MOSKVA – Shu hafta avvalida eʼlon qilingan Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Qora dengizdagi koʻchmas mulkiga oid tergov Rossiya rahbarining tiyiqsiz korrupsiya bilan aloqalarini yana bir karra fosh etgan.
Aleksey Navalniyning Rossiyaga qaytish oldidan tayyorlagan ikki soatlik tergov videolavhasi muxolifat yetakchisining YouTube kanalida eʼlon qilingan. Unda 1,35 mlrd dollarlik koʻchmas mulk “tarixdagi eng yirik pora” evaziga barpo qilingani aytiladi.
Hisobotda aytilishicha, Rossiyaning Qora dengizi boʻyida joylashgan bu koʻchmas mulk Monakodan 39 marta katta – 17691 kvadrat metr maydonni egallagan majmua ichida qimorxona, muz maydonchasi va uzumzorlar bor.
YouTube tarmogʻiga joylangan tergov videolavhasini bu yerda tomosha qilish mumkin. Seshanba kuni chop etilgan videolavha juma, 22-yanvar holatiga 55 milliondan koʻproq marta koʻrilgan.
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) ushbu obyekt atrofidagi taxminan 7 ming gektar yerga egalik qiladi. Majmua qurilishini Putinning yaqin safdoshlari, jumladan Rossiyaning “Rosneft” korporatsiyasi rahbari Igor Sechin va milliarder Gennadiy Timchenko moliyalashtirgan.
Podshoh uchun mitti davlat
“Buni haqiqatan ham Rossiya ichidagi alohida davlat desa boʻladi. Va bu davlatda yagona va oʻzgarmas podshoh bor – Putin”, deydi Navalniy.
Tergov videolavhasi avgust oyida Sibirda asabni falajlovchi “Novichok” moddasi bilan zaharlanganidan beri ilk marta Germaniyadan qaytib kelganida hibsga olingan Navalniyning 30 kunlik qamoqqa hukm qilinganidan bir kun oʻtib eʼlon qilindi.
Kremlning raqibi dushanba (18-yanvar) kuni tarafdorlarini oʻzining hibsga olinishiga javoban koʻchalarga chiqishga chaqirgan, uning safdoshlari esa shanba kuni Moskva va mamlakatning boshqa shaharlarida mitinglar oʻtkazishni rejalashtirganlar.
Juma (22-yanvar) kuni Kreml namoyishlar keskin tarzda bostirilishini bildirdi.
Rossiyaliklarni hukumatga qarshi namoyishga chaqirish bilan yakunlangan yangi tergov 2017-yilda YouTube tarmogʻiga joylangan, Navalniyning oʻsha vaqtdagi bosh vazir Dmitriy Medvedevni hashamatli koʻchmas mulk imperiyasiga egalik qilishda ayblab chiqqan videolavhasiga oʻxshab ketadi.
Bu tergov muxolifatning keng miqyosli namoyishlariga sabab boʻlgan edi.
Qora dengizdagi mulk va uning Putinga aloqadorligi ilk bor 2010-yilda, biznesmen-informator Sergey Kolesnikovning Medvedevga yoʻllagan ochiq xatidan maʼlum boʻlgan edi.
Putin oʻgʻri!
Javob berishFikrlar 6
Mamlakat qashshoqlikka botgan, dohiy esa oʻgʻirlangan oltinlarga choʻmilmoqda.
Javob berishFikrlar 6
Qoʻlga tushdingmi, botoks oʻgʻrisi.
Javob berishFikrlar 6
Bu uycha uchun barcha rossiyaliklar pul yiqqan :))
Javob berishFikrlar 6
Ruslar oʻgʻirlashni yaxshi biladi. Rossiyada esa katta hajmdagi oʻgʻirliklar sodir etiladi.
Javob berishFikrlar 6
Putinning oʻzi borib turgan oligarx va oʻgʻri ekanda
Javob berishFikrlar 6