Karvonsaroy
Xavfsizlik

Qozogʻiston va Armaniston Belarusda Rossiya boshchiligida oʻtgan KXSHT harbiy mashgʻulotlarida ishtirok etmadi

Kanat Altinbayev

KXSHTga aʼzo davlatlar qurolli kuchlari Belarusning “Losvido” poligonida “Mustahkam birodarlik-2020” harbiy mashgʻulotlarini oʻtkazmoqdalar. 12-16-oktabr kunlari oʻtgan mashgʻulotlarda Qozogʻiston va Armaniston ishtirok etmagan. [KXSHT]

KXSHTga aʼzo davlatlar qurolli kuchlari Belarusning “Losvido” poligonida “Mustahkam birodarlik-2020” harbiy mashgʻulotlarini oʻtkazmoqdalar. 12-16-oktabr kunlari oʻtgan mashgʻulotlarda Qozogʻiston va Armaniston ishtirok etmagan. [KXSHT]

OLMAOTA – Ikki aʼzo mamlakat Rossiya yetakchiligidagi Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining soʻnggi tinchlikparvarlik mashgʻulotlarida ishtirok etishdan bosh tortdi.

“Mustahkam birodarlik-2020” harbiy mashgʻulotlari 12-16-oktabr kunlari Belarusning Vitebsk viloyatida boʻlib oʻtdi.

“Ishtirokchi davlatlar armiyalari tomonidan kollektiv shartnoma mintaqalarining birida tinchlikparvarlik operatsiyalarini tashkillashtirish, tayyorlash va oʻtkazish masalalari koʻrib chiqiladi”, deb aytgan Belarus bosh shtabi boshligʻi, general-mayor Aleksandr Volfovich tadbirda.

“Mashgʻulotlar butun dunyoda, xususan postsovet mamlakatlarda yuzaga kelgan murakkab vaziyatda strategik tutib turuvchi kuchga aylanadi”, dedi Volfovich.

KXSHT veb-sayti mashgʻulotlarda “KXSHTga aʼzo davlatlar harbiy boʻlinmalari, jumladan 900 dan ortiq askar hamda 120 dan ortiq harbiy va maxsus texnika, shular qatorida vertolyotlar va harbiy dronlar” ishtirok etgani haqida xabar bergan. [KXSHT]

KXSHT veb-sayti mashgʻulotlarda “KXSHTga aʼzo davlatlar harbiy boʻlinmalari, jumladan 900 dan ortiq askar hamda 120 dan ortiq harbiy va maxsus texnika, shular qatorida vertolyotlar va harbiy dronlar” ishtirok etgani haqida xabar bergan. [KXSHT]

“Ushbu tadbir butun dunyoda, xususan postsovet mamlakatlarda yuzaga kelgan murakkab vaziyatda strategik tiyib turish omiliga aylanadi”, deb aytgan Belarus bosh shtabi boshligʻi, general mayor Aleksandr Volfovich 12-oktabr kuni. [KXSHT]

“Ushbu tadbir butun dunyoda, xususan postsovet mamlakatlarda yuzaga kelgan murakkab vaziyatda strategik tiyib turish omiliga aylanadi”, deb aytgan Belarus bosh shtabi boshligʻi, general mayor Aleksandr Volfovich 12-oktabr kuni. [KXSHT]

Mashgʻulotlarda “KXSHTga aʼzo davlatlar harbiy boʻlinmalari, jumladan 900 dan ortiq askar va 120 dan ortiq harbiy va maxsus texnika, shular qatorida vertolyotlar va harbiy dronlar” ishtirok etdi, deb xabar bergan KXSHT.

Ammo mashgʻulotlarda KXSHTning barcha aʼzolari ishtirok etmagani press-relizda qayd etilmagan.

KXSHT olti aʼzo davlatdan tarkib topgan: Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya va Tojikiston.

Oʻtgan yilgi mashgʻulotlarda ishtirok etgan Armaniston va Qozogʻiston bu yil “Mustahkam birodarlik”da qatnashishdan bosh tortdilar.

Armanistonning hafsalasi pir boʻlgan

Armaniston 27-sentabr kuni Qorabogʻ sababli yuzaga kelgan bahslar tufayli Ozarbayjon bilan nizolashmoqda. Bu hudud uzoq muddatdan beri armanistonlik ayirmachilar tomonidan boshqarib kelingan. Toʻqnashuvlarda shu kungacha yuzlab kishi halok boʻldi.

Armanistonning KXSHT va ayniqsa uni boshqarayotgan Rossiyadan hafsalasi pir boʻlishiga bir qancha sabablar bor.

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan “bir yarim yildan beri” KXSHT “faoliyatiga toʻsqinlik” qilib kelgan, deb xabar beradi Ozarbayjonning Media.az veb sayti.

Pashinyan “unga KXSHT kerak emasligini, uning doʻstlari Vashington, Berlin va Parijda ekanligini aytgandi”, deydi Moskva davlat universitetining dunyo siyosati fakulteti professori Aleksey Fenenko Media.az bilan suhbatda.

“Bakuning Armaniston raketa tizimiga qarshi zarbasiga nisbatan Moskvaning bosiq reaksiyasiga nazar soling. Bu koʻp narsani anglatadi”, dedi u Ozarbayjonning 13 va 14-oktabr kungi havo zarbalarini nazarda tutib.

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu tomonlarga yuzlanib, bir necha kun avval Rossiya yetakchiligida erishilgan otashkesim “shartlariga toʻla amal qilishga” chaqirgan.

Oʻtmishda Moskvaning ikkala nizolashayotgan tomonga ham qurol-yarogʻ yetkazib bergani noroziliklarga sabab boʻlishi mumkin, deb xabar beradi Deutsche Welle.

“Ikki tomonga ham bir xil qurollarni yetkazib berish bilan Moskva mintaqada oʻz taʼsirini kuchaytirish va uni bir maromda ushlab turishga intilmoqda”, deb aytgan Yerevan press-klubi raisi Boris Navasardyan xabarda.

16-oktabr kuni Moskva oʻz kuchini koʻrsatish maqsadida harbiy dengiz kuchlari Baku shimolidagi Kaspiy dengizida mashgʻulotlar boshlab yuborgani haqida xabar bergan.

Harbiy mashqlar Baku joylashgan Apsheron yarim oroli shimolida oʻtkazilmoqda, unda artilleriya va raketalar ishga solinishi koʻzda tutilgan, deyiladi Rossiya mudofaa vazirligining bayonotida.

Qozogʻistondagi savollar

Qozogʻiston mudofaa vazirligining jangovar tayyorgarlik boʻyicha rahbari Nurlan Kashaganovning Interfax agentligiga maʼlum qilishicha, koronavirus pandemiyasi sababli Belarusga faqat yetti nafar harbiy zobit kuzatuvchi sifatida yuborilgan.

Ammo bunga KXSHTning nizolardagi ehtimoliy roli ham sabab boʻlgan boʻlishi mumkin.

Xususan, Qozogʻiston Moskvaning KXSHT yordamida Minskdagi ommaviy norozilik namoyishlarini bostirishda yordam berishi borasidagi pozitsiyasini qoʻllab-quvvatlamagan.

16-avgust kungi telefon suhbatida Rossiya prezidenti Vladimir Putin belaruslik hamkasbi Aleksandr Lukashenkoga “KXSHT orqali Belarusdagi siyosiy inqirozni hal etishda yordam berishni” vaʼda qilgan.

Qozogʻiston hukumati Belarusdagi namoyishlarni bostirishga qaratilgan harakatlarda ishtirok etishini tasdiqlagani yoʻq. Qozogʻiston Belarusdagi vaziyatning KXSHT uchun xavf yoki yoʻqligini aytishga hali tayyor emas, dedi 19-avgust kuni mamlakat tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari Yerjan Ashikbayev.

“Biz Qozogʻistonning milliy manfaatlariga mos keluvchi qarorni qabul qilamiz”, dedi Ashikbayev.

KXSHTning Belarusdagi har qanday aralashuvida Nur-Sultonning ishtirok etishi ehtimoldan yiroq, deydi qozogʻistonlik kuzatuvchilar.

Mahalliy jamoatchilik aksar hollarda Qozogʻiston harbiy xizmatchilarining xorijdagi operatsiyalar, jumladan, KXSHT doirasidagi tadbirlarda ishtirok etishiga salbiy qaraydi, deydi olmaotalik siyosatshunos Aydos Sarim.

Belarusdagi voqealar hech qanaqasiga KXSHT missiyalari bilan bogʻliq emas, deb taʼkidladi u.

“Gap ittifoqchi davlatlarga ofatlarni, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda yordam berish haqida ketayotgan boʻlsa, bu bir masala, ammo tinch namoyishlarni zoʻravonlik bilan bostirish – bu butunlay boshqa, bu haqda gap-soʻz boʻlishi mumkin emas”, dedi Sarim.

Avvallari Qozogʻiston harbiylari KXSHT tomonidan tashkil etilgan harbiy mashgʻulotlarda muntazam qatnashib kelgan va endilikda Nur-Sultonning bu tadbirda ishtirok etishdan bosh tortishi “pandemiyadan koʻra kattaroq sabab bilan bogʻliq koʻrinadi”, deydi Qozogʻiston armiyasining sobiq mayori, olmaotalik Dauren Ospanov.

“Bugungi kunda KXSHT qaltis vaziyatda qolgan va unga umid qilgan ayrim aʼzolarning hafsalasini pir qilgan”, deydi Ospanov.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Qozogʻistonga hech narsa bermaydigan befoyda tashkilotlarni tark etishimiz kerak.

Javob berish

KXSHT va Bojxona ittifoqi – o‘lik tashkilotlar.

Javob berish