdagilarni atash uchun qoʻllaydigan kamsituvchi soʻz]

Javob berish

Albatta, sizlar yoʻqchilikda yashaysizlar. Biz esa sizning qarzlaringizni toʻlashimiz kerak, chunki biz “bosqinchilarmiz”, shundaymi? Qachondir bosqinchilarning aviabazani moliyalashtirganini koʻrganmisiz, osonroq qilib aytsak? Mamlakat xavfsizligini taʼminlash nega kerak? Armanlardan soʻrab koʻringchi, ular Rossiyadan Armanistonni tark etishni soʻrashardi, endichi?...

Javob berish

Rossiya – bosqinchi

Javob berish

Oʻrab oladi-da, yamlamay yutadi.

Javob berish

Xuddi amerikaliklar kimningdir qarzidan kechadigandek ))

Javob berish

Bu qarzni Rossiya toʻlasin. Biz ularning harbiy bazasini ushlab turibmiz.

Javob berish

Xitoy, aniqrogʻi Xitoyning puli – epidemiya, unga qarshi vaksina yoʻq. Osiyolik galvars siyosatchilar kredit olib yotgan bir paytda, Xitoy bu mamlakatni bosib olish rejasini ishlab chiqmoqda. Qirgʻizistonda oʻz yeridan boshqa beradigan narsasi qolmadi. Hech kim va hech qanday tashkilot yordam berolmaydi – Xitoy oldida hamma dumini qisadi.

Javob berish