Karvonsaroy
Salomatlik

AQSH COVID-19ga qarshi kurashda qirgʻizistonlik shifokorlarga yordam tariqasida shaxsiy himoya vositalari va kompyuter jihozlarini hadya qildi

Karvonsaroy

Bishkekda Qirgʻiziston sogʻliqni saqlash xodimlariga taqdim etilgan shaxsiy himoya vositalari va kompyuter jihozlari, sanasiz surat. [Qirgʻizistondagi AQSH elchixonasi]

Bishkekda Qirgʻiziston sogʻliqni saqlash xodimlariga taqdim etilgan shaxsiy himoya vositalari va kompyuter jihozlari, sanasiz surat. [Qirgʻizistondagi AQSH elchixonasi]

BISHKEK – Yaqinda AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (CDC) COVID-19ga qarshi kurashda yordam tariqasida qirgʻizistonlik shifokorlarga shaxsiy himoya vositalari va kompyuter uskunalarini begʻaraz taqdim etdi, deyiladi Bishkekdagi AQSH elchixonasining 6-noyabr kungi bayonotida.

Shaxsiy himoya vositalari tibbiy xalatlar, niqoblar, N95 respiratorlari, qoʻlqoplar, tibbiy shapkalar, baxilalar, yuz himoyasi moslamalari, shuningdek COVID-19ga chalingan bemorlarni tekshirishda ishlatiladigan materiallarni oʻz ichiga olgan.

Ular Bishkek, Oʻsh, Norin va Otboshidagi sogʻliqni saqlash xodimlariga beriladi.

CDC shuningdek, bemorlarning tuzalishi, shaxsiy himoya vositalarining inventarizatsiyasi va mamlakatdagi COVID-19 holatlarini kuzatib borishga moʻljallangan kompyuter uskunalari va dasturiy taʼminotni ham taqdim etgan.

“Bu kurashga Qirgʻiziston sogʻliqni saqlash xodimlari va epidemiologlar rahbarlik qilmoqda, biz gripp va OIV/OITSga qarshi kurash boʻyicha oʻnlab yillar davom etgan hamkorligimizga tayanib, ularni imkon qadar qoʻllab-quvvatlayotganimizdan mamnunmiz” deyiladi CDCning Markaziy Osiyo boʻyicha rahbari, doktor Daniyel Singerning bayonotida.

Xalqaro hamkorlik

Qirgʻiziston Sogʻliqni saqlash vazirligining yuqumli, parazitar va epidemiologik kasalliklarning oldini olish departamenti COVID-19ga qarshi kurashda CDC va ICAP (avvalgi nomi – OITSni muolaja qilish va davolash dasturlari xalqaro markazi) bilan hamkorlik qilib kelmoqda, deydi mazkur departament rahbari Dinara Otorbayeva.

ICAP markazi Nyu-Yorkdagi Kolumbiya universitetida joylashgan.

“Bizni shunday ogʻir paytda, tibbiyot xodimlarini oʻqitishda qoʻllab-quvvatlaganlari, sogʻliqni saqlash tashkilotlari bazasini shaxsiy himoya vositalari va tashkiliy jihozlar bilan mustahkamlaganlari uchun oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz. Bu loyihani mamlakatdagi epidemik vaziyat barqarorlashguncha davom ettirish zarur”, dedi u.

Umumiy qiymati 6 mln qirgʻiz soʻmidan (71590 AQSH dollari) ortiq boʻlgan bu uskunalar CDCga tegishli kattaroq loyihaning bir qismi hisoblanadi. ICAP Qirgʻiziston epidemiologlari, shifokorlari va hamshiralarini oʻqitish va jihozlash boʻyicha loyihani amalga oshirmoqda.

Mazkur loyiha Oʻsh, Bishkek va Norindagi tibbiyot xodimlariga jamoani infeksiyadan himoyalash uchun infeksiyaviy nazoratni baholashga yordam berdi. Shuningdek, 19 ta sogʻliqni saqlash muassasasi xodimlari uchun epidemiologik kuzatuv va kontaktlarni aniqlash boʻyicha treninglar oʻtkazildi.

Qoʻshma Shtatlar CDC va AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi orqali bu yil pandemiyaga qarshi kurashini kuchaytirish uchun Qirgʻizistonga 5 million dollardan (419,1 million qirgʻiz soʻmi) koʻproq mablagʻ ajratgan.

Pandemiya boshlanganidan beri AQSH Markaziy Osiyo mamlakatlariga muntazam ravishda shaxsiy himoya vositalari va boshqa materiallarni begʻaraz taqdim etib kelmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

AQSH Rossiyadan yaxshiroq, bu fakt.

Javob berish

Nega unda AQSH Markaziy Osiyolik mehnat muhojirlarini oʻziga chaqirmaydi ??? Negadir osiyoliklar Rossiyaga yopirilib kelyapti, osiyolik oilalarning aksariyati rubl hisobiga kun koʻrmoqda.

Javob berish