Karvonsaroy
Biznes

Tojikiston qazilma boyliklar talonchilarini emas, xorijiy investitsiya uchun sheriklar izlamoqda

Neʼmatullo Mirsaidov

Zarafshon sanoat zonasidagi metallni qayta ishlash zavodi, 2012-yilda olingan surat. Bu yerda oltin rudasi qayta ishlanadi. [Neʼmatullo Mirsaidov/Karvonsaroy]

Zarafshon sanoat zonasidagi metallni qayta ishlash zavodi, 2012-yilda olingan surat. Bu yerda oltin rudasi qayta ishlanadi. [Neʼmatullo Mirsaidov/Karvonsaroy]

DUSHANBE – Oʻz yerosti boyliklarini qazib olishda yordam berish uchun xorijiy sheriklar izlayotgan Tojikiston bitta saboqni yaxshi oʻzlashtirgan, u ham boʻlsa – Xitoydan ehtiyot boʻlish.

Markaziy Osiyo tahliliy hisobot byurosi (CABAR) maʼlumotlariga koʻra, Tojikistonning qariyb 3,2 mlrd dollarlik tashqi qarzining yarmi Xitoyga tegishli boʻlib, bu Pekinning Dushanbega taʼsir oʻtkazish vositasiga aylangan.

“Xitoy Tojikistonning qarzni toʻlay olmasligini tushunadi; shuning uchun qarz evaziga qimmatbaho metall konlari yoki Tojikiston hududining bir qismini taqdim etish talab qilinadi”, degan edi tojikistonlik iqtisodchi Zulfiqor Ismoiliyon yanvar oyida CABARga.

Xitoy harbiylarining 2016-yildan beri Tojikistondagi bazada boʻlib turgani ham bejiz emasga oʻxshaydi. Mazkur harbiy baza Afgʻoniston chegarasidan 13 km va Xitoy bilan chegaradan 30 km uzoqlikda, Togʻli Badaxshon viloyatida joylashgan.

Oʻzbekiston-Tojikiston chegarasidagi Kuramin togʻ tizmalari, 2012-yilgi surat. Togʻning shimoliy yonbagʻrida oltin, kumush, rux va qoʻrgʻoshinning yirik konlari joylashgan. Dunyodagi eng yirik kumush koni – Katta Konimansur ham shu yerda. [Neʼmatullo Mirsaidov/Karvonsaroy]

Oʻzbekiston-Tojikiston chegarasidagi Kuramin togʻ tizmalari, 2012-yilgi surat. Togʻning shimoliy yonbagʻrida oltin, kumush, rux va qoʻrgʻoshinning yirik konlari joylashgan. Dunyodagi eng yirik kumush koni – Katta Konimansur ham shu yerda. [Neʼmatullo Mirsaidov/Karvonsaroy]

Sugʻd viloyatidagi Fan togʻlari, 27-iyun. Ushbu togʻ tizmasi oraligʻida behisob qazilma boyliklar mavjud. Fondaryoning bir tarafida rux, simob, kumush va koʻmir zaxiralari, boshqa tarafida oltin konlari bor. [Xulkar Yusupov]

Sugʻd viloyatidagi Fan togʻlari, 27-iyun. Ushbu togʻ tizmasi oraligʻida behisob qazilma boyliklar mavjud. Fondaryoning bir tarafida rux, simob, kumush va koʻmir zaxiralari, boshqa tarafida oltin konlari bor. [Xulkar Yusupov]

Xuddi shu viloyatda, oʻn yildan ziyod davom etgan bahsu munozaralardan soʻng – 2011-yilda Tojikiston 1122 kvadrat kilometr yerni Xitoyga topshirdi va bu koʻplab tojikistonliklarning gʻazabini qoʻzgʻadi.

Xitoyga berilgan bu imtiyozlarga guvoh boʻlgan tojikistonliklar Xitoy togʻ-kon sanoati kompaniyalarning Tojikistondagi talonchiliklarini koʻrib, yanada koʻproq junbushga kelmoqdalar.

Xitoy togʻ-kon sanoati kompaniyalari faqat bir narsani – Tojikistondan imkon qadar koʻproq tabiiy boyliklar olib chiqib ketishni oʻylaydi, deydi dushanbalik iqtisodchi Hojimuhammad Umarov.

Boshqa tomondan, masʼuliyatli biznes-hamkor bunday qilmaydi, u oʻnlab yillar davomida ish yuritishni koʻzlagan holda biznesini barpo qiladi, dedi u.

Bundan ham yomonrogʻi, Xitoy kompaniyalari kamdan-kam hollarda mahalliy mutaxassislarni ishga yollaydi.

“Markaziy Osiyoda faoliyat yuritayotgan xitoylik kompaniyalar koʻpincha ishchilarning katta qismini Xitoydan olib keladi, shu bois ham mahalliy aholi bunday xorijiy investitsiyalarning mamlakat iqtisodiyotga yordam bermayotganidan norozi boʻladi”, deb xabar bergan edi 2019-yilda “Ozodlik” radiosi.

Oʻzlashtirilishi kutilayotgan ulkan tabiiy zahiralar

Tojikistonda togʻ-kon sanoati sohasidagi manfaatli sheriklik uchun ulkan imkoniyatlar mavjud. 93% maydoni togʻli hududlardan iborat relyef tarkibida koʻplab qimmatbaho toshlar va metallar bor.

Togʻli Badaxshondagi konchilik kompaniyalari oʻtish qiyin yoʻllar va qoloq infratuzilma bilan kurashayotgan boʻlsa, Soʻgʻd viloyatlarida sharoitlar yengilroq, u yerdagi konlar temiryoʻl va boshqa transport yoʻllariga yaqin yerda joylashgan.

“Tojikiston besh turdagi qazilma boyliklar zahirasi boʻyicha dunyoning top-uchligiga kiradi”, dedi sanoat va yangi texnologiyalar vaziri Sherali Kabir 15-fevral kuni oʻtgan matbuot anjumanida. “Bizda kumush, rux, qoʻrgʻoshin, bor va surma metallarining ulkan zaxiralari mavjud. Koʻp konlar oʻzlashtirilishi kutilmoqda.”

Soʻgʻd viloyatining oʻzida tabiiy zaxiralarga boy 214 ta kon bor, deb xabar bergan vazirlik. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yer ostidagi rudalarning taxminiy qiymati 10 mlrd AQSH dollarini tashkil qiladi.

“Metall bozoridagi narxlarning oshishi bizga nekbinlik bagʻishlaydi”, deydi Kabir. “Qiziqarli loyihalarimizdan yana biri – yiliga 600 ming tonna qazilmani qayta ishlash imkoniyatiga ega Adrasman konini tiklash.”

2019-yilning oxirida bir unsiya kumush 17,90 AQSH dollari turgan boʻlsa, 2020-yil oxiriga kelib, 26,40 AQSH dollarga yetgan.

“Katta Konimansurda noyob kumush zahirasi bor, u yerda dunyodagi eng ulkan – 1 milliard tonnalik zahira mavjud”, deydi Soʻgʻd viloyatining sanoat va yangi texnologiyalar vazirligi vakili Nargis Shamsiyeva.

“U yerdagi kumush zahirasi 50 ming tonnadan oshadi”, dedi u. “Yer qaʼrida kumush, qoʻrgʻoshin va ruxdan tashqari yana qanday metallar borligini hech kim bilmaydi. Bu yerda 30 yillik ish bor.”

Avstraliya va Xitoy firmalari daʼvogarlik qilayotgani bois, Katta Konimansurga oid huquqlar hamon tortishuvlarga sabab boʻlmoqda.

Hukumat konchilik sohasidagi loyihalarda Xitoydan boshqa davlatlar kompaniyalarining ishtirokiga umid qilmoqda, deydi Shamsiyeva.

Xitoy bilan hamkorlik xavfi

Tojikistonda umumiy qiymati 3,5 mlrd AQSH dollaridan ortiq 70 ta davlat investitsiya loyihalari amalga oshrilmoqda, deb xabar bergan Investitsiyalar va davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi.

Hukumat 2021-yilda 354 mln AQSH dollariga teng tashqi va mahalliy investitsiyalarni jalb qilish niyatida.

Bu mablagʻ yordamida metall va oziq-ovqatni qayta ishlash sohalarida 11 ta korxona barpo etilishi kutilmoqda.

Tashqi qarzlar tan olingan muammo boʻlishiga qaramay, kelasi uch yil davomida hukumat iqtisodiyotni rivojlantirish uchun yana 1,1 milliard dollar qarz olishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi moliya vazirligi.

Bunday maqsadlar fonida COVID-19 pandemiyasi investitsiyalarning Xitoy modeliga haddan tashqari qaramlik xavfini namoyon etdi, deydi Kabir.

“Pandemiya shuni koʻrsatdiki, Xitoydan ishchilar olib kelish katta xavf tugʻdirishi mumkin”, dedi u.

“Pandemiya davrida Zarafshon sanoat zonasida ish toʻxtamadi, chunki u yerdagi ishchilar va mutaxassislarning 98 foizi tojikistonlik edi”, deydi u. “Ammo Istiqlol sanoat zonasida ishlab chiqarish va dastlabki qayta ishlash uzoq muddatga toʻxtab qoldi. Bunga oy taqvimi boʻyicha yangi yilni nishonlash uchun Xitoyga ketgan ishchilarning karantin tufayli oʻz vaqtida qaytib kela olmagani sabab boʻlgan.”

“Ishlab chiqarishning uzoq muddatga toʻxtab qolishi Tojikiston iqtisodiyotiga sezilarli zarar yetkazdi.”

AQSH bilan hamkorlik istiqbollari

Qoʻshma Shtatlar Tojikistonga bir nechta qoʻshma korxonalar barpo etishga koʻmaklashgan.

Sanoat va yangi texnologiyalar vazirligi maʼlumotlariga koʻra, AQSHning Comsup Commodities, Inc. kompaniyasi konchilik sohasida Tojikiston bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻygan.

Soʻgʻd viloyatidagi Anzob togʻ-metallurgiya kombinati Tojikistondagi eng qadimgi korxonalardan biri boʻlib, 1970-yillardan beri u yerda simob va surma qazib olingan. Ammo, SSSR parchalanganidan keyin 10 yildan ortiqroq vaqt davomida ishlamay turgan.

2005-yilda bu korxona AQSH investitsiyalari yordamida qayta ishga tushirildi.

Vazirlikka koʻra, soʻnggi 15 yil ichida Anzobni modernizatsiya qilish uchun Comsup 300 million AQSH dollari investitsiya kiritgan.

Amerikalik investorlar mamlakatda eng muvaffaqiyatli korxonalardan boʻlgan ichimliklarni qadoqlash zavodini barpo etishga ham yordam berganlar.

2000-yillar boshida AQSHning Aqua Crystal xususiy kompaniyasi Soʻgʻd viloyatidagi Istaravshan (sobiq Oʻratepa) shahrida Obi-Zulol zavodi qurilishiga 3,8 million dollarlik sarmoya kiritgan. U yerda suv, alkogolsiz ichimliklar qadoqlanib, bolalar ozuqasi qayta ishlanadi.

2020-yilda COVID-19 pandemiyasi davrida kompaniya 285,4 million somoniyga (25 million AQSH dollari) teng mahsulot ishlab chiqargan va bolalar ozuqasi mahsulotlarining 60 foizini eksport qilgan.

“Bularning barchasi (Obi-Zulol) AQSH va boshqa hissadorlarning yordami bilan amalga oshdi”, deydi Shamsiyeva.

AQSH hukumati millionlab dollar bevosita yordamlarni ham taqdim etdi.

Amerika elchixonasiga koʻra, AQSH xalqaro taraqqiyot agentligi iqtisodiyot (56 million dollar), sogʻliqni saqlash (30 million dollar), demokratiya va davlatchilik (14,4 million dollar) va taʼlim (20 million dollar) sohalarida koʻp yillik dasturlarni amalga oshirmoqda.

“Biz Tojikistonning iqtisodiy taraqqiyoti va oziq-ovqat xavfsizligini tojikistonlik fermerlarni oʻqitishga oid bir qator loyihalar orqali qoʻllab-quvvatlayapmiz, shuningdek, mahalliy va mintaqaviy darajada suv resurslarini boshqarishga oid loyihalar orqali mintaqadagi aloqalar va barqarorlikka koʻmaklashib kelmoqdamiz”, dedi AQSH elchisi Jon Mark Pommershaym.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Amerika harbiy yangiliklarida Xitoyning yomonligi aytilmoqda – bu yangilik emas, yoʻlimizda davom etamiz!

Javob berish