Karvonsaroy
Xavfsizlik

Markaziy Osiyo oʻz harbiy eʼtiborini Rossiya va Xitoy tajovuziga qarshi turishga qaratmoqda

Aydar Ashimov

Qozogʻistonlik harbiylar “Chagʻalay” dronini sinov parvoziga hozirlamoqdalar, Oqmola viloyati, 5-fevral. [Qozogʻiston mudofaa vazirligi]

Qozogʻistonlik harbiylar “Chagʻalay” dronini sinov parvoziga hozirlamoqdalar, Oqmola viloyati, 5-fevral. [Qozogʻiston mudofaa vazirligi]

NUR-SULTON – Markaziy Osiyo davlatlari oʻz harbiy eʼtiborini Rossiya va Xitoyning tajovuzkor tashqi siyosatiga qarshi “birdamlikda qatʼiy turishga” qaratmoqdalar.

Qozogʻistonning Tojikiston va Qirgʻizistonga bergan harbiy va texnik yordami buning soʻnggi misollaridan biri boʻldi.

Qozogʻiston mudofaa vazirligining 6-fevral kungi hujjatiga koʻra, bitimda katta miqdordagi oʻq-dorilarni bepul taqdim etish koʻzda tutilgan.

Qozogʻiston Tojikiston va Qirgʻizistonga 9 million dona avtomat oʻqi, 20 mingta kichik kaliberli avtomat patroni, 10 mingta minomyot snaryadi, 3 mingta signal patroni, mingta raketa va 10 ta radioaloqa vositasini topshiradi, deyiladi Qozogʻiston hukumati tomonidan internetda chop etilgan hujjatda.

Chuy viloyatida mashgʻulot oʻtkazayotgan qirgʻiz askarlari, 20-oktabr. [Qirgʻiziston mudofaa vazirligi]

Chuy viloyatida mashgʻulot oʻtkazayotgan qirgʻiz askarlari, 20-oktabr. [Qirgʻiziston mudofaa vazirligi]

Oqmola viloyatidagi mashgʻulotlarda ishtirok etayotgan qozogʻistonlik askar, 2-fevral. [Qozogʻiston mudofaa vazirligi]

Oqmola viloyatidagi mashgʻulotlarda ishtirok etayotgan qozogʻistonlik askar, 2-fevral. [Qozogʻiston mudofaa vazirligi]

Qozogʻiston yukni Tojikistonning Dushanbe shahri hamda Qirgʻizistonning Qoʻytosh qishlogʻiga avtomobil va temir yoʻl orqali yetkazib beradi. Yoʻl xarajatlarini Qozogʻistonning oʻzi qoplaydi.

Vazirlik xabariga koʻra, agar hammasi rejadagidek kechsa, oʻq-dorilar 2021-yilda yetkazib beriladi.

Qozogʻiston “mavjud doʻstona munosabatlar va harbiy sohadagi oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish” maqsadida yordam koʻrsatmoqda, deyiladi Qozogʻistonning Qirgʻiziston va Tojikiston bilan imzolagan kelishuvida.

Kelishuvda oʻq-dorilar ehtiyojdan ortiqligi va hech qachon qoʻllanilmagani taʼkidlangan. Ulardan foydalanish uchun qabul qilib oluvchi tomon ularni yangilashga mablagʻ sarflashi kerak boʻlmaydi.

Bundan tashqari, Tojikiston va Qirgʻiziston Qozogʻistondan qabul qilib olgan oʻq-dorilarni uchinchi tomonga topshirishi taqiqlangan.

Birdamlikda qatʼiy turish

“Tojikistonga berilgan harbiy yordam Tojikiston va Afgʻoniston chegarasidagi notinch vaziyatni hisobga olgan holda juda oʻrinli. Qirgʻizistonga yordam masalasi esa hukumatlararo uchrashuvlar chogʻida muhokama qilingan”, deydi Nur-Sultonlik siyosiy tahlilchi Yernar Beysaliyev.

Markaziy Osiyo mamlakatlari “tarixan birodar” yurtlar boʻlgan va “ayni vaqtda birdamlikda qatʼiy turishi kerak”, dedi u.

“Bu shunchaki yaxshi qoʻshnichilik munosabatlari emas, balki butun mintaqadagi xavfsizlikka doir muhim masaladir.”

U Rossiya va Xitoy bilan munosabatlarning keskinlashayotganini qayd etdi.

“Qozogʻistonning muvaffaqiyatli, koʻp vektorli siyosatiga qaramay, yaqinda ittifoqdosh deb bilgan ayrim qoʻshnilarimiz tarafidan noloyiq harakatlarga duch kelyapmiz”, dedi Beysaliyev.

“Markaziy Osiyodagi boshqa mamlakatlar ham Rossiya va Xitoyning tajovuzkor taʼsirini sezmoqdalar”, dedi u.

Oʻtgan yili Markaziy Osiyo mamlakatlari mintaqa suverenitetiga ochiqdan-ochiq tahdidga qanday munosabat bildirishini koʻrish maqsadida Xitoy “oʻz” yerlarini qaytib olish gʻoyasini ilgari surgan edi.

Rossiyaning tahdidi soʻnggi oylarda rossiyalik siyosatchilar Qozogʻiston hududi haqida bir necha bor irredentistik bayonotlar bildirganida yaqqol koʻzga tashlandi.

1991-yilda uzoq kutilgan mustaqillikni qoʻlga kiritgan Qozogʻiston oʻz mustaqilligi va hududiy daxlsizligiga oid har qanday shubhalarga zudlik bilan munosabat bildirib kelgan.

Qozogʻiston tashqi ishlar vazirligi Rossiya va Xitoy siyosatchilarining bayonotlariga javoban oʻtgan va joriy yilda Moskva va Pekinga norozilik notalari yuborgan.

Tahlilchilarga koʻra, Markaziy Osiyo mamlakatlarining kirill yozuvidan lotin yozuviga oʻtish haqidagi qarori ham ularning Rossiyadan uzoqlashayotganidan dalolat beradi.

Armiyani kuchaytirish va ittifoqchilarga koʻmaklashish

Oʻtgan bir necha yil davomida Qozogʻiston ekstremizmga qarshi kurash va mudofaani kuchaytirish borasida ulkan saʼy-harakatlarni amalga oshirdi, jumladan samarali “raqamli armiya” yaratish uchun kompyuter texnologiyalari joriy qilindi.

Joriy yilda Qozogʻiston bir qancha harbiy mashgʻulotlar oʻtkazdi va oʻtkazmoqchi. Ular COVID-19 pandemiyasi davridagi sogʻliqni saqlash choralariga rioya qilgan holda olib boriladi. Barcha mashgʻulotlar ochiq havoda boʻlib oʻtadi.

Qozogʻiston sanoat va infratuzilmalarni rivojlantirish vazirligining xabar berishicha, 2021-yildan dron ishlab chiqarishni boshlash rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, Qozogʻiston aviatsiya sanoatiga mintaqaviy taʼmirlash markazini tashkil etish vazifasi yuklangan.

Fevral oyida Qozogʻistonning “Chagʻalay” (Chayka) droni dala sharoitlarida sinovdan oʻtkazildi. Mudofaa vazirligi xabariga koʻra, razvedka samolyotining namunasi kompyuterlashtirilgan aloqa kanali va shifrlangan protokol bilan jihozlangan.

Oʻtgan yilning oktabr oyida Qozogʻiston mudofaa vaziri, general-leytenant Nurlan Yermekbayev Nur-Sultonda AQSH Markaziy qoʻmondonligi qoʻmondoni, general Kennet MakKenzi bilan xavfsizlik masalalari boʻyicha muzokara oʻtkazdi. Tomonlar ikki mamlakat oʻrtasidagi harbiy hamkorlik, jumladan, osoyishtalikni taʼminlash va terrorizmga qarshi kurash kabi mavzularni muhokama qilganlar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 21

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Qorabogʻdagi urush zamonaviy urushlarda dronlar oʻrnini hech narsa bosa olmasligini koʻrsatdi. Qozogʻiston bu sohada hech boʻlmaganda Markaziy Osiyoda yetakchi boʻlishga intilayotgani kishini mamnun qiladi. Toʻgʻri xulosalar chiqarishni oʻrganish kerak. Ammo qudratli davlatlarning Qozogʻistonga nisbatan siyosati notoʻgʻri; biz tinchliksevar xalqmiz, bizga tegishli boʻlmagan narsaga muhtoj emasmiz, lekin hech qachon oʻzimiznikini ham berib qoʻymaymiz.

Javob berish

Suverenitet suverenitetligigacha qolishi kerak

Javob berish

Turon hali tashkil etilmagan, Rossiyadagilar esa qoʻrquvdan dagʻ-dagʻ titrayapti

Javob berish

Qoʻshnilarimizda hukumatga “dostup” bor ekan, mustaqillik haqida gap-soʻz boʻlishi mumkin emas; bizning politsiyamiz va hattoki elita maxsus kuchlari Oq Oʻrda tomon quruqlik va havo yoʻllarini kesib qoʻyolmaydi. Kremlga kirish u yoqda tursin, Xavfsizlik Kengashi va prezidentga xavfsizligini hech kim toʻliq taʼminlay olmaydi. Kreml Oq Oʻrdaga hujum qilishi va uni egallab olishi mumkin, ammo Oq Oʻrda Kremlni egallab ololmaydi. Xitoyliklar Oq Oʻrdaga suqilib kirishda qoʻrqadi.

Javob berish

Menimcha, Turon bu ikkinchi Oltin Oʻrda. Moskoviyaga yurish qilish vaqti keldi.

Javob berish

Turon deysizmi? Rossiya sarosimaga tushib qolgani aniq... Ular Kreml atrofida xandaq qazishni boshladilar. Nega “Oltin Oʻrda” emas, vaholanki AQSH va Angliya buni qoʻllab-quvvatlab turgan boʻlsa. Rossiya esa oʻtmishda qoldi. Turkiyani unutdingizmi, Usmoniylar imperiyasi haqida nima deysiz? Xitoy bilan birga yangi “Samoviy imperiya”ni qayta tiklash kerak. Rossiya faqat shu gʻoyadan qoʻrqadi. Hadeb Turon, Turon deysizlar.

Javob berish

Rossiya bizga yordam beradi.

Javob berish

Rossiya oʻziga yordam bersin

Javob berish

Bu kabi barcha foydasiz ittifoqlardan chiqish kerak.

Javob berish

Rossiya oʻtmishga aylanib boʻlgan.

Javob berish

Yoʻq

Javob berish

Angliya va AQSH Turon tashkil etilishini qoʻllab-quvvatlayotgan koʻrinadi.

Javob berish

61429 qanday ahmoqlik. Qoʻshni davlatlardan tovar olib kelamiz; qoʻshni davlatlarga qarzmiz, yana mustaqillik deb tomoq yirtamiz. Nazarboyev hukmronligi davrida qarzga botdik; odamlar kreditlar tuzogʻiga tushib qolishdi. Tenge quladi, qanchalik pastga qulaganini vaqt koʻrsatadi.

Javob berish

Qozogʻiston yadroviy qurollarni topshirmasligi kerak edi

Javob berish

Jinnilik

Javob berish

Osiyo ittifoqi kerak!

Javob berish

Turon ittifoqini tuzishimiz kerak.

Javob berish

Gapingiz toʻgʻri
Dushmanlar Turon nomining oʻzidan qoʻrqishadi

Javob berish

Turon ittifoqi hali tuzilmagan, ammo Rossiyada qoʻrqib qolishgan

Javob berish

Axmoqlikning davosi yoʻq

Javob berish

Putinning oʻzi gʻirt dumbul

Javob berish