Karvonsaroy
Terrorizm

Ekstremizmga qarshi kurashayotgan Qozogʻiston aksilterror mashqlar oʻtkazdi

Aydar Ashimov

“Sakkizoyoq-2020” taktik mashgʻulotlarida ishtirok etayotgan KNB maxsus kuchlari samolyotda garovga olinganlarni ozod qilishni mashq qilmoqda, 22-oktabr, Olmaota viloyati. [KNB]

“Sakkizoyoq-2020” taktik mashgʻulotlarida ishtirok etayotgan KNB maxsus kuchlari samolyotda garovga olinganlarni ozod qilishni mashq qilmoqda, 22-oktabr, Olmaota viloyati. [KNB]

NUR-SULTON – Oʻtgan haftada Qozogʻiston Milliy xavfsizlik qoʻmitasi (KNB) maxsus kuchlari ehtimoliy favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlikni taʼminlash doirasida Olmaota shahri va viloyatida aksilterror mashqlar oʻtkazdi.

22-oktabr kuni “Sakkizoyoq-2020” deb nomlangan bir kunlik mashgʻulotlar potensial aksilterror operatsiyalar oʻtkazish va favqulodda vaziyatlarning oldini olishda maxsus kuchlarning samadorligini oshirishga qaratildi, deyiladi KNB xabarida.

KNB bayonotida aytilishicha, mashgʻulotlar “xalqaro terrorizm va ekstremizmning boshqa turlaridan kelib chiquvchi xavflarga qarshi kurashda” navbatdagi qadam boʻldi.

Amaliyot davomida turli KNB boʻlinmalarining vaziyatni baholash va qoʻshma operatsiyalarni takomillashtirish boʻyicha yagona yondashuvlari ishlab chiqildi.

22-oktabr kuni Olmaota viloyatida “Sakkizoyoq-2020” mashgʻulotlarida ishtirok etayotgan KNB maxsus qoʻshinlari. [KNB]

22-oktabr kuni Olmaota viloyatida “Sakkizoyoq-2020” mashgʻulotlarida ishtirok etayotgan KNB maxsus qoʻshinlari. [KNB]

22-oktabr kuni Olmaota viloyatida “Sakkizoyoq-2020” mashgʻulotlarida qatnashayotgan KNB askarlari. [KNB]

22-oktabr kuni Olmaota viloyatida “Sakkizoyoq-2020” mashgʻulotlarida qatnashayotgan KNB askarlari. [KNB]

Soʻnggi yillarda Qozogʻistonda birorta ham terakt sodir etilmagan boʻlsa-da, kuch tuzilmalari turli viloyatlarda ekstremistlar va terrorchilik tashkilotlari tarafdorlarini fosh qilishda davom etyapti.

Ushbu potensial tahdidlar KNBni oʻz maxsus kuchlarining har qanday potensial hujumlarga qarshi tayyorgarligini takomillashtirishga undamoqda.

Shu yilning mart oyida Dushanbe shahrida Tojikiston va Oʻzbekiston ishtirokida qoʻshma aksilterror mashgʻulotlari boʻlib oʻtgan edi. Qozogʻistonda soʻnggi yirik aksilterror mashqlari 2019-yilda oʻtkazilgan boʻlib, ular temir yoʻllardagi xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan.

Doimiy xavf

Sentabr oyida Atirau shahrida ekstremistik tashviqot va giyohvand moddalar savdosi bilan shugʻullangan “Islom davlati” (ID) terrorchilik tashkilotining tarafdori olti yillik qamoq jazosiga hukm qilingan.

Shuningdek, sentabr oyida Qaragʻanda viloyatida ekstremistik materiallarni internetda ochiq holda saqlashda ayblangan ayol hibsga olingan.

Bundan tashqari, oʻtgan bir oy davomida huquq-tartibot organlari Turkiston, Atirau va Shimoliy Qozogʻiston viloyatlarida taqiqlangan adabiyotlarni tarqatish bilan bogʻliq holatlarga duch kelganlar.

KNB boʻlinmalari joylarda terrorizmga qarshi kurashayotgan va mashq qilayotgan bir paytda, mamlakatda ekstremizm tahdidiga qarshi onlayn taʼlim olib borilyapti, zero COVID-19 bilan bogʻliq karantin cheklovlari yuzma-yuz taʼlimni imkonsiz qilib qoʻygan.

Masalan, 29 sentabr kuni Taraz universiteti talabalari mahalliy politsiya boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan “Buzgʻunchi ekstremistik oqimlar tarafdorlarining psixologik jihatlari” nomli onlayn maʼruzada qatnashdilar.

“Ekstremizm va terrorizm bilan bogʻliq mavzular bugungi kunda oʻz dolzarbligini yoʻqotgani yoʻq”, deydi maʼruzachilardan biri, Jambul viloyati politsiya boshqarmasining terrorizmga qarshi kurash boʻyicha operativ xodimi Dinmuhammed Sauirbay.

“Shu sababli, vaziyat qurboni boʻlmaslik uchun yoshlar ushbu murakkab voqeliklar toʻgʻrisida tushunchaga ega boʻlishi, ular oʻrtasida tushuntirish va targʻibot ishlarini olib borish lozim”, dedi Sauirbai Polisia.kz nashriga bergan intervyusida.

Qozogʻiston hukumati terrorizmga qarshi kurash yoʻlida muvaffaqiyatli choralarni amalga oshirdi, deydi qaragʻandalik diniy mutaxassis Nariman Baytenov.

“Terrorizm tahdidi nuqtai nazaridan mamlakatdagi vaziyatni barqaror desa boʻladi. U tegishli idoralar nazorati ostida”, dedi Baytenov. “Jamiyatda terrorizmdan qoʻrqish yoʻq, ammo u har qanday ekstremizm yoki jangovar radikalizmni rad etadi”.

“Bu politsiyaga ishonch qoʻngʻiroqlari va taqiqlangan materiallar haqida faol ravishda xabar berayotgan qozogʻistonliklarning xatti-harakatlaridan ham koʻrinib turibdi”, deydi Baytenov.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500