Karvonsaroy
Ommaviy axborot vositalari

Moskva “xorijiy agentlarga” oid xavotirli qonunning qabul qilinishi yoʻlida Markaziy Osiyoga bosim oʻtkazmoqda

Kanat Altinbayev va AFP

Rossiyalik muxolifat yetakchisi Aleksey Navalniyni qoʻllab-quvvatlovchi namoyishchilar bilan toʻqnash kelgan OMON kuchlari, Moskva markazi, 23-yanvar. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 24-fevral kuni Rossiyadagi inson huquqlari bilan bogʻliq vaziyatni yanada ogʻirlashtiradigan bir qator qonunlarni imzoladi. [Kirill Kudryavtsev/AFP]

Rossiyalik muxolifat yetakchisi Aleksey Navalniyni qoʻllab-quvvatlovchi namoyishchilar bilan toʻqnash kelgan OMON kuchlari, Moskva markazi, 23-yanvar. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 24-fevral kuni Rossiyadagi inson huquqlari bilan bogʻliq vaziyatni yanada ogʻirlashtiradigan bir qator qonunlarni imzoladi. [Kirill Kudryavtsev/AFP]

BISHKEK – Jurnalistlar, siyosiy tahlilchilar va faollarga koʻra, Markaziy Osiyo hukumatlari Moskvaning mahalliy parlamentlarda Kreml Rossiya fuqarolik jamiyatini siquvga olish uchun qoʻllayotgan “xorijiy agentlar” toʻgʻrisidagi qonuniga oʻxshash hujjatlarni ilgari surishga urinayotganidan ogoh boʻlishlari lozim.

Chorshanba (3-mart) kuni Rossiya adliya vazirligi qamoqdagi Kreml tanqidchisi Aleksey Navalniyga aloqador tibbiy kasaba uyushmasiga “xorijiy agent” maqomini berdi, deyiladi vazirlikning AFP nashriga yuborilgan bayonotida.

Bu atama Rossiyada novatanparvar harakatlarning salbiy maʼnosini aks ettiradi va brend nomiga ega tashkilotlarning hujjatlariga tegishli belgi qoʻyishni, xodimlari va moliyaviy manbalarining sinchiklab tekshiruvdan oʻtkazilishini koʻzda tutadi.

Shifokorlar alyansi oʻtgan yili Moskvaning koronavirus pandemiyasiga munosabatini tanqid qilgani , hukumatni shifokorlarni himoya qila olmagani va kasallanish holatlarini kamaytirib koʻrsatganlikda ayblaganidan keyin eʼtiborga tushgan.

Aleksey Navalniyning shaxsiy shifokori Anastasiya Vasilyeva, ukasi Oleg Navalniy va rafiqasi Yuliya Navalnaya (chapdan oʻngga) 21-avgusi kuni muxolifat yetakchisi zaharlanganidan keyin qabul qilingan 1-sonli Omsk shoshilinch tibbiy yordam shifoxonasida jurnalistlar bilan suhbatlashmoqda. 3-mart kuni Rossiya adliya vazirligi Vasilyevaning “Shifokorlar alyansi” tashkilotini “xorijiy agent” deb topgan. [Dimitar Dilkoff/AFP]

Aleksey Navalniyning shaxsiy shifokori Anastasiya Vasilyeva, ukasi Oleg Navalniy va rafiqasi Yuliya Navalnaya (chapdan oʻngga) 21-avgusi kuni muxolifat yetakchisi zaharlanganidan keyin qabul qilingan 1-sonli Omsk shoshilinch tibbiy yordam shifoxonasida jurnalistlar bilan suhbatlashmoqda. 3-mart kuni Rossiya adliya vazirligi Vasilyevaning “Shifokorlar alyansi” tashkilotini “xorijiy agent” deb topgan. [Dimitar Dilkoff/AFP]

Rossiyada 17 ta OAV, jumladan Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi, “Nastoyashcheye vremya” telekanali, “Realii” va “Amerika ovozi” saytlariga xorijiy agent maqomi berilgan.

Rossiyada 17 ta OAV, jumladan Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi, “Nastoyashcheye vremya” telekanali, “Realii” va “Amerika ovozi” saytlariga xorijiy agent maqomi berilgan.

Tashkilotga Navalniyning shaxsiy shifokori Anastasiya Vasilyeva rahbarlik qiladi.

Vazirlik kasaba uyushmasini “xorijdan moliyalashtirilganlikda” va “siyosiy” faoliyat bilan shugʻullanishda ayblagan.

Koʻz shifokori Vasilyeva yanvar oyida Navalniyning ozod etilishini talab qilib namoyishga chiqqanida qoʻlga olingan edi.

U Navalniyning boshqa safdoshlari kabi karantin qoidalarini buzishda ayblangan va sud jarayonini kutayotgani sababli, tashkilotga bunday maqom berilganini izohlay olmagan.

Shifokorlar alyansi 2018-yilda tashkil topgan boʻlib, pandemiya boshlangan vaqtda shifokorlarga shaxsiy himoya vositalari va testlar yetishmayotgani hamda rasmiylar tibbiyot xodimlari orasidagi oʻlim darajasini kamaytirib koʻrsatayotgani yuzasidan xavotir bildirgan edi.

Rossiyaning 42 viloyatida faoliyat olib boradigan kasaba uyushmasi xorijdan moliyaviy yordam olmaydi, deb aytgan Shifokorlar alyansi vakili Aleksandra Zaxarova.

Guruh xorijiy agent deb topilganiga qaramay, oʻz faoliyatini davom ettirishini maʼlum qilgan.

“Koʻpchilik shifokorlar ogʻir vaziyatda. Ularga yordam berishda davom etmoqchimiz”, deb aytgan u AFP nashriga.

Yangi cheklovlar

Bundan bir hafta avval, 24-fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya federatsiyasidagi inson huquqlari bilan bogʻliq vaziyatni yanada ogʻirlashtiruvchi bir qator qonunlarni imzoladi.

Ommaviy namoyishlarni tashkillashtirishdagi qoidabuzarliklar, politsiyachilarga boʻysunmaslik, nodavlat tashkilotlar va xorijiy agentlar sifatida ish olib borayotgan shaxslarning faoliyatiga oid nashrlarda zaruriy belgilarning yoʻqligi uchun jarimalarning oshirilishi haqidagi qonunlar shular jumlasidandir.

Ayniqsa, nodavlat tashkilotlar va xorijiy agent sifatida ish olib borayotgan shaxslar haqida ularning maqomini ochiqlamay maʼlumot beruvchi ommaviy axborot vositalariga 50 ming rubl (675 AQSH dollari) jarima solinadi.

Xuddi shunday qoidabuzarlikni amalga oshirgan jismoniy shaxsga 2500 rubl (34 AQSH dollari) jarima tayinlanadi. Agar “xorijiy agentning” oʻzi maqomini tilga olmay material chop etsa, 500 ming rubl (6720 AQSH dollari) jarima toʻlaydi.

Tinch namoyishlarni moliyalashtirish qoidalarini buzgan fuqaroga 20 ming rubl (270 AQSH dollari) va tashkilotlarga 200 ming rubl (2700 AQSH dollar) jarima belgilangan.

Huquqni muhofaza qilish xodimlariga boʻysunmaganlarga 4000 rublgacha (54 AQSH dollari) jarima yoki 15 kunlik maʼmuriy qamoq jazosi belgilanadi.

Qonun Putinning muammolarini aks ettiradi

Rossiya hukumati “xorijiy agentlar” toʻgʻrisidagi ilk qonunni 2012-yilda qabul qilgan va oʻshandan beri uni hukumat nazdida siyosiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi hamda xorijdan moliyalashtiriluvchi nodavlat tashkilotlarga qarshi qoʻllab kelgan. Qonun ulardan “xorijiy agent” sifatida adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtishni va ommaviy axborot vositalarida maqomi belgilanishini talab qiladi.

2017-yil noyabrda qabul qilingan qonun esa Rossiya adliya vazirligiga xorijdan moliyalashtirilgan har qanday xorijiy ommaviy axborot vositasini “xorijiy agent” deb malakalash huquqini beradi.

Rossiyada 17 ommaviy axborot vositasi, jumladan Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi (RFE/RL), “Nastoyashcheye vremya” telekanali, “Realii” va “Amerika ovozi” veb saytlariga xorijiy agent maqomi berilgan.

2018-yil yanvar oyida Rossiya davlat Dumasi bu yoʻnalishda yanada ilgarilab, xorijiy ommaviy axborot vositalariga ishlovchi shaxslar, jumladan jurnalistlarni ham “xorijiy agent” deb belgilash haqidagi qonunni qabul qildi.

Nafaqat inson huquqlari tashkilotlari, balki rossiyalik fuqarolar ham hukumatning OAV, jurnalistlar va fuqarolik tashkilotlariga nisbatan kuchayib borayotgan bosimini qoralamoqdalar.

Rossiyada Putinning reytingi tushib ketgani bu munosabatlarni aniq aks ettiradi.

18-24-fevral kunlari Moskvadagi “Levada markazi” mustaqil tadqiqot oʻtkazgan va 1600 kishi ishtirok etgan soʻrovnomaning 42 foiz respondenti Vladimir Putinning 2024-yilgacha prezident boʻlib qolishini istamasligi maʼlum boʻlgan.

Soʻralganlardan ayrimlari “Putin juda uzoq qolib ketdi, uning muddati tugagan, yetadi”, deb javob berishgan.

Ayrimlar mamlakatdagi qashshoqlik va tobora koʻtarilayotgan narxlarga eʼtibor qaratgan. Boshqalar Putin “davlatni xarob qilganini va uni boshi berk koʻchaga boshlab ketayotganini” aytgan.

1600 ishtirokchining yoshi 18 va undan katta boʻlib, mamlakatning 137 shahri va qishloqlari aholisidan tashkil topgan edi.

Adliya vazirligi “Levada” markazini ham “xorijiy agent” deb topgan. Tadqiqot markazi bu qarorga qarshilik qilmoqda.

Qirgʻiziston tahlilchilari va jurnalistlarini xavotirga solayotgan bosim

2012-yilda xorijiy agentlar haqidagi qonun qabul qilinganidan beri Moskva OAV erkinligini cheklashi uchun Markaziy Osiyo mamlakatlari hukumatlariga ham xuddi shunday qonunlarni qabul qilish yoʻlida bir necha yillardan beri bosim oʻtkazib kelmoqda.

Bu bosim mintaqaning eng demokratik mamlakati – Qirgʻizistonda kuchliroq sezilgan.

Qirgʻiziston parlamentining ayrim deputatlari 2014-yilda xuddi shunday qonun loyihasini taqdim etishgan, ammo 2016-yil may oyida parlament jamoatchilik bosimi ostida uni rad etgan edi.

2020-yil may oyida Qirgʻiziston parlamenti mustaqil jamoatchilik faollarining ishini qiyinlashtiruvchi qonun loyihasini yana bir bor koʻrib chiqdi.

Oʻshanda sobiq deputat Nodira Normatova ayrim tashkilotlarga “xorijiy agent” maqomini berish kerakligini aytib, qonun loyihasi tarafdorlarini aniq-tiniq ochiqlagan edi, deb yozadi Eurasianet.

Ushbu qonun loyihasi oradan bir yil oʻtib, yana parlamentga kiritilgan. Ozodlik radiosi qirgʻiz xizmatiga koʻra, payshanba kuni deputat Baqtibek Raimqulov qonunni parlamentda uchinchi bor muhokama qilishga chaqirgan. U 2020-yilda ikki bor oʻqishdan oʻtgandi. Qirgʻizistonda qonun loyihalari qabul qilinishi uchun uchta oʻqishdan oʻtishi lozim.

Xorijiy agentlar toʻgʻrisidagi ushbu qonun loyihalari Kremlning xorijda yuritayotgan “yumshoq kuch” siyosati mahsulidir, deb hisoblaydi bishkeklik siyosiy tahlilchi Anor Musaboyeva. Bu siyosat mustaqil inson huquqlari tashkilotlari va hukumatning harakatlarini tanqid qiluvchi jurnalistlar hamjamiyatini obroʻsizlantirishga qaratilgan.

Biroq, qirgʻiz jamoatchiligi bunday xatti-harakatlarga samarali qarshilik koʻrsatmoqda. Qirgʻiziston demokratik davlat sifatida boshqa Markaziy Osiyo davlatlariga nisbatan yaxshiroq rivojlangan, dedi u.

Qirgʻiziston mustaqil jurnalistlari uyushmasi (QJU) mustaqil ommaviy axborot vositalarini “xorijiy agentlar” deb tamgʻalash va ularga nisbatan qandaydir cheklovlar qoʻyish amaliyotiga qarshi.

Uyushma rahbari, bishkeklik Azamat Kasibekovga koʻra, Rossiya davlatining tobora kuchayib borayotgan bosimlari va soʻnggi paytlarda “xorijiy agent” maqomini olishdan bosh tortgan OAV va jurnalistlarga nisbatan jarimalarning oshirilishi – yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan holatdir.

“Tegishli belgini koʻrgan tajribasiz oʻquvchilar ushbu OAVni xorijiy agent deb hisoblay boshlashadi va bu ularda soxta vatanparvarlik kabi salbiy his-tuygʻularni paydo qiladi”, dedi Kasibekov.

“Bu matbuotning obroʻsiga zarba berib, ommaviy axborot vositalarini “yaxshi” va “yomon”ga ajratadi”, deb tushuntirdi u.

Mustaqil ommaviy axborot vositalarining noshirlik faoliyatini cheklash aholi orasidagi xabardorlikka salbiy taʼsir qiladi, deb qoʻshimcha qildi Kasibekov.

Ayni paytda mahalliy faollar Rossiyaning mamlakatdagi siyosiy jarayonlarga taʼsiriga qarshi chiqmoqda.

Moskva Qirgʻizistondagi NNT va OAV faoliyatiga nisbatan qonuniy cheklovlar joriy qilish urinishlarini davom ettirishi mumkin, deydi bishkeklik bloger Ulan Qodirboyev.

“Agar bizning hukumatimiz ham Rossiyadagi kabi mustaqil ommaviy axborot vositalarini taʼqib qiladigan boʻlsa, buni xolis axborot olish bilan bogʻliq huquqlarimizning buzilishi deb baholash mumkin”, deydi bishkeklik blogger Ulan Qodirboyev Karvonsaroyga.

Biroq, uning fikricha, Qirgʻiziston jamoatchiligining siyosiy ongi yetarli daraja yuqori va u parlamentning bunday qonunni qabul qilishiga yoʻl qoʻymaydi.

“Ular [mansabdorlar] bizning fikrimiz bilan hisoblashishga majbur. Xalqimiz Qirgʻizistonda hokimiyat kimga tegishli ekanini bir necha bor koʻrsatib qoʻygan”, dedi Qodirboyev.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 3

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

YOIIdan chiqish kerak, undan faqat Rossiyaga foyda!!!

Javob berish

Markaziy Osiyo mamlakatlariga Rossiya bilan bunday ittifoq kerak emas, jin ursin

Javob berish

Bu qonun qabul qilish va koʻp rossiyaparast ommaviy axborot vositalarini ham chet el agentlari deb eʻlon qilish kerak.

Javob berish