Karvonsaroy
Inson huquqlari

Xitoy Shinjondagi zoʻrlash va tahqirlash holatlarini taraqqiyotning “yorqin namunasi” deb hisoblamoqda

Karvonsaroy va AFP

Shinjonda bedarak yoʻqolgan yoki qamoqqa olingan qarindoshlarining taqdiridan xavotirda boʻlgan uygʻur millatiga mansub musulmon ozchilik vakillari 30-dekabr kuni Istanbuldagi Xitoy konsulligi oldida namoyish oʻtkazmoqda. [Bulent Kilic/AFP]

Shinjonda bedarak yoʻqolgan yoki qamoqqa olingan qarindoshlarining taqdiridan xavotirda boʻlgan uygʻur millatiga mansub musulmon ozchilik vakillari 30-dekabr kuni Istanbuldagi Xitoy konsulligi oldida namoyish oʻtkazmoqda. [Bulent Kilic/AFP]

PEKIN – Xitoyning Shinjon va Tibetdagi etnik ozchiliklarga nisbatan munosabati mamlakatdagi inson huquqlari taraqqiyotining “yorqin namunasidir”, deb bayonot berdi mamlakat tashqi ishlar vaziri Van I dushanba (22-fevral) kuni.

Bir milliondan ortiq uygʻurlar va boshqa turkiyzabon musulmonlar, jumladan etnik qozoqlar va qirgʻizlar “dahshatli va muntazam huquqbuzarliklar” sodir etiladigan Shinjon lagerlarida hibsda saqlanmoqda.

Avvaliga lagerlarning mavjudligini rad etgan Pekin endi ularni terrorchilikka barham berish va ish bilan taʼminlash imkoniyatlarini yaxshilashga qaratilgan “kasb-hunar markazlari” deya oqlashga urinmoqda.

BuzzFeed News nashrining avgust oyida oʻtkazgan tekshiruvi davomida Shinjon mintaqasida qamoqxona yoki hibsxonaga xos belgilarga ega yuzlab binolar aniqlangan boʻlib, ularning aksariyati soʻnggi uch yil ichida barpo etilgan.

Xitoy-AQSH munosabatlariga bagʻishlangan Lanting forumining ochilish marosimidan soʻng Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I mehmonlardan biri bilan suhbatlamoqda, 22-fevral, Pekin. [Greg Baker/AFP]

Xitoy-AQSH munosabatlariga bagʻishlangan Lanting forumining ochilish marosimidan soʻng Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I mehmonlardan biri bilan suhbatlamoqda, 22-fevral, Pekin. [Greg Baker/AFP]

Dekabr oyidagi yana bir tergovga koʻra, kommunistik davlat Shinjonda 100 dan ortiq yangi hibsxonalar qurgani maʼlum boʻldi.

Yaqinda hibsxonalarning sobiq mahbuslari va qoʻriqchisi mazkur lagerlardagi musulmon ayollar muntazam ravishda zoʻrlanishi, qiynoqqa solinishi va jinsiy zoʻravonliklarga duch kelishini soʻzlab bergan edilar.

Guvohlar va sobiq mahbuslar elektr toki, jumladan elektroshokerlar bilan zoʻrlash, ochlik bilan qiynash, kaltaklash, guruh boʻlib zoʻrlash va majburiy sterilizatsiya kabi qiynoqlarni tasvirlab berishgan.

Yanvar oyida Xitoy rasmiylari Shinjonda aholi soning keskin kamayganini ayollar huquqlarini himoyalash sohasidagi yutuq deya iddao qilgan va majburiy sterilizatsiya holatlarini isbotlagan ishonchli mustaqil tadqiqotlarni rad etgan edilar.

“Shinjondagi uygʻur ayollari hurfikrlikka erishdilar, gender tengligi va reproduktiv salomatlik targʻiboti tufayli ular “bola ishlab chiqaradigan mashina” maqomidan xalos boʻldilar”, deb yozgan Xitoyning AQSHdagi elchixonasi oʻz tvitterida Shinjondagi tadqiqot markazining 2018-yildan beri viloyatdagi aholi sonining oʻzgarishi haqida shu vaqtga qadar eʼlon qilinmagan hisobotidan iqtibos keltirib.

“Yorqin namunalar”

Boshqa mamlakatlar Xitoyning musulmonlarga tazyiqiga qarshi qanday choralar qabul qilishni oʻylayotgan bir paytda, Xitoy rejimi oʻz hatti-harakatlari himoyasini ikki karra kuchaytirgan.

“Shinjon va Tibet singari etnik ozchiliklar yashaydigan joylar Xitoyning inson huquqlari borasidagi taraqqiyotiga oid yorqin namuna oʻlaroq ajralib turadi”, dedi Van Pekindagi AQSH-Xitoy munosabatlari forumida.

AQSH va boshqa mamlakatlardagi siyosatchilar Shinjondagi ozchiliklarning qamoqqa olinayotganini qoralayotgan bir paytda, Van BMTning Inson huquqlari boʻyicha Kengashining yillik sessiyasida video-aloqa orqali ishtirokidan bir necha soat oldin shunday bayonot bergan.

Van Kengash oldidagi nutqida “Xitoyning inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi falsafasi, amaliyoti va tajribasi bilan oʻrtoqlashadi”, deb aytgan mamlakat tashqi ishlar vazirligi vakili.

Ammo, AQSH Davlat departamenti Xitoyning Shinjondagi xatti-harakatlari genotsid deb hisoblanishini aytgan, Kanada ham shunga oʻxshash deklaratsiya qabul qilishni rejalamoqda.

Huquqbonlar va faollarga koʻra, tibetliklar Xitoy hukmronligi ostida bir qator diniy va madaniy cheklovlar, jumladan monastirlarning buzilishi bilan bogʻliq holatlarga duch kelishgan, natijada soʻnggi yillarda bir qancha tibetlik bunga norozilik sifatida oʻz-oʻziga oʻt qoʻygan.

Muxbirlarga Tibet mavzusida mustaqil lavhalar tayyorlash taqiqlangan, zero Pekin ilgari qoloq boʻlgan bu mintaqaga taraqqiyot olib kelganini taʼkidlab keladi.

Dushanba kuni Van Xitoy “doim inson huquqlarini himoya qilish tarafdori boʻlib kelganini” aytib, aholi jon boshiga YIM hajmining oʻsgani va viloyatlarda umr koʻrish davomiyligining oshganini bunga dalil oʻlaroq keltirgan.

“Biz yashash va rivojlanish huquqlarini insonning birlamchi ahamiyatga ega asosiy huquqlari deb hisoblaymiz”, dedi Van.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 3

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Xitoydagi ozchiliklarni himoya qilish va bu jinoyatlarni chuqur tergov qilish zarur. Ushbu maqola boʻyicha fikrim shunday.

Javob berish

Musulmonlarga achinaman. “Yomon millat” yoki “yovuz din” degan tushuncha yoʻq; yomon “ODAMLAR” bor. Bu odamlar (musulmonlar), bu ayollar nima yomonlik qildilar?! Xitoy inson huquqlarini buzayotgani ayon-ku. Ishonchim komilki, bunga chek qoʻyish uchun hech kim hech narsa qilmaydi.

Javob berish

Agar mustaqil tergov taqiqlangan boʻlsa, xorijlik aloqasi har qanday odam xalq dushmani boʻlsa qanday qilib ayollar “bola ishlab chiqaruvchi mashina emas”, balki gender teng jamiyat vakili ekanligini bilishimiz mumkin? Agar gapingiz rost boʻlsa chegarani oching, har qanday tashkilot va jurnalist istalgan vaqtda qamoqxonalarni koʻrishiga va suratga olishiga ruxsat bering!

Javob berish