Karvonsaroy
Siyosat

Oʻrtadagi millionlarga qaramay, Rossiya Qirgʻizistonning yangi rahbarini sovuq kutib oldi

Karvonsaroy

23-oktyabr kuni Moskvada Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan jurnalistlarning savollariga javob berayotgan Qirgʻiziston tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayev (chapda). [Qirgʻiziston tashqi ishlar vazirligi]

23-oktyabr kuni Moskvada Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan jurnalistlarning savollariga javob berayotgan Qirgʻiziston tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayev (chapda). [Qirgʻiziston tashqi ishlar vazirligi]

BISHKEK – Moskva Qirgʻizistondagi siyosiy vaziyatdan foydalanib, mamlakat rahbariyatini oʻz izmiga buysundirish yoki vaʼda qilingan harbiy va moliyaviy yordamdan mahrum boʻlishi uchun bosim oʻtkazayotgan koʻrinadi.

Qirgʻizistonda 4-oktyabr kungi parlament saylovlaridan soʻng bir necha hafta davom etgan norozilik namoyishlari va siyosiy mujmallik ortidan Sooronbay Jeyenbekov inqirozga barham berish maqsadida 15-oktyabr kuni prezidentlikdan isteʼfo berdi.

19-oktyabr kuni Oliy sud parlament sobiq deputati Sadir Japarovga nisbatan 2017-yilda odam oʻgʻirlash bilan bogʻliq ayblov hukmini bekor qildi hamda uni bosh vazir va prezident vazifasini bajaruvchi etib tayinladi. U 6-oktyabr kuni bahsli saylovlar ortidan yuzaga kelgan tartibsizliklarda chogʻida qamoqdan ozod qilingan edi.

Qirgʻizistonning yangi rahbariyati Kremlning yangi liderlarga nisbatan iliqlashib, vaʼda qilingan moliyaviy yordamni berishiga umid qilgan boʻlsa, Moskva, aftidan bu ambitsiyalar ustiga sovuq suv quymoqda.

2018-yilning mart oyida Qant (Qirgʻiziston) yaqinidagi har xil shartli nishonlarga qarata raketa otayotgan Rossiyaning hujumchi samolyotlari. Baza mamlakatdagi siyosiy bahslar mavzusi boʻlib kelgan. [Rossiya mudofaa vazirligi]

2018-yilning mart oyida Qant (Qirgʻiziston) yaqinidagi har xil shartli nishonlarga qarata raketa otayotgan Rossiyaning hujumchi samolyotlari. Baza mamlakatdagi siyosiy bahslar mavzusi boʻlib kelgan. [Rossiya mudofaa vazirligi]

Inqiroz davom etar ekan, 14-oktyabr kuni “RBK” axborot agentligi Rossiya hukumatidagi manbalariga tayanib, Qirgʻizistondagi “siyosiy vaziyat barqarorlashmagunicha” Moskva Bishkekka moliyaviy koʻmak bermasligini maʼlum qildi.

Japarov dekabr oyiga moʻljallangan yangi parlament saylovlarini nazorat qilishga vaʼda bergan. Shuningdek, u prezidentlikka nomzodini koʻrsatish uchun “dekabr oyi boshida” lavozimidan ketishni rejalashtirmoqda.

Qirgʻizistonda siyosiy vaziyatning barqarorlashuvi kuzatilayotgan boʻlsa-da, Moskva yangi maʼmuriyatga roʻyxushlik berganicha yoʻq.

Aftidan, Moskvaning sovuq qabulidan xavotirga tushib qolgan Japarov oktyabr oyi oxirida Rossiya tashqi ishlar vazirligiga muzokaralar uchun elchisini yubordi, deb xabar qildi Ozodlik radiosi seshanba (3-noyabr) kuni.

Qirgʻizistonning sobiq tashqi ishlar vaziri, hozirda Japarovning tashqi ishlar boʻyicha maslahatchisi Chingiz Aydarbekov muzokaralar uchun Moskvaga kelgan, ammo, 29-oktyabrdagi xabarlarga koʻra, u yerda uni hech kim kutmayotgan edi.

Aydarbekov Kremlda tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Rossiya hukumati aʼzolari va davlat Dumasi rahbarlari bilan “uchrashish istashini bildirgan”, ammo barchaning “rad javobini olgan”, deb yozdi oʻsha kuni Qirgʻizistonning 24.kg yangiliklarning saytining bosh muharriri Asel Otorbayeva Facebook sahifasida.

Voqealarni yumshoqroq tarzda yoritgan Qirgʻizistonning “Kabar” davlat axborot agentligi va shu kuni kechroq Aydarbekovning “Rossiya tashqi ishlar vazirligi va moliya vazirligi rahbariyati bilan muzokaralar olib borgani” haqida xabar bergan, ammo birorta Rossiya rasmiysining ismini ochiqlamagan.

Oʻrtaga tikilgan 100 mln. dollar

Ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlar Moskva Qirgʻizistondagi harbiy hozirligini kengaytirishga zoʻr berayotgan bir paytdasovuqlashmoqda.

Fevral oyida Kreml Qant yaqinidagi Rossiya aviabazasiga havo va raketalarga qarshi mudofaa tizimlarini joylashtirishini aytgan.

Qant aviabazasi bir necha yillar davomida Qirgʻizistonda siyosiy bahs-munozaralar mavzusi boʻlib kelgan, zero koʻplab qirgʻizistonliklar mamlakatda Rossiya harbiylarining doimiy va mustahkam hozirligini milliy suverenitetga tahdid deb biladilar.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2019-yil mart oyida Bishkekka tashrifi chogʻida Qirgʻiziston rasmiylarini Qantdagi Rossiya aviabazasi maydonini 60 gektarga kengaytirishga koʻndirdi. Qirgʻiziston janubida Rossiyaning ikkinchi harbiy bazasini ochish mavzusi ham koʻtarilmoqda.

Putinning tashrifidan bir kun avval Bishkekdagi Rossiya elchixonasi oldida norozilik namoyishi oʻtkazilgan, uning ishtirokchilari “qotil” va “bosqinchi” deb nomlangan plakatlarni koʻtarib, Rossiya harbiylarini Qantni tark etishga chaqirganlar.

Japarovning Kreml bilan aloqalarni kuchaytirishga urinishi Qirgʻiziston uchun foydali boʻlishi mumkin, zero Moskva avvalroq Jeyenbekov hukumatiga 100 million dollarlik (8,4 milliard qirgʻiz soʻmi) moliyaviy yordam vaʼda qilgan.

Moskva siyosiy inqiroz holatidagi Qirgʻizistonda oʻz taʼsirini kuchaytirish va iqtisodiyotning strategik sohalari ustidan nazoratini kengaytirish rejasi doirasida Bishkekka shartli moliyaviy yordam koʻrsatgan, deydi kuzatuvchilar.

Bu orada Qirgʻiziston tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayev 23-oktyabr kuni Moskvada hamkasbi Sergey Lavrov bilan Rossiyaning moliyaviy yordamini tiklash masalasini muhokama qildi, ammo Lavrov bu masalada yon berishni istamadi.

Qozoqboyevning Lavrov bilan uchrashuvidan bir kun avval Putin Qirgʻizistondagi vaziyatni “halokatli” deb atadi va Rossiya voqealarni “afsus va xavotir bilan” kuzatayotganini aytgan, deb xabar beradi Ozodlik.

Muzokaralardan soʻng oʻtkazilgan matbuot anjumanida Kazakbayevning qirgʻizistonlik jurnalist savoliga qirgʻiz tilida javob qaytarishi Lavrovni xafa qilgan va bu shundoq ham sovuq uchrashuvni yanada sovutib yuborgan.

“Jurnalist beshinchi savolini ham qirgʻiz tilida berar ekan, rossiyalik vazirning toqati toq boʻldi”, deb yozadi “Kommersant.ru”.

“Kechirasiz”, dedi Lavrov norozi ohangda. “Siz mezbonning hurmatini joyiga qoʻyishingiz kerak, maylimi? Har jihatdan.”

Bu bilan, aftidan Lavrovning haqoratli tarzda hazillashgan. “Mezbon” soʻzi rus tilida “xoʻjayin” maʼnosini ham anglatadi.

Gʻarbga yuzlanish

Moskva Qirgʻizistonni Qoʻshma Shtatlar bilan kengayib borayotgan hamkorligi va Jeenbekovning 2018-yildan beri Gʻarb bilan aloqalarni rivojlantirib kelgani uchun “jazolayotgan” boʻlishi mumkin.

2018-yil sentyabr oyida Jeyenbekov rafiqasi bilan Nyu-Yorkka tashrif buyurib, AQSH prezidenti Donald Tramp tomonidan tashkillashtirilgan qabulda ishtirok etdi. Jeyenbekov Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antonio Guterres bilan muzokara oʻtkazib, BMT Bosh assambleyasida nutq soʻzladi.

Jeyenbekov Vashingtonga tashrif buyurib, bir qator strategik yoʻnalishlarda AQSH va Qirgʻiziston oʻrtasidagi sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan hukumatlararo kelishuvni muhokama qilish va imzolashni rejalashtirgandi, deb xabar bergan Qirgʻiziston ommaviy axborot vositalari 2019-yil oktabr oyida Jeyenbekov maʼmuriyatidagi manbalariga asoslanib.

Biroq, safar amalga oshmay qoldi, ayrim xabarlarga koʻra, Jeyenbekov 2019-yil sentyabr oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan soʻzlashganidan soʻng uni bekor qilgan.

Ozodlik xabariga koʻra, 2017-yildan beri Qirgʻiziston prezidenti boʻlgan Jeyenbekov Putin bilan bir necha bor uchrashgan boʻlsa-da, 28-sentyabr kuni Sochidagi uchrashuvda Putin uni adashib “Shariman” deb yuborgan.

Siyosiy mavzularni sharhlaydigan bishkeklik jurnalist va jamoatchilik faoli Musurkul Qobilbekovning soʻzlariga koʻra, oʻsha uchrashuvda Jeyenbekov Putindan yordam soʻragan.

“Sizga maʼlumki, mamlakatimiz barqarorligi va taraqqiyotiga qarshi boʻlgan turli kuchlar, ayniqsa parlament saylovlari arafasida faollashdi”, deb aytgan Putin bilan uchrashgan Jeyenbekov Kreml saytida eʼlon qilingan bayonotga koʻra.

“Ular hatto Qirgʻiziston suverenitetiga tajovuz qilishga hamda bizning ittifoqimiz va strategik sherikligimizga putur yetkazishga urinmoqdalar”, deb oʻz soʻzini davom ettirgan Qirgʻizistonning sobiq prezidenti. “Shubhasiz, biz bunga yoʻl qoʻymaymiz, ular koʻzlagan maqsadlariga erisha olmaydilar, zero Rossiyaning qoʻllab-quvvatlovi biz uchun muhim... va buning uchun sizga minnatdorchilik bildiraman.”

“Jeyenbekov Putinning oldida oʻzini yerga urdi, ammo Putin unga yordam bermadi”, deydi Qobilbekov.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 4

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Lavrovning mezbonni har jihatdan hurmat qilish haqidagi nodiplomatik luqmasidan keyin, aksincha, Rossiyaga boʻlgan hurmatim yoʻqoldi. Markaziy Osiyo esa koʻproq Turkiya bilan yaqinlashishi kerak.

Javob berish

Kredit va grantlar olishni toʻxtatish kerak! Yetar endi! Viloyat va shaharlarga boʻlinishni toʻxtatish, birlashib, farzandlarimizning kelajagi uchun ishlashimiz kerak. Dunyoda biznikidek davlat deyarli yoʻq, shuning uchun Rossiya, Xitoy va qoʻshnilarimiz yurtimizga koʻz tikishmoqda.

Javob berish

Iflos Rossiya. Uning Qirgʻizistondagi harbiy bazalarini yopish kerak.

Javob berish

Ha!

Javob berish