Karvonsaroy
Inson huquqlari

Rossiyaning “xorijiy agentlar” toʻgʻrisidagi qonun loyihalari Sovet davriga oid qatagʻonlarni eslatmoqda

Kanat Altinbayev

Yillik matbuot anjumanini oʻtkazgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin 17-dekabr kuni Moskva yaqinidagi qarorgohidan turib videoaloqa orqali jurnalistlar bilan suhbatlashmoqda. [Mixail Klimentyev/SPUTNIK /AFP]

Yillik matbuot anjumanini oʻtkazgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin 17-dekabr kuni Moskva yaqinidagi qarorgohidan turib videoaloqa orqali jurnalistlar bilan suhbatlashmoqda. [Mixail Klimentyev/SPUTNIK /AFP]

OLMAOTA – Markaziy Osiyolik jurnalistlar va huquqbonlar Rossiyadagi soʻz erkinligini cheklovchi oʻzgarishlarni Sovet davriga qaytish, deya tanqid qilmoqdalar.

Chorshanba (23-dekabr) kuni Rossiya parlamenti aʼzolari uchinchi va oxirgi oʻqishda bahsli qonun loyihasini qabul qildilar. AFP xabariga koʻra, unda keyinchalik oʻzgacha fikrlovchilarni taʼqib qilish uchun “xorijiy agent” deb atash mumkin boʻlganlar roʻyxati kengaytirilgan.

2012-yilda “xorijiy agentlarga” (jismoniy shaxslar va tashkilotlarga nisbatan qoʻllanishi mumkin boʻlgan atama) qarshi qaratilgan qonun kuchga kirganidan beri ularga nisbatan ogʻir cheklovlar joriy qilingan.

Ushbu loyihalar qonunga aylanishi uchun Dumada uchta oʻqishdan oʻtishi, Federatsiya kengashi (yuqori palata) tomonidan tasdiqlanishi va Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan imzolanishi kerak.

Qozogʻistonda “xorijiy agent” deb hisoblanmaydigan, asosan, xorijiy OAV jurnalistlari 17-yanvar kuni Olmaota sudida huquq himoyachisi Serikjan Bilashning sud jarayonini yoritishda ishtirok etmoqdalar. [Kanat Altinbayev]

Qozogʻistonda “xorijiy agent” deb hisoblanmaydigan, asosan, xorijiy OAV jurnalistlari 17-yanvar kuni Olmaota sudida huquq himoyachisi Serikjan Bilashning sud jarayonini yoritishda ishtirok etmoqdalar. [Kanat Altinbayev]

Qonun loyihasida “xorijiy agent” sifatida “chet eldan mablagʻ olayotgan shaxslar” belgilangan boʻlib, ularga davlat ishida ishlash yoki mahalliy hokimliklarda biror lavozimni egallash taqiqlanadi, shuningdek, hukumat idoralariga yozgan xatlari va boshqa materiallarini “xorijiy agent” yorligʻi bilan belgilash majburiyatini yuklaydi”, deb ogohlantiradi Amnesty International tashkiloti noyabr oyidagi bayonotida.

Noyabr oyi oxirida Rossiya davlat dumasining asosan, “Yagona Rossiya” hukmron partiyasiga oid bir guruh deputat va senatorlari qonun chiqaruvchilarga murojaat qilib, “milliy xavfsizlikka tahdidlarga qarshi qoʻshimcha choralarni” oʻz ichiga oluvchi yangi qonun loyihasini koʻrib chiqishni soʻragan edi.

Rossiya hukumati “chet eldan homiylik mablagʻlari oladigan va Rossiya hududida siyosiy faoliyat bilan shugʻullanadiganlarni” nazorat qilish uchun zarur dastaklarga ega emas, deydi qonun loyihasi mualliflari.

Fuqarolik jamiyatiga qarshi repressiyalar

Nodavlat notijorat tashkilotlar yana bir qonun loyihasi bilan joriy qilinadigan navbatdagi cheklovga duch kelmoqdalar.

Dekabr oyi oʻrtalarida qonun chiqaruvchilar xorijiy agent deb topilgan nodavlat notijorat tashkilotlarga nisbatan talablarni kuchaytiruvchi yana bir qonun loyihasini birinchi oʻqishda maʼqullagan edilar.

Bunday maqom xorijda qarorgohi boʻlgan va chet eldan mablag oladigan NNTlarga nisbatan taalluqli boʻladi.

Qonun loyihasi qonun hujjatiga aylangan taqdirda ularga oʻz faoliyatlari haqida Adliya vazirligiga hisobot berish majburiyatini yuklaydi. Bundan tashqari, huquq-tartibot idoralari bu kabi NNTlarni tanlab tekshirish uchun yanada koʻproq qonuniy asosga ega boʻlishi mumkin edi.

Rossiya rasmiylari mamlakatda 2021-yil sentabrga belgilangan parlament saylovlari oldidan muxolifat va fuqarolik jamiyatiga qarshi bosimni kuchaytirish uchun qonuniy zamin hozirlamoqda, deydi kuzatuvchilar.

Bu qonun loyihalari Kremlning muxolif va taraqqiyparvar kuchlarni rus tilida kamsituvchi maʼnoga ega “xorijiy agent” atamasi bilan yomonotliq qilish kampaniyasining yangi bosqichini boshlab beradi.

Baʼzi mustaqil NNT va OAVni “xorijiy agent” deb topgan ilk qonun 2012-yilda kuchga kirgan edi.

Bu qonun bilan Putin “mamlakatdagi fuqarolik jamiyatiga qarshi postsovet tarixida misli koʻrilmagan tazyiqlarni” boshladi, deyiladi 2013-yilgi Human Rights Watch (HRW) hisobotida.

“Rossiya hukumati 2012-yildan beri xorijdan mablagʻ oladigan va jamoatchilik orasida targʻibot olib boradigan mustaqil guruhlarni yomonotliq qilish uchun “chet el agentlari” toʻgʻrisidagi qonundan foydalanmoqda, deyiladi HRWning noyabr oyidagi bayonotida. Bu qonun keyinchalik xorijiy manbalar tomonidan moliyalashtiriladigan OAV va hatto muayyan blogerlarni qamrab olgan holda kengaytirildi.”

“Xalq dushmanlari”

Markaziy Osiyodagi fuqarolik jamiyatida Rossiyaning “xorijiy agentlarga” qarshi qaratilgan qonun loyihalari xavotir bilan qarshi olingan.

Mamlakatda mustaqil muxolifat boʻlmas ekan, nodavlat tashkilotlar siyosiy masalalar bilan shugʻullanaveradi, deydi “Liberty” nodavlat tashkiloti rahbari, olmaotalik Galim Ageleuov.

“Xorijdan keluvchi moliyaviy koʻmak nodavlat tashkilotlar mustaqilligini taʼminlaydi, natijada hukumat moliyalashtiradigan va nazorat qiladigan tashkilotlardan farqli oʻlaroq, ular hukumat faoliyatini obyektiv baholay oladilar”, dedi Ageleuov.

Jurnalistlar Rossiyaning “xorijiy agentlar” toʻgʻrisidagi qonunlarini soʻz erkinligini cheklash chorasi oʻlaroq baholamoqda.

Rossiya hukumati mustaqil OAV va oʻzgacha fikrlovchilarni badnom qilish uchun barcha vositalarni ishga solmoqda, deydi Olmaotaning “Delovaya nedelya” gazetasi muxbiri Jildiz Aliyeva.

2021-yilda oʻtadigan parlament saylovi natijalari “avvaldan aniq” boʻlishiga qaramay, Rossiya rasmiylari “mustaqil institutlarga qarshi ochiq agressiv choralar qoʻllashdan” hazar qilmayapti, dedi u.

“Kreml siyosiy hodisalarni xolis yorituvchi OAVni “xalq dushmanlari” deb atamoqda, bularning bari Sovet yillaridagi totalitarizmni eslatib yuboryapti”, dedi u.

Ammo, zamonaviy Rossiya jamiyati oqni qoradan ajrata oladi, dedi Aliyeva.

Uning aytishicha, “Sovet davrida yashagan katta yoshdagilar hamon Putinga ishonadilar, zamonaviy dunyoqarashga ega yosh avlod esa uni diktator deb biladi va siyosatini qoʻllab-quvvatlamaydi”.

Markaziy Osiyoda ham shunday qonunlarni joriy qilish harakatlari

Xorijiy agentlarni nishonga oluvchi xuddi shunday hujjatlar Qirgʻizistonda ham deyarli qabul qilinayozgan.

2014-yilda Joʻqorgʻu Kenesh (Qirgʻiziston parlamenti) shunga oʻxshash qonun loyihasini taqdim etgan, ammo qonun chiqaruvchilar fuqarolik jamiyati bosimi ostida ikki yildan soʻng uni rad etganlar.

Kloop.kg saytining yozishicha, 2020-yilda Joʻqorgʻu Kenesh aʼzosi Baktibek Rayimkulov yana shunday hujjatni taklif qilgan, unda Rossiya qonunidagi koʻp moddalardan nusxa olingan. Ammo hujjat bu safar ham tasdiqdan oʻtmagan.

Qirgʻizistonda xorijiy agentlarga oid qonun loyihasini Kreml ilgari surgan boʻlishi mumkin, deydi ayrim kuzatuvchilar.

“Kichik mamlakatdagi erkinlik darajasi butun mintaqaga taʼsir qilishi mumkin”, deydi bishkeklik “Davlat siyosati tahlili markazi” nodavlat tashkiloti rahbari Almaz Tojiboy.

“Shu sababli avtoritar Rossiyaning Qirgʻiz jamiyatidagi nodavlat tashkilot rolidan nega bunchalik xavotirlanayotgani tushunarli”, deb aytgan Tojiboy fevral oyida Cabar.Asia veb-saytiga.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 6

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Rossiyadan qancha uzoq boʻlsak, shuncha yaxshi.

Javob berish

Xoʻsh, agar Rossiya “Shimoliy Koreya” boʻlsa, u holda AQSH Xitoy boʻladi. Koʻp yetakchi mamlakatlar oʻxshash qonunlarni qabul qilishgan; Rossiyadagi qonunlar bilan sening nima ishing bor? Oʻz mamlakatingdagi qonunlarni tasdiqla; senlarga qaysi qonunga asosan yashashingni oʻrgatmasak. Sening ham, mamlakatingni ham ishi emas...

Javob berish

Rossiyaning o‘zini internetdan uzib qo‘yish kerak

Javob berish

Qonun tarafdorlarining ta’kidlashicha, u Amerikaning FARA qonunida ko‘zda tutilgan holatlarni takrorlaydi va ularning fikricha, bundan Rossiya qonunchiligi xalqaro demokratik me’yorlarga mos kelishi anglashiladi. AQSHda bu kabi qonun 1938-yilda «Chet el agentlarini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi qonun» nomi ostida qabul qilingan. Qonunga ko‘ra, Amerika siyosatida xorijiy davlatlar manfaatlarini himoya qiluvchi chet el agentlari hamda xorijlik jismoniy va yuridik shaxslardan o‘z faoliyati va moliyaviy manbalarini oshkor qilishi talab etiladi. (2013-yil holatiga ko‘ra) «Xorijiy rahbarning buyrug‘i, iltimosi yoki ko‘rsatmasi yoki nazorati ostida» ish olib boradigan va bunda «xorijiy rahbar yoki uning manfaatlari yo‘lida siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanadigan jismoniy yoki yuridik shaxs chet el agenti deb hisoblanadi. Qonunning maqsadi «hukumat va Amerika xalqi tomonidan bunday shaxslarning bayonotlari va faoliyatini baholash»ga ko‘maklashishdir. AQSH hukumatining qarorlariga yoki «aholining istalgan qismiga» AQSHning ichki yoki tashqi siyosati, yoki chet el hukumati yoxud siyosiy partiyasi borasida ta’sir o‘tkazishga qaratilgan harakatlar siyosiy faoliyat sifatida tavsiflanadi. Qonun «chet ellik rahbarning manfaatlari yo‘lida» har qanday axborot materiallarini «chet ellik rahbar nomidan agent tomonidan tarqatilayotgani» haqidagi ma’lumotni ochiq zikr etmasdan tarqatishni taqiqlaydi.

Javob berish

Amerikaliklarning tomi ketganmi? Bu axir AQSHning shu kabi qonunlari nusxasi-ku )))

Javob berish

Rossiya bu Shimoliy Koreya

Javob berish