Karvonsaroy
Siyosat

Rossiya va Suriya kimyoviy qurol qoʻllashda ayblanmoqda

Karvonsaroy va AFP

2018-yil Duma shahrida Rossiya tomonidan qoʻllovidagi Suriya rejimi kimyoviy qurollarni ishga solishi oqibatida butun boshli oilalar jamloqlar va oʻz uylarida “gaz bilan zaharlab oʻldirilganlar”. Oʻz jinoyatini yashirish maqsadida ikki hafta davomida hududni tozalar ekan, Kreml va uning suriyalik ittifoqdoshi u yerga xalqaro inspektorlarning kirishiga qarshilik qilgan. [Oq dubulgʻalilar]

2018-yil Duma shahrida Rossiya tomonidan qoʻllovidagi Suriya rejimi kimyoviy qurollarni ishga solishi oqibatida butun boshli oilalar jamloqlar va oʻz uylarida “gaz bilan zaharlab oʻldirilganlar”. Oʻz jinoyatini yashirish maqsadida ikki hafta davomida hududni tozalar ekan, Kreml va uning suriyalik ittifoqdoshi u yerga xalqaro inspektorlarning kirishiga qarshilik qilgan. [Oq dubulgʻalilar]

GAAGA – Dushanba (30-noyabr) kuni Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkilotiga (KQTT) aʼzo davlatlar uchrashuv oʻtkazar ekan, Suriya va Rossiya kimyoviy qurol qoʻllashga oid yangi ayblovlar bosimi ostida qolgan.

Tashkilotga aʼzo davlatlar Moskvadan muxolifatchi Aleksey Navalniyning asabni falajlovchi “Novichok” moddasi bilan zaharlanishiga oid tafsilotlarni “shaffoflik” bilan ochiqlashni talab qilmoqda.

Navalniy Germaniyadagi zamonaviy davolash muolajalari tufayli Sibirning Tomsk shahrida avgust oyida sodir etilgan zaharlash suiqasdidan omon qolgan. Rossiya hukumati xalqaro bosimdan keyin uning xorijda davolanishiga ruxsat bergan.

Bu orada KQTT va Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tergovchilari Suriya hukumatini 2017-yilda zarin gazi hujumlarini uyushtirganlikda ayblashi ortidan Damashq sanksiyalar tahdidi ostida qolgan.

“Zaharlangan” – Rossiyaning yetakchi muxolifat arbobi Aleksey Navalniyning surati aks etgan plakat, 23-sentabr kuni Berlindagi Rossiya elchixonasi yaqinida olingan surat. Navalniy Sibirda sovet davrida ishlab chiqarilgan asab tizimini falajlovchi “Novichok” moddasi bilan zaharlangan. [Odd ANDERSEN / AFP]

“Zaharlangan” – Rossiyaning yetakchi muxolifat arbobi Aleksey Navalniyning surati aks etgan plakat, 23-sentabr kuni Berlindagi Rossiya elchixonasi yaqinida olingan surat. Navalniy Sibirda sovet davrida ishlab chiqarilgan asab tizimini falajlovchi “Novichok” moddasi bilan zaharlangan. [Odd ANDERSEN / AFP]

Rossiya va Suriya rejimlari bu ayblovlarni qayta-qayta rad etib, Gʻarb davlatlarining Haagada joylashgan KQTTni siyosiylashtirayotganini taʼkidlamoqda.

Damashq iyul oyida belgilangan 90 kunda Latamina shahri hujumlarida qoʻllanilgan qurollarni ochiqlash va ularning qolgan zahiralari haqida maʼlumot berish shartini bajarmagan, deydi KQTT rahbari Fernando Arias.

“Suriya arab respublikasi hech qaysi chorani yakunlamagan”, deb aytgan Arias uchrashuv davomida.

Damashq yaqinidagi Gʻuta shahrida 1400 kishining hayotiga zomin boʻlgan zarin hujumidan keyin 2013-yildagi barcha kimyoviy qurollardan voz kechish boʻyicha shartnomaga koʻra Suriya tomonidan “boʻshliqlar, nomuvofiqliklar va tafovutlar” saqlanib qolgan, dedi u.

KQTT belgilangan muddatga rioya qilmagani uchun Suriyaning “huquqlari va imtiyozlarini” toʻxtatib turishi kerak, dedi KQTTdagi Fransiya vakili Luis Vasi. Unga koʻra, bu taklifni 43 davlat qoʻllab-quvvatlagan.

Suriyaning KQTTdagi ovoz berish huquqi shular jumlasidan – tashkilotda bir necha yillar davomida toksik qurollarni qoʻllash ayblovlarini rad etib kelgan Suriya ovoz huquqidan mahrum qilinishi mumkin.

Rossiya Suriyadagi xunrezliklarni himoya qilmoqda

2019-yil may oyida Rossiya BMT Xavfsizlik kengashiga yangi rezolutsiya loyihasini taqdim etgan boʻlib, unda KQTTni Suriyadagi kimyoviy hujum boʻyicha yangi tergov boshlanishi oldidan “siyosiylashayotganlikda” ayblagan.

KQTT 2018-yilda kimyoviy hujum sodir etganlarni aniqlovchi mexanizm ishlab chiqishga kelishib olgan edi – Bunga Rossiya va Suriya qatʼiyan qarshi boʻlgan.

BMT diplomatlariga koʻra, Rossiyaning taklifi KQTTni jilovlashga qaratilgan – zero, tashkilot Suriyada kimyoviy qurol qoʻllanishi ortida kim turganini aniqlashga qaratilgan tergovida ilgarilab bormoqda.

“Rossiyaning asosiy maqsadi – KQTT faoliyatini boʻgʻish”, deb aytgan oʻz shaxsini oshkor qilishni istamagan diplomat.

Gʻarb mamlakatlari KQTTning Suriyada kimyoviy qurollar ishga solinganini tasdiqlagani, shuningdek, 2018-yil mart oyida Angliyaning Solsberi shahrida rossiyalik josus Sergey Skripalni asab tizimiga falajlovchi modda bilan zaharlashga urinish harakatlaridan soʻng, yangi tergov mexanizmini ishga tushirishni tezlashtirgan. Skripal va uning qizi tirik qolgan boʻlsa-da, ularga aloqasi boʻlmagan angliyalik ayol hayotdan koʻz yumgan.

2018-yil aprel oyida Rossiya qoʻllovidagi Suriya rejimi Damashq yaqinidagi Duma shahrida tinch aholiga qarshi kimyoviy qurol qoʻllashda ayblangan, hujum natijasida kamida 40 kishi halok boʻlgan, 500 dan ortigʻi kasalxonaga yotqizilgan edi.

Jinoyatni yashirish maqsadida Rossiya va uning ittifoqchisi Suriya 2 hafta davomida ushbu hududga xalqaro ekspertlarni kiritmadi. Ular hujum sodir boʻlgan joyda jinoyat izlarini yoʻqotishga uringanlar. Ammo bu urinishlar samarasiz boʻlgan.

Moskva “Oq dubulgʻlalilar” nomi bilan tanilgan Suriya fuqarolik mudofaasining koʻngilli gumanitar tashkilotini kimyoviy hujumlar videosini soxtalashtirishda ayblashgacha bordi.

U Suriyaning kimyoviy qurol qoʻllashi bilan bogʻliq aybini xaspoʻshlashga qaratilgan dezinformatsiya choralari doirasida muntazam ravishda shunday ayblovlarni ilgari surib kelgan.

2018-yil aprel oyida Niderlandiya hukumati toʻrt nafar rossiyalikni KQTTning kompyuter tizimiga hakerlik hujumi uyushtirishda ayblagan edi.

GRU harbiy razvedka agentligining rossiyalik josuslari tashkilot yaqinidagi mehmonxona yaqinidagi mashinaga oʻrnatilgan elektron qurilmalardan foydalanganlar, deb xabar bergan Niderlandiya hukumati. Kreml bu toʻrt nafar shaxsni soʻroq uchun topshirmagan.

Navalniyning zaharlanishi

Ayni damda Rossiya hukumati Navalniyning zaharlanishi sababli yana bosim ostida qolmoqda . Muxolifat siyosatchilari va Gʻarb hukumatlari bunda Kremlni ayblamoqda.

KQTT Germaniya shifoxonasida Navalniydan olingan namunalarda “Novichok” izlari borligini tasdiqlagan. U hamon Germaniyada davolanmoqda, ammo Rossiyaga qaytishga vaʼda bergan.

KQTT esa hali ham Rossiya rasmiylari bilan voqeani tergov qilish uchun faktlarni aniqlash guruhini Rossiyaga yuborish boʻyicha muzokaralarni davom ettirmoqda, dedi Arias.

Qoʻshma bayonotni imzolagan 55 davlat, jumladan Qoʻshma Shtatlar, Yaponiya, Kanada, Avstraliya va yana boshqa koʻplab Yevropa mamlakatlari Navalniyga uyushtirilgan hujumni “qatʼiyan qoralashini” bildirgan.

Ular Rossiya hukumatini Rossiya hududida yuz bergan “kimyoviy hujum tafsilotlarini shaffoflik va zudlik bilan ochiqlashda yordam” berishga chaqirdilar.

Navalniyning zaharlanishi Rossiya va Gʻarb davlatlarining shundoq ham qaltis munosabatlarini yanada murakkablashtirgan.

Yevropa Ittifoqi oktabr oyida zaharlanish holati boʻyicha Rossiyaning bir qator yuqori lavozimli mansabdorlariga nisbatan sanksiya eʼlon qilgan. Ularga koʻra, “Novichok” hujumi Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB), mudofaa vazirligi va prezident Vladimir Putin idorasi ishtirokisiz amalga oshmagan boʻlar edi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 3

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

“Choʻchqalar.” Toʻgʻri aytilgan. Yovuzlar... Kim hindularni zaharlagan; kim 11 yil davomida vyetnamliklarni zaharlagan edi; Yaponiyaga qarshi yadroviy qurolni kim qoʻllagan edi; kim xitoylarni opium bilan zaharlagan edi; kim odamlarni gazxonalarda zaharlagan edi?.. Hammasini sanab chiqib boʻlmaydi. Haromilar. Shuncha odamni oʻldirishgan. Endi esa insonparvar Gʻarb oʻz aybini boshqalarga toʻnkashga ahd qilibdi.

Javob berish

Choʻchqalar.

Javob berish

Rossiya Yovuzlik imperiyasi va yoʻq qilinishi lozim.

Javob berish