Karvonsaroy
Inson huquqlari

Xitoydagi epidemiya haqida xabar bergan jurnalist COVID-19 virusining xalqaro tekshiruvi oldidan qamoqqa hukm qilindi

Karvonsaroy va AFP

Politsiya Shanxay Pudong yangi tumani xalq sudi oldida toʻplangan jurnalistlarning suratga olishiga qarshilik qilmoqda. Bu yerda Uxandagi COVID-19 epidemiyasi haqida xabar bergan va may oyidan beri hibsda ushlab turilgan xitoylik jurnalist Chjan Chjan 28-dekabr kuni toʻrt yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. [Leo Ramirez/AFP]

Politsiya Shanxay Pudong yangi tumani xalq sudi oldida toʻplangan jurnalistlarning suratga olishiga qarshilik qilmoqda. Bu yerda Uxandagi COVID-19 epidemiyasi haqida xabar bergan va may oyidan beri hibsda ushlab turilgan xitoylik jurnalist Chjan Chjan 28-dekabr kuni toʻrt yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. [Leo Ramirez/AFP]

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) virusning kelib chiqishi boʻyicha tergov boshlashidan bir necha hafta avval – dushanba (28-dekabr) kuni Xitoyda COVID-19 pandemiyasi boshlangani haqida xabar bergan xitoylik jurnalistga nisbatan toʻrt yillik qamoq jazosi tayinlangan.

Epidemiyaning ilk bosqichi haqida xabar tarqatgan sobiq huquqshunos Chjan Chjanga nisbatan “ixtilof chiqarish va muammo qoʻzgʻash” aybi bilan Shanxay sudidagi qisqa jarayon ortidan hukm oʻqilgan.

Uning fevral oyida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan jonli reportaj va ocherklari hukumatning epidemiyaga qarshi choralarini tanqid qilgan sakkiz muxbirni jazolashga ulgurgan kuch tuzilmalarining diqqatini tortdi.

Uxanda boshlangan pandemiyaga bir yil toʻlar ekan, dunyo davlatlarining aksariyati karantin va kasallanishlar koʻlamidan aziyat chekib turgan bir paytda , iqtisodiyoti qayta tiklanayotgan Pekin mamlakat ichida virusni jilovlaganiga oid “mislsiz” muvaffaqiyat bilan oʻz-oʻzini tabriklagan.

Butun dunyo Xitoyda paydo boʻlgan COVID-19 pandemiyasidan aziyat chekayotgan bir vaqtda, Pekin inqirozni ortda qoldirganini koʻrsatishga zoʻr berib urindi. 24-dekabrda olingan bu suratda Xitoy shimoli-sharqidagi Xarbin muz va qor festivali mehmonlari muzdan yasalgan haykallarni tomosha qilishmoqda. [STR/AFP]

Butun dunyo Xitoyda paydo boʻlgan COVID-19 pandemiyasidan aziyat chekayotgan bir vaqtda, Pekin inqirozni ortda qoldirganini koʻrsatishga zoʻr berib urindi. 24-dekabrda olingan bu suratda Xitoy shimoli-sharqidagi Xarbin muz va qor festivali mehmonlari muzdan yasalgan haykallarni tomosha qilishmoqda. [STR/AFP]

Sogʻliqni saqlash sohasidagi misli koʻrilmagan global inqiroz davrida axborot oqimini nazorat qilish – Xitoyning kommunistik hukumatiga vaziyatni oʻz foydasiga burish va Prezident Si Szinpinning yetakchiligi uchun mamlakat hukmron partiyasi tomonidan taqdirlanishida muhim rol oʻynadi.

Ammo bu rasmiy xabarlardagi nomutanosibliklarni koʻrsatganlar uchun juda qimmatga tushgan.

Advokatlardan biri Chjan Kekening aytishicha, sud Chjan Chjanga internetda “soxta maʼlumotlar” tarqatgani aytgan, ammo ayblovchi tomon sud jarayonida bunga dalil keltira olmagan.

“Biz Chjan Chjan aynan nimada ayblanganini umuman tushunmadik”, deb qoʻshimcha qildi u “sud juda tez va shoshilinch” oʻtganini taʼkidlar ekan.

Oʻz navbatida sudlanuvchi “savollarga javob bermagan. Sudya undan oʻz shaxsini tasdiqlashini soʻraganida ham javob bermagan.”

Chjanni himoya qilgan yana bir advokat Jen Syuanyuning sudga kiritilmagan jurnalistlarga aytishicha, hukm oʻqilgan payt ayblanuvchining onasi oʻkirib yigʻlab yuborgan.

Iyun oyida ochlik eʼlon qilgan va burniga oʻrnatilgan naycha orqali majburan oziqlantirilayotgan 37 yashar Chjanning salomatligi yuzasidan xavotirlar kuchaygan.

Advokatlar jamoasi uning sogʻligʻi yomonlashayotgani, bosh aylanishi, bosh va qorin ogʻrigʻidan aziyat chekayotgani va sudga nogironlar aravachasida olib kelingani haqida xabar bergan.

“Oʻtgan hafta oldiga borganimda: menga ogʻir jazo berishsa, ochlikni toʻxtatmayman, deb aytdi. U qamoqda oʻlaman deb oʻylayapti”, deb aytgan Jen sud boshlanishidan avval.

“Bu jamiyat va muhitga qarshi norozilik bildirishning oʻta keskin yoʻlidir.”

Tarixda Xitoy kommunistik hukumati Gʻarbning diqqatini chalgʻitish maqsadida dissidentlarni Rojdestvo va yangi yil bayrami oraligʻida sud qilgan.

Misollar

Sud hukmi Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining xalqaro jamoasi Covid-19 virusi kelib chiqishini oʻrganish uchun Xitoyga kelishidan bir necha hafta avval eʼlon qilingan.

Chjan Uxanda hukumatning epidemiyaga qarshi dastlabki choralarini tanqid ostiga olgan edi. Hukumat “odamlarga yetarlicha maʼlumot bermay, shunchaki shaharni yopib qoʻydi” degan edi u fevral oyidagi ocherkida.

“Bu inson huquqlarining jiddiy buzilishi”, deb yozgan edi u.

Huquqbon guruhlar va elchixonalar ham uning ishiga eʼtibor qaratgan boʻlsa-da, qator mamlakatlar vakillariga uning sud jarayonida ishtirok etishga ruxsat berilmagan.

“Chjan Chjanning ishi Xitoydagi matbuot erkinligi borasida xavotir uygʻotmoqda”, deb bayonot bergan Pekindagi Britaniya elchixonasi va “Xitoyni shu sabab bilan qamalgan barcha muxbirlarni ozod qilishga chaqirgan”.

Hukumat “uning ishini yil boshida Uxandagi pandemiya holati haqida turli savollarni koʻtarib chiquvchi dissidentlarni qoʻrqitish uchun qoʻllamoqchi”, deydi “Xitoy inson huquqlari himoyachilari” nodavlat tashkilotining tadqiqotchi va huquqboni Leo Lan.

Chjan Uxandan turib muxbirlik qilgan toʻrt nafar sudlanuvchining birinchisidir.

AFP qolgan uch kishi – Chen Syushi, Fan Bin va Li Szexua bilan aloqaga chiqa olmagan.

Haqiqatni shubha ostiga olish

Pekin epidemiya tarqaganidan beri virus kelib chiqqan joyni shubha ostiga olishga urindi.

Masalan, “People's Daily” hukumat nashri noyabr oyi boshlarida Facebook tarmogʻida “barcha mavjud dalillar koronavirus Xitoy markazidagi Uxan shahrida chiqmaganini koʻrsatmoqda”, deb yozgan.

Shuningdek, noyabr oyida ham Pekin COVID-19 koronavirusi Italiyada 2019-yil sentyabrdayoq mavjud boʻlgani haqida Italiya jurnalida chiqqan tadqiqotni chop etishga shoshilgan va tadqiqot xulosasidagi muhim dalillarni olib tashlab, epidemiya kelib chiqishini gumon ostiga qoʻyuvchi yuzaki ilmiy manbalarni qoʻllagan edi.

Aslida esa hamma dalillar inqirozning kelib chiqishi manbai sifatida Xitoyning Uxan shahriga ishora qiladi.

2020-yil boshlarida Xitoy rasmiylari halokatli kasallik avj olayotganini bila turib, deyarli bir hafta sukut saqladilar va Uxandagi virusning dunyo boʻylab tarqalib ketishiga yoʻl qoʻyib, epidemiyaga oid dalillarni qasddan yashirish yoki yoʻqotishga urindilar.

Inqiroz boshlanganidan beri Pekin fitna nazariyalarini targʻib qilish orqali koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq aybni oʻzidan soqit qilishga va ijtimoiy tarmoqlar hamda axborot makonini virus haqidagi dezinformatsiya bilan toʻldirishga harakat qildi.

Kasallikning tarqalishi va inqirozdagi aybini yashirayotganiga qaramay, Xitoy rejimi COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashda oʻzining “mardonavor xatti-harakatlari” haqida bong urib kelmoqda.

Xitoy milliy muzeyida “Kuch birdamligi” deb nomlangan yangi koʻrgazmaning ochilishi boʻldi. Unda inqirozga qarshi kurashda erishilgan muvaffaqiyatlarni madh etuvchi rasmlar, haykallar va xattotlik namunalari namoyish etilgan.

Boshqa mamlakatlar Xitoydan chiqib, butun dunyoga tarqagan COVID-19 karantini bilan bogʻliq cheklovlardan aziyat chekayotgan bir vaqtda, Pekin mamlakatda koronavirus xavfi yengilganini koʻrsatishga urinmoqda. Mamlakatlar bu kabi axborot kampaniyalarni hayrat bilan kuzatmoqdalar.

Shu bilan birga, Xitoy pandemiya davrida oʻzining yumshoq kuch siyosatini kuchaytirishga urinib, “vaksina diplomatiyasini” qoʻllagan holda oʻz vaksinasini rivojlanayotgan davlatlar bilan boʻlishishga vaʼda bergan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500