Seshanba (20-oktyabr) kuni AQSH harbiylari hamkor davlatlar bilan ittifoqchilik aloqalarini mustahkamlash, Rossiya va Xitoyning global taʼsiriga qarshi kurashda oʻz qurolli kuchlari faoliyatini muvofiqlashtirishning yangi usullarni topish yuzasidan uchrashuv oʻtkazdilar.
“Xitoy va Rossiya jadallik bilan oʻz qurolli kuchlarini zamonaviylashtirmoqda va oʻsib borayotgan qudratini xalqaro qonunchilikka nisbatan bepisandlik, davlatlar suverenitetiga daxl qilish va kuchlar muvozanatini oʻzgartirish uchun qoʻllamoqda”, deb aytgan AQSH mudofaa vaziri Mark Esper Vashingtondagi tahlil markazi boʻlgan Atlantik kengashidagi nutqida.
Xitoyning Janubiy Xitoy dengizidagi provokatsiyasi va Kremlning Ukraina bilan urushi “oʻzgalarning avtonomiyasiga, mamlakatlar va tashkilotlarning barqarorligi va birdamligiga surbetlarcha putur yetkazishga urinayotganini koʻrsatmoqda”, dedi u.
“Amerikaning ittifoqchilari va sheriklari tarmogʻi bizga dushmanlarimiz tenglasha olmaydigan ustunlik beradi”, dedi Esper.
Ushbu tashabbus ittifoqchilik va sheriklikni rivojlantirish boʻyicha qoʻllanma (GDAP) deb nomlangan.
Xitoy va Rossiyaning doʻstlari yoʻq
Pekin va Moskva taʼsirga ega boʻlishdagi muhim vosita – sheriklarga ega emas, dedi Esper.
“Xitoy va Rossiyaning ittifoqchilari birga qoʻshib hisoblaganda oʻntadan kam”, dedi u. Shuningdek, ularning qonunbuzarlik tabiati potentsial sheriklarni choʻchitadi, deb qoʻshimcha qildi u.
Ayni vaqtda Qoʻshma Shtatlar keng koʻlamli “ittifoqchilar va sheriklar tarmogʻiga”, shuningdek “mushtarak qadriyatlar va manfaatlar bilan bogʻlangan” munosabatlarga ham ega, dedi Esper.
Shunday boʻlsa-da, Esper “azaliy munosabatlarni oddiy hol qabul qilmaslik kerakligini” aytdi.
U oʻzaro munosabatlarni yoʻlga qoʻyish uchun Malta, Mongoliya va Palauga qilgan tashriflarini hamda AQSHning Polshada oʻz qoʻshinlarini joylashtirish rejalarini tilga oldi.
Boshqa tomondan esa, “mamlakat qancha kichik boʻlib, uning ehtiyoji qancha katta boʻlsa, Pekinning bosimi ham shuncha kuchli” boʻladi, dedi u Myanma, Kambodjiya va Laosning nazarda tutib.
“Hindiston va Indoneziyaga oʻxshash demokratik mamlakatlar esa Xitoyning xatti-harakatlarini yaxshi anglaydilar”, deb qoʻshimcha qildi u.
AQSHning strategiyasiga Amerikaning qurol-yarogʻ savdosi hajmini kengaytirish, ittifoqlarni kuchaytirish, Rossiya va Xitoy raqobatiga qarshi AQSH mudofaa sanoatini rivojlantirish kiradi, dedi Esper.
Esperning soʻzlariga koʻra, u “muhim” qurollanish tizimlarining eksporti va AQSH bozorini himoya qilish uchun ruxsatnomalar olish jarayonini tezlashtirgan.
Misol uchun, Vashington yaqinda harbiy dronlar eksportiga nisbatan cheklovlarni yumshatgan, endi ularni Tayvan va Birlashgan Arab Amirliklariga sotishi mumkin, dedi u.
Pekin global “zoʻravonga” aylangan
Pekin hududiy nizolarda tobora tajovuzkor boʻlib bormoqda, deydi kuzatuvchilar.
“Xitoyliklar oʻzlari uchun Hindistondan Yaponiyagacha, Avstraliyadan Kanadagacha butun dunyo boʻylab yoʻl ochmoqdalar”, degan edi Gonkongning soʻnggi britaniyalik gubernatori Kris Patten 8-iyul kungi onlayn muhokamada.
Markaziy Osiyoda esa Rossiya va Xitoy rejimlari oʻz taʼsiri uchun kurash olib bormoqda.
Xitoy harbiy mansabdorlari muntazam ravishda Qozogʻiston, Tojikiston va Qirgʻiziston mudofaa vazirlari bilan uchrashib turadilar. Pekin mintaqaga qurollar ham yetkazib beradi. Masalan, Turkmaniston Xitoydan havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari, dronlar va yengil zirhli mashinalarni oladi. Qozogʻiston va Oʻzbekistonga esa Xitoydan jangovar dronlar va harbiy-texnik yordam taqdim etiladi.
Bir necha yil avval Xitoy Tojikistonda, Afgʻonistonning Voxan koridori yaqinida harbiy baza qurgan. Bu Xitoyning mintaqaviy ambitsiyalaridagi muhim davlat – Afgʻonistonga bosqinining boshlanishi boʻlishi mumkin.
Boshqa davlatlarning hududiy daʼvolari hisobiga janubiy Xitoy dengizida sunʼiy orollar barpo etayotgan Pekin surbetlarcha resurslar ortidan quvib, harbiy hozirligini kuchaytirmoqda.
Pekin Hind okeani boʻylab bir nechta portlar barpo etib, Janubiy Xitoy dengizidan Suvaysh kanaligacha yoqilgʻi quyish va taʼminot stantsiyalari marjonini hosil qildi. Goʻyoki tijoriy xarakterga ega bu portlar juda tez rivojlanayotgan dengiz floti qamrovini kengaytirishga imkon beradi.
Pekin ayniqsa, Gvadar (Pokiston) va Jaskdagi (Eron) strategik hududlar va portlarni aniq harbiy maqsadlar uchun ishlatishda oʻz moliyaviy hukmronligidan foydalanmoqda.
Kremlning zararli taʼsiri
Bu vaqtda Moskvaning jahon sahnasidagi faoliyati prezident Vladimir Putin rahbarligidagi rejimning halokatli tabiatini fosh qilmoqda.
Davlat qoʻllovidagi subyektlar xorijdagi jamiyatlariga taʼsir qilishga, hukumatlarga putur yetkazishga, xalqaro bitimlarni buzishga, dezinformatsiya tarqatishga va inson huquqlarini poymol qilishga urinmoqda.
Masalan, Moskva Liviyada “Vagner guruhi” yollanma armiyasini qurollantirish orqali Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tan olgan hukumatga qarshi kurashayotgan general Xalifa Haftarni qoʻllab-quvvatlamoqda.
Suriyada Kremlning prezident Bashar Asadni qoʻllab-quvvatlashi oʻz ortidan qonli iz qoldirgan.
Oʻtgan yili Rossiyaning 29155-sonli boʻlinma deb nomlangan razvedka guruhi Afgʻonistondagi koalitsiya qoʻshinlariga qarshi muvaffaqiyatli hujumlar uchun maxfiy tarzda mukofotlar taklif qilgan edi.
Markaziy Osiyoda Qirgʻiziston Rossiyaning mamlakat hududida havo va raketaga qarshi mudofaa tizimlarini joylashtirish rejasiga shubha bilan qaramoqda, Turkmaniston rasmiylari esa Rossiyaning chegara xavfsizligi sohasidagi kamchiliklarni boʻrttirayotganidan gʻazabda. Tojikiston esa Kremlning ularga Rossiyaning yordami “kerakligi” haqidagi taʼkididan norozi.
Qozogʻistonda Moskvaning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YOII) doirasidagi hamkorlikni kengaytirishga urinishi ortidan Kremlning postsovet davlatlar ustidan nazoratni kuchaytirishga qaratilgani bilan bogʻliq xavotirlar kuchaygan.
Kreml oʻzining turli trollar fabrikalari va xakerlik boʻlinmalari orqali internetda dezinformatsiya va fitna tarqatish kampaniyalarini olib borishi bilan yaxshi tanilgan. Yaqinda COVID-19 pandemiyasi Moskvaga tartibsizliklarni avj oldirish uchun qoʻshimcha imkoniyat bergan edi.
Pandemiya dunyo boʻylab xarajatlarni keskin oshirib yubordi va ogʻirlikni taqsimlash ehtiyojini oshirdi, deydi Esper.
“Xavf yoʼqolgani yoʼq, aksincha raqobatchilar global inqirozdan foyda koʻrmoqchi boʻlayotgan bir vaqtda yanada kuchaygan”, dedi u.
Qoʻshma Shtatlar oʻz ittifoqchilaridan “Xitoyning negativ xatti-harakatlari va Rossiyaning zoʻravonligiga qarshi Qoʻshma Shtatlar bilan yelkama-elka turishini kutadi”, dedi u.
To'g'risini aytadigan bo'lsam, bugungi kunda hach bir "Derjava"ga ishonmagan ma'qul.Har qanday davlat ham o'z manfaatlari yo'lida har narsaga tayyor.U shu kungacha Kubaga harbiy bosim o'tkazgan,Vyetnam bilan urushgan,yer yuzidagi atom bombasini ilk bora insonlar ustiga tashlagan,mana endi Ukraina bilan Rossiya urushi uchun Ukrainaga hatto bitta tank ham yubormadi.Mana ittifoqchi davlatlar!
Javob berishFikrlar 5
Biz hech kimga omad tilaymiz biz tinchlik xoxlaymiz.Agar urush boshlangudek bólsa uning sovuq nafasi bizni ham chetlab ótmaydi.
Javob berishFikrlar 5
Global dunyo xavfsizligi faqat Amerikaga bogʻliq emas; u Amerika standartlari boʻyicha “kichik mamlakat” deb hisoblanuvchi davlatlarning kelajakdagi strategiyasiga ham bogʻliq! Chegaraning yaqinligi va uzunligi muhim strategik rol oʻynaydi!
Javob berishFikrlar 5
Ukraina va AQSHga shon-sharaflar.
Javob berishFikrlar 5
Ha, axlat Rossiyaning ittifoqchilari kamga o‘xshaydi. Bu esi past mamlakat faqat dushman orttirishni biladi. AQSHga omad tilaymiz!
Javob berishFikrlar 5