Karvonsaroy
Xavfsizlik

Xitoyning Markaziy Osiyodagi hududiy daʼvolari mintaqa boʻylab xavotirlarni kuchaytirmoqda

Kanat Altinbayev

29-oktabr kungi suratda bostirib kirish mashqlarida ishtirok etayotgan Xitoy armiyasining parashyutchi askarlari aks etgan. [Xitoy mudofaa vazirligi]

29-oktabr kungi suratda bostirib kirish mashqlarida ishtirok etayotgan Xitoy armiyasining parashyutchi askarlari aks etgan. [Xitoy mudofaa vazirligi]

OLMAOTA – Xitoy Kommunistik partiyasi nazorati ostidagi ommaviy axborot vositalarida Markaziy Osiyo mamlakatlarining Xitoyga “qaytishga” intilayotgani haqidagi daʼvolarning eʼlon qilinayotgani mintaqa suverenitetiga bevosita tahdid va xavotirli tendensiyadir, deydi tahlilchilar.

Bahorda, Qozogʻiston va Qirgʻiziston koronavirus sababli qatʼiy karantinda ekanligida Xitoy veb-saytlari ikki mamlakatni larzaga keltirgan provokatsion bayonotlarni chop etgan edi.

Aprel oyida Xitoyning Sohu.com xususiy onlayn nashrida “Nima uchun Qozogʻiston Xitoyga intilmoqda” sarlavhali maqola chop etilishi ortidan Xitoy elchisi Qozogʻiston tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirilgandi.

Maqola muallifi Qozogʻistonning oʻz hududiga nisbatan suverenitetini shubha ostiga olib, bu yerlar tarixda Xitoyga qarashli boʻlgani va “Qozogʻiston Tsin sulolasining vassali boʻlganini” taʼkidlagan.

Toutiao.com veb-saytidagi “Nima uchun Qirgʻiziston mustaqillikka erishganidan soʻng oʻz vataniga qaytmadi?” deb nomlangan maqolada Qirgʻizistonni Xitoy hududining bir qismi sifatida koʻrsatuvchi xarita chop etilgan. [Toutiao.com]

Toutiao.com veb-saytidagi “Nima uchun Qirgʻiziston mustaqillikka erishganidan soʻng oʻz vataniga qaytmadi?” deb nomlangan maqolada Qirgʻizistonni Xitoy hududining bir qismi sifatida koʻrsatuvchi xarita chop etilgan. [Toutiao.com]

Pekin iqtisodiy va harbiy jihatdan oʻz mavqeini mustahkamlayotgan Markaziy Osiyo yaqinidagi bahsli hududda oʻtkazilayotgan harbiy oʻquv mashgʻulotlari chogʻida qurol-yarogʻ va texnika olib ketayotgan Xitoy harbiy yuk mashinalari karvoni. [Xitoy mudofaa vazirligi]

Pekin iqtisodiy va harbiy jihatdan oʻz mavqeini mustahkamlayotgan Markaziy Osiyo yaqinidagi bahsli hududda oʻtkazilayotgan harbiy oʻquv mashgʻulotlari chogʻida qurol-yarogʻ va texnika olib ketayotgan Xitoy harbiy yuk mashinalari karvoni. [Xitoy mudofaa vazirligi]

“Qozogʻistonning kichikroq shaharlarida yashovchilar oʻzlarini Li Bo (sakkizinchi asrda yashagan xitoylik shoir) avlodlari deb biladi, ulardan ayrimlari esa oʻzini Xan (Xitoyning eng yirik etnik guruhi) deb ataydi”, deyiladi maqolada. Maqolada aynan qaysi shaharlar nazarda tutilgani haqida maʼlumot yoʻq.

Shuningdek, aprel oyida Toutiao.com saytida “Nima uchun Qirgʻiziston mustaqillikka erishganidan keyin oʻz vataniga qaytmadi?” sarlavhali maqola chop etilgan.

Toutiao.com sayti “Markaziy Osiyoning eng kichik respublikasi” deb taʼriflangan Qirgʻiziston ming yilliklar davomida Xitoy hududining bir qismi boʻlgani, 1846-yilda Chor Rossiyasi Xitoydan 510 ming kv. km hududni, jumladan hozirgi Qirgʻiziston yerlarini tortib olgani haqida yozgan.

Maqolada bu daʼvoni qoʻllab-quvvatlash uchun Xitoyning oʻsha davrlarga mansub xaritasi chop etilgan. “Vatanidan ajralib chiqqan mintaqalar va mamlakatlar vaqt oʻtib ularga qaytsa-da”, 1991-yilda mustaqillikka erishgan Qirgʻiziston asosan Rossiyaning davomli taʼsiri tufayli bunday qilmadi, deb yozadi muallif.

Maqola qirgʻizistonliklarning gʻazabini qoʻzgʻadi va ular maqolani igʻvoli deb atadilar.

“Pekin nafaqat Qirgʻizistonning hududiy yaxlitligi, balki uning suvereniteti uchun ham tahdidga aylanmoqda. Bu xavotirli belgi”, deydi Orbita.kg yangiliklar saytining bishkeklik muxbiri Mars Abayev.

Pekin Markaziy Osiyo mamlakatlarining munosabatini baholash uchun “oʻz” hududlarini qaytarish gʻoyasini ilgari surmoqda, dedi Abayev.

Maqolalar Xitoy kompartiyasi ruxsati bilan chiqqan

Sohu.com bu maqolani Xitoy elchisi Qozogʻiston tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirilganidan bir hafta oʻtmay saytdan olib tashlagan.

Uchrashuv haqida oʻzining Facebook sahifasida xabar qoldirgan Xitoy elchisi muhokamaning asosiy mavzui haqida lom-mim demagan. “Ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlarni chuqurlashtirish uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida axborot maydonini soxta xabarlardan tozalash muhimligiga eʼtibor qaratildi”, deb yozadi elchi.

Biroq, Xitoyning axborot siyosati bilan yaxshi tanish boʻlgan kuzatuvchilarning taʼkidlashicha, bu veb-saytlar Pekin rahbariyatining maʼqullovisiz yolgʻon maʼlumot tarqatmaydi.

Sohu.com Xitoy Kommunistik partiyasi tomonidan boshqariladi va ulkan moliyaviy imkoniyatlarga ega, deydi “Atajurt” (Ota yurt) inson huquqlari tashkilotining rahbari, 2000-yillarda Xitoydan koʻchib kelgan etnik qozoqlardan biri, olmaotalik Serikjan Bilash.

Boshqa sayt – Toutiao.com esa Xitoyda oʻzining siyosiy va tarixiy mavzudagi maqolalari bilan tanilgan boʻlib, Xitoydagi eng ommabop 10 ta onlayn-resursdan biri hisoblanadi va Kommunistik partiyaning qoʻllab-quvvatloviga ega.

“Bu har xil soxta yangiliklar chop etadigan oddiy veb-saytlar emas”, dedi u.

“Bu maqolalar Xitoy hukumatining Markaziy Osiyo mamlakatlari erkinligi va mustaqilligini tan olmasligini va ularni oʻz hududi deb bilishini koʻrsatadi”, deydi Bilash.

Shunga qaramay, Pekin soxta hududiy daʼvolarni ikki karra kuchaytirgan koʻrinadi, zero shu yili yozda yangi provokatsion maqolalar paydo boʻldi.

Tojikistonga nisbatan daʼvolar

Pekinning hududiy daʼvolari Markaziy Osiyodagi aksilxitoy kayfiyatini kuchaytirmoqda, deb taʼkidlaydi Orbita.kg nashrining jurnalisti Mars Abayev.

“Qirgʻiziston va Qozogʻistonda tez-tez yuz berayotgan Xitoyga qarshi norozilik namoyishlari bu tendensiyani tasdiqlaydi”, dedi u.

Shunga qaramay, Pekin Tojikistonni ham nishonga olib, soxta hududiy daʼvolarini ikki karra kuchaytirganga oʻxshaydi.

Iyul oyida Xitoy ommaviy axborot vositalari “Tojikiston Xitoyga yerini topshirish tashabbusi bilan chiqdi va Pomirning qoʻldan chiqarilgan togʻlari oʻzining qonuniy egasiga qaytarildi” degan igʻvoli sarlavha ostida maqola chop etgan.

2011-yilda Tojikistonning 1158 kv. km hududi Xitoy ixtiyoriga oʻtkazilganini yoritgan maqola koʻplab tojikistonliklarni gʻazablantirgan edi. Tojikiston bu yerlarni oʻz qarzlarining bir qismidan qutulish uchun Xitoy ixtiyoriga topshirgan.

Maqola muallifi, xitoylik tarixchi-jurnalist Tsyuy Yao Lu faqat Xitoy manbalariga asoslanib, Tojikistondagi Pomir togʻlari Xitoyga tegishli, deb taʼkidlagan va bu bilan tojik hukumatining eʼtiroziga sabab boʻlgan.

Tojikistonning Xitoy oldidagi qarzlari oʻsishda davom etar ekan, mamlakat qarz evaziga yanada koʻproq hududini Xitoy ixtiyoriga topshirishi mumkin, zero bunday gaplar avval ham aytilgan edi.

2020-yilda Tojikistonning Xitoy Eksimbanki oldidagi qarzi 1,2 milliard dollarga yetdi, deb xabar bergan Asia-Plus avgust oyida.

Avgust oyida Dushanbe pandemiya munosabati bilan Pekindan qarz majburiyatlarini yumshatishni soʻrashga majbur boʻlgandi. Xitoy rejimining qanday qaror qabul qilgani nomaʼlum.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 54

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Uygʻur aholisining sonini kamaytirish uchun koʻplab ayollar sterilizatsiyadan oʻtish va spiral qoʻydirishga majburlandi. 2017-yildan 2019-yilgacha Shinjonda tugʻilish darajasi 48,7%ga kamaydi, lekin hukumat tugʻilishning pasayishi oilani rejalashtirish va mintaqadagi mavjud tugʻilish kvotasi bilan bogʻliqligini daʼvo qilmoqda. https://theowp.org/genocide-in-china-the-inhumane-treatment-of-uighur-muslims/

Javob berish

Butun voqelikni aks ettirgan oʻz vaqtida chiqqan maqola, muammlifga qoʻshilaman.

Javob berish

Shinjonlik hukumat sotsiologi Li Syaosya majburiy sterilizatsiya haqidagi xabarlarni “tuhmat” deb atadi. Yanvar oyida davlat matbuoti uchun yozgan maqolasida u 2017-yildan 2018-yilga qadar qoidalarga qatʼiy rioya qilinishi natijasida Shinjonda tugʻilish darajasi bir yilda 120 ming kishiga kamayganini tan olgan. Ammo Li xonim etnik guruhlarga mansub qishloq ayollari “oʻz-oʻzidan” sterilizatsiyaga rozi boʻlganini aytgan. Ayrim ayollar qonuniy tugʻish kvotasini ishlatishdan oldin, bachadon naylarini tugib qoʻyish operatsiyasi uchun 3000 yuan (460 dollar) yoki undan koʻproq mukofot olishgan. Rasmiylar odamlar ongini “diniy ekstremizm kishanlaridan” ozod qilishgani aytiladi. Uning soʻzlariga koʻra, endi uygʻurlar ham xitoy xanlari kabi ayni qoidalarga amal qilib, “kamroq va yaxshiroq” tugʻish tarafdoriga aylangan.

https://thehongkongpost.com/2021/07/25/ferocious-birth-control-policies-in-xinjiang-are-racially-targeted/

Javob berish

Doimiy Xitoy rejimi, oʻzini doʻstdek koʻrsatib yerlarni egallashni boshlaydi. Ertami, kechmi Xitoy Adolf izidan boradi.

Javob berish

Qanday turklar, qaysi turk davlati? 30 yil ichida oʻz davlatingizni barpo etolmadingizk-ku! Qanday armiya? Qaysi millat, davlat? Kim siz uchun jang qiladi? Turklar, arablar. Rossiya shunaqangi rasvo ekan, nega asrlar davomida bizdan himoya soʻrab kelgansiz? Xitoyliklar esa bizning asriy “birodarlarimiz” (bir asr 100 yil, qolganini keyin koʻramiz).

Javob berish

Ha, agar sizlarni oʻrtoq deb bilsa, Xitoy bilan oʻrtoq boʻling )) Xitoy Rossiyani donor sifatida koʻradi...

Javob berish

Davolar emas, daʼvolar boʻladi, savodxonlar! [Izoh qoldiruvchi rus tilidagi xatoni toʻgʻirlamoqda.]

Javob berish

Kelajak Turon armiyasida! Ana shunda koʻramiz!

Javob berish

Yoʻq, foydasiz

Javob berish

Bu yerda, Rossiyaning Uzoq Sharqida xitoyliklar allaqachon Putinning sotqin amaldorlari yordamida hammayoqni egallab boʻlishdi.

Javob berish

Uygʻurlar bu yoʻldagi ilk qaldirgʻochlar boʻlishdi, hech kim bu tahdidni jiddiy qabul qilmadi. Bu Xitoyning asrlar davomida tuzgan rejasi edi. Oxir-oqibat xitoyliklar Markaziy Osiyoni oʻziga boʻysundiradi. Keyingisi kim? Tojikiston allaqachon qoʻldan boy berildi, yoʻqotishlar borgan sari koʻproq boʻladi.

Javob berish

Xitoy Kommunistik partiyasining rejasiga koʻra, ular 10 davlatni bosib olishmoqchi: Tayvan, Yaponiya, Hindiston, Shimoliy Koreya, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Rossiyaning bir qismi va yana qaysidir uch mamlakat. Shaxsan oʻzim oʻqidim: XKP Hindistonni bosib olishda Pokistonning yordamiga umid qilyapti.

Javob berish

O'zbekistonchi nima bizga "marhamat" mi, Allohni aytgani bo'ladi boshqalarni hududini olaman deb o'z yerlaridan ayrılıb qolmasin

Javob berish

Bizga Xitoy ekspansiyasi kerak emas, oʻz manfaatlarini koʻzlab ularning izmiga yurayotganlarni qamash kerak

Javob berish

Rossiya nega bunaqa axlat?

Javob berish

Musulmon mamlakatlar ittifoqi zarur.

Javob berish

Hoy, qozoqlar, biz ruslar ertami-kechmi shimoliy Qozogʻistonni tortib olamiz, qolgan qismini esa Xitoy va Oʻzbekistonga berib yuboramiz

Javob berish

Ketni oʻpinglar, shu ishni zoʻr bajarasizlar faqat ))

Javob berish

Ruslar yoʻq, Rossiya tez orada parchalanadi. Shuning uchun borib boshmoqlaringizni toʻqinglar, krepostnoylar.

Javob berish

Bla bla bla

Javob berish

Qoʻrqoq igʻvogarlar. Ikkalar tomonda ham koʻrpacha siyosatchilari ))) Senlarning muhokamlaringni kimdir jiddiy qabul qiladi deb oʻylaysanlarmi????

Javob berish

Sakrayver, paxmoqsoch, balki Ukrainalik yana bir boʻlagi tushib qolar

Javob berish

Jahon banki va BMT mamlakatga yiliga YIMning 20 foizidan koʻproq miqdorda tashqi qarz olishni taqiqlovchi xalqaro qonun qabul qilishi kerak.

Javob berish

Bizning deputatlar va hukumat esa bemalol Xitoynikini yalab yotibdi.

Javob berish

Shuning uchun turkiy davlatlar ittifoqini tuzishimiz kerak. Xitoy Rossiyaning Uzoq Sharq va Sibirini oʻziga qoʻshib olish bilan band boʻlib turganida, fursatdan foydalanib qolish kerak.

Javob berish

Ular oʻzlari uchun qaysi davrni toʻgʻri deb hisoblayaptilar? U holda hozirgi Xitoy hududining yarmi oʻzlarini emas. Bu hududning uchdan biri ilgari turkiylar, tub hindular, moʻgʻullar, tayliklarga qarashli boʻlgan. Mayli, ular [xitoylar] oʻz vaqtida Markaziy Osiyo hududining bir qismini bosib olishgan va bir muddat egalik qilishgan ham deylik, lekin bu yerlar bugun ham ularga tegishli degani emas. Butun dunyo hayot uchun, yer uchun, oʻz avlodlarining kelajagi uchun jang qilayotganida xitoyliklar yashirinib olib, oʻz sonlarini koʻpaytirishdi va urush tugaganidan keyin chiqib qahramonlarga aylanishdi. Nega ular bu muammolarni oʻshanda hal qilishmadi, jasoratlari yetmadimi? Oʻshanda ular bunday daʼvolar bilan chiqishsa, tillarini kesib olishardi.

Javob berish

Xitoy kuch toʻplayapti, jimgina nimagadir tayyorlanmoqda, ammo ular boshqalarning hududlariga daʼvo qilmasligi uchun qarzlarni qaytarish kerak!

Javob berish

Tupurganim bor

Javob berish

Tabriklayman, muhtaram qirgʻizlar, klanlarga boʻlinganingiz va hokimiyatga tashnaligingiz yaqinda sizlarga qimmatga tushadi. Tabriklayman, tez orada oʻz mamlakatingizni rasman parchalab tashlaysiz

Javob berish

Rossiya – axlat oʻrasi.

Javob berish

Seni ogʻzing axlatxona

Javob berish

Xitoy Markaziy Osiyoga burnini tiqadigan boʻlsa, oʻlimini qarshi oladi. Ammo tashviqot boshqa tomondan boʻlyapti menimcha.

Javob berish

Kulgili :)))

Javob berish

Xitoylar Markaziy Osiyo boʻylab marsh qilsa bir oy oʻtib butun Markaziy Osiyo xitoycha oʻrganishni boshlaydi. Besoʻnaqay, loqayd va dangasa qozoqlar, qoloq tojiklar, yovvoyi qirgʻizlar Xitoyga birinchi boʻlib qoʻshiladi. Rossiya ularga Uzoq Sharqni ham sotib yubordi.

Javob berish

Qozogʻiston sanoatiga hammadan koʻra koʻproq Xitoy sarmoya kiritmoqda; bu xavotirli. Ular amaldorlarimizning sotqinligi va yebtoʻymasligidan foydalanib, puxta reja tuzishgan.

Javob berish

Ogʻayni, gazni maqbul narxlarda sotib olar ekansiz, xitoyliklar yaqin 20 yilda sizlarga tegmaydilar va h.k. Ammo Qirgʻizistonni esa mutloq anneksiya kutib turibdi, chunki ularda togʻlar va resurslar koʻp

Javob berish

:)) Aslida, Qozogʻistondagidan koʻp emas. Togʻlar ham, resurslar ham

Javob berish

U yerda bir-ikki tonna oltin va togʻ daryolaridan boshqa hech vaqo yoʻq

Javob berish

Qarzlarni qaytarish kerak. Menimcha, Xitoy hududlarni kuch bilan bosib olmasa kerak.

Javob berish

Qirgʻiziston hech qachon Xitoyning bir qismi boʻlmagan. Ular oʻrtasida savdo-sotiq boʻlgan, karvonlar qatnagan. Xitoyning oʻzi bosqinchi. Sharqiy Turkiston ham, uygʻurlarga qarashli Tibet ham Xitoyniki emas; [Xitoy] ikkovini ham ozod qilishi kerak.

Javob berish

Afsuski, Xitoyning bir qismi boʻlgan

Javob berish

Qadimgi yunon afsona va rivoyatlarida shunday gap bor edi: “Hadya berayotgan danaylardan qoʻrqing”. Shunday ekan, buni eʼtiborga oling, xaloyiq!

Javob berish

Xitoy – ikkinchi Gitler Qani, urinib koʻrsinchi Ular halok boʻlishadi, Xitoyni xaritadan oʻchirib tashlaymiz

Javob berish

:))) Odamni kuldirmang, nima bilan jang qilasiz, tilingiz bilanmi? :)

Javob berish

Nima bilan oʻchirasan? Qoʻyni tezagi bilanmi????

Javob berish

Rossiya Xitoydan battar.

Javob berish

Xitoyning tagiga yot

Javob berish

Bekorchi gaplarni gapirma, 70 yil yashadik, hammasi yaxshi edi

Javob berish

70 yilda deyarli vayron qilishdi

Javob berish

Qirgʻiziston hech qachon Xitoy hududi boʻlmagan. Biz uygʻurlardek boʻlishni istamaymiz. Ustimizdan zoʻravonlik bilan hukm qilishlarini va tahqirlashlarini xohlamaymiz. Respublikaga tegishli katta-katta pullarni yutib yuborganlar, qarzni uzinglar; Sizlardan iltimos!

Javob berish

Shu tariqa dunyo xaritasida yana bitta “olovli nuqta” paydo boʻlishi mumkin.

Javob berish

Xitoydan hamma qarzlarimizni uzishimiz kerak va bundan keyin boshqa qarz olmasligimiz kerak. Amaldorlar, mamlakat kelajagi va farzandlarimizni haqida ham oʻylang. Dunyoda biznikidek mamlakat yoʻq.

Javob berish

Xitoy bir kun emas bur kun bunday ritorikasidan pushaymon boʻladi Butun dunyo unga qarshi turadi Hammasi boʻlmasa ham, aksar qismi !!!

Javob berish

Xitoy oʻz armiyasini mustahkamlamoqda, uning armiyasi biznikiga qaraganda ancha qudratli. Bekorga mish-mish tarqatishmayapti ular. Keyinchalik yerlarimizni tortib olish uchun qarz berishyapti.

Javob berish