Karvonsaroy
Iqtisodiyot

Raqamlar oʻyini: mutaxassislar Xitoyda qashshoqlikka barham berilgani haqidagi bayonotga shubha bilan qaramoqda

Karvonsaroy va AFP

Xitoyda qashshoqlikka barham berilganiga bagʻishlangan marosimni jonli efir orqali kuzatayotgan tomoshabinlar. 25-fevral kuni prezident Si Tszinpin Xitoyning Guansi viloyati Lyuchjou qishlogʻida ekstremal qashshoqlikka toʻliq barham berilgani va mamlakat “insoniy moʻjizaga” erishganini eʼlon qilgan. [STR/AFP]

Xitoyda qashshoqlikka barham berilganiga bagʻishlangan marosimni jonli efir orqali kuzatayotgan tomoshabinlar. 25-fevral kuni prezident Si Tszinpin Xitoyning Guansi viloyati Lyuchjou qishlogʻida ekstremal qashshoqlikka toʻliq barham berilgani va mamlakat “insoniy moʻjizaga” erishganini eʼlon qilgan. [STR/AFP]

PEKIN – Oʻtgan hafta Pekinda boʻlib oʻtgan dabdabali marosimda Xitoy prezidenti Si Tszinpin uning mamlakati ekstremal qashshoqlikni yoʻq qilishda “moʻjizaga” erishganini eʼlon qildi.

“Hech qaysi mamlakat bunday qisqa muddatda yuz minglab aholini qashshoqlikdan olib chiqa olmaydi”, deb aytgan Si 25-fevral kuni. “Erishilgan “insoniy moʻjiza” tarixda qoladi.”

Oʻtgan 50 yil davomida Xitoy taraqqiyotga erishganini taʼkidlar ekan tahlilchilar Pekin oʻz muvaffaqiyatini qaysi oʻlchovda oʻlchayotganini soʻroqqa tutmoqdalar.

Tanqidchilarga koʻra, bu avtoritar rejimning oʻz-oʻziga tasanno aytish tashviqotidan va Pekinning Gʻarb demokratiyasini yomonotliq qilish kampaniyasidan darakdir.

Pekin koʻchalarining birida axlat ichidan ovqat terib yeyayotgan erkak, 23-yanvar. Dunyoning milliarderlar soni boʻyicha top oʻntaligida Xitoyning olti shahri bor, Pekin bu roʻyxatda olti yildan beri yetakchilik qilib kelmoqda. [Noel Selis/AFP]

Pekin koʻchalarining birida axlat ichidan ovqat terib yeyayotgan erkak, 23-yanvar. Dunyoning milliarderlar soni boʻyicha top oʻntaligida Xitoyning olti shahri bor, Pekin bu roʻyxatda olti yildan beri yetakchilik qilib kelmoqda. [Noel Selis/AFP]

Raqamlar oʻyini

2015-yilda Si 2020-yilga qadar ekstremal qashshoqlikni yoʻq qilishga vaʼda bergan edi. Bu joriy yil oxirida Kompartiyaga tuzilganining 100 yillik sanasiga qadar “moʻtadil farovon jamiyat” tuzish maqsadining ustuni hisoblanadi.

Oʻtgan yili Xitoy mamlakatning barcha fuqarolarini qashshoqlikning 2,3 dollarga teng kunlik daromad chegarasidan olib chiqishdek uzoq yillik maqsadiga erishganini daʼvo qilgan edi.

Ammo, iqtisodchilar Pekinning rasmiy statistik maʼlumotlariga shubha bilan qaraydilar. Ularga koʻra, qashshoqlikka oid raqamlar umumiy vaziyatni aks ettirmaydi va daromad oshgani sababli Xitoyda qashshoqlik koʻrsatkichlari eskirgan.

2020-yilgi muddatlar tugashi arafasida partiya xodimlari gʻimirlab qolishgan: kambagʻal oilalarni aniqlash, mablagʻlarni taqsimlash va raqamlarni Kompartiya istagan koʻrsatkichlarga olib chiqish uchun infratuzilmani barpo qilish ishlari boshlanib ketgan.

Bu harakatlarga kamida 1 trillion AQSH dollariga teng mablagʻ sarflanadi va uning yuki yetarlicha moliyalanmayotgan mahalliy hokimiyatlar zimmasiga tushadi.

Bu kampaniyaning yana bir oqibati – qashshoqlikni yoʻq qilishga qaratilgan choralar tufayli yuz minglab korruptsiya holatlarining kelib chiqishi, deydi Gʻarbiy Ontario universiteti iqtisodchisi Terri Sikyulyar.

Bu ishlarning aksari mahalliy amaldor bilan bogʻliq – ular pulni oʻzlashtirish maqsadida oʻz doʻstlari va oila aʼzolarini kambagʻallar roʻyxatiga kiritgan.

Mamlakatdagi oʻrtacha oila daromadi bilan solishtirganda Xitoyning rasmiy qashshoqlik chegarasi juda past, deya qoʻshimcha qildi Sikyulyar.

“Ayni damda qishloq joylardagi bir oʻlchamli qashshoqlikning quyi chegarasi Xitoyning juda tez surʼatda rivojlanib borayotgan jamiyatidagi qashshoqlik mezonini aks ettirmaydi”, dedi u.

Jahon banki oʻrtachadan yuqori daromadli mamlakatlarda qashshoqlikni aniqlash uchun kuniga 5,50 AQSH dollarlik chegara belgilagan.

Agar Pekin ushbu tavsiya qilingan raqamlarni qoʻllasa, Xitoyning deyarli 13 foiz aholisi hamon qashshoqlikda kun kechirmoqda, deb hisoblaydi Jahon bankining hududiy rahbari Martin Rayzer.

Qashshoqlik chegarasi yuqoriga koʻtarilsa, koʻpchilik shaharliklar ham bu chegaraga kirib qoladi, deb ogohlantirdi u.

Kommunistik partiya milliarderlari

Shu bilan bir vaqtda, seshanba (3-mart) kuni kuni eʼlon qilingan xalqaro hisobotga koʻra, oʻtgan yili 200 dan ortiq xitoylik milliarderga aylangan.

Shanxayning Hurun tadqiqot instituti tuzgan Global Rich List reytingiga koʻra, oʻtgan yilda mamlakatda dollarli milliarderlar soni 259 taga koʻpayib,1058 kishiga yetgan va dunyo boʻyicha rekord koʻrsatkichni qayd etgan.

Yuqori darajadagi bunday oʻsish hamon qashshoqlikda kun kechirayotgan xitoyliklar uchun foydasiz boʻlib qolmoqda.

Xitoy COVID-19 koronavirus pandemiyasining global iqtisodiy zarariga qaramay, 2020-yilda oʻsishda davom etgan sanoqli iqtisodiyotlardan biri boʻldi.

COVID-19 borasidagi haqiqatni aniqlashga yordamlashish yoki pandemiyaning tarqalishi bilan bogʻliq masʼuliyatni tan olish oʻrniga, Pekin aybni oʻzidan soqit qilish hamda Xitoyning “mardonavor” kurashi va iqtisodiy tiklanishi bilan maqtanishga eʼtibor qaratdi.

Si bu narrativni Gʻarb demokratiyasini yomonotliq qilish va Xitoyning avtoritar modelini maqtash maqsadida qoʻlladi.

Oʻtgan haftadagi nutqida Si Xitoy “qashshoqlik bilan kurashayotgan” rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam koʻrsatayotganini qayd etdi.

Ammo Pekinning yordami koʻpincha Xitoy uchun manfaatli boʻlgan resurslarni tadqiq qilishga oid shartnomalar va savdo bitimlari kabi shartlar bilan beriladi, deydi kuzatuvchilar.

Xitoyning trillion dollarlik “Bir kamar – bir yoʻl” tashabbusi – Xitoy rejimi tomonidan 2013-yilda qariyb 70 mamlakat va xalqaro tashkilotlarga sarmoya kiritish uchun qabul qilingan infratuzilmani rivojlantirishga oid xalqaro strategiyadir.

Bu strategiyaga yaqindan nazar solinadigan boʻlsa, Pekin Janubiy Xitoy dengizidan tortib, Pokistondagi Gvadar portini rivojlantirish loyihasi, Eron, Markaziy Osiyo va Afrikaning bir qator hududlaridagi resurslardan foydalanib, harbiy ambitsiyalarni koʻzlayotgani oydinlashadi.

“Kambagʻallikka qaytish ehtimoli”

Xitoyning kambagʻallikni kamaytirish boʻyicha mutasaddisi Ou Tsinpin dekabr oyida ogohlantirishicha, yordamga muhtoj boʻlib turgan ayrim xitoyliklarda boy boʻlish uchun “etarli” mablagʻ yoʻq.

“Engillashtirish siyosati toʻxtatilgandan soʻng, ularning yana qashshoqlikka qaytish ehtimoli katta”, dedi u.

Betoblik va ishsizlik kabi muvaffaqiyatsizliklar oilalarni yana qiyinchiliklarga duchor qilishi mumkin.

“Muayyan vaqtda kambagʻallikka barham berish bilan uni butunlay yoʻqotib boʻlmaydi”, dedi kanadalik iqtisodchi Sikular.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500