Karvonsaroy
Inson huquqlari

AQSH Senati Xitoyning Shinjondagi musulmonlarga nisbatan siyosatini “genotsid” deb eʼlon qildi

Karvonsaroy va AFP

2019-yilgi fotosurat: Musulmonlarga qarshi “genotsid” sodir etilayotgan Shinjonda tikanli simlar ortida joylashgan turarjoy majmuasidagi Xitoy bayrogʻi. [Greg Baker/AFP]

2019-yilgi fotosurat: Musulmonlarga qarshi “genotsid” sodir etilayotgan Shinjonda tikanli simlar ortida joylashgan turarjoy majmuasidagi Xitoy bayrogʻi. [Greg Baker/AFP]

VASHINGTON – Seshanba (27-oktabr) kuni AQSH senatorlari Xitoy rejimining uygʻurlar va boshqa turkiyzabon musulmonlarga qarshi genotsid siyosatini qoʻllayotgani haqidagi rezolyutsiyani qabul qildilar. Bu chora lagerlarda saqlanayotgan taxminan bir milliondan ortiq odam yuzasidan rejimga nisbatan bosimni kuchaytirishi mumkin.

Rezolyutsiya turli siyosiy doiralarga mansub senatorlar tomonidan taqdim etilgan.

“Xitoyning Shinjon-Uygʻur muxtor viloyatidagi uygʻurlar, etnik qozoqlar, qirgʻizlar va boshqa musulmon ozchiliklar vakillariga qarshi kampaniyasi genotsid hisoblanadi”, deyiladi hujjat matnida.

“Ushbu rezolyutsiya jinoyatlarni asl holicha tan oladi va mudhish xatti-harakatlari uchun Xitoyni javobgarlikka tortish yoʻlidagi ilk qadam hisoblanadi”, dedi rezolyutsiya tashabbuskorlaridan biri, respublikachi senator Jon Kornin.

Rezolyutsiya AQSH “sukut saqlay olmasligini” koʻrsatadi, dedi demokrat senator Jef Merkli.

“Xitoyning uygʻurlar va boshqa musulmon ozchilik guruhlariga nisbatan tazyiqlari – kuzatuvning kuchayishi, qamoqqa olish, qiynoqlar va “qayta tarbiyalash maskanlari” – ayni genotsiddir”, dedi Merkley.

1 milliondan ortiq odam hibsda

Pekin jamiyatni majburan integratsiya qilish va uning islomiy merosini yoʻq qilishga urinar ekan, Shinjon mintaqasidagi lagerlarda bir milliondan ziyod musulmon aziyat chekmoqda.

Pekin bu raqamlarni inkor etib, lagerlarni radikalizm taʼsirining oldini olish boʻyicha koʻnikmalarni oʻrgatuvchi kasb-hunar markazlari deb taʼriflaydi.

Xitoyning xatti-harakatlari “1930-yillarda Germaniyada sodir boʻlgan voqealarni eslatadi”, dedi AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo 17-oktabr kuni Hindistonga tashrifi chogʻida The Print yangiliklar saytiga bergan intervyusida.

“Bu AQSH hukumatining, ayniqsa, Xitoy kommunistik partiyasi bunga beparvo boʻlib turganida uygʻur xalqining ahvoli borasida gʻamxoʻrlik qilishini koʻrsatuvchi juda kuchli, ikki partiyaviy mujda boʻlishi mumkin edi”, deydi Vashingtondagi Heritage Foundation konservativ tashkilotining katta siyosiy tahlilchisi Oliviya Enos.

Genotsid taʼrifiga mos keladi

BMTning Xolokostdan keyin ishlab chiqilgan genotsid toʻgʻrisidagi konventsiyasi aʼzo davlatlar zimmasiga “jirkanch ofat”ning oldini olish va jazolash majburiyatini yuklaydi.

Unda “milliy, etnik, irqiy yoki diniy guruhni toʻliq yoki qisman yoʻq qilish maqsadida” oʻldirish hamda tugʻilishning oldini olish kabi harakatlar genotsid oʻlaroq malakalanadi.

Nemis tadqiqotchisi Adrian Zentsning faktlarga asoslangan tadqiqotiga koʻra, Pekin tugʻilish kvotasidan oshib ketmaslik uchun koʻplab uygʻur ayollarini majburan sterilizatsiya qilgan va abort qildirish uchun bosim oʻtkazdi.

Sentabr oyidagi tergov hisobotida soʻnggi yillar davomida Xitoy hukumati Shinjonda 16 mingga yaqin masjidni yoʻq qilgani va bu bilan Kommunistik partiya boshqaruvidagi mamlakatdan Islom madaniyatini tag-tugi bilan yoʻqotishni maqsad qilgani aytiladi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 3

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Hech kim: Mutloq hech kim: Xitoy: musulmonlarni Islomga amal qilgani uchun oʻldirmoqda. YOʻQ, JIDDIY AYTYAPMAN. Xitoyliklar bunga zoʻr berib urinmoqda. Juda koʻp kuch sarf qilinyapti bu ishga.

Javob berish

XKP – insoniyatning birinchi raqamli dushmani.

Javob berish

Rossiya Xitoyning terrorizmga qarshi kurash tajribasini oʻrganmoqda

Javob berish