Karvonsaroy
Xavfsizlik

Xitoy Tayvan havo hududini tobora koʻproq buzib kirmoqda

Karvonsaroy va AFP

Bir safda parvoz qilayotgan Xitoy qiruvchi samolyotlari, 2020-yilgi surat. [Xitoy mudofaa vazirligi]

Bir safda parvoz qilayotgan Xitoy qiruvchi samolyotlari, 2020-yilgi surat. [Xitoy mudofaa vazirligi]

TAYBEY – Oʻtgan yili Xitoy samolyotlari Tayvan havo hududini rekord darajada koʻp – 380 marta buzib kirgan. Bu haqda seshanba (5-yanvar) kuni Tayvan mudofaa vazirligi vakili maʼlum qildi. Xitoyning oʻz harbiy qudratini koʻz-koʻz qilib, qoʻshnisining suveren hududini buzib kirishga tayyorligi xavotirlarni kuchaytirmoqda.

Demokratik va oʻzini oʻzi boshqaruvchi mamlakat – Tayvan orolni oʻz hududi deb biladigan va uni qachondir (kerak boʻlsa, zoʻrlik bilan) tortib olishga tayyor boʻlgan avtoritar Xitoyning doimiy tajovuzi ostida yashamoqda. Tayvan 1949-yildan beri oʻz hukumatiga ega.

2016-yilda Tayvan prezidenti Say Inven saylovda gʻalaba qozonganidan keyin Pekinning bu mamlakatga adovati kuchaydi, sababi u orolning “yagona Xitoy” hududi ekanligini tan olmaydi. 2020-yilda Say Invenning qayta saylangani Pekinni yana gʻazabga solgan.

Oʻtgan yili Pekin Tayvanning havo mudofaasini taʼminlash hududiga reaktiv, bombardimonchi va kuzatuv samolyotlarini yuborar ekan, uning harbiy qudrati namoyishi yangi choʻqqini zabt etdi.

Tayvan havo hududini buzib kirgan Xitoy samolyotlarining hujjatlashtirilgan trayektoriyalari. [Tayvan mudofaa vazirligi]

Tayvan havo hududini buzib kirgan Xitoy samolyotlarining hujjatlashtirilgan trayektoriyalari. [Tayvan mudofaa vazirligi]

“Janubi-gʻarbiy havo kengliklarimiz 2020-yilda 380 ta marta buzib kirildi, bu oʻtgan yillardagiga nisbatan ancha koʻp”, deydi mudofaa vazirligi vakili Shi Shun-Ven.

“Bu mintaqaviy va milliy xavfsizligimiz uchun tahdiddir.”

Xitoy samolyotlari “harbiy tayyorligimizni sinash, havo mudofaasiga bosim oʻtkazish va bizni jangovar harakatlardan toʻsish uchun havo hududini siquvga oldi”, dedi u.

Bu raqamlar harbiylar bilan aloqador Milliy mudofaa va xavfsizlik tadqiqoti instituti oʻzining Xalq ozodlik armiyasiga oid yillik hisobotida “Xitoy armiyasining tahdidi 1996-yilda Tayvan boʻgʻozidagi raketa inqirozidan soʻng choʻqqiga chiqqani” haqida ogohlantirishi ortidan eʼlon qilingan.

Oʻsha yili Pekin oroldagi ilk demokratik prezident saylovi ishtirokchilarini tiyib qoʻyish maqsadida boʻgʻozga qarata raketalar uchirgan, oqibatda Vashington bu hududga harbiy kemalar kiritgan edi.

Oʻtgan yili Xitoy reaktiv samolyotlari 110 kun davomida Tayvan yaqinida parvoz qilib, uning mudofaa hududini tez-tez buzib kirgan, deydi hisobot mualliflaridan biri Jeremi Xung.

Taqqoslash uchun, 2016-yilda Tayvanda olti marta uzoq masofali harbiy mashqlar oʻtkazilgan boʻlsa, 2017-yilda ularning soni 20 taga yetgan.

Osiyodagi zoʻravonliklar

Yaqinda Xitoyning tajovuzi qoʻshni Hindistonga ham yetib borgan. Iyun oyida Ladax viloyatida Xitoy va Hindiston harbiylari oʻrtasida shiddatli toʻqnashuvlar sodir boʻldi, sentabrda esa chegara hududida otishma yuz berdi.

Boshqa davlatlarning hududiy daʼvolari hisobiga janubiy Xitoy dengizida sunʼiy orollar barpo etayotgan Pekin surbetlarcha resurslar ortidan quvib, harbiy hozirligini kuchaytirmoqda.

Pekin Hind okeani boʻylab bir nechta portlar barpo etib, Janubiy Xitoy dengizidan Suvaysh kanaliga qadar yoqilgʻi quyish va taʼminot stansiyalari zanjirini yaratgan. Goʻyoki tijoriy xarakterga ega bu portlar juda tez rivojlanayotgan harbiy dengiz floti qamrovini kengaytirishga imkon beradi.

Xitoy rejimi oʻz moliyaviy hukmronligidan foydalanib, Gvadar (Pokiston) va Jaskdagi (Eron) strategik hududlar va portlarni aniq harbiy maqsadlar uchun qoʻllamoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Osmon osti mamlakati, qadimga hududlarini nima qilishni oʻzi biladi. Rossiya ham shu, bizga ham hech kimning gapi oʻtmaydi.

Javob berish