Karvonsaroy
Inson huquqlari

Muslima ayollar Xitoyning Shinjondagi tizimli zoʻrlash amaliyotlari haqida soʻzladilar

Karvonsaroy

Ikki uygʻur ayoli Shinjonning Urumchi shahridagi Katta bozor oldida qoʻriqchilik qilayotgan Xitoy harbiy politsiyachisi yonidan oʻtib ketmoqda. [Piter Parks / AFP]

Ikki uygʻur ayoli Shinjonning Urumchi shahridagi Katta bozor oldida qoʻriqchilik qilayotgan Xitoy harbiy politsiyachisi yonidan oʻtib ketmoqda. [Piter Parks / AFP]

Sobiq mahbuslar va qoʻriqchilardan birining BBCga maʼlum qilishicha, Xitoyning Shinjondagi “qayta tarbiyalash” lagerlarida muslima ayollar muntazam ravishda zoʻrlanib, qiynoqlar va jinsiy zulmlar ostida qolishgan.

Guvohlarning koʻrsatmalariga asoslangan uzoq muddatli tergovning mudhish tafsilotlari xalqaro hamjamiyatni larzaga soldi, shusiz ham Xitoy rejimining Shinjondagi inson huquqlarini poymol qilishi ustuvor muammoga aylanib boʻlgan edi.

Guvohlar va sobiq mahbuslar elektr toki, jumladan elektroshokerlar bilan zoʻrlash, ochlik bilan qiynash, kaltaklash, guruh boʻlib zoʻrlash va majburiy sterilizatsiya kabi qiynoqlarni tasvirlab berishgan.

“Hammani ruhan sindirishga qaratilgan” qiynoqlar

42 yashar Tursunoy Ziyovuddin ilk marta 2016-yili bir oyga, keyinroq 2018-yili – jami toʻqqiz oy Xitoy lagerlarida boʻlgan.

Xitoyning Shinjon viloyati Xotan okrugi chekkasidaga uygʻurlar qabristoniga kelgan ayol, 2020-yil, 31-may. [Greg Beyker/AFP]

Xitoyning Shinjon viloyati Xotan okrugi chekkasidaga uygʻurlar qabristoniga kelgan ayol, 2020-yil, 31-may. [Greg Beyker/AFP]

Kuzatuv kameralari ostidan oʻtib ketayotgan maktab oʻquvchilari, Xitoyning Shinjon viloyati Aqtov okrugi, 2019-yil, 4-iyun. [Greg Beyker/AFP]

Kuzatuv kameralari ostidan oʻtib ketayotgan maktab oʻquvchilari, Xitoyning Shinjon viloyati Aqtov okrugi, 2019-yil, 4-iyun. [Greg Beyker/AFP]

Xitoyning Shinjon viloyatida asosan musulmon etnik ozchiliklar hibsda saqlanadigan qayta tarbiyalash lageri deb gumon qilingan obyekt, 2019-yilning 4-iyun kuni olingan surat. [Greg Beyker/AFP]

Xitoyning Shinjon viloyatida asosan musulmon etnik ozchiliklar hibsda saqlanadigan qayta tarbiyalash lageri deb gumon qilingan obyekt, 2019-yilning 4-iyun kuni olingan surat. [Greg Beyker/AFP]

Tursunoy lagerdagi ilk muddati ancha yengil kechganini aytadi. Bir oy oʻtib, oshqozoni yalligʻlangani sababli uni qoʻyib yuborishgan.

Uning qozoq millatiga mansub eri ham hibsda boʻlgan va ozod qilinganidan keyin Qozogʻistonga ishlashga ketgan, ammo Tursunoyning pasportini olib qolishgan va u Shinjonda qolib ketgan.

Ikki yildan soʻng Tursunoy Ziyovuddinni mahalliy politsiya idorasiga chaqirtirib, yana “qayta tarbiyalanishi” kerakligi aytishgan.

Uning soʻzlariga koʻra, mirshablar mahbuslarning sochlarini kalta qilib kesib tashlab, kameralarida tashviqot dasturlarini tomosha qilishga majburlaganlar.

Yakunda ular tushunarsiz tibbiy koʻriklardan oʻtishgan, ularga tabletkalar berilib, har 15 kunda majburan ukol qilishgan, bu emlashlardan keyin koʻngillari ozib, tanalari uvishgan. Bachadonlariga majburan spiral qoʻyishgan va sterilizatsiya qilishgan.

Tursunoy kechalari yuz bergan dahshatli voqealarni yodga oladi.

“Har kecha” niqob taqqan xitoylik erkaklar kameralarga kelib, oʻzlariga kerakli ayollarni tanlab olishgan va kuzatuv kameralari boʻlmagan “qora xonaga” olib ketishgan, deydi u.

Tursunoyning soʻzlariga koʻra, olib ketilgan ayrim ayollar qaytib kelishmagan. Qaytganlar esa qattiq qoʻrqitilgani uchun nima boʻlganini hech kimga aytishmagan.

“Nima boʻlganini hech kimga ayta olmaysan: indamay yotasan xolos”, dedi u. “Ular hammani ruhan sindirish maqsadida shunday qilishgan.”

Tursunoyni ham tunda bir necha marotaba olib ketishgan.

“Ular zoʻrlashning oʻzi bilan cheklanmaydi, tanalariningni tishlab tashlashadi. Odammi yoki hayvonmi bilmaysan”, dedi u voqealarni iztirob bilan yodga olib. “Tanangda sogʻ joy qolmaydi.”

“Uch marta shunday boʻldi”, deydi Tursunoy. “Qiynayotgan bitta odam emas, bitta vahshiy emas. Har safar ikki yoki uch kishi boʻlgan.”

18 oy hibsda saqlangan shinjonlik qozoq ayoli Gulzira Aulxan uygʻur ayollarini yechintirishga va qoʻllarini kishanlashga majbur boʻlgan, shunday soʻng bu ayollar xitoylik erkaklar bilan qolishgan. Hamma ish tugaganidan keyin u xonalarni tozalagan.

“Mening vazifam ayollarni beligacha yechintirish va qoʻllarini qimirlay olmaydigan qilib kishanlash edi”, deb aytgan u BBCga boshi orqasiga qoʻllarini qoʻygancha ishora qilib.

“Keyin ayollarni xonada qoldirar edim, tashqaridan biror xitoylik erkak yoki mirshab kirar edi”, deydi Aulxan. “Eshik ortida indamay oʻtirar, erkak xonadan chiqqanidan keyin, ayolni yuvintirishga olib ketar edim.”

Uning soʻzlariga koʻra, xitoylik erkaklar “yosh va chiroyli mahbus ayollarni tanlash uchun pul toʻlashgan”.

U bunga qarshilik qilishga yoki toʻxtatishga ojiz edi.

“Dod-faryodlar butun binoga eshitilib turar edi”

Tursunoy Ziyovuddinning aytishicha, mahbuslar soatlab xitoycha qoʻshiqlar kuylashgan va Xitoy prezidenti Si Szinpin haqida vatanparvarlik ruhidagi telekoʻrsatuvlarni tomosha qilishgan.

“U yerda lagerdan tashqaridagi hayot haqida oʻylashni unutasiz”, dedi u. “Ular ongimizni zaharlashdimi yoki qilgan ukollari, bergan dorilarining taʼsirimi, ammo qornimiz toʻyishidan boshqasini oʻylamay qoʻyardik. Ochlik odamni qiynab qoʻyar edi.”

Sobiq qoʻriqchining aytishicha, lager xodimlari Si haqidagi kitoblardan parchalar yodlab berolmaganlarni ochlik bilan qiynar edilar.

“Mahbuslarni turli yoʻllar bilan qiynoqqa solishgan”, deb aytgan u BBC bilan Xitoy tashqarisidan turib qilgan videomuloqotida.

Uning tasdiqlashicha, lager qoʻriqchilari turli ayblarga iqror qildirish uchun mahbuslarga qarshi “elektroshokerlarni” ishga solishgan.

“Bu iqrorlar xotiramga muhrlangan”, deydi u.

Qalbinur Sodiq ismli shinjonlik oʻzbek ayoli – mahbuslarga dars oʻtishga majburlangan xitoy tili oʻqituvchilaridan biri.

“Elektroshokerlar toʻrt xil edi: stul, qoʻlqoplar, shlem va anal zoʻrlash uchun moʻljallangan tayoq”, deb aytgan Uygʻur inson huquqlari loyihasiga koʻrsatma bergan Sodiq.

“Qichqiriqlar butun bino boʻylab eshitilar edi”, deb aytgan u. “Tushlik vaqtida va baʼzida dars oʻtayotganimda qulogʻimga chalinib qolardi.”

“Zoʻrlashlar odatiy hol edi”, deydi lagerda dars oʻtishga majbur boʻlgan yana bir oʻqituvchi Sayragul Sautbay.

U yuztacha mahbusni iqror qildirish uchun ularning koʻz oʻngida yosh ayolni guruh boʻlib zoʻrlashganiga guvoh boʻlganini tasvirlab bergan.

“Shundan soʻng, mirshablar uni hammaning koʻz oldida navbatma-navbat zoʻrladilar”, dedi Sautbay BBC bilan suhbatda.

“Ular bu sinov davomida hammani sinchiklab kuzatib, qarshilik qilganlarni, mushtini siqqanlarni, koʻzini yumgan yoki boshqa yerga qaraganlarni ajratib olib, qiynagani olib ketishgan.”

“Ochiqdan-ochiq vahshiyliklar”

Guvohlarning soʻnggi koʻrsatmalari Qoʻshma Shtatlar va Britaniya rasmiylarining jiddiy eʼtiroziga sabab boʻldi. Bu mamlakatlar hukumatlari Xitoy rejimining Shinjondagi choralarini ommatan qoralagan.

Pekinning xatti-harakatlari “genotsid” bilan barobar, deb bayonot bergan edi oʻtgan oy AQSH hukumati.

“Insonning ong-shuurini larzaga keltiruvchi bu vahshiyliklarga qarshi jiddiy choralar koʻrilishi kerak”, deb aytgan AQSH Davlat departamenti soʻzchisi payshanba (4-fevral) kuni.

BBC reportaji “ochiqdan-ochiq vahshiyliklarni” fosh etgan, deydi Britaniyaning Osiyo boʻyicha vaziri Naydjel Adams.

“Bu huquqbuzarliklar koʻlami va jiddiyati keng qamrovli boʻlib, ular oʻta dahshatli manzarani aks ettiradi”, deb aytgan u payshanba kungi parlamentga murojaatida.

Reportaj Xitoy rejimiga nisbatan inson huquqlari boʻyicha BMT inspektorlarining Shinjonga kirishiga izn berishi haqidagi chaqiriqlarga sabab boʻldi.

Bir milliondan ortiq uygʻurlar, qozoq va qirgʻizlar kabi boshqa turkiyzabon musulmonlar “dahshatli va tizimli qiynoqlar” roʻy beradigan Shinjondagi lagerlarga joylashtirilgan, deydi huquqbon tashkilotlar.

Dastavval lagerlarning mavjudligini rad etgan Pekin hozirda ularni terrorchilikka barham berish va bandlikni yaxshilashga qaratilgan “kasb-hunar markazlari” deya oqlamoqda.

BuzzFeed News nashrining avgust oyida oʻtkazgan tekshiruvi asnosida Shinjon mintaqasida qamoqxona yoki hibsxonaga xos belgilarga ega yuzlab binolar aniqlangan boʻlib, ularning aksariyati soʻnggi uch yil ichida barpo etilgan.

Dekabr oyidagi yana bir tergovga koʻra, kommunistik davlat Shinjonda 100 dan ortiq yangi hibsxonalar qurgani maʼlum boʻlgan.

Xitoyning uygʻurlarga nisbatan siyosati “eng yuqori doiralarga borib taqaladi”

Xitoy tashqi ishlar vaziri BBC nashri olib borgan surishtiruvni “soxta” deb atab, ayollarning majburiy bichilishiga oid ayblovlarini “umuman asossiz” deya rad etgan.

“Xitoy hukumati barcha etnik ozchiliklarning huquq va manfaatlarini teng darajada himoya qiladi”, deb aytgan Xitoy hukumati vakili oʻz bayonotida. U hukumatning “ayollar huquqlarini himoyalashga katta ahamiyat berishini” taʼkidlagan.

Mustaqil tergovga koʻra, Shinjon viloyatidagi tugʻilish darajasi oʻtgan bir necha yil ichida keskin pasayib ketgan. Tahlilchilar buni “demografik qatliom” deb taʼriflamoqda.

Xitoy diplomatlari esa buni boshqacha izohlaydilar.

“Shinjondagi uygʻur ayollari hurfikrlikka erishdilar, gender tengligi va reproduktiv salomatlik targʻiboti bilan ular “bola ishlab chiqaradigan mashina” maqomidan xalos boʻldilar” , deb yozgan edi AQSHdagi Xitoy elchixonasi oʻzining Twitter sahifasida 7-yanvar kuni Shinjon taraqqiyoti tadqiqot markazining chop etilmagan maqolasidan iqtibos keltirib.

Xitoyning uygʻurlarga nisbatan olib borayotgan siyosati “eng yuqoriga borib taqaladi”, deydi Qirollikning Birlashgan xizmatlar instituti katta dotsenti, Xitoyda xizmat qilgan sobiq diplomat Charlz Parton.

“Bu Si Szinpinning siyosati ekaniga hech qanday shubha yoʻq”, deb aytgan u BBC nashriga.

Si yoki boshqa yuqori mansabdagi rasmiylar zoʻrlashlar va qiynoqlarga bosh-qosh boʻlgani yoki ularga ruxsat bergani ehtimoldan yiroq boʻlsa-da, ularning “bundan xabardor” ekanligi aniq, deb aytgan Parton.

“Yuqoridagilar buni koʻrmaganga olishni maʼqul koʻradi deb oʻylayman”, deydi u. “Bu siyosatni oʻta qattiqqoʻllik bilan olib borish haqida buyruq berilgan va shunday qilinyapti ham.”

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 6

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

kofirlarga o'lim Xitoyliklik majusiylarni qonini to'kishga mushtoqman

Javob berish

Yo, Alloh gunohkor bandalaringni oʻzing kechir; qaysi dinning xudosi sifatidaligining farqi yoʻq. Ammo bandalaringni azoblayotganlarning gunohlarini kechir, tavba qilishlariga imkon ber, koʻzlarini och. Amiyn.

Javob berish

Alloh turkiy xalqlarga zulm va dushmanchilik qilayotganlarning jazosini bersin. Ular turkiy xalqlardan qoʻrqadi, shuning uchun bizni birin-ketin yoʻq qilishga urinmoqdalar. Alloh buyuk va hamma narsaga qodir zot. U haqiqiy bandalarini himoya qiladi. Huquqbonlarga, adolatparvar jurnalistlarga haqiqatni ochib bergani va xitoyliklarning asl qiyofasini fosh etgani uchun tashakkurlar boʻlsin. Bularning bari haqiqatni ochiq-oydin aytishdan qoʻrqmagan haqiqiy qahramonlar tufaylidir. Barchangizga tinchlik va ezgulik tilayman! Men birodarlarim uchun duodaman va zolimlarni yolgʻiz Allohning hukmiga topshiraman.

Javob berish

Xitoylar odam emas, katta oʻchoqda yoqilishi kerak. Odam bolasini ham yeb yuborishlari mumkin.

Javob berish

Oʻzi Xitoydan mahsulot ham tovar ham olmaslik kerak. Shundagina oʻpkasi bosiladi.

Javob berish

Shu sabab Turkiyzabon mamlakatlarning Turon ittifoqi zarur.

Javob berish