Karvonsaroy
Iqtisodiyot

Ekspertlar Markaziy Osiyodan Rossiyaga mehnat migratsiyasi afzalliklarini shubha ostiga olmoqda

Kanat Altinbayev

Suratda: Moskvadagi qurilish maydonlaridan biri, oʻtgan yilning sentabr oyi. Rossiyadagi Markaziy Osiyolik migrantlarning koʻpchiligi qurilish, qishloq xoʻjaligi, uy-joy kommunal xoʻjaligi sohalarida mehnat qiladi. [Kanat Altinbayev/Karvonsaroy]

Suratda: Moskvadagi qurilish maydonlaridan biri, oʻtgan yilning sentabr oyi. Rossiyadagi Markaziy Osiyolik migrantlarning koʻpchiligi qurilish, qishloq xoʻjaligi, uy-joy kommunal xoʻjaligi sohalarida mehnat qiladi. [Kanat Altinbayev/Karvonsaroy]

OLMATA – Koronavirus pandemiyasi vaqtida Markaziy Osiyolik mehnat migrantlarini mamlakatdan haydab chiqargan Rossiya endi ularni qaytarishga urinar ekan, pul oʻtkazmalari mintaqaga notekis va salbiy taʼsir qilayotgani aniqlandi.

Rossiyadagi mehnat migrantlarining pul oʻtkazmalari Markaziy Osiyodagi aksar oilalarning asosiy daromad manbai hisoblansa-da, ular mintaqa iqtisodiyotiga salbiy taʼsir koʻrsatib, milliy xavfsizlikka tahdid solmoqda, deydi kuzatuvchilar.

Yanvar oyida Jahon banki tomonidan eʼlon qilingan hisobot mualliflari pul oʻtkazmalarining Sharqiy Yevropa, Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyo iqtisodiyotiga salbiy taʼsirini oʻrganganlar.

Hisobot xulosasiga koʻra, asosan Rossiyadan Tojikiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekistonga yuborilayotgan pul joʻnatmalari ushbu mamlakatlar iqtisodiyotiga salbiy taʼsir qilmoqda.

Olmaotadagi qurilish obyekti, 11-dekabr. Kuzatuvchilarga koʻra, Qozogʻistonda migrantlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari Rossiyadagiga nisbatan yaxshiroq. [Kanat Altinbayev/Karvonsaroy]

Olmaotadagi qurilish obyekti, 11-dekabr. Kuzatuvchilarga koʻra, Qozogʻistonda migrantlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari Rossiyadagiga nisbatan yaxshiroq. [Kanat Altinbayev/Karvonsaroy]

Pandemiya vaqtida Rossiyadagi koʻplab mehnat migrantlari bamisoli qamalda qolib, oʻz mamlakatlariga qaytib keta olmadilar. Suratda: Moskvaning Vnukovo aeroportidagi Markaziy Osiyolik migrantlar, 24-mart, 2020-yil. [Aleksandr Nemenov/AFP]

Pandemiya vaqtida Rossiyadagi koʻplab mehnat migrantlari bamisoli qamalda qolib, oʻz mamlakatlariga qaytib keta olmadilar. Suratda: Moskvaning Vnukovo aeroportidagi Markaziy Osiyolik migrantlar, 24-mart, 2020-yil. [Aleksandr Nemenov/AFP]

Moskvadagi hududni qoʻriqlayotgan rossiyalik politsiyachilar, oʻtgan yilning may oyi. 12-dekabr kuni Rossiya huquq-tartibot organlari xodimlari Xabarovskdagi garajga bostirib kirib, hech qanday qonunbuzarlik sodir etmagan oʻnlab markaziy osiyolik migrantlarni shafqatsiz doʻpposlagan. [Vasiliy Maksimov/AFP]

Moskvadagi hududni qoʻriqlayotgan rossiyalik politsiyachilar, oʻtgan yilning may oyi. 12-dekabr kuni Rossiya huquq-tartibot organlari xodimlari Xabarovskdagi garajga bostirib kirib, hech qanday qonunbuzarlik sodir etmagan oʻnlab markaziy osiyolik migrantlarni shafqatsiz doʻpposlagan. [Vasiliy Maksimov/AFP]

Pul oʻtkazmalari iqtisoddagi raqobatdoshlikni pasaytirib, inflatsiyani kuchaytirmoqda, investorlarni choʻchitib, ishlab chiqarish sohasi va yangi ish oʻrinlarining yaratilishiga toʻsqinlik qilmoqda.

Tahlillarga koʻra, mehnat migratsiyasi natijasida ishchi kuchining taxminan 10 foizga qisqarishi manba-mamlakatlarda ishchilar maoshining 2-5,5 foizga oʻsishiga olib keladi.

Ayni paytda Rossiyada ishlovchi qarindoshlari yuboradigan pulga qarab qolgan Markaziy Osiyolik oilalar koʻp hollarda deyarli yoki umuman ishlamaydilar, ammo ular vatanida turli xizmatlardan foydalanib, ular narxining koʻtarilishiga turtki bermoqda.

Masalan, Tojikistonda 40 foizga yaqin oilalar pul joʻnatmalari hisobiga kun kechiradi.

Mintaqa mamlakatlariga kirib kelayotgan xorijiy valyuta, shuningdek eksport va iqtisodiyotning real oʻsishiga toʻsqinlik qilib, mahalliy valyuta kursini oshirib yubormoqda.

Ushbu tendensiya mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarining nafaqat ichki, balki tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini ham pasaytiradi, chunki mahalliy kompaniyalar ishchi kuchining qimmatlashuviga duch kelmoqdalar, deyiladi hisobotda.

Jahon bankining oktabr oyidagi maʼlumotlariga koʻra, Markaziy Osiyo mamlakatlari yalpi ichki mahsulotida (YIM) pul oʻtkazmalarining ulushi salmoqli boʻlgan. Bu koʻrsatkich Qirgʻizistonda 25%, Tojikistonda 26% va Oʻzbekistonda qariyb 6% ni tashkil etgan.

Eng past koʻrsatkich (0,3%) boy tabiiy resurslari tufayli mintaqaning eng rivojlangan iqtisodiyotiga ega Qozogʻistonda qayd etildi. Shunga koʻra, Qozogʻiston mehnat migrantlarini eksport qilmaydi, aksincha jalb qiladi.

Markaziy Osiyolik mehnat migrantlari Rossiyadan koʻra koʻproq Qozogʻistonni afzal koʻrmoqdalar, chunki bu mamlakat hukumati ish oʻrinlari yaratib, mintaqa davlatlari oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlamoqda va “qardoshlik” muhitini yaratmoqda.

“Oʻzimizniki” va “begona”

Soʻnggi yillarda Rossiya rasmiylari mehnat migratsiyasidan geosiyosiy maqsadlar yoʻlida bosim oʻtkazish vositasi sifatida foydalanmoqda, deydi Toshkentdagi “Bilimlar karvoni” ilmiy-tadqiqot instituti rahbari Farhod Tolipov.

Rossiya Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YOII) aʼzo boʻlmagan Markaziy Osiyo davlatlari, xususan Oʻzbekiston va Tojikiston bilan vaqti-vaqti bilan viza rejimini joriy qilib kelgan, deb tushuntirdi u.

“Shu tariqa Rossiya Markaziy Osiyo davlatlarini “oʻziniki” va “begona”larga ajratmoqda”, dedi Tolipov.

Rossiya Federatsiyasi tomonidan huquqlari muntazam va keng miqyosda buzilayotgan migrant ishchilarga nisbatan adovati ravshan, dedi u.

“Bu shunchaki hukumat idoralaridagi byurokratiya va korrupsiya emas”, dedi u. “Koʻp hollarda rossiyalik millatchilar va huquqni muhofaza qilish idoralari migrantlar xavfsizligiga tahdid tugʻdirmoqda.”

Tolipov mehnat migratsiyasini milliy xavfsizlikka tahdid bilan tenglashtirar ekan, terrorchilik tashkilotlari Rossiyada yuzlab oʻzbek migrantlarini yollayotgani va ularni jangari sifatida Yaqin Sharqqa yuborayotganiga ishora qildi.

Rossiyadagi Markaziy osiyolik migrantlar duch kelayotgan tajovuzkor muhit, ayovsiz mehnat sharoitlari va ochiqdan-ochiq irqchilik ekstremistik tashkilotlarga zaif va gʻazabnok ishchilarni yollash uchun ideal sharoit yaratmoqda, dedi u.

Rossiyadagi adolatsizlik va irqchilik

Rossiyaning tajovuzkor siyosati, hatto uning yetakchiligidagi YOII aʼzolarini ham chetlab oʻtmagan koʻrinadi.

Rossiya huquqni muhofaza qilish xodimlari muntazam ravishda Markaziy Osiyolik migrantlarning huquqlarini poymol qilib keladi, ularga nisbatan kuch ishlatib, taʼmagirlik qiladi.

“Rossiyada migrantlarni kamsitish davom etib kelmoqda”, deb aytgan “Inson Laylak” nodavlat tashkiloti rahbari, Qirgʻizistonning Botken viloyati Isfana shahrida yashovchi Gulnara Derbisheva 18-dekabr – Xalqaro migrantlar kuni oʻtkazilgan yigʻilishda.

Koronavirus avj olgani sababli Rossiyada ishsiz va pulsiz qolib ketgan Markaziy Osiyolik migrantlar politsiyaning taʼqiblari va keng koʻlamli firibgarliklar bilan bogʻliq qoʻshimcha muammolarga duch kelganlar.

“Pandemiya davrida Rossiya rasmiylari migrantlarning jamoatchilik tartibini buzayotganini aytib, ularga chora koʻrishga chaqirganlar”, dedi Derbisheva. “Shundan soʻng Rossiya Federatsiyasiga kirishi taqiqlangan fuqarolar soni keskin oshgan.”

Mehnat migrantlari Rossiyada COVID-19 inqirozidan eng koʻp talafot koʻrganlardan boʻlishdi. Oʻtkazilgan soʻrovlardan biriga koʻra, pandemiya chogʻida har toʻrt migrantdan uchtasi ish joyini yoʻqotgan.

Ichki ishlar vazirligi hisob-kitoblariga koʻra, Rossiyada mehnat qilgan migrantlarning deyarli yarmi oʻtgan yili mamlakatni tark etgan.

Endilikda Rossiya hukumati pandemiya sababli ishchi kuchi tanqisligiga duch kelgan qurilish va qishloq xoʻjaligi kabi sohalarga koʻmaklashish maqsadida mehnat migrantlari uchun mamlakatga kirish talablarini soddalashtirishga intilmoqda, dedi Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov chorshanba (10-fevral) kuni.

Mahalliy hokimliklarning choralari

Ammo, amalda Markaziy Osiyolik mehnat migrantlarini himoya qilishi kerak boʻlgan Rossiya qonunlari har doim ham ishlamaydi, shu sababli ular mahalliy politsiyachilar tomonidan tez-tez taʼqib qilinadi, deb ogohlantirdi Qirgʻizistonning sobiq ombudsmani, bishkeklik huquqbon Tursunbek Akun.

Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya qamoqxonalarida minglab qirgʻiz fuqarolari bor.

Karvonsaroyga oʻz hikoyalarini soʻzlab bergan Markaziy Osiyolik migrantlarga koʻra, ularning koʻpchiligi uchun Rossiyadagi hayot “qoʻrqinchli tushga” aylangan.

“Hukumatimiz real iqtisodiyotni shakllantirishi, fuqarolarimiz ish qidirib Rossiyaga ketishga majbur boʻlmasligi uchun Qirgʻizistonda koʻproq ish oʻrinlari yaratishi kerak”, deydi Akun.

Mehnat migratsiyasi tufayli Rossiyaga iqtisodiy jihatdan qaram boʻlib qolish xavfini juda yaxshi tushungan Markaziy Osiyo rahbarlari bu muammoni hal qilish choralarini koʻrmoqda.

2018-yil kuz oylarida rasmiy Toshkent oʻzbek migrantlarini vataniga qaytarish tashabbusi bilan chiqdi.

Unga koʻra, Rossiyada yashayotgan yuqori malakali mutaxassislar, jumladan rahbar kadrlar, davlat idoralari, budjet tashkilotlar, milliy kompaniyalar va xususiy firmalar xodimlari uchun Oʻzbekistonda ish joylari yaratish koʻzda tutilgan.

Qirgʻizistonning yangi saylangan hukumati ham xuddi shu yoʻlni tanlagan.

28-yanvar kuni Bishkekdagi inauguratsiya marosimida soʻzlagan prezident Sadir Japarov minglab ish joylari yaratish va mehnat migrantlarini vataniga qaytarishni oʻzining burchi deb bilishini aytdi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 13

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Iltimos, Jahon banki hisobotiga havola bersangiz. Rahmat

Javob berish

YouTube veb-saytida Yevgeniy Volnovni izlang. U odamlarni Polsha va Chexiyaga yuboradi. Oyliklar 1000 yevroga yaqin. Qonuniy, hujjatlashtirilgan. Rossiyaga borgandan nima foyda?

Javob berish

Qashshoqlashgan Rossiyada qilar ish qolmagan.

Javob berish

Bu qirgʻiz, oʻzbek, tojiklar Rossiyada nimasini yoʻqotgan?

Javob berish

Xuddi shu narsani ruslar Yevropa, Amerika va Angliyada yoʻqotgan

Javob berish

Hurmatli sobiq Sovet Ittifoqi respublikasida yashaganlar, siz hech ham avval “Xush kelibsiz, hurmatli migrantlar!”, degan posterlarni koʻrganmisiz? Agar Merkel Germaniyaga taklif qilsa boring. Nimaga “qashshoqlashgan” Rossiyaga qarab kelyapsiz? Nima boʻlganda ham oʻz mamlakatingizda ishlashingiz kerak. Rossiya hukumati qachon va qayerda sizlarni taklif qilgan? Oʻzimizda ishsizlik 2 foizga yetgan.

Javob berish

Sobiq ittifoq respublikalaridan boʻlgan bu odamlar butun SSSRni va sizning MOSKVAngizni qoʻllab-quvvatlaganlar: neft, paxta, koʻmir, gʻalla... Ikkinchi Jahon urushi paytida ular sizga boshpana berib, oxirgi nonini birga baham koʻrdi; qancha farzandlaringizni oʻlimdan saqlab qolishdi.

Javob berish

Koʻtarilgan masala qisman toʻgʻri. Aynan narxning oshib ketishiga pul oʻtkazmalari sabab. Biroq mahsulot tannarxi balandligi va raqobatbardoshligining pastligiga ishlab chiqaruvchilarning davlat apparatlarida mustahkam ish oʻrniga egaligi sabab. Chunki monopoliya bor joyda sifat va muqobil narx boʻlmaydi. Qachonki sogʻlom raqobat boʻlsa ish oldinga siljiydi.

Javob berish

Mening birodarim AQSHda uzoq masofaga yuk mashinasini haydaydi. Bir oyda 8000 AQSH dollariga yaqin pul qiladi.

Javob berish

Agar Yevropa va AQSH oʻzining viza talablarini yengillashtirsa Rossiya ishchi kuchidan quruq qoladi

Javob berish

Rossiyada qullik, oʻgʻrilik, zoʻravonlik, qiynoq va ochiqdan-ochiq irqchilik mavjud. Odamlar u jahannamga borishga rozi ekanliklariga sabab, mahalliy hukumat u yerda hamma narsa yaxshi deb aytadi.

Javob berish

Yaxshi rivojlangan Yevropa mamlakatlari, AQSH va Janubiy Koreya turganida nima uchun qashshoq Rossiyaga borasiz?

Javob berish

Bu mamlakatlar odamlar fashist Rossiyaga ketmay oʻz vatanlarida ishlay olishlari uchun oʻz mamlakatlarining iqtisodiy tomondan rivojlantirishlari kerak.

Javob berish