Karvonsaroy
Tahlil

Qosim Sulaymoniyning mintaqa va uning tashqaricidagi xunrezliklari xronikasi

Karvonsaroy

10-dekabr kuni Eron hurbiylari tomonidan chop etilgan sanasi nomaʼlum ushbu suratda marhum Qosim Sulaymoniy (chapda) birga Eronlik harbiy qoʻmondonlar va Oliy ruhoniy rahbar Ali Homanaiy aks etgan. [Eron mudofaa vazirligi]

10-dekabr kuni Eron hurbiylari tomonidan chop etilgan sanasi nomaʼlum ushbu suratda marhum Qosim Sulaymoniy (chapda) birga Eronlik harbiy qoʻmondonlar va Oliy ruhoniy rahbar Ali Homanaiy aks etgan. [Eron mudofaa vazirligi]

Oʻlimidan deyarli bir yil avval Eronning yetakchi harbiy qoʻmondoni, general Qosim Sulaymoniy ayrimlar tomonidan Yaqin Sharqdagi eng xatarli odam deb hisoblangan.

Yigirma yildan ortiq vaqt davomida Sulaymoniy terrorchilik “eksporti”, mintaqa boʻylab, jumladan Iroq, Suriya, Livan, Bahreyn, Yaman va Afgʻonistondagi Eron rejimining bilvosita jangarilarini qurollantirishga masʼul Eron armiyasining maxsus boʻlinmasi – Eron islom inqilobi posbonlari korpusining (IIPK) “Al-Quds” kuchlariga rahbarlik qilgan.

Uning soʻnggi rejalari orasida Iroqdagi AQSH koalitsiya kuchlari, jumladan devoriga vandallar “Sulaymoniy bizning yetakchimiz” deb yozib ketilgan Bagʻdoddagi AQSH elchixonasiga oʻtgan yil 31-dekabr kuni hujum qilish ham bor edi.

3-yanvar kuni Sulaymoniyning Bagʻdodda AQSH droni hujumi yordamida oʻldirilishi Tehronning mintaqa bir necha oʻn yillardan berish davom etayotgan jangarilik va ixtiloflarni avj oldirish harakatlaridagi burilish nuqtasi boʻldi.

Sulaymoniy Suriyaning Albu Kamol shahrida, 2017-yilgi surat. [ISNA]

Sulaymoniy Suriyaning Albu Kamol shahrida, 2017-yilgi surat. [ISNA]

Sulaymoniy IIPK qoʻllovidagi jangarilar bilan, 2018-yil, Iroq. [Jahan News]

Sulaymoniy IIPK qoʻllovidagi jangarilar bilan, 2018-yil, Iroq. [Jahan News]

Hozirda tashqi ishlar vaziri boʻlgan Saudiyaning Qoʻshma Shtatlardagi sobiq elchisi Odil bin Ahmad al-Jubayr Vashingtonda boʻlib turganida unga qarshi muvaffaqiyatsiz suiqasd amalga oshirilgan, AQSH hukumati 2011-yilda bu amaliyotga rahbarlik qilgan Sulaymoniyni xalqaro terrorchi deb eʼlon qilgandi.

Oʻsha yilning boshida tinch namoyishchilarga qarshi qonli hujumda Suriya prezidenti Bashar Al-Asad rejimiga moddiy yordam bergani uchun Sulaymoniyga nisbatan sanksiyalar joriy qilingan edi.

2019-yilning aprelida “Al-Quds” kuchlarining Sulaymoniy qoʻli ostidagi xatti-harakatlari tufayli AQSH moliya vazirligi butun boshli IIPKni xalqaro terrorchilik tashkiloti deb topish bilan mislsiz chora koʻrgan edi.

Terrorchilikni “eksport” qilish

IIPKning “Al-Quds” kuchlari Sulaymoniy rahbarligida Yaqin Sharq va undan tashqarida terrorizmni “eksport” qilgan, mazhabparastlikni kuchaytirgan, hukumatlarga qarshi qoʻporuvchiliklar sodir etgan, minglab, balki bir necha oʻn minglab odamlarning oʻlimiga va mislsiz aziyatlariga sabab boʻlgan.

Eron rejimi mintaqadagi xavfsizlikka putur yetkazishda davom etar ekan, Sulaymoniy tirik boʻlganida Tehronning tahdidi yanada jiddiyroq boʻlar edi, deydi tahlilchilar.

Sulaymoniy “Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Suriya prezidenti Bashar al-Asad kabi davlat yetakchilari hamda jangarilar bilan yaqin munosabatda boʻlgan va jang maydonida qatnashgan”, dedi Iroq strategik tadqiqotlar markazi rahbari Gʻoziy Fayzal Husayn.

“U Eron inqilobini, Valiyat al-Faqih mafkurasini tarqatish, mintaqadagi qonuniy hukumatlarni Eronga xizmat qiluvchi rejimlarga oʻzgartirishga uringan”, dedi u oliy ruhoniy Oyatulloh Ali Homanaiy barcha masalalarni boshqarishi kerak degan daʼvoni nazarda tutib.

“Qosim Sulaymoniyga mintaqada IIPKning taʼsirini kengaytirish vazifasi ishonib topshirilgan edi”, dedi yamanlik siyosiy tahlilchi va jurnalist Vadda al-Jalil.

1998-1999-yillarda Sulaymoniy oʻz faoliyatining ilk yillarini Hizbulloh jangari guruhini boshqarishga bagʻishlagan.

10 yildan ortiq davr mobaynida Sulaymoniy shaxsan Iroq hukumati suverenitetiga putur yetkazish va beqarorlashtirishdagi Eronning harakatlari doirasida Iroqdagi terrorchilarni boshqargan va ularga qurol yetkazgan.

AQSH mudofaa vazirligiga koʻra, 2000-yillar oʻrtalarida Eron qoʻllovidagi jangarilar tomonidan kamida 603 nafar AQSH askari oʻldirilgan, bu Iroqdagi toʻqnashuvlarda halok boʻlgan amerikaliklarning 17 foizini tashkil qiladi.

2019-yilning oktyabridan beri minglab iroqliklar bir necha marta Iroqda Eronning beqarorlashtirish taʼsiriga qarshi namoyishga chiqqanlar.

Zaif yoshlarni yollash

Sulaymoniy Suriyada Asadning siyraklashgan harbiy safini toʻldirish boʻyicha keng qamrovli operatsiyaga yetakchilik qilgan.

2014-yil oxiridan boshlab bir necha yil ichida Sulaymoniy rahbarligida Eron operativ xodimlari Afgʻoniston, Pokiston, Iroq va boshqa davlatlardagi shia jamoalaridan koʻpchiligi voyaga yetmaganlar va/yoki nochor holatda qolgan yoshlarni jangarilikka yollagan.

IIPKning afgʻonistonlik jangarilardan tarkib topgan Fotimiyun boʻlinmasiga qoʻshilish evaziga afgʻonlarga Eron fuqaroligi va oylik maosh vaʼda qilingan, ammo Eron rejimi bir necha bor bu vaʼdalarini bajarmagan.

Fotimiyun manbalariga koʻra, Sulaymoniy Suriyadagi fuqarolar urushini tashkil etishda 20 ming nafar afgʻonistonlik nochor jangarilarni yollagan, ulardan 2000 tasi halok boʻlgan va 8000 tasi jarohatlangan.

2020-yil dekabr oyi maʼlumotlariga koʻra, Suriyadagi fuqarolar urushida 387100 dan 593000 gacha odam halok boʻlgan, deydi muxolifatchilar.

World Vision tashkilotiga koʻra, Suriyaning oʻzida 6,2 million odam boshpanasiz qolgan va 5,6 million kishi qoʻshni mamlakatlarga koʻchib oʻtgan.

Sulaymoniy Yamanda Eronning taʼsirini kuchaytirish bilan shugʻullangan, 2015-yilda mintaqadagi Eronning eng katta dushmani Saudiya Arabistoni Yaman hukumati nomidan vaziyatga aralashganida IIPK Xusiy isyonchilarini (Ansarulloh) quvvatlagan.

“Eron strategiyasini amalga oshirishni jadallashtirish, jumladan Sana, Damashq bilan birga Bayrut va Bagʻdodni egallash Sulaymoniyning vazifasi edi”, deydi Abaad strategik tadqiqotlar markazi rahbari Abdul Salom Muhammad.

Uning oʻlimi bu strategiyani oʻzgartirmaydi”, dedi u.

Yaman axborot loyihasiga koʻra, Yamanda Eron qoʻllovidagi xusiylar avj oldirgan inqiroz 2015-yildan beri 17500 dan ortiq tinch aholining oʻlimi va jarohatlanishiga olib keldi. 20 milliondan ortiq odam oziq-ovqat tanqisligidan aziyat chekmoqda, 10 millionga yaqini esa ochlik xavfi bilan yuzma-yuz kelgan, deb xabar beradi Human Rights Watch.

Xalqaro tergovlardan maʼlum boʻlishicha, xusiylar muntazam ravishda talabalar, ayollar, huquq himoyachilari, jurnalistlar, gumanitar tashkilotlar xizmatchilari va diniy ozchiliklar vakillarini noqonuniy ravishda hibsga olib, qiynoqqa solib kelgan.

Koʻngillilar banditlarga aylandi

2014 va 2015-yillarda harbiy kiyimdagi Sulaymoniyning Iroqdagi jang maydonida olingan suratlari uning ushbu mojarodagi bevosita ishtirokini tasdiqlagan.

Uzoq yillar davomida Sulaymoniy qoʻllovida tuzilgan koʻplab koʻngilli askarlar boʻlinmalari oʻzlarining dastlabki diniy maqsadlaridan uzoqlashib, boshqarib boʻlmaydigan holatga kelishdi.

Bu koʻngilli lashkarlar Iroqda Sulaymoniy hukmronligidagi yillar davomida orttirgan qudratidan foydalanib, iroqlik namoyishchilarni bostirdilar, Xalq safarbarlik kuchlari saflariga kirib va uni suiisteʼmol qildilar, hattoki hukumat korrupsiyasi va layoqatsizligiga qarshi norozilik bildirgan oʻnlab iroqlik namoyishchilarni otib tashladilar.

“Koʻngilli lashkarlar ochkoʻz va yengib boʻlmaydigan qudratli yirtqichlarga aylandi”, degan edi ismini oshkor qilishni istamagan iroqlik yuqori lavozimli siyosatchi fevral oyida Reuter agentligiga.

“Ular kompaniyalardan zoʻrlik bilan pul undirgan; hatto hukumatni oʻzlariga sodiq odamlarga ish va davlat shartnomalarini berishga majburlab, hamma narsadan ulush olishni istaganlar”, dedi u.

Iroq koʻngilli askalari qurollarni noqonuniy tortib olib, “Islom Davlati”dan (ID) ozod qilingan Iroqning bir qator shaharlariga investitsiyalarni toʻxtatib qoʻygan.

[Bu maqolani tayyorlashga Faris al-Omran va Nabil Abdulla at-Tamimiy koʻmaklashgan.]

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Muallif axbarot manbalari haqida ma‘lumot bersangiz, siz keltirayotgan faktlarning manbaasi bo‘lishi kk.

Javob berish