Karvonsaroy
Siyosat

Moskva Qirgʻizistonning Rossiya yoʻrigʻiga yurmayotganidan hafsalasi pir boʻlmoqda

Kanat Altinboyev

Qirgʻiziston prezidenti vazifasini bajaruvchi Sadir Japarov tarafdorlari 9-oktabr kuni Bishkekda boʻlib oʻtgan mitingda qatnashmoqda. [Vyacheslav Oseledko/AFP]

Qirgʻiziston prezidenti vazifasini bajaruvchi Sadir Japarov tarafdorlari 9-oktabr kuni Bishkekda boʻlib oʻtgan mitingda qatnashmoqda. [Vyacheslav Oseledko/AFP]

BISHKEK – Qirgʻizistonda oktabr oyidagi hokimiyat almashuvidan soʻng, Moskva Bishkekka nisbatan nazar-pisandsiz munosabatini yashirmayapti. Kuzatuvchilarning taʼkidlashicha, bu Kremlning Markaziy Osiyo respublikasidagi taʼsiri kamayib borayotganidan dalolat beradi.

Qirgʻizistonda 4-oktabr kungi parlament saylovlaridan soʻng bir necha hafta davom etgan norozilik namoyishlari va siyosiy mujmallik ortidan Sooronbay Jeyenbekov inqirozga barham berish maqsadida 15-oktabr kuni prezidentlikdan ketgan.

19-oktabr kuni Oliy sud parlament sobiq deputati Sadir Japarovga nisbatan 2017-yilda odam oʻgʻirlash bilan bogʻliq ayblov hukmini bekor qilib, uni bosh vazir va prezident vazifasini bajaruvchi etib tayinladi.

Rossiya-Qirgʻiziston munosabatlarini tiklash yuzasidan qirgʻizistonlik hamkasbi Ruslan Kazakbayev bilan muzokara oʻtkazgan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov OAV vakillari bilan uchrashuvi chogʻida asabiyroq boʻlib koʻrindi, deb yozadi Rossiyaning “Kommersant” biznes-nashri.

Qirgʻiziston tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayev (chapda) 23-oktabr kuni Moskvada Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan jurnalistlarning savollariga javob bermoqda. [Rossiya tashqi ishlar vazirligi]

Qirgʻiziston tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayev (chapda) 23-oktabr kuni Moskvada Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan jurnalistlarning savollariga javob bermoqda. [Rossiya tashqi ishlar vazirligi]

23-oktabr kuni Moskvada boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Lavrov qirgʻizistonlik jurnalistlarning bir nechta savoliga qoʻpollik bilan javob qaytargan.

Ikki mamlakat prezidentlari uchrashadimi, degan savolga Lavrov: “Avvalo doʻstlaringiz (Qirgʻizistonning hozirgi hukumati) tugallanishi kerak boʻlgan jarayonlar – saylovlar va konstitutsiyaviy islohotlarning ketma-ketligini hal qilishlari lozim”, deb javob bergan.

Qirgʻiz tilida berilgan yana bir nechta savoldan soʻng, Lavrov oʻzini tutib tura olmadi.

“Siz mezbonning hurmatini joyiga qoʻyishingiz kerak, maylimi? Har jihatdan”, dedi Lavrov haqoratomuz hazil ohangida. “Mezbon” soʻzi rus tilida “xoʻjayin” maʼnosini ham anglatadi.

Garchi Rossiya ikki mamlakat oʻrtasida yaqin sheriklik aloqalari saqlanib qolganini daʼvo qilayotgan boʻlsa-da, muzokaralarda deyarli hech qanday muvaffaqiyatga erishilmagan.

Oliy darajada muzokaralar oʻtkazilmagani yetmagandek, Lavrov Kazakbayevga “Qirgʻizistondagi siyosiy vaziyat barqarorlashmagunicha” Rossiyaning Qirgʻizistonga moliyaviy yordami toʻxtatib turilishini aytgan.

Moskva oʻshandan beri Qirgʻiziston rasmiylari bilan muloqotdan bosh tortmoqda.

Qirgʻiziston prezidenti vazifasini bajaruvchi Sadir Japarov maslahatchisi Chingiz Aydarbekovni Moskvaga yuborgan. Aydarbekov Lavrov, Rossiya maʼmuriyati va parlamenti aʼzolari bilan “uchrashish istashini bildirgan”, deb yozadi Qirgʻizistonning 24.kg yangiliklar saytining bosh muharriri Asel Otorbayeva oʻzining Facebook sahifasida.

“Ammo u (Aydarbekov) barchadan rad javobini oldi”, deb yozgan Otorbayeva.

Nomaqbul xatti-harakat

Lavrovning xalqaro darajadagi tadbirda oʻzini bunday tutishi nomaqbul va Rossiyaning Markaziy Osiyo respublikasiga nisbatan hurmatsiz munosabatidan darakdir, deydi kuzatuvchilar.

“Lavrov orqa-oldiga qaramay gapirib, Rossiya har jihatdan mezbon-xoʻjayin ekanligini ochiq aytmoqda”, deydi Orbita.kg yangiliklar saytining muxbiri, bishkeklik Mars Abayev.

“Tajovuzkor ritorika va jamoatchilik koʻz oʻngidagi ochiq gʻazab – shumi Rossiyaning bosh diplomati?” deydi Abayev. Uning aytishicha, Lavrov haqiqatan ham Rossiyaning hurmatida boʻlgan mamlakatga aslo bunday muomala qilmas edi.

“Moskva Qirgʻizistonni, shuningdek, Markaziy Osiyodagi boshqa nochor respublikalarni hech qachon mensimagan, u mintaqadagi taʼsirini kuchaytirish va ularni nazorat ostida ushlab turish uchun bu mamlakatlarga qandaydir yordam koʻrsatishga majbur”, dedi Abayev.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin rejimining Qirgʻizistonga nisbatan gʻazabi, eng avvalo, u yerdagi inson huquqlari va soʻz erkinligi borasidagi holatning Rossiyadagiga qaraganda ancha yaxshi ekanligi bilan bogʻliq.

Qirgʻizistondagi hokimiyatning muntazam oʻzgarib turishi Putin rejimi uchun istalmagan va hatto xavfli misoldir, deydi u.

Moskvadagi mojaroli matbuot anjumanidan bir kun avval Putinning oʻzi ham ayni voqealar yuzasidan xavotirlarini bildirgan edi.

“U yerda sodir boʻlayotgan voqealar qirgʻiz xalqi uchun musibatdir”, dedi u 22-oktyabr kuni Moskvada boʻlib oʻtgan Valday xalqaro munozara klubi yigʻilishida. “Biz u yerdagi voqealarni achinish va xavotir bilan kuzatmoqdamiz.”

Putin aytayotgan “musibat” – Qirgʻizistonda Rossiyadan koʻra koʻproq demokratiya borligidir, deydi Bishkekda yashovchi sobiq qirgʻiz diplomati Murat Konokbayev.

“Mustaqil OAV, nodavlat tashkilotlar va faollar Qirgʻizistonda oʻzini erkinroq his qiladi. Masalan, ular qamoqqa tushishdan qoʻrqmay, hokimiyat va prezidentni faol tanqid qilib, norozilik namoyishlariga chiqishi mumkin”, dedi Konokbayev.

“Bunday tendensiyalar Rossiyadagi avtoritar rejimni yildan-yilga faqat kuchaytirib borayotgan Kremlni xavotirga soladi”.

Taʼsir koʻrsatishga urinish

Ayrim kuzatuvchilarga koʻra, Qirgʻiziston rasmiylari Kremlning koʻrsatmalarini tinglashdan bosh tortayotgani sabab Moskva va Bishkek oʻrtasidagi munosabatlar sovuqlashmoqda.

Ayrim kuzatuvchilar taʼkidlashicha, Rossiya rejimi soʻnggi yillarda AQSH bilan munosabatlarni faol ravishda takomillashtira boshlagan Jeyenbekovning ketishini xohlagan.

Shunday boʻlsa-da, keyingi voqealar Rossiyaning rejasi boʻyicha ketmadi, deydi bishkeklik professor va xalqaro huquqshunos olim Qayrat Osmonaliyev.

Kreml Qirgʻizistondagi qonunchilikka binoan hokimiyatning Jeyenbekovdan Japarovga oʻtishi uchun Bishkekka Putin administratsiyasi rahbarining oʻrinbosari Dmitriy Kozakni joʻnatdi, dedi Osmonaliyev.

“Moskva Jeyenbekovning prezidentlik muddatini tugatib isteʼfoga chiqishini istagandi, shunda bu tashqaridan tabiiy siyosiy jarayonga oʻxshab koʻrinar edi, ammo Jeyenbekov kutilmaganda isteʼfo berdi”, dedi u.

Osmonaliyevning taʼkidlashicha, “Rossiya shu sababli moliyaviy yordamni toʻxtatgan boʻlishi mumkin”.

Moskva Qirgʻizistondagi siyosiy vaziyatdan foydalanib, vaʼda qilingan harbiy va moliyaviy yordamdan mahrum qilish xavfi ostida mamlakat rahbariyatini oʻz izmiga boʻysundirishga urinmoqda.

Inqiroz davom etar ekan, 14-oktabr kuni “RBK” axborot agentligi Rossiya hukumatidagi manbalariga tayanib, Qirgʻizistondagi “siyosiy vaziyat barqarorlashmagunicha” Moskva Bishkekka moliyaviy koʻmak bermasligini maʼlum qildi.

Kremlning bir qancha “saboqlari” ortidan juma (13-noyabr) kuni Japarov Putin bilan telefon orqali “ikki tomonlama va koʻp tomonlama hamkorlikning joriy holatini”ni muhokama qilgan, deb xabar berdi 24.kg.

Japarovning Kreml bilan aloqalarni kuchaytirishga urinishi Qirgʻiziston uchun foydali boʻlishi mumkin, zero Moskva avvalroq Jeyenbekov hukumatiga 100 million dollarlik (8,4 milliard qirgʻiz soʻmi) moliyaviy yordam vaʼda qilgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 134

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Kreml kerak boʻlmagan joyga burun suqishni bas qilsin

Javob berish

Buni hammasini oʻqish daxshatli! Keling mulohazali boʻlaylik!

Javob berish

Rossiya qabih mamlakat

Javob berish

Kimning buyurtmasi bu maqola?

Javob berish

Bayden enasini koʻrsatib qoʻyadi

Javob berish

Rossiyada fuqarolar urishining boshlanishi qaynab kelmoqda.

Javob berish

Ahmoqona maqola ekan

Javob berish

Rossiyadan uzoqroq yurganimiz maʼqul deb oʻylayman

Javob berish

“Ulugʻvorliklaridan” miyalari butkul aynib qolibdi. Lavrov bu uchrashuvda mezbon edi, qabul qiluvchi tomon sifatida, Kazakbayev va bizning jurnalistlar esa – mehmonlar, madaniyatsiz va mutlaqo tarbiyasiz. Dumbullar! Qirgʻizistonim uyaltirdi! Nimani qoyil qilganmiz oʻzi? Toʻlaqonli davlatga aylanish uchun kamida 200 yil kerak, 30 yil ichida oʻsib chiqqan narsa esa sadaqa soʻrovchi til va qoʻllar boʻldi! Noshukur ahmoq qoʻylar. Rossiya tatarlar zulmi ostida dahshatlarni boshdan kechirdi, sizga esa bu zulmlar endi keladi va u qattiqroq boʻladi: uning nomi Xitoy! Shunday ekan, tayyor boʻling!

Javob berish

Butun dunyo ruslarni koʻrgani koʻzi yoʻq. Nega shunday ekan, oʻzingiz oʻylab koʻring.

Javob berish

Afsuski, ruslardan, asosan, ularning imperialistik shovinizmi uchun nafratlanishadi. Putin hokimiyat tepasiga kelganidan beri ulardan nafratlanuvchilar soni geometrik progressiya boʻyicha oʻsdi. Rossiya hamma bilan va hamma yerda janjallashdi. Afsuski, bu haqiqat.

Javob berish

Gruziyaning yoʻl-yoʻllilar bilan hamkorligini koʻring! QR ham shunday qilishi kerakmikin?

Javob berish

Chalajon Rossiya birovga oʻz hukmini oʻtkazishga qodirmas.

Javob berish

Qirgʻizistonga yordam berish uchun Putin, Si, Nazarboyev/Toʻqayevlar kabi diktatorlar kerak emas. Baydenni kuting va hukumat harajatlarini qisqartiring.

Javob berish

Putin allaqachon siyosiy murdaga aylangan. Hech kimga buyruq bermay, bir burchakda indamay chirib oʻtirgani maʼqul.

Javob berish

Putin Suriya, Eron, Belarus kabi bir nechta mamlakatdan tashqari butun dunyo uchun subutsiz odam. Amerika va YeI bilan doʻst boʻlgan maʼqul.

Javob berish

Putin yoki Lavrov biz qirgʻizlarni nimaga hurmat qilishi kerak? Uchinchi marta yovvoyilarcha oʻz Oq Uyimizni vayron qilganimiz uchunmi? Bu ham bayroq, gerb va madhiya kabi davlat ramzi. 2005 va 2010 yillarda hech kim jazolanmadi. Hozir ham jazolanmaydi. Soʻz erkinligini roʻkach qilamiz, aslida shaxs ustidan zoʻravonlik erkinligi bor bizda. Puli toʻlab qoʻyilgan ozchilik oʻzining eskirgan “qadriyatlarini” koʻpchilikka tiqishtiryapti. Oʻzimizni oʻzimiz hurmat qilmay turib boshqalardan hurmat talab qilamiz.

Javob berish

Rossiya urush, zoʻravonlar va bosqinchilar mamlakati. Stop, stop, stop! Yerlarni chuvashlar, tatarlar, yakutlar, kavkazlar va boshqalarga qaytib bering.

Javob berish

Urushlar, zoʻravonlar va bosqinchilar mamlakati boʻlsa, nima uchun undan pul soʻraysizlar?

Javob berish

ASHA (Almazbek Atambayev) AQSH Manasdagi Gansi bazasini tark etishini talab qilib xato qildi. AQSHni bu savolni qayta koʻrib chiqishini taklif qilish kerak. Kim nima desa desin, ammo AQSh qudratli davlat!!! Ularda bor hamma yaxshiliklarni oʻrganish va ular bilan doʻstlashish kerak.

Javob berish

Voyyey, bizga na AQSH, na Rossiya kerak. Ularsiz yashadik va yashashda davom etamiz. Boʻlmasa xuddi qoʻgʻirchoqdek nima qilishni oʻrgatib turishadi.

Javob berish

Putinning Rossiyasi qari, kuchsiz, qashshoq uchinchi dunyo mamlakati. Tepadagi muttahamlar axmoq xalqni vatanparvarlik shiorlari ostida oʻmarib tor-mor qilib boʻldi. Ularning fikricha qolgan mamlakatlar Rossiyaga qoʻshilish uchun navbat turishlari kerak. Juda ajoyib hayollar. Bu davlatlarga Rossiya uzoqroq turish kerak boʻlgan isqirt va tasqara taviyaga oʻxshab koʻrinadi aslida. Rossiya bilan hech qanday iqtisodiy rivojlanish ham, oʻsish ham boʻlmaydi. Ularning davlati faqat pastga tortadi.

Javob berish

Hech qaysi mamlakat 90 yillarda iqtisod va armiyaning liberal sotqinlar tomonidan sotilishi va oʻmarilishidan bunday qisqa vaqtda oʻnglana olmas edi. Dono yetakchi 20 yil ichida mamlakatni tiklay oldiki, hatto senlarga xudo boʻlgan AQSH ham qoʻrqadi.

Javob berish

AQSHdagilar Rossiyadan qoʻrqishlarini bilishadimi? Ularga aytish kerak, chunki ular bilishmaydi.

Javob berish

Qirgʻizlar Rossiya oʻrniga AQSHga borib ishlaydimi? AQSH baza uchun sizga vizasiz kirish huquqini beradimi?

Javob berish

AQSHga borgan yaxshi. U yerdagi oylik maoshlar Rossiyada bir yillik ishlashga teng.

Javob berish

Bechora ruslar kim bilan birlashishni bilmay qolishdi. Ukraina va Belorussiya kabi slavyan xalqlari ular bilan hech qanday hamkorlikni xohlamaydi. Endi bizga yopishyapti. Bizda oʻzimizning turkiy-musulmon ittifoqimiz bor. Ruslar NATOdan boshqalarning orqasida berkinmoqchi. Oʻzlari Gʻarb bilan oʻchakishgan, pishirgan oshini ruslarning oʻzi oshasin. Ota-bobolarimiz Gitler bilan urushda halok boʻlganida ruslarga yoqqan edi. Hozir boʻlsa koʻksiga urib bir oʻzlari Gitlerni yoʻq qilganini daʼvo qilyapti.

Javob berish

Qirg‘izston hukumati O‘rta Osiyo davlatlari bilan munosabatni yaxshi qilish kerak, aks holda qayta qulga aylantiriladi. Qirg‘izston hukumati ko‘p sonli o‘zbek jamoasiga nisbatan olib borayotgan millatchilik siyosatidan voz kechishi va bu haqida qirg‘iz millatchilariga ulgu berishi kerak!

Javob berish

Kommentlarni oʻqib chiqdim, hech kim bu harom Rossiya bilan boʻlishni istamas ekan XD Hech kim qashshoq va omadsiz boʻlishni xohlamaydi.

Javob berish

Qiziq, Chleningrad shahri Leninning asbobi sharafiga shunday nomlangan ekan ))

Javob berish

Qrim – Ukrainaniki. Rossiya oʻgʻirlagan narsani qonuniy egasiga qaytarishi kerak.

Javob berish

SSSR – chirigan va tezakka botgan Rossiya deb eshitganim bor

Javob berish

100% :)))

Javob berish

SSSR qisqartmasi nimani anglatishini endi bildim :))

Javob berish

Hayronman, bunaqa bir tiyinga qimmat, kremlparast qashshoqlarning Qirgʻizistonga nima keragi bor?

Javob berish

Garovga qoʻyilmagan nima qoldi oʻzi? Haqiqatda ham xitoylardek pulni bermasa yerni tortib olish kerak shekilli. Ikkinchi oʻrinda kiyim-kechak bozori boʻladi, oʻzi shundoq ham u yerda Xitoy moli bosib ketgan.

Javob berish

Ishtahalari karnayku, tiqilib qolmaysizmi? Ishtonsiz qolgandan keyin demokratiya oʻynayasayam boʻladi; baribir yeydigan hech nima yoʻq, hech boʻlmasa tomosha koʻrasiz, hukumatni, prezidentni kun ora almashtirasiz, lekin bundan baribir hech boylik ortib qolmaydi.

Javob berish

Lekin sen butun mamlakating bilan 20 yildan beri Liliputinning ketini yalayapsan. Tiqilib qolmagin tagʻin.

Javob berish

Liliputin davrida choʻchqaxonaga aylangan Rossiya bizga qanday yashashni oʻrgatyapti. Ruslarning ogʻziga Q. qoʻyish kerak faqat.

Javob berish

100% !!!!!!!!!!!!!

Javob berish

Rossiya – hojatxona, Qirgʻizistonga buyruq berishga haqqi yoʻq.

Javob berish

Rossiya qaytadan SSSRni yaratib, koloniyalardan resurslarni tortib olmoqchi. Ammo hayol suraversin. Rossiya tamom boʻlib, chala tirik holatda. Xohlaganiga baribir yetisha olmaydi.

Javob berish

Ushbu siyosiy vaziyatda Rossiya hukumati haq. “Qirgʻizistondagi siyosiy vaziyat barqarorlashmagunicha Moskva Qirgʻizistonga moliyaviy koʻmak bermaydi”. Hozir Qirgʻizistondagi vaziyat qanday ???? Toʻgʻri, BETARTIB !!! Endi oʻzing ayt-chi, vaziyat NOTINCH boʻlsa qaysi aqqli odam pul beradi? Bunday vaziyatda budjetga pul borib tushishi dargumon. Koʻp ehtimol bilan, kimlarningdir choʻntaklariga soʻrilib ketadi. Pul maʼlum bir prezident uchun ajratiladi. Ammo mamlakatga kim bosh ekani noaniq-ku? U prezident vazifasini bajaruvchimi ???? Yoki bajaruvchi emasmi ??? Prezidentmi??? Yoki prezident emasmi ??? Kimga, qancha berish qancha ??? Rossiya har doim [moliyaviy] yordam koʻrsatib kelgan, ammo u hech qachon budjetga toʻliq hajmda yetib bormagan. Katta qismi oʻgʻirlangan va choʻntaklarga solingan. Rossiya uni hisobdan chiqarishi va yana mablagʻ ajratishga majbur boʻlardi ... Ruslardan boshqa hech kim bekorga pul bermaydi. Xitoy qarzlaridan kechmaydi; u yerlarni tortib oladi. Xitoy hech qanday urush qilmay, begona hududlarni tinch yoʻl bilan qoʻshib olishni yoqtiradi. Turklar ham hech qachon qarzlaridan kechmaydi, chunki ular Usmonli imperiyasini kengaytirmoqdalar. Ularga ham yerlar, ham “toʻp yemi” kerak. Amerikoslar haqida koʻp gapirishga hojat yoʻq; ular hech qachon hech kimning qarzidan kechmagan. Shuning uchun Xitoy va Rossiyadan tashqari butun dunyo ularning ostida...

Javob berish

Rossiya dunyoda birinchi oʻrindagi oʻgʻri va bosqinchi. Rossiyaga oʻxshagan mamlakatdan uzoq turishimiz kerak.

Javob berish

Rossiya Qirgʻizistondan nima oʻgʻirlabdi? Gaplaringni oʻylab yozyapsanmi yoki oʻylashga miyang yoʻqmi?

Javob berish

Kichkina bir misol keltiraman – Rossiya oʻz neft va gazini majburan uch baravar qimmatroqqa sotyapti, yaʼni Qirgʻiziston aholisini talayapti. Bu kichkinagina bir misol, xolos.

Javob berish

Toʻgʻri aytding

Javob berish

Hozirgi prezident aniq sudni sotib olgan

Javob berish

Qarab tursam Rossiya hech kimga yoqmas ekan. Bu bosqinchidan hamma charchagan. Ukrainadan salomlar! Rossiyadan uzoq turing.

Javob berish

Aaa? Kechirasiz, Rossiyadan uzoqroq boʻlib oldingizmi??? Hayot yaxshi ekanmi? Gullab-yashnab ketdingizmi? Sanoat sohasi qalay? Aeronavtika muhandisligi, kemasozlik, energetika? Oylik maoshlar? Nafaqalar? Nima bilan maqtana olasiz? “Rossiyadan uzoqlashgandan” keyin qoʻlga kiritilgan qaysi hayotiy tajriba bilan boʻlisha olasiz? Hech nima bilan maqtana yoki boʻlisha olmasangiz kerak aftidan...

Javob berish

Axborotingiz uchun Rossiyadan farqli oʻlaroq Ukrainada iqtisodiyot oʻsyapti. Minimal oylik maoshlar Rossiyanikidan baland. Uch trillion neft dollarni Rossiya olgan boʻlsada, bu pullarni allaqachon unitazga yuvib yuborishgan.

Javob berish

Biz ishlagani Rossiyaga boryapmiz, ruslarning oldiga emas. Rossiya musulmon va turkiy mamlakatlarni oʻmarishdan foyda olgan pullarni ishlab topgani boryapmiz. Ruslar Yakutiyadan olmoslarni, Tatarstondan neftь, Sibirdan tabiiy gaz oʻgʻirlaydi. Bularning hammasi Rossiyaniki emas.

Javob berish

Rossiya kim boʻlibdi? Olamning kindigimi yoki nima u? Oddiy rivojlanayotgan mamlakat boʻlsa. Xitoy va Gʻarb uchun xom ashyo mamlakati. Aholisi axmoq, qashshoq va yovuz. Atrofdagi hamma millatlardan nafratlanishadi. Hukumat yoʻq, bir talay oʻgʻri va muttaham. Adolat, huquq muhofaza qiluvchi organlar yoʻq, oʻrniga torpedo va pogon taqqan oʻgʻrilar bor. Bu axlatxona kerakmi?

Javob berish

Toʻgʻri, qirgʻiz birodarim. Tojikistondan assalomu alaykum.

Javob berish

Toʻgʻri aytding

Javob berish

Menimcha maqola juda toʻgʻri

Javob berish

Men uchun Rossiya iflos choʻchqaxona.

Javob berish

Maymun daraxtga qancha koʻtarilsa, qizil keti shuncha yaxshi koʻrinadi!

Javob berish

Lavrov egangizni hurmat qiling deganida oʻzini dunyo prezidentidek tutdi. Odamlar oʻlishini va uning ham vaqti yaqinlashib qolganini esidan chiqarib qoʻydi.

Javob berish

Rossiya fashist, millatchi mamlakat. U yoʻq qilinishi kerak.

Javob berish

Rossiya oʻlyapti. Axmoq, koʻp tomonlama ish koʻruvchi Putin yetakchiligida chirib ketdi.

Javob berish

Rossiya 10-asrdan beri “oʻlib kelgan”. “Oʻlayotgan” Rossiya Rim (VIZANTIYA) imperiyasi, Fransiya, Avstriya, sariq-chaqalik Polsha-Litva harakatini va Uchinchi Reyxdan ham uzoq yashadi.
2016-yilda doʻstingizning orqasiga pichoq urganingizni esidan chiqaradi deb oʻylaysizmi?

Javob berish

Qaysi 10-asr? Rossiyaga eng koʻpi bilan 300 yil boʻlgan. Undan oldin Moskoviya, undan ham oldin esa Oltin Oʻrda ulusi boʻlgan.

Javob berish

Dunyoda katta davlatlar bor. Ularga buyruq bermasdan maslahat olish kerak. Rossiya bilan dialogga kirishimiz kerak. Bu yerda gapirtlayotganning baʼzilari toʻgʻri, ammo farosatni ishlatish kerak.

Javob berish

Turkiy davlatlar bilan ittifoq tuzishimiz kerak. Turkiya Armaniston va Rossiyani joyiga oʻtirgʻizib qoʻyganini qarang. Rossiya allaqachon imkonsiz va nochor boʻlib qolgan.

Javob berish

Rossiyadan uzoqlashish kerak.

Javob berish

Bizdan uzoq turing.

Javob berish

Shunday qilamiz ham, it

Javob berish

Kechirasiz-ku, ammo boshqa mamlakatda mehmon boʻlganingizdan keyin, ularning qoidasi bilan yashashingiz kerak. Rossiya boʻlmasa, qirgʻizlarga kim yordam beradi? Hamma bizni haydadi. Xitoyga qarzni qaytarish kerak. Boʻlmasa bir kosa guruch uchun hammamiz ularga ishlaymiz. Axmoqlik qilmang; hukumat rasmiylari oʻz karmonlarini toʻldirishni yaxshi koʻrishadi va boshqalarga tupurib qoʻyishgan. Davlatdan hamma pulni olib chiqib ketishgan, endi esa mustaqilmiz deb koʻkraklariga urishyapti!

Javob berish

Toʻgʻri!

Javob berish

Kommentlarni oʻqib chiqdim, koʻpchilik yozganidan dahshatdaman. Hurmatli “mustaqil” Qirgʻiziston fuqarolari, birinchidan agar bilmasangiz SSSR qonunan mavjud, biz oʻsha SSSRning oʻn besh davlatidan birimiz. Agar menga ishonmasangiz, istagan siyosiy ekspert, huquqshunos, parlament aʼzosidan soʻrang. Hamma hamma narsani biladi, ammo ular jim qolishni xohlashadi. Nimaga? Chunki katta inqilobga olib keladi! Bu esa hech kimga, choʻntagini qappaytirayotgan rahbarlarimizga ham, ayniqsa Moskvaga ham kerak emas! Moskva barcha Sovet mamlakatlariga yordam berib kelgan, yordam beradi ham. Moskva tovon toʻlayapti degan safsatani yozmang. Kimga? Nima uchun? Umuman olganda minnatdor boʻlishni oʻrganing!!! Nimaga achigan boshingizdagi muammolarni birovning eshigiga tashaysiz? Pulni Moskva emas, kattakonlarimiz oʻmarganidan beqarorlik boʻlyapti. Moskvaga bizdan nima ham tegar edi? Qani aytingchi? Tillani kim sotdi? Harbiy texnikani, metallarni va boshqasini kim sotdi. Kim? Buni ham Moskva qildimi?! Yozishdan oldin bir oʻylaysizmi? Agar kichik davlatimizni Moskva himoya qilmasa, Xitoy tezlik bilan Qirgʻizistonning uchdan birini qoʻlga kiritadi. Qolgani esa mahalliy aholi uchun tekin ishchilar va sotish uchun organlar hamda ishchilar lageriga aylanadi. Xitoy Uygʻurlar, qozoqlarni nima qilyapti... Yodingizdan chiqdimi?! Yoshu-qari, hech kimni ayab oʻtirishmaydi! Kattakonlar esa milliarldarni choʻntakka urib qochib ketishadi; xalq haqida oʻylashmaydi! Inqilob vaqtida qancha odamni yoʻq qilishdi?

Javob berish

Rasmiylarimiz oʻgʻri ekan, Rossiyaning jinoyatlarini unutishmiz kerak degani emas. Ularni adashtirmang. SSSR qulaganiga ancha boʻldi, 30 yil oldin yoʻq boʻlgan.

Javob berish

Toʻgʻri!!!

Javob berish

SSSR haqida gapirmay qoʻying. Bu bemaʼnigarchilikka yana qoʻshilmaymiz. SSSR qozoqlarning yarmini qirib tashagan, yozuv va tilimizni yoʻq qilishdi. Qozoqlar ustida sanoqsiz yadroviy portlashlar va bakterial sinovlar oʻtkazildi. SSSRni kim boqqan va himoya qilgani muzokarali masala.
40 milliondan ortiq qora mol Qozogʻistondan eksport qilingan. Tillaning hammasini tortib olishgan. Mineral resurslardan foydalanishgan. Maktab va boshqalarni oʻzlari uchun qurishgan, bitta ham qozoq maktab boʻlmagan. Urush vaqtida kim kimni himoya qilganiga kelsak, biz hamma davlatlar sizni himoya qilganmiz. Xitoydagi qozoqlarga kelsak: ular oʻz tillarini bilishadi, u yerda Rossiyadan farqli oʻlaroq qozoq maktablar va televideniye bor.

Javob berish

Albatta qirgʻizlar oʻzboshimcha xalq, ammo hamma Putin Pashinyanni qanday jazolaganini koʻrdi. Endi Togʻli Qorabogʻ Armanistonga tegishli emas. Xitoydek xavfli qoʻshni boʻla turib, Rossiya bilan munosabatlarni buzish va Osiyo birlashishiga umid qilish, nafaqat axmoqgarchilik, balki... Menimcha butun muammo Atambayevda – uni erkinlikka chiqarishmas ekan, Putin Bishkek bilan muzokara qilmaydi, esingizda tursin, alaloqibat, u prezident boʻladi.

Javob berish

USSRing bir uyum tezak

Javob berish

100% qoʻshilaman

Javob berish

Juda koʻpchilik qirgʻizlar yolgʻiz oʻzi hech nima qila olmasligini, hukumatni bu darajada tez almashtirish davlat inqiroziga olib kelishini tushunmaydi. Moskvaning boʻlmasligi Pekin bu yerga kelishini anglatadi, ishonavering, u doim qarzlaridan kechuvchi Moskvadan ancha yomon. Pekin qarzlardan kechmaydi va yaqinda Bishkek bunga amin boʻladi.

Javob berish

Rossiya ham beayb emas. Yoʻqolsin.

Javob berish

Rossiya senga bosh egaman, agar sen boʻlmasang Qirgʻizlarga tekinga kim pul berar edi

Javob berish

Nimaga kimdir “Rossiyaning buyruqlariga” quloq solishi kerak? Oʻzlarining slavyanlariga buyruq berishsin.

Javob berish

Non bergan va himoya qilgan qoʻlni tishlash razillik

Javob berish

Oʻgʻirlayotgan va talon-taroj qilayotganmi?

Javob berish

Rossiya bizni oʻmaryaptimi? Koʻzingizni oching. Rossiya emas; rahbariyatdagilar oʻmaryapti. Rossiya bizga berganini rahbariyatdagilar oʻgʻirlayapti. Rossiyasiz davlatimiz xuddi Afgʻoniston kabi Amerika uchun sinov maydoniga aylanadi yoki Xitoy koloniyasi boʻladi. Koʻzingizni oching vatandoshlar!!!

Javob berish

Rossiya hamma respulikalarni talon-taroj qilgan

Javob berish

Balki Rossiya iflosdir, ammo koʻpchilikning kallasi axlatxona va ogʻzi shaloq. Faqat ahmoqlargina senlarga oʻxshab fikrlaydi. Xitoy tilini oʻrganishni boshlaymiz, ular esa bizga qanday boʻyin egishni oʻrgatadi. Suverenitet haqidagi gaplar-ku odamning kulgisini keltiradi. Hammang sotilgansanlar, tugashiga oz qoldi...

Javob berish

Uzoq Sharqingiz haqida oʻylang, U Rossiyaniki emas, allaqachon Xitoyniki boʻlgan.

Javob berish

Qirgʻizlar eplaydi. Iqtisodiyot va siyosatda hammasi yaxshi boʻlib ketadi. Qozogʻistondan salom!

Javob berish

Kreml fohishalarining keti kuyib ketyapti

Javob berish

Rossiya taʼsiri ostida boʻlishdan tashqari, Qirgʻiziston mustaqil davlat ham. Lavrovdan uzr soʻrashini talab qilamiz. Yana diplomat emish. Qirgʻiziston iqtisodiyot, harbiy, diniy, taʼlim, tibbiy sohalarda dunyo miqyosida Rossiya, Xitoy, AQSHsiz ham yetakchi boʻladi, inshaalloh. Islomga qaytishimiz va musulmon davlatlar bilan hamkorlik qilishimiz kerak. Bizga ochkoʻz parlamentariylar kerak emas. Dunyodagi barcha musulmonlar gʻoyasi boʻlgan Shariat bor.

Javob berish

Yozganlaring safsata!

Javob berish

Shunday

Javob berish

Xomxayol

Javob berish

Toʻliq qoʻshilaman. Boshqa dindagilar bilan emas, Musulmon mamlakatlari bilan birlashishimiz kerak.

Javob berish

Iflos Rossiya bilan munosabatni uzish vaqti allaqachon kelgan.

Javob berish

Omin

Javob berish

Bu yerda demokratiya emas, balki xaos, korrupsiya; hamma muammolar qoralar [kommentator nima demoqchi ekanligi nomaʼlum] va oxiri yoʻq noroziliklar yordamida hal qilinadi. Rossiyadan nega xafa boʻlasiz? Baribir bizga yordam beradi.

Javob berish

Hamma narsa yomon, ammo Rossiya pulini toʻlashni talab qilsa ashula aytib qolasizlar

Javob berish

Nimaga soʻrar ekan, soliqku

Javob berish

Rossiya oʻzini surbetlarcha tutyapti. Chirib borayotgan chala imperiyaga yarashmaydi.

Javob berish

Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Tojikiston, Xitoy, Turkmaniston kabi qoʻshnilarimiz bilan birlashishimiz kerak va Turkiya bilan yaxshi munosabatda boʻlishimiz kerak; ana shunda Rossiya va AQSHga qaram boʻlmaymiz. Ammo ular bilan nizoga ham kirish kerak emas.

Javob berish

Oʻttiz yildan beri hamma Markaziy Osiyo mamlakatlari loydan chiqmaydi! Nima uchun ish va yaxshi hayot izlab Rossiyaga borasiz? Hatto yaxshi yashagan Qozogʻistonda ham muammo chiqyapti! Rossiyasiz feodalizmga qaytasiz yoki Xitoyga qul boʻlasiz!

Javob berish

Rossiyangiz allaqachon choʻkyapti.

Javob berish

100 million AQSH dollari toʻlagani uchun PFF [kommentator nima demoqchi ekanligi nomaʼlum] AQSH baza uchun har yili 200 million AQSH dollari toʻlagan. Rossiya bilan balo bormi, oʻzlarining ahvoli chatoq.

Javob berish

Pul qani?

Javob berish

Qirgʻiziston ablahona ish qilmoqda. Ular ijtimoiy beqarorlikka sabab boʻladigan qoʻzgʻolonlarni tashkil qilishyapti, boshqa hech nima.

Javob berish

Rossiya diktatorligi bilan bogʻliq inqirozdan qochish uchun Markaziy Osiyo davlatlari birlashishi muhim...

Javob berish

Qachon biz bosqinchi diktator Rossiyadan qutulamiz? Davlatimizdagi hamma inqiloblar shularning dastidan boʻldi. Yana kim homiylik qilardi? Buning uchun YETARLICHA BOYLARIMIZ yoʻq. Odamlar prezidentni yoqtirmasa-da, ular oxiri yoʻq inqiloblardan charchagan...

Javob berish

Moskva shunday shart qoʻyishi kerakki, qirgʻizilar Rossiyaga avtonom hudud sifatida qoʻshilishni soʻrasin.

Javob berish

Mantiqan toʻgʻri. Rossiyani yomonlaydi, ular esa yordam qoʻlini choʻzadi. Odamlarimiz faqat “inqilob” qilishni bilishadi - shaharni buzib oʻzlarini qahramon his qilishadi.

Javob berish

Qonxoʻrning sulloh quchogʻi boʻlmaganida ocharchilik boʻlmas edi

Javob berish

Hamma respublikalarning qayta birlashishisiz hayot boʻlmaydi! Boshqa formatdagi SSSR, ammo hamma birga!

Javob berish

SSSRning poytaxti Qirgʻizistonda boʻladi.

Javob berish

Rossiya hech kimga qaram boʻlmagan buyuk davlat, ammo Qirgʻiziston Rossiyasiz qoʻlsiz va pulsiz odamga oʻxshaydi. Oldingi vaqtlardek Rossiya bilan birga boʻlishimiz kerak; bizning katta akamiz! Putindek prezident esa oʻz xalqi va davlati uchun qaygʻuradi. Bu ochkoʻzlardan charchadik, Qirgʻizistonni tubanlikka olib borishdi, qurishdan buzish oson!!!

Javob berish

Rossiya buyuk sharmanda-davlat.

Javob berish

Navalniy bu mavzuni yopgandi shekilli

Javob berish

Davlatimiz faqat Rosiyaning yordami bilan oyoqda tura olishi mumkin – boshqa hech kim yordam bermaydi: (eng yaqin qoʻshnimiz) Xitoy ham, (musulmonlar dunyosi yoʻlboshchisi boʻlgan) Turkiya ham, (Rossiyaga qarshi muvozanat boʻlgan) AQSH ham. Rossiya doim “oʻzining” har qanday sobiq respublikasiga yordam beradi. Bu yerda 30 yildan beri uning qoʻllovini sezayotgan etnik vatandoshlari bor. Ular juda minnatdor.

Javob berish

Rossiya doim oʻgʻirlaydi. Rossiya qayerga bormasin, oʻsha yerda qashshoqlik bor.

Javob berish

Safsata

Javob berish

Rossiyaning oʻziga yordam berish kerak. Yovvoyilik va qashshoqlikka qarab bormoqda.

Javob berish

Foydasiz YOIIdan chiqish kerak. Rossiyaning oʻzi qolaversin.

Javob berish

Nimani kutgan eding? Rossiya bilan turmush qurgan ekansiz, oilaviy burchingizni bajaringki, Rossiya chetga yurmasin

Javob berish

“Ona Rossiya” bilan boshqasi yotsin.
Sellyuliti hech kimga yoqmaydi.

Javob berish

Barakalla, bundan yaxshi aytishning iloji yoʻq!

Javob berish

Kimning xohshi kelar ekan? Xitoynimi? Qirgʻizlarga yoqadimi yoki yoʻq, soʻrab oʻtirmay tiz choʻktiradi?

Javob berish

Rossiyaga Xitoyning xohshi bor. Rossiya esa uning katta keti yoqadiganlar borligidan xursand.

Javob berish

Kulgili. Moʻljalga aniq tegdi.

Javob berish

Rossiya yaxshi “minilmagan” xotin. Uni Xitoy qondira oladi. Shvabra bilan.

Javob berish

Qirgʻizlarning bosh kiyimi ikkita, bittasi amerikancha, yana bittasi ruscha. Bir safar amerikaliklarga sotilib baza qurishga qoʻyib berishdi. Keyin esa bosh kiyimni almashtirib olishdi, endi yana amerikacha bosh kiyim kiyib olishibdi. Sotilgansanlar, sotilishda davom etasanlar.

Javob berish

Qirgʻizlarda bitta bosh kiyim bor – Qalpoq

Javob berish

Rossiyaliklarda faqat bitta bosh kiyim bor – kepka

Javob berish

Qirgʻiziston YOII va KXSHT aʼzosi. U doimiy yordamga muhtoj; Moskvaning puli hisobiga yashayapmiz. Qanday mustaqillik haqida gapiryapmiz? Hamma erkinliklar odamlar uchun oziq-ovqat oʻrnini bosa olmaydi. Erkinlik faqat iqtisodiyot ishlaganida mavjud boʻladi. Qirgʻiziston bankrot boʻlgan, odamlar Rossiyaga toʻdalab, vagonlab qochishyapti

Javob berish

Qirgʻizlar oʻzlarining oʻgʻri-prezidentini haydayotgan boʻlsa, ruslarning bunga nima daxli bor?

Javob berish

Rossiya oʻz taʼsirini yoʻqotgan va yaqinda Markaziy Osiyodan haydaladi

Javob berish