Karvonsaroy
Siyosat

Hizbulloh delegatsiyasining Moskvaga tashrifi Rossiya opportunizmining yana bir belgisi boʻldi

Karvonsaroy

Hizbulloh delegatsiyasi shu haftada – 15-mart kuni Moskvaga tashrif buyurdi va Eronning Rossiyadagi elchisi Kozim Jaloliy (oldinda, oʻngdan ikkinchi) bilan Yaqin Sharq masalasini muhokama qildi. [Tasnim]

Hizbulloh delegatsiyasi shu haftada – 15-mart kuni Moskvaga tashrif buyurdi va Eronning Rossiyadagi elchisi Kozim Jaloliy (oldinda, oʻngdan ikkinchi) bilan Yaqin Sharq masalasini muhokama qildi. [Tasnim]

MOSKVA – Livanning Hizbulloh guruhi delegatsiyasi shu haftada noyob tashrif bilan Moskvada boʻldi. Kuzatuvchilar bu voqeani Rossiya opportunizmi va Yaqin Sharqdagi siyosiy taʼsirining belgisi deb atamoqdalar.

Bir necha oʻn yillardan beri Livan eng ogʻir iqtisodiy inqirozga botib, yangi hukumatni shakllantirish masalasida boshiberk koʻchaga kirib qolgan bir paytda, Livan parlamenti aʼzosi Muhammad Raʼd boshchiligidagi toʻrt kishidan iborat Hizbulloh delegatsiyasi bilan tashrifni amalga oshirgan.

Raʼd Hizbulloh manfaatlari yoʻlida “Livanning siyosiy va moliyaviy tizimidan” foydalangani uchun 2019-yilda AQSH sanktsiyalari ostiga tushgan edi, deb xabar beradi AQSH moliya vazirligi.

Dushanba (15-mart) kuni boshlangan uch kunlik tashrif davomida tashqi ishlar vaziri, parlament yuqori palatasi hisoblangan Federatsiya kengashi va quyi palata – davlat Dumasida uchrashuvlar boʻlib oʻtgan, deb xabar beradi Livanning Al-Manar telekanali.

Rossiya va Turkiya Suriya shimoli-sharqidagi Hasaka viloyatida joylashgan Darbasiyada oʻtkazgan qoʻshma harbiy patrul vaqtida metallodetektordan foydalanayotgan rossiyalik askar, 2020-yil, 30-noyabr. [Delil Sulaymon/AFP]

Rossiya va Turkiya Suriya shimoli-sharqidagi Hasaka viloyatida joylashgan Darbasiyada oʻtkazgan qoʻshma harbiy patrul vaqtida metallodetektordan foydalanayotgan rossiyalik askar, 2020-yil, 30-noyabr. [Delil Sulaymon/AFP]

Shuningdek, Moskvadagi Eron elchixonasida ham muzokaralar oʻtkazildi.

Delegatsiya Livan va mintaqadagi soʻnggi hodisalar yuzasidan fikr almashish niyatida, deb aytgan Raʼd Sputnik nashriga tashrifdan oldida.

Delegatsiya dushanba kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, keyinroq tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Mixail Bogdanov bilan uchrashgan. Ularning ikkovi ham Livanda hukumatni shakllantirish muhimligini taʼkidlagan.

Ammo, Hizbullohning mamlakat maʼmuriyatiga oʻzboshimchalik bilan aralashishi va har qanday yangi hukumatda oʻz vakiliga ega boʻlishga intilishi muammoni hal etishga halaqit bermoqda, deydi kuzatuvchilar.

“Livan uchun eng muhimi – Hizbulloh va uning yetakchisi Hasan Nusrulloh gegemoniyasiga chek qoʻyish”, deydi Livan tadqiqot va konsalting markazi rahbari Hasan Qutb.

“Livanning bu talabi” mamlakatga Eron qoʻllovidagi tomon keltirgan koʻp yillik zarar natijasidir, dedi u.

Hizbullohning Livandagi qaror qabul qilish jarayonidagi gegemoniyasi mintaqa va dunyo mamlakatlari bilan aloqalarni tang ahvolda qoldirdi, hukumatni shakllantirish harakatlarini cheklash esa Livanga qimmatga tushdi, dedi u.

Oʻtgan hafta, Birlashgan Arab Amirliklariga tashrifi davomida Lavrov Livan bosh vaziri etib tayinlangan Saʼd al-Haririy bilan Livan muammolarini muhokama qilgan. Bu Rossiyaning Livan va mintaqada oʻz taʼsirini kuchaytirish niyatida ekanligining belgisidir.

Davlatga qarashli “RIA Novosti” axborot agentligiga koʻra, Lavrovning Hizbulloh bilan uchrashuv oʻtkazgani haqida Rossiya tashqi ishlar vazirligi bayonot bergan.

Vazirlik seshanba kuni Bogdanovning Moskvadagi Eron elchisi Kozim Jaloliy bilan muzokarasi haqida xabar bergan. Bayonotga koʻra, mavzular “Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika, ayniqsa Suriya, Yaman, Liviya va Fors koʻrfazida sodir boʻlayotgan jarayonlarni” oʻz ichiga olgan.

Rossiyaning Suriyadagi maqsadlari

Shuningdek, dushanba kuni Hizbulloh delegatsiyasi Eron elchisi Jaloliy bilan ham uchrashgan. Tomonlar Yaqin Sharqdagi vaziyat, jumladan Livan va Suriyadagi soʻnggi hodisalarni muhokama qilishgan.

Jaloliy Eron Hizbullohni qoʻllab-quvvatlashini yana bir karra taʼkidlagan.

Rossiya, Eron va Hizbulloh dushanba kuni boshlanganiga oʻn bir yil toʻladigan urushda Suriya prezidenti Bashar al-Asad rejimi nomidan jang qilishmoqda.

Livanning ketma-ket almashgan hukumatlari qabul qilgan uzoqlashish siyosatiga qaramay, Hizbulloh Suriyada jang qilish uchun oʻz kuchlarini joylashtirgan.

Bu orada, Suriyada aksari Rossiya va Eronga aloqador xususiy qoʻriqlash kompaniyalari shu darajada koʻpayib ketganki, ular Suriya armiyasining faoliyatiga putur yetkazmoqda.

Bu kompaniyalarning tashkil qilinishi “Suriya ichkarisida va tashqarisidagi davlat va subyektlarining oʻz rejalarini amalga oshirish maqsadida harbiy faoliyat olib borishi uchun yoʻl ochdi”, deydi misrlik sobiq harbiy zobit, xavfsizlik va harbiy masalalar boʻyicha mutaxassis Abdulkarim Ahmad.

Xorijlik davlatlar bilan aloqador kuchlar endi birlashgan armiya sifatida emas, balki xorijiy mamlakatlar oʻz maqsadlarini amalga oshirishi uchun har biridan alohida foydalanayotgan oddiy kuchlar va ittifoqdosh jangarilar toʻdasi kabi faoliyat olib bormoqda.

Koʻpchilik suriyaliklar Rossiyani mamlakatda oʻz siyosiy va iqtisodiy maqsadlari yoʻlida urush olib borayotganlikda ayblaydilar.

Rossiyaning bir necha yillar davomidagi yashirin maqsadlaridan biri – Suriyaning foydalanilmayotgan, lekin mavjudligi tadqiqotlar bilan tasdiqlangan, ayniqsa sharqiy Suriyaning Dayr Azzor tumanidagi ulkan tabiiy zaxiralariga ega boʻlishdir.

Rossiya, shuningdek, qayta qurish va uzoq muddatli harbiy hozirlikka oid manfaatli shartnomalarni ham imzolashni rejalagan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Rossiya terrorga homiylik qiluvchi davlat ekanining isboti bu.

Javob berish