Karvonsaroy
Saylovlar

AQSH Qirgʻizistonda oʻtadigan saylovlarni moliyalashtirishga koʻmaklashadi

Karvonsaroy

Bishkekdagi Oq uy nomi bilan mashhur parlament binosini oʻrab turgan devor olib tashlanmoqda. Mazkur bino 4-oktabr kuni oʻtkazilgan parlament saylovlari ortidan boshlanib ketgan namoyishlar chogʻida egallab olingan edi. [Vyacheslav Oseledko/AFP]

Bishkekdagi Oq uy nomi bilan mashhur parlament binosini oʻrab turgan devor olib tashlanmoqda. Mazkur bino 4-oktabr kuni oʻtkazilgan parlament saylovlari ortidan boshlanib ketgan namoyishlar chogʻida egallab olingan edi. [Vyacheslav Oseledko/AFP]

BISHKEK – AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Qirgʻiziston hukumatiga yaqinlashib kelayotgan prezident va parlament saylovlarini oʻtkazishda yordam berish uchun mablagʻ ajratadi. Bu haqda payshanba (12-noyabr) kuni AQSHning Qirgʻizistondagi elchixonasi xabar bergan.

Qirgʻizistondagi parlament saylovlari 20-dekabrga belgilangan, deb xabar beradi Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi. Norozilik namoyishlari tufayli 4-oktyabr kungi saylov natijalari bekor qilingan va prezident Sooronbay Jeyenbekov isteʼfoga chiqqan edi.

Prezident saylovi 10-yanvar kuni oʻtkazilishi kutilmoqda.

Ushbu mablagʻ “inklyuziv va qoidalarga asoslangan saylov islohotlari va nazoratni amalga oshirishni, jumladan, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) tomonidan yaqinda oʻtkazilgan kuzatuv missiyasi tavsiya qilgan oʻzgarishlarni mustahkamlayotgan” Qirgʻizistonni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltiriladi, deyiladi elchixona xabarida.

Yordam mablagʻi parlament va prezident saylovlarini demokratik standartlar va Qirgʻiziston qonunlariga muvofiq tarzda oʻtkazishda Markaziy saylov komissiyasini qoʻllab-quvvatlashga safarbar etiladi.

USAID 1990-yillarning boshidan beri Qirgʻizistonda mustaqil demokratik davlatga oʻtish jarayonini qoʻllab-quvvatlab kelmoqda, deyiladi bayonotda.

Elchixona demokratik institutlarni himoya qilish, inson huquqlarini qoʻllab-quvvatlash hamda erkin va adolatli saylovlarni oʻtkazishda Qirgʻiziston hukumati, uning xalqi va fuqarolik jamiyati guruhlariga koʻmaklashishga vaʼda bergan.

“Qoʻshma Shtatlar Qirgʻiziston Respublikasida siyosiy barqarorlik va iqtisodiy farovonlikka xizmat qiluvchi shaffof demokratik boshqaruv, faol fuqarolik jamiyati va adolatli saylovlarning yangi davrini kutmoqda”, deyiladi xabarda.

Saylov texnologiyalari

Ushbu bayonot Qirgʻiziston bosh vaziri Sadir Japarov shanba (14-noyabr) kuni prezident saylovida ishtirok etish uchun prezident vazifasini bajaruvchi lavozimidan ketishini eʼlon qilgan paytga toʻgʻri keldi.

Qirgʻizistondagi prezidentlik saylovlari blokcheyn texnologiyasi asosida oʻtkaziladi, dedi Japarov 12-noyabr kuni jurnalistlarga.

“Saylovlar oshkora oʻtishi lozim. Uchta inqilob aynan saylovlar tufayli sodir boʻldi. Bundan saboq chiqarishimiz kerak”, dedi u 2005 va 2010-yillarda hamda shu yil oktyabr oyida yuz bergan Qirgʻizistondagi davlat toʻntarishlarini nazarda tutib.

“Agar maʼmuriy resurslardan foydalanish yoki saylovchilar ovozini sotib olish holatlari qayd etilsa, ular OAV yoki ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilinishi kerak.”

“Blokcheyn tizimi muvaffaqiyatli joriy etilsa, kelgusi parlament saylovlari ushbu texnologiyadan foydalangan holda oʻtkazilishi mumkin. Shu tariqa soxtalashtirish holatlarining oldi olinadi”, dedi Japarov.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

AQSH bor joyda balo bor! Boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashuvni biz Ukraina, Gruziya, Checheniston, Suriya, Iroq, Afgʻoniston, Liviya va h.k.larda koʻrdik.

Javob berish