MOSKVA – Rossiyada 400 mingdan ziyod harbiy xizmatchini COVID-19ga qarshi samarasi isbotlanmagan “Sputnik V” vaksinasi bilan emlash kampaniyasi boshlandi.
2500 dan ortiq askar emlab boʻlingan, yil oxiriga qadar yana 80 ming nafari emlanishi kutilmoqda, dedi mamlakat mudofaa vaziri Sergey Shoygu oʻtgan juma (27-noyabr) kuni.
Rossiya qurolli kuchlarining 400 mingdan ortiq askari prezident Vladimir Putinning buyrugʻiga binoan COVID-19ga qarshi emlanadi, dedi u.
Vaksinatsiya aksari majburiy harbiy xizmatga chaqirilgan askarlar uchun ixtiyoriy boʻladimi-yoʻqmi, vazir aniqlik kiritmadi.
Polshadagi tadqiqot markazi boʻlmish Varshava instituti maʼlumotlariga koʻra, 2019-yilda Rossiya armiyasida 260 ming nafar chaqiriluvchi va 370 ming shartnoma asosida xizmat qiluvchi askar boʻlgan.
“Ogʻir kasallanish holatlarida oʻz samaradorligini” isbotlagan plazma davolash tadqiqotlarida emlangan va yuqori darajadagi antitanachalarga ega 500 ga yaqin harbiy xizmatchi ishtirok etmoqda.
“Sputnik V” boʻyicha ishlanmalarning dastlabki bosqichlarida Rossiya mudofaa vazirligi ham qatnashgan, uning harbiy xizmatchilari dastlabki bosqich sinovlarida ilk koʻngillilar qatorida emlangan edi.
65 yoshli Shoygu bu vaksinani qabul qilgan rossiyalik amaldorlardan biri boʻldi, ammo bunday yuqori lavozimli amaldorlar, jumladan Putinning qizi ham uni qabul qilgani yuzasidan shubhalar ortgan.
Samarasi isbotlanmagan vaksina
Rossiyaning aniq va tekshirilgan maʼlumotlar taqdim etmay, “Sputnik V” vaksinasini xalqaro muqobillar bilan bir xil darajada yoki undan ham faolroq reklama qilishga urinishi jamoatchilikning nomzod-vaksinaga boʻlgan ishonchiga putur yetkazgan.
24-noyabr kuni Rossiya rejimi koronavirusga qarshi “Sputnik V” nomzod-vaksinasining 95 foizga samarali ekanini eʼlon qilar ekan, Moskva vaksina ishlab chiqayotgan jahonning boshqa kompaniyalari bayonotlaridan soʻng, raqamlarga shunchaki foiz qoʻshib eʼlon qilish amaliyotini davom ettirdi.
Oradan bir hafta oʻtmay, AQSH Milliy sogʻliqni saqlash instituti bilan hamkorlikda oʻzining COVID-19ga qarshi vaksinasini ishlab chiqqan Moderna biotexnologiya kompaniyasining xabar berishicha, dastlabki natijalar nomzod-vaktsinaning 94,5 foizga samarador ekanini koʻrsatgan.
Ruslar hammadan oʻzib ketgan koʻrinadi – ular “Sputnik V” samadorligini 95 foizga “koʻtarishgan”.
Xorijlik olimlar Kremlning daʼvolari yuzasidan oʻz xavotirlarini bildirmoqda.
Daʼvo qilinishicha, vaksina birinchi dozadan 28 kun oʻtib, 91,4 foizga samaradorligini koʻrsatgan, 42 kundan soʻng – ikkinchi dozadan keyingi natijalar esa “samaradorlik 95% dan yuqori” ekanini koʻrsatgan.
Filadelfiyadagi Templ universiteti biologi Enriko Buchchi 91,4 foizlik koʻrsatkichga eʼtiroz bildirdi.
“Bu raqam qandaydir samaradorlik koʻrsatkichini daʼvo qilish uchun juda past”, dedi Buchchi Kanadaning CBC News telekanaliga bergan intervyusida. U 91,4 foizlik koʻrsatkich COVID-19 bilan kasallangan 18000 kishi orasidan tanlangan 39 holatga asoslanganini taʼkidladi.
Uning aytishicha, ruslar bu 39 kishining jugʻrofiy kelib chiqishi yoki yoshiga oydinlik kiritmagan va bir nechta mamlakatlardagi sinovlar natijalari aralashtirilganmi-yoʻqmi, tushuntirish bermagan.
BRIKS aʼzolariga bosim oʻtkazish
Kremlning vaksinani xalqaro bozorda sotishga qaratilgan tinimsiz urinishlari ham uning ishonchliligiga shubha uygʻotmoqda.
Yaqinda qoʻlga kiritilgan yutuqlardan soʻng, Yevropa va AQSHda COVID-19ga qarshi emlash dasturlari rejalashtirilar ekan, Rossiya prezidenti Vladimir Putin yirik rivojlanayotgan mamlakatlar ittifoqi – BRIKS aʼzolarini Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinalarni ommaviy ishlab chiqarishga undagan.
BRIKS Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika respublikasidan tarkib topgan.
27-noyabr kuni Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiquvchilardan biri Hindistonning “Hetero” farmatsevtik kompaniyasi uni 100 million dozadan ortiq hajmda ishlab chiqarishini eʼlon qildi.
Rossiyaning bevosita investitsiyalar jamgʻarmasi (RBIJ) va Hindistonning yetakchi farmatsevtika kompaniyalaridan biri Hetero Hindistonda yiliga 100 million dozadan ortiq koronavirusga qarshi dunyodagi ilk roʻyxatdan oʻtgan vaksina – “Sputnik V” ishlab chiqarishga kelishib oldilar, deyiladi RBIJ bayonotida. Vaksinani ishlab chiqarish 2021-yil avvalida boshlanishi maʼlum qilingan.
Qancha koʻp rus bosqinchilari va jazo otryadlari “ikki yuzinchi yuk”ka aylansa, shuncha yaxshi )) [200-yuk bu urush maydonidan uyga olib ketilayotgan askarlar jasadini anglatuvchi Rossiya harbiy kodi]
Javob berishFikrlar 1