Karvonsaroy
Jinoyat va adolat

Qozogʻiston kuch idoralari Rossiyadan narkotik tashigan xalqaro jinoiy guruhni fosh etdi

Aydar Ashimov

Sintetik giyohvand moddalar sotadigan Telegram kanalining nomi devorga sprey bilan yozilgan, 20-noyabr, Taraz. Surat atayin oʻzgartirilgan. [Aydar Ashimov]

Sintetik giyohvand moddalar sotadigan Telegram kanalining nomi devorga sprey bilan yozilgan, 20-noyabr, Taraz. Surat atayin oʻzgartirilgan. [Aydar Ashimov]

NUR-SULTON – Qozogʻiston hukumati Rossiyadan noqonuniy giyohvand moddalar tashish bilan transmilliy guruhni qoʻlga oldi – Rossiyada ishlab chiqarilgan sintetik giyohvand moddalar Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun jiddiy xavfga aylanmoqda.

Milliy xavfsizlik qoʻmitasi (KNB) tomonidan aprel-noyabr oylarida oʻtkazilgan keng koʻlamli maxsus operatsiya davomida uyushgan jinoiy guruhning 34 nafar aʼzosi hibsga olindi, deb xabar beradi KNB matbuot xizmati 17-noyabr kuni.

Transmilliy jinoiy guruh Rossiyadan Qozogʻistonning uchta yirik shahri – Nur-Sulton, Olmaota va Chimkentga sintetik giyohvand moddalar yetkazib turish bilan birga, ularni oʻzi ham ishlab chiqargan.

KNBga koʻra, guruh narkotiklarni “Borat24” internet-doʻkoni orqali sotgan.

Narkotiklar ishlab chiqaradigan yashirin laboratoriyadan olib qoʻyilgan uskuna va prekursorlar, 17-may, Nur-Sulton. [KNB]

Narkotiklar ishlab chiqaradigan yashirin laboratoriyadan olib qoʻyilgan uskuna va prekursorlar, 17-may, Nur-Sulton. [KNB]

Qozogʻiston Milliy xavfsizlik qoʻmitasining (KNB) maxsus kuchlari, Olmaota viloyati, 22-oktyabr. [KNB]

Qozogʻiston Milliy xavfsizlik qoʻmitasining (KNB) maxsus kuchlari, Olmaota viloyati, 22-oktyabr. [KNB]

Maxsus operatsiya natijasida sakkizta giyohvand moddalar laboratoriyasi fosh etildi va yoʻq qilindi, ulardan umumiy qiymati 600 million tengedan (1,4 million dollar) ortiq 40 kg (80 ming doza) sintetik giyohvand modda olib qoʻyilgan.

Huquq-tartibot organlari narkofurushlarning sheriklari tomonidan noqonuniy pullarni legallashtirish uchun tashkil etilgan oltita koʻchma “mayning fermasini” aniqlab, ularning faoliyatiga chek qoʻygan.

Jinoiy guruh aʼzolari va uning sheriklari ikki yil ichida 2,5 milliard tengedan (5,8 million dollar) ziyod pullarni yuvgan, deb xabar beradi KNB.

KNB tomonidan hibsga olingan gumondorlardan biri GRU nomi bilan tanilgan Rossiya bosh harbiy razvedka boshqarmasining avval Suriyada jang qilgan sobiq xodimi boʻlgan. Bu haqda Zakon.kz nashri KNB matbuot xizmatiga tayanib xabar bergan.

Nashrning yozishicha, guruh Qozogʻistonga MDMA, LSD, amfetamin va boshqa moddalarni yetkazib bergan.

Nur-Sultonlik Alibek Bashayevga koʻra, hibsga olinganlar 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi va mol-mulki musodara qilinishi mumkin.

Yangi ofat

Kuzatuvchilar Qozogʻistonda noqonuniy sintetik giyohvand moddalar ishlab chiqarish va sotish hajmining jadallik bilan oshib borayotganidan xavotirda. Ayni vaqtda Ichki ishlar vazirligi tarkibida uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash boʻyicha yangi boʻlinma tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Bu turdagi narkotiklar Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari uchun ham jiddiy muammoga aylangan.

Qirgʻiziston huquqni muhofaza qilish idoralari sentyabr oyida sintetik giyohvand moddalar ishlab chiqaruvchi laboratoriyani aniqladilar. Avgust oyida musodara qilingan narkotiklarning umumiy hajmi 30 kg ni tashkil etdi, deb xabar berdi Ozod Yevropa/Ozodlik radiosining qirgʻiz xizmati.

Iyun oyida Oʻzbekistonda musodara qilingan qariyb 627 kg narkotik, shu jumladan 1,5 kg dan ortiq sintetik giyohvand moddalar yoʻq qilingan, deb xabar beradi Kazinform.

“Soʻnggi yillarda huquqni muhofaza qilish idoralari narkotiklar bilan bogʻliq jinoyatlarga qarshi ancha muvaffaqiyatli kurashmoqda. Ammo hozirgi kunda Markaziy Osiyo yangi ofat duch kelmoqda – u ham boʻlsa sintetik giyohvand moddalar. Ular ham mamlakat ichkarisidagi yashirin laboratoriyalarda ishlab chiqarilmoqda, ham chet eldan olib kelinmoqda”, deydi Nur-Sultonlik siyosatshunos Bolatbek Isayev.

U bunday jinoyatlarni aniqlash mushkul ekanligi, zero jinoyatchilar “zamonaviy texnologiyalarni ishga solayotgani, jumladan, kriptovalyutalar orqali pul yuvib, “darknet” tarmogʻi orqali geolokatsiya belgilari bilan yashirincha narkotik sotayotganini taʼkidladi.

Kuchayib borayotgan xavfni inobatga olgan holda, AQSH narkotiklarga qarshi kurashda mintaqa davlatlariga yordam berishda davom etyapti.

Bu orada 29-oktyabr kuni Qirgʻiziston respublikasi IIVning Narkotiklarga qarshi kurash xizmatining yaqinda taʼmirdan chiqqan tahliliy markazi qayta ish boshladi, deyiladi Qirgʻizistondagi AQSH elchixonasi bayonotida.

Bino kapital taʼmirlanib, alohida server, kompyuterlar va himoyalangan ichki tarmoq bilan jihozlandi. Modernizatsiya loyihasi AQSH Davlat departamenti tomonidan moliyalashtirildi, BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi esa yangilanish ortidagi kattaroq tashabbusni muvofiqlashtirdi. Bu ishlar uchun 200 ming dollardan (17 mln qirgʻiz soʻmi) ortiq mablagʻ sarflandi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Barakalla, KNB. Bunday giyohvandlar va piyonistalar uchun chegaralarni yopish kerak.

Javob berish

Yovuzliklarni Rossiya xalqi emas, balki uning hukumati sodir etmoqda!

Javob berish