Karvonsaroy
Jinoyat va adolat

Qirgʻizistonda AQSH qidiruvidagi yirik transmilliy narkofurush hibsga olindi

Karvonsaroy va AFP

22-oktabr kuni Qirgʻizistonda Qoʻshma Shtatlar tarafidan Yevroosiyodagi giyohvand moddalar savdosida muhim figura deb koʻriladigan shaxs hibsga olindi. 25-mart kuni olingan suratda Bishkek tashqarisidagi Mayovka qishlogʻi yaqinida turgan Milliy gvardiya va YHXBB xodimlari aks etgan. [Vyacheslav Oseledko/AFP]

22-oktabr kuni Qirgʻizistonda Qoʻshma Shtatlar tarafidan Yevroosiyodagi giyohvand moddalar savdosida muhim figura deb koʻriladigan shaxs hibsga olindi. 25-mart kuni olingan suratda Bishkek tashqarisidagi Mayovka qishlogʻi yaqinida turgan Milliy gvardiya va YHXBB xodimlari aks etgan. [Vyacheslav Oseledko/AFP]

BISHKEK – Uyushgan jinoiy guruhlar faoliyatini tergov qilish doirasida narkofurush Qamchibek Kolboyev hibsga olindi, deb xabar beradi Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi (GKNB) payshanba (22-oktabr) kuni.

22-oktabr kungi bayonotida AQSH elchixonasi Kolbayevning hibsga olinganini olqishlab, Qirgʻiziston hukumati “jamoat xavfsizligi uchun ushbu xavfli jinoiy liderni javobgarlikka tortishi va hibsda saqlashda davom etishiga” umid bildirdi.

AQSH Davlat departamenti Qamchibek Kolboyevning jinoiy tarmogʻini fosh etishga yordam beradigan maʼlumot uchun 1 million dollarlik (80,7 million qirgʻiz soʻmi) mukofot taklif qilgan edi.

Davlat departamentiga koʻra, Kolboyevning jinoiy tarmogʻi bir nechta Yevroosiyo jinoiy guruhlari rahbarlari va aʼzolaridan tashkil topgan “Birodarlik xalqasi” (Bratva) deb nomlangan transmilliy jinoyat tarmogʻining bir qismidir.

Tergov “Kolbayev va uning kriminal muhitidagi shaxslarning jinoiy faoliyatiga oid tafsilotlarni qoʻlga kiritishga qaratildi”, deb bayonot bergan GKNB.

GKNB Kolboyevning sport klubida hibsga olingani koʻrsatilgan videoni yoyinlagan.

Kolbayev uzoq vaqtdan beri jazosiz qolayotgan jinoyatchi nufuziga ega edi.

U tovlamachilikda ayblanib sud qilingan va yaqinda, 2014-yilda qamoqdan chiqqan. Besh yarim yilga hukm qilingan Kolboyevning qamoq muddati ikki yilga qisqartirilgan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Yashashni istasang, harakatda boʻl! Qirgʻizistonda har kim oʻz bilganicha yashayapti. Qonunlarga amal qilish yoʻq, amal qilinadigan boʻlsa ham, qorni ochligi uchun kolbasa oʻgʻirlagan yetimxonadan chiqqan odamning qamoqqa olinishi ehtimoli kattaroq.

Javob berish