Karvonsaroy
Terrorizm

Tehronda “Al-Qoida” mansabdorining oʻldirilishi Eron uchun noqulay savollarni keltirib chiqarmoqda

Karvonsaroy

1998-yilda Keniyaning Nayrobi shahridagi AQSH elchixonasi oldida yuz bergan portlash natijasida kamida 60 kishi, jumladan sakkiz amerikalik halok boʻlgan va 1000 dan ziyod odam jarohatlangan. Tinch aholi vakillari va oʻt oʻchiruvchilar vayronalar ostidan jasadlarni olib chiqmoqda. [AFP]

1998-yilda Keniyaning Nayrobi shahridagi AQSH elchixonasi oldida yuz bergan portlash natijasida kamida 60 kishi, jumladan sakkiz amerikalik halok boʻlgan va 1000 dan ziyod odam jarohatlangan. Tinch aholi vakillari va oʻt oʻchiruvchilar vayronalar ostidan jasadlarni olib chiqmoqda. [AFP]

TEHRON – Tehronda “Al-Qoida” qoʻmondoni oʻrinbosari Abdulloh Ahmad Abdullohning (Abu Muhammad al-Masriy nomi bilan ham mashhur) Isroil josuslari tomonidan yashirincha oʻldirilgani haqidagi xabar Eron rejimi tarafidan inkor etilayotgani ajablanarli emas.

Eron mansabdorlari nima uchun Al-Masriyni Tehron yaqinidagi nufuzli shaharchada uzoq yillar saqlab kelgani tushunarsizligicha qolmoqda.

1998-yilda Tanzaniya va Keniyadagi AQSH elchixonalarida uyushtirilgan portlashlarga aloqadorlikda ayblangan Al-Masriy shu yil yozda Tehronda motosikl mingan isroillik operativ xodimlar tomonidan Vashingtonning koʻrsatmasi bilan yashirincha otib oʻldirilgan, deb xabar beradi The New York Times juma (13-noyabr) kuni.

Nashrning bir nechta razvedka manbalariga asoslanib yozishicha, Al-Masriy bilan birga uning qizi Maryam (Usoma bin Lodinning oʻgʻli Hamzaning bevasi) ham oʻldirilgan.

Abu Muhammad al-Masriy nomi bilan tanilgan “Al-Qoida”ning oliy qoʻmondonlaridan biri – Abdulla Ahmad Abdulla 1998-yil 7-avgustda Tanzaniyaning Dorus-Salom va Keniyaning Nayrobi shaharlaridagi AQSH elchixonalarida sodir etilgan portlashlarga aloqadorlikda ayblangan. Razvedka maʼlumotlarga koʻra, u joriy yil boshida Eronda oʻldirilgan. [AQSH Federal tergov mahkamasi]

Abu Muhammad al-Masriy nomi bilan tanilgan “Al-Qoida”ning oliy qoʻmondonlaridan biri – Abdulla Ahmad Abdulla 1998-yil 7-avgustda Tanzaniyaning Dorus-Salom va Keniyaning Nayrobi shaharlaridagi AQSH elchixonalarida sodir etilgan portlashlarga aloqadorlikda ayblangan. Razvedka maʼlumotlarga koʻra, u joriy yil boshida Eronda oʻldirilgan. [AQSH Federal tergov mahkamasi]

2017-yilning 1-noyabr kuni AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi “Al-Qoida” sobiq yetakchisi Hamza bin Lodinning Erondagi nikoh toʻyidan olingan videolavhani namoyish etgan. Hamza bin Lodin Eron himoyasi ostida yashayotgani va hatto “Al-Qoida”ning marhum rahbari Eron oliy yetakchisi Oyatulloh Ali Xomanaiyga maktub yozgani haqidagi taxminlar anchadan beri bor edi. Kichik bin Lodin 2019-yilda Afgʻoniston-Pokiston chegarasida AQSH kuchlari tarafidan oʻldirilgan. [Fayl]

2017-yilning 1-noyabr kuni AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi “Al-Qoida” sobiq yetakchisi Hamza bin Lodinning Erondagi nikoh toʻyidan olingan videolavhani namoyish etgan. Hamza bin Lodin Eron himoyasi ostida yashayotgani va hatto “Al-Qoida”ning marhum rahbari Eron oliy yetakchisi Oyatulloh Ali Xomanaiyga maktub yozgani haqidagi taxminlar anchadan beri bor edi. Kichik bin Lodin 2019-yilda Afgʻoniston-Pokiston chegarasida AQSH kuchlari tarafidan oʻldirilgan. [Fayl]

Hujum 7-avgust – Afrikada 224 kishining oʻlimi va yuzlab odamlarning jarohatlanishiga sabab boʻlgan portlashlar kuniga toʻgʻri keldi.

Amerika razvedkasi vakillarining Times nashriga maʼlum qilishlaricha, Al-Masriy 2003-yildan beri rasman Eronda “hibsda” saqlangan, ammo 2015-yildan buyon Tehron yaqinidagi Pasdaran shaharchasida erkinlikda yashagan.

Ishonarli, ammo haqiqatdan yiroq

7-avgust kuni ertalab Al-Masriy “Reno” avtomashinasida oʻz uyi yaqinida qizi bilan ketayotganida motosikl mingan ikki qurolli shaxs ularga qarata besh marta oʻq uzgan, deb yozadi “Tayms”.

Oʻshanda shu kabi voqea haqida xabar bergan Eronning ikkita axborot agentligi – rasmiy IRNA va Mehr qurbonlarning livanlik 58 yashar tarix oʻqituvchisi Habib Dovud va uning 27 yoshli qizi Maryam ekanligini aytgan edi.

Livanning MTV yangiliklar kanali va Eron islom inqilobi posbonlari korpusiga (IIPK) aloqador ijtimoiy tarmoq sahifalarida Dovud – Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan Livandagi harbiylashgan tashkilot – Hizbulloh aʼzosi boʻlgani xabar qilingan.

Bu xabar ishonarli boʻlib tuyulsa-da, voqelikda Habib Dovud degan odam boʻlmagan, deb yozadi The New York Times.

Eron bilan yaqin aloqada boʻlgan bir qancha livanliklar Dovuddan ham, uning oʻldirilganidan ham bexabar ekanliklarini aytganlar, deb yozadi gazeta. Oʻtgan yozda Eronda livanlik tarixchi-professorning oʻldirilgani haqida hech qanday xabar chiqmagan. Eronning barcha tarixchi professorlari roʻyxatidan xabardor taʼlim tadqiqotchisi “Habib Dovud” degan odam haqida hech qanday maʼlumot yoʻqligini aytgan.

Aslida “Habib Dovud” – Eron rasmiylarining Al-Masriy uchun tanlagan taxallusi edi, dedi razvedka idorasi rasmiysi.

“Al-Qoida”ning shoʻbasi boʻlgan Misrdagi “Islom jihodi” guruhining sobiq rahbari, Al-Masriyning eski doʻsti Nabil Naim oktabr oyida Saudiyaning “Al-Arabiya” yangiliklar kanaliga xuddi shu narsani aytgan.

Eron tashqi ishlar vazirligi bu maʼlumotni “uydirma” deya rad etgan.

Eron rejimi bilan aloqalar

“Al-Qoida”ning taʼsischi-yetakchilaridan biri boʻlgan Al-Masriy tashkilotning amaldagi rahbari Ayman az-Zavohiriydan keyin rahbarlikka birinchi nomzod deb hisoblab kelingan.

AQSHda 2001-yil 11-sentabr kungi portlashlardan soʻng Al-Masriy, Saif Al-Adl va Hamza bin Lodin doxil bir guruh “Al-Qoida” yetakchilari Afgʻonistondan qochib, Erondan boshpana topgan edilar.

Al-Masriy Eronda tashkilotga rahbarlik qilishga tayyorlanayotgan Hamza bin Lodinga ustozlik qilgan, deydi terrorizm boʻyicha mutaxassislar. Hamza bin Lodin oʻtgan yili Afgʻoniston-Pokiston mintaqasida oʻtkazilgan aksilterror operatsiyasi chogʻida oʻldirilgan edi.

Al-Adl esa hali ham ozodlikda.

2017-yilda AQSH hukumati Pokistonning Abbodobod shahridagi Usoma bin Lodin qarorgohidan topilgan hujjatlar toʻplamini eʼlon qildi. U 2011-yilda AQSH kuchlari tomonidan shu qarorgohida oʻldirilgan edi.

Hujjatlar Al-Qoidaning Tehron bilan xufiyona munosabatlari, jumladan Hamzaning Erondagi toʻy marosimida olingan videoyozuvlarga oydinlik kiritgan.

Bu hujjatlar, shuningdek, yaqinda Al-Masriyning oʻldirilgani va oʻtgan yillar davomidagi boshqa dalillar Eron rejimi, xususan, IIPKning “Al-Qoida” bilan mustahkam aloqada ekanligidan dalolat beradi.

Taxminlarga koʻra, IIPK dunyoning turli mamlakatlarida qidiruvda boʻlgan “Al-Qoida” aʼzolariga boshpana bergan.

Yanvar oyida Bagʻdodda oʻldirilgan Eron Islom inqilobi posbonlari korpusining “Al-Quds” boʻlinmasi qoʻmondoni, general-mayor Qosim Sulaymoniy “IIPK va Al-Qoida oʻrtasidagi aloqalarning asoschisidir”, deydi Misrdagi Islom jihodi guruhining sobiq yetakchilaridan biri Naim.

2008-yilda Suriyada oʻldirilishidan avval “Hizbulloh” harbiy qoʻmondoni Imod Mugʻniya ham “Al-Qoida” jangarilarini tayyorlash, xususan, ularga minalar oʻrnatish va bombalash usullarini oʻrgatishda muhim rol oʻynagan, deb qoʻshimcha qildi u.

Al-Qoidaning IIPK bilan ham, Eron razvedkasi bilan ham aloqalari mustahkam, dedi u Eronning “Al-Qoida” rahbari Usoma bin Lodin oilasini qabul qilganini taʼkidlab.

Tomonlar bir necha yildan beri nizoda edilar, deydi Naim. IIPK oʻzini shialar va ularning huquqlari himoyachisi deb iddao qilgan boʻlsa, “Al-Qoida” sunniylar uchun shunday daʼvoni ilgari surgan.

Eron “Al-Qoida” yetakchilariga boshpana berganini doimiy ravishda rad etib keladi, ammo soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, bu pozitsiyaga ishonish qiyinlashmoqda.

“Rejim uchun kerakli paytda Eron mazhabparastlikdan toʻqmoq sifatida foydalanadi, lekin Eronning manfaatlari yoʻlida sunniy-shia ixtilofiga ham koʻz yumishga tayyor”, deydi Sufan markazining aksilterror tahlilchisi Kolin P. Klark New York Times bilan suhbatda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500