Karvonsaroy
Tahlil

Tarixchilar Sovet davrida oʻzgartirilgan oʻtmish haqiqatlarni ochiqlashga chaqirmoqdalar

Aydar Ashimov

Suratda: Qozogʻistonning Chimkent shahridagi Siyosiy qatagʻonlar qurbonlari muzeyi, oʻtgan yilning 17-fevrali. [Aydar Ashimov/Karvonsaroy]

Suratda: Qozogʻistonning Chimkent shahridagi Siyosiy qatagʻonlar qurbonlari muzeyi, oʻtgan yilning 17-fevrali. [Aydar Ashimov/Karvonsaroy]

NUR-SULTON – Yaqinda kremlparast siyosatchilar va jurnalistlarning bir qator hududiy daʼvolaridan soʻng, Markaziy Osiyolik tarixchilar kelajak avlodlarga haqiqatni yetkazish uchun tarixiy faktlar qayta koʻrib chiqilishi kerakligini taʼkidlamoqda.

Markaziy Osiyo davlatlarining 1917-1991-yillardagi tarixi noxolis yoki bosimga uchragan olimlar tarafidan Sovet rejimiga moslab ayovsiz oʻzgartirilgan, deydi Nur-Sultonlik tarixchi Azat Shalbayev.

Bugungi kunga qadar Rossiya aniq faktlarni, masalan, 30-yillarda hozirgi Qozogʻiston hududida qasddan uyushtirilgan halokatli ocharchilikni tan olmaydi, dedi u.

“Oʻtmishini unutgan halqning kelajagi yoʻq”, degan gap bor. Biz hozir va kelajakda koʻplab xatolar sodir etmaslik uchun oʻtmishning muammolari haqida ochiq gapirishimiz kerak”, deydi u.

“Qozoq davlatining shakllanishi va mustahkamlanishi tarixi” mavzusidagi onlayn ilmiy-amaliy anjuman ishtirokchilari, 22-yanvar. [Aydar Ashimov / Karvonsaroy]

“Qozoq davlatining shakllanishi va mustahkamlanishi tarixi” mavzusidagi onlayn ilmiy-amaliy anjuman ishtirokchilari, 22-yanvar. [Aydar Ashimov / Karvonsaroy]

“Tarixiy xotira transformatsiyasi”

Qozogʻiston taʼlim va fan vazirligining Davlat tarixi instituti va Nur-Sultonda joylashgan “Professional tarixchilar va jamiyatshunoslar ligasi” jamoatchilik birlashmasi “Qozogʻiston davlatining shakllanishi va mustahkamlanishi tarixi” mavzusida onlayn xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazdi.

Tadbirda Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston va boshqa mamlakatlardan kelgan olimlar ishtirok etdi.

“Anjumanda Qozogʻiston hududidagi davlatchilik bilan bogʻliq murakkab masalalar koʻrib chiqildi”, deb yozadi Davlat tarixi instituti 25-yanvar kuni oʻz saytida. “Qozoq xalqining etnogenezi va shakllanishi, Qozogʻistonning sovet davridagi va zamonaviy tarixiga alohida eʼtibor qaratildi.”

Anjuman maʼruzachilari koʻplab mavzularni tilga oldilar, jumladan Qozogʻistondagi milliy ozodlik harakatlari, Rossiya imperiyasining Osiyodagi siyosati va Sovet Ittifoqi totalitarizmi, mustamlakalashtirish usullari, kollektivlashtirish va xalqlarning quvgʻin qilinishi bilan bogʻliq masalalar xususida soʻz yuritildi.

Soʻnggi bir necha yil ichida ilgari siyosiy sabablarga koʻra tilga olinmagan voqealar bilan bogʻliq “tarixiy xotira tranformatsiyasi” yuz berdi, deydi Davlat tarixi instituti direktori Abil Yerkin.

U bir nechta misollarni keltirib oʻtdi: Qozogʻistonda 30-yillardagi ocharchilik, 80-yillar oxiridagi aksilsovet noroziliklari va 1949-1989-yillarda Semipalatinskda (hozirgi Semey) oʻtkazilgan yadroviy sinovlarning oqibatlari.

“Qozogʻistonning sovetlarga oid tarixni oʻrganar ekanman, ilgari notoʻgʻri talqin qilingan koʻplab tarixiy voqealarni qayta koʻrib chiqishimiz kerakligini anglayapman”, deydi qirgʻizistonlik tarixchi Zaynidin Qurmanov.

Boshqa bir tarixchi – olmaotalik Burkitbay Ayagan Rossiya hukumati tomonidan podsho Nikolay I davrida Markaziy Osiyo hududida topografik ishlar olib borilgani, shundan soʻng “Rossiya imperiyasi oʻzining faol ekspansiyasini boshlaganini” soʻzlab berdi.

“(1917-yilgi) Oktabr inqilobi biz uchun xorijlik mehmon edi”, dedi Milliy pedagogika universiteti professori, olmaotalik Mambet Koygeldiyev mashaqqatli Sovet davrlarini yodga olib.

Anjumanda chiqish qilgan olimlarning maʼruzalari ilmiy toʻplam shaklida nashr etiladi. Navbatdagi konferensiyani mart oyi oxirida oʻtkazish rejalashtirilmoqda.

“Mustaqillik barcha narsadan ustun”

Konferensiya ishtirokchilari Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayevning 6-yanvar kungi “Mustaqillik hamma narsadan ustun” nomli maqolada taʼkidlagan fikrlari va gʻoyalarini qoʻllab-quvvatladilar.

Bu maqolada 1991-yilda Sovet Ittifoqining qulashi bilan haqiqatga aylangan qozoq xalqining mustaqillik orzusi haqida soʻz yuritilgan.

“Ota-bobolarimiz dahshatli ocharchilik va qatagʻonni boshdan kechirdilar. Totalitarizm davrida urf-odatlarimiz, tilimiz va dinimizdan ayrilayozdik”, deyiladi maqolada. “Mustaqillik qadriyatlarimizni tiklash va mustahkamlashga imkon berdi. Biz millat va davlat sifatida mavjud boʻlishni istar ekanmiz, bugungi va ertangi avlod yangi chaqiriqlarga tayyor turishi lozim.”

Qozoq xalqi “qahramonlarcha kurashgan ota-bobolarimiz tufayli ozodlikka erishdi”, dedi u.

“1921-1922-yillardagi ocharchilik natijasida millionlab odamlarning oʻlgani yoki jon achchigʻida qochishga majbur boʻlgani bilan bogʻliq voqealarga 100 yildan oshdi”, deb yozgan Tokayev 1930-yillarda Stalin siyosati keltirib chiqargan ocharchilik oldidan yuz bergan fojiani nazarda tutib. “Bu dahshatli fojia yuz bermaganida, hozirda Qozogʻiston aholisi hozirgidan bir necha baravar koʻp boʻlar edi.”

Shuningdek, Toʻqayev oʻz maqolasida 1986-yilgi voqealarni – “Sovet hukumatining gʻazabidan qoʻrqmay, millat shaʼnini himoya qilish uchun koʻchaga chiqqan qozoq xalqining oʻgʻlonlari va qizlarini” yodga olgan.

Namoyishchilar (ulardan qanchasi oʻldirilgani nomaʼlum) Qozogʻiston kommunistik partiyasi rahbarining oʻsha paytdagi RSFSRdan yuborilgan begona vakilga almashtirilishiga qarshi boʻlishgan.

“Ota-bobolarimizdan meros qolgan muqaddas zaminimiz bizning asosiy boyligimizdir. Uni hech kim bizga “sovgʻa” qilmagan”, deb yozgan Toʻqayev yaqinda Rossiya siyosatchilarining Qozogʻiston hududiga oid daʼvolariga ishora qilib.

“Qozogʻiston ikki tomonlama shartnomalar bilan belgilangan, xalqaro miqyosda tan olingan chegaralarga ega” va “buni hech kim inkor etolmaydi”, deb taʼkidladi u.

Toʻqayev chet el auditoriyasi uchun Qozogʻistonning qisqacha tarixini yozish va uni dunyodagi asosiy tillarga tarjima qilishni taklif etgan.

“Bu qozoq xalqining koʻp asrlik haqqoniy tarixini dunyoga soʻzlab berishning yagona yoʻlidir”, deb yozadi u.

“Yosh avlod qozoq xalqi va davlatchiligi tarixini bilishi kerak, prezident Toʻqayev bu masalani koʻtarib toʻgʻri qilmoqda”, deydi tarixchi Shalbayev. “Ular nafaqat yaxshi voqealarni yodda tutishi, balki yomonlarini ham bilishi kerak. Buning uchun tariximizning fojiali sahifalari nafaqat darsliklarda, balki filmlar, romanlar va hujjatli filmlarda ham aks etmogʻi lozim.”

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 10

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Safsata va hech qanday uzoq muddatli hisob-kitoblarsiz millatchilik ruhiyatini qoʻzgʻash harakatlari. Maʼlumot uchun: Janubiy Uralning hamma shaharlari va ishlab chiqarish imkoniyatlari prolitarianlarning zarur darajasiga yetishi uchun Qozogʻiston Sovet sotsialistik respublikasi tarkibida boʻlgan. Ammo ular Qozogʻiston tarkibida va zaif nuqtalarni keltirib chiqarmaslik uchun ularni qozoqlar bilan bir xilda ragʻbatlantirish foydaliroq. Ajdodlardan voz kechish bilan oʻz mavjudligini oqlash kaltafahmlik.

Javob berish

SSSR axlat.

Javob berish

Xoʻsh, xoʻsh mustaqillik. Hamma davlatlar, ular qatorida biz ham bu qoʻyvirusni deb karantin joriy qildi. Eng koʻp foyda olib keladigan tashkilotlar xorijliklarga qisman yoki umuman sotib yuborildi! Konstitutsiyaning 4 moddasini oʻqib koʻring. Qozogʻiston qonunlaridan xalqaro qonunlar ustuvorligi! JSST bitta gap aytsa miq etmay rozi boʻlamiz.

Javob berish

Agar hujjatda shunday kuchli mamlakat ekansiz nima uchun Rossiyada koronavirus epidemiyasi bu darajada dahshatli boʻlyapti?

Javob berish

Rossiyaga joyini koʻrsatib qoʻyadigan vaqt allaqchon kelgan. Oʻz tarixlari haqida hech nima bilmasliklaridan tashqari, Qozogʻistonning tarixini ham bilishmaydi.

Javob berish

Prezidentimizga qoyil, haqiqatni gapirishdan qoʻrqmaydi. Toʻqayev – mening prezidentim.

Javob berish

Munosib!

Javob berish

Nima, SSSRda yashab koʻrmaganmisiz? Ha, bularning hammasi boʻlgan ... Lekin kechirasiz, siz oʻshanda Oyda yasharmidingiz? Bu umumiy musibat, umumiy dardimiz. Rossiyaning bunga nima aloqasi bor?

Javob berish

Kollaboratsionist, hamtovoq! Gʻoyaviy rahnamolaring sizdan mamnun boʻlgan boʻlardi. Men

Javob berish

SSSR Rossiya yashirishni istayotgan juda koʻp jinoyatlarni sodir etgan.

Javob berish