Karvonsaroy
Diplomatiya

Xitoy boshqaruvidagi “sukut saqlovchi dunyoda” Rossiyaning oʻrni haqida savollar paydo boʻlmoqda

Karvonsaroy va AFP

Kremlning ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan Oksford va AstraZeneca hamkorligidagi COVID-19 vaksinasini qoralovchi kampaniyasida shifokor xalatidagi shimpanze tasvirlangan. [Fayl]

Kremlning ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan Oksford va AstraZeneca hamkorligidagi COVID-19 vaksinasini qoralovchi kampaniyasida shifokor xalatidagi shimpanze tasvirlangan. [Fayl]

TALLIN, Estoniya – Estoniya tashqi razvedka xizmati (EFIS) Kremlning “moʻrtligi” va Pekinning “tobora ziddiyatli tashqi siyosatiga” keskin baho berdi.

Chorshanba (17-fevral) kuni eʼlon qilgan yillik hisobotida EFIS “Pekin oʻzi yetakchilik qiladigan sukut saqlovchi dunyoni” istaydi deya Xitoyning tobora ortib borayotgan taʼsiridan ogohlantirgan.

Xitoy texnologiyasiga global qaramlik kuchayib borayotgan bir paytda, Pekin ham dezinformatsiya tarqatishda “Rossiyadan oʻrnak” olmoqda, deyiladi hisobotda.

Xitoyning taraqqiyoti Moskvaning gʻururiga zarba berdi, bu esa tashviqot va xususiy harbiy kompaniyalardan (jangarilar) foydalanishiga qaramay, Rossiyani kichik iqtisodiy oʻyinchiga aylantirib qoʻydi. 11-oʻrindagi Rossiya dunyoning ikkinchi eng katta iqtisodiyotiga ega Xitoydan ancha orqada qolgan, deb xabar beradi Jahon Banki.

Sharqiy Ukrainaning Debaltsevo shahridagi qurollangan rossiyaparast jangarilar, 2015 yil. Kreml Rossiyaning taʼsir maydonini kengaytirish maqsadida shu kabi mahalliy jangarilardan foydalanadi. Xitoy ham xuddi shunday qilish niyatida. [VASILIY MAKSIMOV/AFP]

Sharqiy Ukrainaning Debaltsevo shahridagi qurollangan rossiyaparast jangarilar, 2015 yil. Kreml Rossiyaning taʼsir maydonini kengaytirish maqsadida shu kabi mahalliy jangarilardan foydalanadi. Xitoy ham xuddi shunday qilish niyatida. [VASILIY MAKSIMOV/AFP]

Pekin metrosida mobil telefonlaridan foydalanayotgan yoʻlovchilar, 2020-yil, 19-dekabr. Pekin internetdagi nomaqbul kontentni senzuralash va tanqidchilarning ovozini oʻchirishni oʻrganib olgan. [Noel Selis/AFP]

Pekin metrosida mobil telefonlaridan foydalanayotgan yoʻlovchilar, 2020-yil, 19-dekabr. Pekin internetdagi nomaqbul kontentni senzuralash va tanqidchilarning ovozini oʻchirishni oʻrganib olgan. [Noel Selis/AFP]

“Ayni damda Xitoy Rossiya kabi dezinformatsiyadan faol va professional darajada foydalanmaydi, ammo kelajakda bu sohada oʻz harakatlarini kengaytirishi va kuchaytirishi tayin”, deyiladi hisobotda.

Hujjatga koʻra, “Xitoyning eng asosiy maqsadi Qoʻshma Shtatlar va Yevropani ajratish”.

“Xitoy boʻlaklarga boʻlingan Yevropa kuchsiz raqib ekanini va uning qarshiligi Qoʻshma Shtatlarnikidek kuchli boʻlmasligini yaxshi tushunadi.”

Kremlning mashhurligi pasaymoqda

EFIS hisobotiga koʻra, bu orada Rossiya COVID-19 koronavirus pandemiyasi uning geosiyosiy kuchayishiga turtki boʻlishiga ishonmoqda.

“Kremlning ishonishicha, pandemiya ayni vaqtda Rossiya ilgari surayotgan ikki tendensiyani kuchaytira oladi: xalqaro munosabatlarda koʻp qutblilikka oʻtish va jahon sahnasida Gʻarb taʼsirining kamayishi”, deyiladi hisobotda.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin “global epidemiya Gʻarbni ichki siyosat va iqtisodiy muammolarga diqqat qaratishga undashini, populistik va ektremistik harakatlar yuzaga chiqishini va oxir-oqibat Gʻarbiy mamlakatlarning qadriyatlarga asoslangan institutsional birligiga putur yetkazishini” kutmoqda.

“Rossiya bu fikrlarni ragʻbatlantirish maqsadida olovga yogʻ quyishga tayyor”, deb qoʻshimcha qilinadi hujjatda.

Bunday ishtiyoqni COVID-19 virusiga qarshi samarali vaksina ishlab chiqish poygasida ham koʻrish mumkin.

Kreml Gʻarbda ishlab chiqarilgan vaksinalarni qoralash bilan bir qatorda oʻzining “Sputnik V” vaksinasini targʻib qilish boʻyicha katta tashviqot kampaniyasini olib bordi.

“Bu qoralash kampaniyalari bilan Rossiya oʻz vaksinasiga bozorda qulay sharoit yaratish va strategik ambitsiyalarini ilgari surib, oʻzini COVID-19 inqiroziga qarshi birinchilardan boʻlib yechim taklif qilgan qudratli davlat qilib koʻrsatishga urinmoqda”, deyiladi hisobotda.

Rossiya ommaviy axborot vositalari COVID-19 epidemiyasi tarqalishni boshlaganida Xitoyni tanqid qilishdan tiyilgani ham eʼtiborga loyiq”, deyiladi hujjatda.

Kremlning dezinfortsiya kampaniyalari asosan Rossiyadan tashqaridagilarni nishonga olgan, mamlakat ichida esa qashshoqlikning ortib borishi, tiyiqsiz korrupsiya, haddan ortiq tengsizlik va siyosiy bosimlarPutin hokimiyatiga nisbatan norozilikning kuchayishiga sabab boʻlmoqda.

Soʻnggi haftlarda Rossiya boʻylab ommaviy namoyishlar va Kremlning asosiy tanqidchisi Aleksey Navalniyning zaharlanishi va hibsga olinishi ortidan noroziliklar yanada kuchaygan.

Hisobotga koʻra, Rossiya rejimi aksari postsovet davlatlardan iborat kichik qoʻshnilarini beqarorlashtirish va ularning Yevroatlantik tashkilotlar bilan integratsiyasiga toʻsqinlik qilish uchun oʻzining siyosiy, iqtisodiy va harbiy vositalarini ishga solib kelgan.

Bu kabi geosiyosiy oʻyinlarni Belarusda, Ukrainaning Qrim va Donbass hududlarida, Gruziyaning Abxaziya va Janubiy Osetiyasida, Ozarbayjon va Armaniston oʻrtasidagi Togʻli Qorabogʻ nizolarida hamda oʻtgan yili Qirgʻizistonda boʻlib oʻtgan siyosiy tartibsizliklarda koʻrish mumkin.

“Rossiya oʻz aholisi orasida demokratik gʻoyalar tarqalishidan qoʻrqib, qoʻshni mamlakatlarda qonun ustuvorligi, fuqarolik jamiyati va erkin saylovlar oʻrnatilishiga toʻsqinlik kilib kelmoqda”, deyiladi hisobotda. “Rossiyaning hukmron elitasi bu gʻoyalarni oʻz “kuch vertikali”ning mavjudligiga tahdid deb biladi.”

Pekinning ortib borayotgan qudrati

Estoniya uzoq yillardan beri asosan oʻzining yirik qoʻshnisi Rossiyadan xavotirda boʻlib kelgan, ammo soʻnggi yillarda Xitoyning taʼsiri haqida ham juda koʻp gapirilmoqda.

Xitoyning “xatti-harakatlari har yili yangi muammolarni keltirib chiqarmoqda”, deb yozadi EFIS rahbari Mikk Marran hisobotning soʻzboshida.

U “Xitoyning Rossiya bilan kuchayib borayotgan hamkorligiga” eʼtibor qaratar ekan, bu “asosan Pekin boshqarayotgan munosabat” ekanligini taʼkidlagan.

“Xitoy va Rossiya yaqin yillarda qoʻshma mashgʻulotlar, strategik bombardimonchilar bilan qoʻshma patrul nazorati olib borish, texnologiyalarni hamkorlikda rivojlantirish kabi muvofiqlashgan harbiy harakatlardan chinakam ittifoqqa aylanishini kuzatib borish kerak”, deb taʼkidlanadi hisobotda.

Hisobotga koʻra, Xitoy Rossiyaning Suriya va boshqa qaynoq nuqtalardagi harbiy tajribasini oʻrganish niyatida.

“Xitoy tobora yiriklashib borayotgan global investitsiya loyihalarining xavfsizligini taʼminlashda yangi ehtiyojga duch kelgani bois, Rossiya ham xususiy harbiy kompaniyalarni yaratish va joylashtirish boʻyicha oʻz tajribasi bilan oʻrtoqlashishi mumkin”, deyiladi hisobotda.

Hisobot Xitoy prezidenti Si Szinpin va 17 ta markaziy hamda sharqiy Yevropa mamlakat rasmiylari oʻrtasida shu oyda boʻlib oʻtgan uchrashuv ortidan eʼlon qilingan.

Uchrashuvda Si mintaqadan Xitoyga import hajmini oshirishga vaʼda bergan.

Boltiqboʻyi davlatlari uchrashuvga faqat vazirlarni yuborgan, buni koʻpchilik diplomatik mensimaslik deb qabul qilgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 5

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Rossiyaning vazifasi bitta: Buyuk Xitoyning buyruqlarini bajarish.

Javob berish

SSSR inqirozidan keyin Rossiya YaIMi Xitoynikidan ikki marta koʻp boʻlgan. Hozir esa Xitoyning YaIMi Rossiyanikidan 10 marta yuqori! Shuning uchun ham Rossiya Xitoy nima desa shuni qiladi.

Javob berish

Estoniya razvedka xizmati... Jin ursin... “yangi qudratli davlat” - iltimos, kuldirmay qoʻying. Xitoyga kelsak, ha, u iqtisodiy kuchli mamlakat. 1941 yilda “oʻq mamlakatlari” SSSRdan 28 marta iqtisodiy ustun boʻlishgan; xoʻsh Buyuk uchinchi reyx qani hozir? Ayni vaqtda Rossiyada aka-ukasi ham, opa-singlisi ham yoʻq. Biz soddalik bilan sobiq Sovet mamlakatlari bor deb oʻylaganmiz, ammo afsus hozir bu doʻstlik na ularga, na Rossiyaga kerak. Kim kimni sotgani ochiq savol. “Rossiyada faqat ikkita ittifoqdoshi bor - oʻz armiyasi va floti” (Rossiya imperatori Aleksandr II).

Javob berish

Agar rossiyaliklar millat sifatida omon qolishni istasa, Yevropaga yaqin boʻlishlari kerak. Oʻz hududlariga yopishib olishlaridan foyda yoʼq; osiyolik qoʻshnilari 90-95 foizini olib qoʻyishadi.

Javob berish

Rossiyaning vazifasi Xitoy qayerga yurishni buyursa shu yerga sudralish.

Javob berish