Karvonsaroy
Xavfsizlik

Eronning hisobdagi yanglishuvi sabab ziddiyat kuchayar ekan, AQSH harbiylari jangovar shay holatga keltirildi

Karvonsaroy

AQSH harbiy havo kuchlari xizmatchilari 16-dekabr kuni parvozoldi tekshiruv chogʻida Qatardagi al-Udayd aviabazasini aylanib chiqmoqda. [CENTCOM]

AQSH harbiy havo kuchlari xizmatchilari 16-dekabr kuni parvozoldi tekshiruv chogʻida Qatardagi al-Udayd aviabazasini aylanib chiqmoqda. [CENTCOM]

AQSH prezidenti Donald Tramp Iroqdagi AQSH fuqarolariga qarshi har qanday halokatli hujum uchun “Eronni javobgar” deb topishi haqidagi ogohlantirganidan soʻng, Eronning hisob-kitobdagi yanglishuvi mudhish oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Tramp va AQSH harbiylari Eronni AQSHning Bagʻdoddagi elchixonasiga moddiy zarar yetkazgan, ammo oʻlimga sabab boʻlmagan yakshanba (20-dekabr) kungi raketa hujumi ortida turganlikda aybladilar.

Amerika va xalqaro hamjamiyatining Iroqdagi manfaatlarga qarshi avvalgi bir qator hujumlar bilan bogʻliq masʼuliyat Eron qoʻllovidagi Iroq koʻngilli lashkarlari zimmasiga yuklangan.

Bu ogohlantirish yuqori martabali eronlik general-mayor Qosim Sulaymoniyning Bagʻdodda AQSH zarbasi tufayli oʻldirilganiga bir yil toʻlishi arafasida keskinlik kuchayib borayotgan va mintaqadagi AQSH harbiy kuchlari jangovar shay holatga keltirilayotgan paytda yangramoqda.

AQSHning Bagʻdoddagi elchixonasi tomon uchirilmay qolgan uchta Eron raketasi majmua yaqinidan topilgan. [Fayl]

AQSHning Bagʻdoddagi elchixonasi tomon uchirilmay qolgan uchta Eron raketasi majmua yaqinidan topilgan. [Fayl]

AQSH va Saudiyaning dengiz va havo kuchlari dengiz sohasidagi tahdidlarga qarshi turish, kemalar qatnovi va erkin tijorat oqimini taʼminlashga qaratilgan davomli mashgʻulotlar doirasida Fors koʻrfazidagi qoʻshma operatsiyada ishtirok etmoqda, 17-dekabr. [CENTCOM]

AQSH va Saudiyaning dengiz va havo kuchlari dengiz sohasidagi tahdidlarga qarshi turish, kemalar qatnovi va erkin tijorat oqimini taʼminlashga qaratilgan davomli mashgʻulotlar doirasida Fors koʻrfazidagi qoʻshma operatsiyada ishtirok etmoqda, 17-dekabr. [CENTCOM]

Sulaymoniy yigirma yildan koʻproq vaqt davomida Eron islom inqilobi posbonlari korpusining “Al-Quds” kuchlariga (IIPK-QK) rahbarlik qilgan. Bu boʻlinma Iroq, Suriya, Livan, Bahrayn, Yaman va Afgʻonistonda vositachi jangarilarni qurollantirish, moliyalashtirish va tayyorgarlikdan oʻtkazish bilan shugʻullangan.

Uning oʻlimi Tehronning Yaqin Sharqda va uning tashqarisida jangovarlik va ixtiloflarni avj oldirishga qaratilgan oʻnlab yillar davom etgan kampaniyasida burilish nuqtasi boʻldi.

Eron rejimi uning oʻldirilishi ortidan Qoʻshma Shtatlarga qarshi bir qator ochiq tahdidlar bilan chiqdi.

Tehronga qatʼiy ogohlantirish

“Bizning Bagʻdoddagi elchixonamizga yakshanba kuni bir nechta raketa kelib tushdi”, deb yozdi Tramp chorshanba kuni Twitterda yakshanba kungi hujumga ishora qilib.

“Ular qayerdan keldi? Erondan”, deb qoʻshimcha qildi u.

“Endilikda biz Iroqda amerikaliklarga qarshi yangi hujumlar rejalanayotgani haqidagi gap-soʻzlarni eshityapmiz”, deb qoʻshimcha qildi u “Eronga doʻstona maslahatim shu: bir dona amerikalik oʻldiriladigan boʻlsa, javobgarlikni Eron zimmasiga yuklayman. Yaxshilab oʻylab koʻring”.

AQSH Davlat kotibi Mayk Pompeo bungacha Tehronga ishora qilib boʻlgan edi, AQSH Markaziy qoʻmondonligi (CENTCOM) esa raketa hujumi “Eron qoʻllovidagi koʻngilli askarlar tarafidan amalga oshirgani deyarli aniq” deb bayonot bergan.

“AQSH tarafida hech qanday qurbonlar yoki jarohatlanganlar yoʻq, hujum AQSH elchixonasi binosiga zarar yetkazgan. Hujum bilan qurbonlarga yoʻl qoʻymaslik maqsad qilingani aniq”, deyiladi CENTCOM bayonotida.

“AQSH Eron qoʻllovidagi jangari guruh faoliyati natijasida kelib chiqqan har qanday amerikalikning oʻlimi uchun Eronni javobgarlikka tortadi”, deb qoʻshimcha qildi u.

“Bu guruhlar Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi, Eron ularga ham moddiy yordam beradi, ham boshqaradi”, deyiladi bayonotda. “Ular qalloblar, chunki ular aslida Eron manfaatlari va rahbariyati nomidan Iroq suverenitetiga toʻgʻridan-toʻgʻri xiyonat yoʻlida harakat qiladilar”.

Kuchayib borayotgan fitnalar

Yakshanba kuni AQSHning Bagʻdoddagi elchixonasi yonida bir nechta raketa portladi.

Guvohlarning aytishicha, kamida beshta portlash ovozi yangragan, soʻngra AQSH elchixonasining C-RAM raketa hujumidan mudofaa tizimi ishga tushganini anglatuvchi gumburlagan oʻq ovozlari eshitilgan va qizil chaqnoqlar oqimi koʻringan, deb xabar beradi AFP.

Iroq kuchlarining maʼlum qilishicha, hujumlar natijasida faqat moddiy ziyon koʻrilgan, qurbonlar berilmagan.

Avvalroq Iroqda AQSHga qarshi uyushtirilgan hujumlarni AQSH va Iroq rasmiylari tarafidan Eronga aloqador yaxshi tanilgan qurolli guruhlar, jumladan “Kataib Hizbulloh” uchun parda deya taʼriflangan guruhlar oʻz zimmasiga olgan.

Ammo kutilmaganda qator guruhlar, jumladan, “Kataib Hizbulloh” ham yakshanba kungi hujumlarni qoralab chiqqan.

Jangari guruhiga koʻra, “hozirgi vaqtda yovuzlik (AQSH) elchixonasini bombardimon qilish tartibga xilof hisoblanadi”. Shuningdek, u AQSH elchixonasining C-RAM tizimidan foydalanganini ham qoralagan.

Populist ruhoniy va sobiq jangari guruh yetakchisi Muqtado al-Sadr ijtimoiy tarmoqda “davlatdan tashqarisida hech kimning qurol ishlatishga haqqi yoʻq”, deb yozgan.

Soʻnggi oylar ichida AQSH elchixonasi va xorijdagi boshqa harbiy-diplomatik obyektlar raketa va yoʻlboʻyi bomba hujumlari bilan nishonga olingan.

AQSH va Iroq rasmiylari bu hujumlarda zoʻravon guruhlar, jumladan, Hizbulloh katibasini ayblaganlar.

Oktyabrda bu guruhlar muddatsiz sulhga rozi boʻlishgan, ammo yakshanba kungi hujum kelishuvning uchinchi marta buzilishi boʻldi.

Birinchi bor 17-noyabr kuni AQSH elchixonasi va Iroq poytaxtining bir nechta hududlariga raketa zarbalari berilgan, hujumda bir nafar yosh ayol halok boʻlgan va besh kishi jarohatlangan.

10-dekabr kuni “Islom davlatiga” (ID) qarshi kurashayotgan Iroq askarlarini qoʻllab-quvvatlovchi xalqaro koalitsiya uchun qurol-aslaha tashiyotgan ikki avtokarvon yoʻl chetiga oʻrnatilgan bomba portlashiga duch kelgan.

Harbiy aktivlar

Dushanba kuni AQSHning atom suvosti kemasi oʻz qudratini namoyish qilib, Hormuz boʻgʻozini kesib oʻtgan. “USS Georgia” kemasi sakkiz yil ichida ilk marta boʻgʻozni kesib oʻtgan yadroviy suvosti kemasi boʻldi. U AQSHning qatʼiyatini koʻrsatish maqsadida atayin suv yuzasidan suzib oʻtgan.

Yaqin Sharqdagi AQSH kuchlari rahbari, general Frenk Makkenzi yakshanba kuni jurnalistlarga agar Eron ularga hujum qilsa Vashington “javob qaytarishga tayyor” ekanligini aytib oʻtgan.

Sentyabrda AQSHning “USS Nimitz” aviatashuvchisi global energoresurslar tranziti uchun muhim dengiz yoʻli boʻlgan boʻgʻozni kesib oʻtgan. U noyabr oyi oxiridan beri koʻrfaz suvlarini nazorat qilib kelmoqda.

Shu oy boshida AQSH havo kuchlarining ikkita “B-52H Stratofortress” bombardimonchi samolyoti, AQSH harbiy havo kuchlarining boshqa uchoqlari va mintaqaviy sheriklarning samolyotlari bilan birga Arab koʻrfazida qisqa muddatli, qoʻnishsiz parvozni amalga oshirdi.

9-dekabr kungi kuch va birdamlik namoyishidan avvalroq, 21-noyabrda xuddi shunday uzoq masofali missiya amalga oshirilgan, AQSH harbiylarining soʻzlariga koʻra, bu agressiyaga chek qoʻyish hamda AQSHning sheriklari va ittifoqchilarini tinchlantirish maqsadida oʻtkazilgan.

Harbiy havo kuchlarining ikki missiyasi “AQSH havo kuchlarining tezkor, ishonchli va koʻp tomonlama imkoniyatlariga” eʼtibor qaratish maqsadida oʻtkazildi, deb aytgan 9-havo kuchlari qoʻmondoni, general-leytenant Greg Giyo.

“Amaliyotlar maydonida tashabbusni qoʻlga olish, saqlab qolish va qoʻllash uchun kuchlarni tezlik bilan olib kirish, u yerdan olib chiqish va harakatlarni amalga oshirish potentsial tajovuzning oldini olishda muhimdir”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500