Karvonsaroy
Namoyishlar

“Jinoyatchilar jinoyatchilarni himoya qilyapti”: dunyo Rossiyadagi zoʻravonliklarni qoralamoqda

Karvonsaroy va AFP

2021-yilning 23-yanvar kuni Rossiya boʻylab 120 dan ortiq shaharlarda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning hokimiyatiga bevosita tahdid oʻlaroq koʻrilgan 3700 dan ortiq namoyishchi hibsga olingan. [NIKOLAY KORJOV / AFPTV / AFP]

MOSKVA – Dunyo rahbarlari rossiyalik muxolifat lideri Aleksey Navalniyning qamoqqa olinishi va shanba (23-yanvar) kungi namoyishlarning zoʻravonlik bilan bostirilishiga javoban sanksiyalar joriy qilish haqida oʻylar ekan, Kreml qarshilikni davom ettirmoqda.

Oʻtgan yil avgust oyida Sibirda qariyb halokatli zaharlanishi ortidan Germaniyada davolangan Navalniy 17-yanvar kuni Moskvaga uchib kelganida hibsga olingan edi .

Butun mamlakat boʻylab yuz minglab rossiyalik namoyishchilarning talablarini qabul qilish oʻrniga, Kreml oʻz fuqarolariga va Gʻarbga qarshi hujumga tashlandi.

120 dan ortiq shaharlarda 3700 dan ortiq namoyishchilar hibsga olingan, deb xabar beradi muxolifat namoyishlarini kuzatib boruvchi OVD Info.

Hibsga olingan muxolifat yetakchisi Aleksey Navalniyni qoʻllab-quvvatlash uchun yigʻilgan namoyishchilarni shafqatsizlik bilan tarqatayotgan OMON kuchlari, 23-yanvar, Moskva markazi. [Kirill Kudryavtsev/AFP]

Hibsga olingan muxolifat yetakchisi Aleksey Navalniyni qoʻllab-quvvatlash uchun yigʻilgan namoyishchilarni shafqatsizlik bilan tarqatayotgan OMON kuchlari, 23-yanvar, Moskva markazi. [Kirill Kudryavtsev/AFP]

Hibsdagi muxolifat lideri Aleksey Navalniyni qoʻllab-quvvatlash maqsadida 23-yanvar kuni Moskva markaziga toʻplangan namoyishchilar yurishi. Kreml tanqidchisi tasvirlangan plakatda “Navalniyga ozodlik!” deb yozilgan. [Kirill Kudryavtsev/AFP]

Hibsdagi muxolifat lideri Aleksey Navalniyni qoʻllab-quvvatlash maqsadida 23-yanvar kuni Moskva markaziga toʻplangan namoyishchilar yurishi. Kreml tanqidchisi tasvirlangan plakatda “Navalniyga ozodlik!” deb yozilgan. [Kirill Kudryavtsev/AFP]

Hibsdagi muxolifat lideri Aleksey Navalniyni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan miting ishtirokchilari, 23-yanvar, Sankt-Peterburg. [Olga Maltseva/AFP]

Hibsdagi muxolifat lideri Aleksey Navalniyni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan miting ishtirokchilari, 23-yanvar, Sankt-Peterburg. [Olga Maltseva/AFP]

Rossiya muxolifati rahbari Aleksey Navalniyning tergov videolavhasini tomosha qilayotgan ayol, 21-yanvar, Moskva. Navalniyning prezident Vladimir Putinga tegishli “qasr” borasidagi tergovi bir haftadan kamroq vaqt ichida Kreml tanqidchisining YouTube tarmogʻida eng koʻp tomosha qilingan lavhasiga aylandi. [Aleksandr Nemenov/AFP]

Rossiya muxolifati rahbari Aleksey Navalniyning tergov videolavhasini tomosha qilayotgan ayol, 21-yanvar, Moskva. Navalniyning prezident Vladimir Putinga tegishli “qasr” borasidagi tergovi bir haftadan kamroq vaqt ichida Kreml tanqidchisining YouTube tarmogʻida eng koʻp tomosha qilingan lavhasiga aylandi. [Aleksandr Nemenov/AFP]

Moskva va Sankt-Peterburgda politsiya bilan toʻqnashuvlarda bir nechta odam jarohat olgan, jumladan, OMON kuchlari tomonidan kaltaklangan kamida bir ayol ogʻir ahvolga tushgan. Navalniy prezident Vladimir Putinning 20 yillik hukmronligiga qarshi miting oʻtkazishga chaqirgan edi.

AFP jurnalistlarining taxminiy hisob-kitobiga koʻra, Moskvada 20 mingga yaqin, Sankt-Peterburgda 10 mingdan ortiq odam namoyishga chiqqan. Norozilik namoyishlari bir vaqtda Chexiya, Estoniya, Fransiya, Finlandiya, Litva, Gollandiya, Ispaniya va Shvetsiyada ham boʻlib oʻtdi.

2012 va 2019-yillardagi keng miqyosli muxolifat namoyishlari asosan Moskvada oʻtkazilgan edi.

Navalniyning mintaqaviy tarmogʻi rahbari Leonid Volkovning aytishicha, “misli koʻrilmagan” umummilliy namoyishlarda 300 mingga yaqin odam ishtirok etgan. U kelayotgan hafta oxirida ham yangi namoyishlar oʻtkazishga chaqirdi.

“Men, albatta, bundan faxrlandim, taʼsirlandim va ruhlandim”, dedi u AFPga.

Volkov oʻzining Twitter sahifasida mamlakatdagi barcha rossiyaliklarni “Navalniyning, barchaning erkinligi va adolat uchun” kelasi yakshanbada ham koʻchalarga chiqishga chaqirgan.

“Jinoyatchilarni himoya qilayotgan jinoyatchilar”

Namoyishga chiqqan koʻpchilik Navalniyning Qora Dengizdagi “eng katta pora evaziga barpo qilingan” Putinning qasri haqidagi tergov videolavhasini koʻrib gʻazabga kelgan.

Dushanba kuni Putin qasr unga tegishli ekanligini rad etgan.

Moskvada namoyishchilar avval Kreml tarafga yurib, tarqalib ketishgan. Maʼlum vaqtdan soʻng ular Moskva sirki oldida toʻplanib, politsiya mashinalarini qorboʻron qilganlar.

Politsiya koʻplab odamlarni qoʻlga oldi.

“Hukumat tepasidagi jinoyatchilarni forma kiygan jinoyatchilar himoya qilyapti”, deydi 71 yashar moskvalik nafaqaxoʻr Vera Spivakova AFP nashriga.

“Putin va oligarxlar oʻz boyligini yoʻqotishdan qoʻrqadi”, deydi u.

“Rossiyaliklar faqat Navalniy uchun namoyishga chiqqani yoʻq, ular Rossiya boy mamlakat boʻlib turgan bir paytda qashshoqlikda kun koʻrishdan charchagan”, deydi Dushanbedagi Your.tj yangiliklar sayti bosh muharriri Zebo Tajibayeva.

“Moskva va Sankt-Peteburg kabi megapolislar aholisi nisbatan yaxshi yashaydi, qolganlar esa biz tojikistonliklar kabi kun kechiradi”, deb aytgan u Karvonsaroy nashriga.

“Rossiyada hali ham oʻtmishdagi dunyoqarashga asoslangan qatʼiy boshqaruv tizimi mavjud”, deydi olmaotalik jurnalist va siyosiy faol Guljan Yergaliyeva. “Ammo, ayni damda yosh avlod bunga qarshilik koʻrsatmoqda.”

“Yosh avlod tizimga kuchli intelligensiya yetishmasligini biladi”, deb aytgan u Karvonsaroy nashriga. “Ziyolilar esa Navalniyni himoya qilib chiqyapti, chunki ular Rossiyadagi jaholatparastlik hukmronligi, Putin rejimining axloqsizligi va fosiqligidan gʻazabda.”

“Tinch namoyishlarning maqsadi oddiy: oʻzimiz haq deb bilgan narsani himoya qilish, Kremlning korrupsiyaviy tushunchalariga qarshi turish”, deb yozgan rossiyalik yozuvchi Viktor Shenderovich oʻzining Facebook sahifasida.

“Qonunsizlikka barham berishga urinib, suiqasdga uchragan odam emas, balki oʻgʻri va qotillar qamoqda oʻtirishi kerak.”

Sanksiya qoʻllash masalasi

Kremlga nisbatan sanksiyalar qoʻllash bosimi ortar ekan, Yevropa Ittifoqi (YI) tashqi ishlar vazirlari dushanba kuni Navalniyning hibsga olinishi va Rossiyadagi hibslar masalasi boʻyicha yigʻilish oʻtkazdilar.

Bryusselda yigʻilgan 27 mamlakat diplomatlari uchun dam olish kunlari Rossiyada sodir boʻlgan voqealar oʻtkir muammoga aylangan koʻrinadi.

“Oʻylaymanki, YI bu ishlarning nomaqbul ekani haqida aniq va qatʼiy mujda yoʻllash kerak”, deb aytgan uchrashuvga tashrif buyurgan Litva tashqi ishlar vaziri Gabrielius Landsbergis.

Polsha prezidenti Andjey Duda YIni Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirgan.

“Nizoni chetlab oʻtishning yagona yoʻli xalqaro qonunlar rioyasini taʼminlash”, deb aytgan u Financial Times nashriga. “Buni qurol va toʻplarsiz faqat sanksiyalar orqali amalga oshirish mumkin. Bu masalada kelishuvga erishishda yordam berishga tayyormiz.”

YI tashqi ishlar vaziri Xosep Borrel hibslarni “kuchlarning nomutanosibligi” deb nomlagan. Dushanba kungi uchrashuvda YeIning “keyingi choralari” muhokama qilinadi, deb yozgan oʻzining Twitter sahifasida.

Shanba kuni Estoniya, Latviya va Litva tashqi ishlar vazirlari “hibslar uchun masʼul boʻlgan rossiyalik amaldorlarga nisbatan cheklovlar joriy qilish” istagini bildirgan.

Rossiyalik namoyishchilarning “jamoaviy va preventiv” hibslari qonun ustuvorligining “toqat qilib boʻlmas” buzilishidir, deb aytgan Frantsiya tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drian yakshanba kuni.

“Men bu kabi avtoritarizmga intilishdan xavotirdaman”, deb aytgan u Fransiya matbuotiga.

“Rossiya boʻylab namoyishlar muvaffaqiyati kishini hayratlantiradi”, deb aytgan u “Navalniy ulkan hurmatga loyiq” ekanini qoʻshimcha qilib.

Korrupsiyaga qarshi kurashuvchi Navalniyga asab tizimini falajlovchi “Novichok” moddasi bilan zaharlanganidan keyin Germaniyada davolanish vaqtida shartli qamoq jazosi shartlarini buzgani uchun uch yarim yillik qamoq jazosi xavf solmoqda.

Navalniy bu hujumlarda Putinni ayblagan. Jahon yetakchilari esa Rossiya hukumatini Navalniyning zaharlanishiga “aloqadorlik va javobgarlikda” ayblagan.

Bryussel allaqachon Qrim anneksiyasi va Ukrainadagi nizoni oʻt oldirgani uchun Rossiyaga sanksiyalar joriy qilgan.

Oktyabrda blok Navalniyga “suiqasd qilishga uringani uchun” olti nafar rossiyalik mansabdorning aktivlarini muzlatib qoʻyib, sayohatchilarning qora roʻyxatiga kiritgan edi.

Qoʻshma Shtatlar namoyishlar vaqtida “namoyishchilar va jurnalistlarga qarshi qoʻpol choralar qoʻllanganini” qoralaydi, deb aytgan AQSH davlat departamenti vakili Ned Prays shanba kungi bayonotda.

“Rossiya hukumatini oʻz umuminsoniy universal huquqlaridan foydalangani uchun hibsga olinganlarni qoʻyib yuborishga hamda Aleksey Navalniyni zudlik bilan va shartsiz ozod qilishga chaqiramiz”, dedi u.

“Rossiyadan qanday qilib oʻz hududida kimyoviy quroldan foydalanganini aniq tushuntirib berishni talab qilamiz”, deb qoʻshimcha qildi u Navalniyning zaharlanishini nazarda tutib.

(Maqolani tayyorlashga Kanat Altinbayev oʻz hissasini qoʻshdi.)

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 10

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Bu russofobiya. Politsiya ruslarni kaltaklayapti )))

Javob berish

Navalniy Rossiyaning haqiqiy basharasini koʻrsatdi. Endi esa politsiya tuzumi namoyish boʻlyapti.

Javob berish

Rossiyada fuqarolar urushining boshlanishi bu

Javob berish

Moskva koʻchalarida pishirib qoʻyganmidimi bunga... nima haqqi bor edi? Barcha mamlakatlar ommaviy yigʻilishlarni taqiqlagan paytda, OMONning oʻsha “baqiroq”ni olib ketishiga nima uchun toʻsqinlik qildi? Amerikada boʻlganida, kechirim soʻrash u yoqda tursin, itdek otib tashlashgan boʻlardi uni. Olomon ichida hamma narsa boʻlishi mumkin. Bu ukraincha “Berkut” emas; biz bunga yoʻl qoʻymaymiz. [izoh qoldirgan odam qornidan tepki yegan ayolni nazarda tutmoqda; “Berkut” – 2014-yilda butun Ukraina boʻylab namoyishlarni shafqatsizlarcha bostirgan va keyinchalik tarqatib yuborilgan taniqli OMON kuchlarining nomi).

Javob berish

Navalniy Putinning siyosiy jazo chorasi qurboniga aylanmoqda.

Javob berish

Bu Analniy xuddi xaromi banderalar kabi odam emas. Buvam bunday ifloslardan dunyoni tozalaganidan xursandman. Boshqa jinoyatchilar kabi jazo muddatini oʻtashi kerak. Faqat qoʻrqoq isqirtlar bolalarning ortida berkinib qahramon veteranlarimizga qarshi haqorat gaplarni gapiradi.

Javob berish

OMON ayolning qorniga tepishi – rossiyacha demokratiya shu boʻlsa kerak.

Javob berish

Rossiyada bunaqa jinoyatlar koʻproqku

Javob berish

Qiziq. Kapitoliyda odamlar oʻlar darajada kaltaklandi. Hukumat oʻziga qarshi chiqqan Trampni quvdi. Mening Karvonsaroyga savolim bor edi. Navalniy kim oʻzi? Sizlar uni qay darajada bilasizlar? Putinning gʻirromliklari faqat shumi? Uning kuyovining mashinasiga toʻqnashgan mashina egasi hozir qayerda va u sizlarga intervyu berarmikan.

Javob berish

Endi tojiklar yetmay turuvdi bizga... Bizga aql oʻrgatmang. Kapitoliydagi namoyishchilarni tarqatgan AQSHga vaʼz-nasihat qiling. Negadir hech kim baqir-chaqir qilmayapti, sanktsiyalar qoʻllamayapti.. U yerda naq 5 ta odam oʻlgan edi-ya...

Javob berish