Karvonsaroy
Saylovlar

Rossiya va Eron muhim saylovlar oldidan amerikalik saylovchilarni qoʻrqitishga uringani maʼlum boʻldi

Karvonsaroy va AFP

3-noyabr kuni oʻtadigan prezident saylovlariga muddatidan avval ovoz berish uchun navbatda turgan amerikalik saylovchilar, 21-oktyabr, Vena (Gʻarbiy Virjiniya). [Stephen Zenner / AFP]

3-noyabr kuni oʻtadigan prezident saylovlariga muddatidan avval ovoz berish uchun navbatda turgan amerikalik saylovchilar, 21-oktyabr, Vena (Gʻarbiy Virjiniya). [Stephen Zenner / AFP]

VASHINGTON – Rossiya va Eron rejimlari amerikalik saylovchilarning maʼlumotlarini qoʻlga kiritib, 3-noyabr kuni oʻtadigan prezident saylovi oldidan jamoatchilik fikriga taʼsir oʻtkazishga qaratilgan choralarni qoʻlladilar, deb maʼlum qilgan AQSH rasmiylari chorshanba (21-oktyabr) kuni.

Eron rejimi “saylovchilarni qoʻrqitish” va “odamlar orasida sarosima qoʻzgʻash” maqsadida amerikaliklarga atayin “soxta” elektron maktublar joʻnatgan, deb bayonot berdi AQSH milliy razvedkasi rahbari Jon Retkliff.

Tehron shuningdek, jinoyatchilarning AQSH tashqarisidan ham qalbaki bulletenlar yuborishi mumkinligi haqida videolavha tarqatgan, deb qoʻshimcha qildi u.

“Bu xatti-harakatlar umidsizlikka tushgan dushmanlarning noumid urinishlari”, dedi u.

Mazkur bayonot saylovchilarning shaxsiy elektron pochtalariga Qoʻshma Shtatlardagi taniqli qurollangan guruh nomidan xabar yuborilishi ortidan eʼlon qilingan.

Tahdidli xabar

Elektron maktublarni qabul qiluvchilarni muayyan tarzda ovoz berishga chaqirishgan, “aks holda biz oldingizga boramiz” deb qoʻrqitishgan.

“Qaysi nomzodga ovoz berganingizni bilib olamiz”, deyiladi maktublarda. “Sizning oʻrningizda boʻlganimda, buni jiddiy qabul qilgan boʻlardim.”

Retkliff va AQSH Federal qidiruv byurosi (FQB) direktori Kristofer Rey ruslar va eronliklar qanday qilib saylovchilarning maʼlumotlarini qoʻlga kiritgani yoki ruslar undan qanday foydalanishi mumkinligiga aniqlik kiritmagan.

Rossiya, Eron va Xitoy rejimlari ijtimoiy tarmoqlarda AQSHdagi saylovchilarga taʼsir oʻtkazishga qaratilgan dezinformatsion xatti-harakatlarni amalga oshirib kelmoqda, deb bir necha bor ogohlantirgan AQSH razvedka mutasaddilari.

AQSH saylov tizimlari xavfsizligiga putur yetmagan, deb taʼkidladi Rey.

“Biz saylovlarimizga nisbatan xorijiy aralashuvga, sizning ovozingiz daxlsizligiga tahdid soladigan yoki jamoatchilikda saylov natijalariga nisbatan ishonchsizlik uygʻotadigan har qanday jinoiy xatti-harakatlarga toqat qilmaymiz”, dedi u.

Payshanba (22-oktabr) kuni Eron va Rossiya rasmiylari bu ayblovlarni qatʼiyan rad etganlar.

Eron va Rossiya rejimlari “chalkashliklar va tartibsizlik keltirib chiqarish va Amerika demokratiyasiga putur yetkazish umidida, roʻyxatdan oʻtgan saylovchilarga yolgʻon maʼlumotlar yetkazishga urinmoqda”, dedi Retkliff.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Baliqlarga yem boʻlishsin.

Javob berish