Karvonsaroy
Inson huquqlari

Shinjondagi hibslar yuzasidan oʻtkazilayotgan har kunlik namoyishlar Olmaotadagi Xitoy konsulxonasini larzaga keltirmoqda

Karvonsaroy va AFP

8-mart kuni Olmaotadagi Xitoy konsulligi oldida erining Xitoyda hibsga olinganiga norozilik bildirayotgan 48 yoshli Gulnur Kosdaulet (chapdan ikkinchi). [Abduaziz Madyorov/AFP]

8-mart kuni Olmaotadagi Xitoy konsulligi oldida erining Xitoyda hibsga olinganiga norozilik bildirayotgan 48 yoshli Gulnur Kosdaulet (chapdan ikkinchi). [Abduaziz Madyorov/AFP]

OLMAOTA – Xitoydagi turmush oʻrtogʻining hibsga olinishiga qarshi norozilik bildirayotgan Gulnur Qosdauletning har kungi sayohatini Qozogʻistonning baland togʻlariga ulanib ketgan ulkan dashtidagi kamtargina fermasidan taksiga oʻtirgan holda boshlaydi.

U bir yarim soat ichida Pekinning Olmaotadagi konsulxonasiga yetib keladi – bu yerda bir oydan oshibdiki, politsiyaning tahdidlariga qaramay, kichik piket davom etyapti.

Aksari ayollardan iborat namoyishchilarning talabi oddiy: Xitoyning Shinjon mintaqasidagi ozchiliklarga qarshi tazyiqi tufayli bedarak yoʻqolgan, qamoqqa olingan yoki hibsda qolgan qarindoshlarining eson-omon uylariga qaytarish.

AFP bilan suhbatlashgan 48 yashar Qosdauletning aytishicha, agar Xitoy fuqarosi boʻlgan eri 2017-yilda Shinjondagi dafn marosimidan eson-omon qaytib kelganida, “uyida tinchgina oʻtirib, hech qachon siyosat haqida oʻylamagan boʻlardi”.

Shinjondagi musulmonlarni hibsda saqlash uchun yaqinda Pekin tomonidan barpo etilgan 100 dan ortiq yangi inshootlardan ayrimlari shunday koʻrinishga ega. [Buzzfeed]

Shinjondagi musulmonlarni hibsda saqlash uchun yaqinda Pekin tomonidan barpo etilgan 100 dan ortiq yangi inshootlardan ayrimlari shunday koʻrinishga ega. [Buzzfeed]

Uning soʻzlariga koʻra, shunchaki telefoniga WhatsApp ilovasini oʻrnatgani uchun hibsga olingan eri hibsxona va “taʼlim muassasalarida” boʻlib chiqib, ozod qilingan boʻlsa-da, pasporti olib qoʻyilgan va endi Xitoyni tark eta olmasligi mumkin.

“Qozogʻiston va Xitoy doʻstona munosabatlarda. Biz ikki hukumat oʻzaro kelishib, yaqinlarimizni qaytarib berishiga umid qilayotganimiz uchun ushbu norozilik namoyishlarini oʻtkazyapmiz”, dedi u.

Soʻnggi yillarda aksar aholisi musulmonlardan iborat Shinjon Xitoyning “qayta tarbiyalash” lagerlari tufayli butun dunyoga tanildi.

Oʻnlab xalqaro tahlilchilarga koʻra, Xitoyning u yerdagi siyosati Birlashgan Millatlar Tashkilotining Genotsid toʻgʻrisidagi konventsiyasida taqiqlangan “har bir harakatga” xilofdir, deyiladi shu oy Newlines Institute tahlil markazi chiqargan hisobotda.

Amerika Qoʻshma Shtatlari Xitoyni qatliomda aybladi, Gollandiya va Kanada parlamentlari esa har ikkala hukumatning ham shunday rezolyutsiya qabul qilishi uchun ovoz berdi.

Xitoy hukumati, bir millionga yaqin uygʻur, qozoq va boshqa turkiyzabon ozchiliklar vakillariniqamoqxonaga oʻxshash mafkuraviy tarbiya, qiynoqlar va majburiy mehnatga giriftor qildi, bu muassasalardagi ayollar esa oʻzlari uchun oʻta jiddiy xavf – muntazam ravishda zoʻrlanish va majburiy sterilizatsiyaga duch kelmoqdalar.

Yevropa Ittifoqi, AQSH, Buyuk Britaniya va Kanada dushanba (22-mart) kuni uygʻurlarga nisbatan zulmi uchun Xitoy rasmiylariga qarshi sanktsiyalar joriy qildi.

“Birgalikdagi choralar xalqaro hamjamiyat Xitoyning Shinjondagi inson huquqlarini poymol qilayotganini qoralashda va Pekinning mintaqadagi kamsituvchi va repressiv siyosatiga chek qoʻyishi zarurligi masalasida birdam ekanliginidan dalolat beradi”, deyiladi Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

Hibslar

Qozogʻistonliklar Xitoyda qamalib qolgan minglab qarindoshlarining taqdiridan xavotirda..

Har kuni ertalab Xitoy konsulligi oldida namoyishlar boshlangan zahoti politsiya karnayi ham ishga tushadi.

Qayta-qayta takrorlanadigan ogohlantirish orqali namoyishchilarning bu ishi noqonuniy ekani va ular jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinligi aytiladi.

“Ular ovozimizni oʻchirishmoqchi”, deydi 40 yashar Baybolat Kunbolat. Uning ukasi 2018-yilda Shinjonda soxta ekstremizm ayblovlari bilan qamoqqa olingan.

Oʻtgan oy Kunbolat konsullikdagi piketlar sababli hibsga olingan ikkinchi odam boʻldi. U 12 sutkalik muhlatni oʻtab, yana namoyishlar safiga qoʻshilgan.

Qosdauletning yonida “erkinlik”, deb baqirayotgan, qoʻlida ikkita surat ushlab ayollardan biri yigʻlab yubordi.

“Men turmush oʻrtogʻim Jarqinbekni izlayapman”, dedi Tursunqul Nurakay ismli bu ayol. “U toʻrt yil avval bedarak yoʻqolgan”. Suratlardan birini koʻrsatib, “bu esa jiyanim Kenjabek. Unga 10 yillik qamoq jazosi berilgan”, deb aytdi.

Koʻpchilik namoyishchilar Xitoy fuqarosi boʻlgan, ayrim hollarda Qozogʻistonda yashash huquqiga ega qarindoshlari borasida hukumatni Pekin bilan muloqot chiqishga chaqirganlar.

Ammo ular endi yagona umidlari piketlardan ekanligini aytmoqdalar.

“Uni koʻrsam boʻldi”

2018-yil oxirida Qozogʻiston tashqi ishlar vazirligi “xayrli ishora” sifatida 2000ga yaqin etnik qozoqning Qozogʻistonga kirishiga ruxsat bergan.

Ammo oʻshandan beri, ularning boshqa qarindoshlari – ayrim hollarda Xitoy qayta tarbiyalash markazlari deb ataydigan qatʼiy tartibli muassasalardan qoʻyib yuborilganidan keyin qamoq jazosiga hukm qilingani haqidagi xabarlar koʻpaygan.

Oʻtgan yili Shinjonda qoʻlgan olinganlar uchun qamoqxona yoki lagerlarga oʻxshash inshootlar aniqlangan, ularning koʻpchiligi oxirgi uch yil ichida qurilgan.

Xitoy rejimi bu inshootlarni “kasb-hunar taʼlimi markazlari” deb iddao qiladi, ammo tahlilchilar va sobiq mahbuslarga koʻra, “bunday markazlarda majburiy mehnat juda keng quloch yoygani aniq”.

Qosdauletning turmush oʻrtogʻi, veterinar va sobiq viloyat rasmiysi 47 yashar Akbar uch yildan beri oʻz oilasidan ayri yashamoqda.

Qosdauletning AFPga aytishicha, u oilasi bilan aloqaga chiqishi mumkin, ammo Qozogʻistonga qayta olmaydi. Oila bu yerga 2014-yilda koʻchib kelgan.

Uch nafar farzandning onasi Xitoyga toʻrt marta borgan, ammo erini qaytara olmagan, uni bir marta oyna ortidan koʻrgan, xolos.

U oʻzining Qozogʻiston pasportiga ega ekanligi sababli hibsga olinmagan deb oʻylaydi. Har safargi tashrifda kuzatuv kuchayib borgan.

“Oxirgi marta 2018-yilda borgan edim, qayerga bormay ortimdan politsiya mashinasi kuzatib yurgan”, deydi u.

Fevral oyida Xitoy konsulligi binosi oldida namoyishlar boshlanganida, Qosdaulet u yerga qaynonasi Sarkitxan Qidirbayni ham olib borgan.

Ammo bir nechta namoyishdan keyin, suyaklar ogʻrigʻi va “koʻz yoshlar sabab koʻr boʻlayozgan” 74 yashar qariya uchun yoʻl juda mashaqqatli boʻlib qoldi, deydi Qosdaulet.

Qosdaulet oddiy bezatilgan xonadonda Kidirbayni koʻrpachaga oʻtqizar ekan, yoʻq oʻgʻlini quchoqlashga harakat qilib, u haqida gapirayotgan qariya taʼsirlanib koʻz yoshlarini tiya olmadi.

“Men umrimni yashab boʻldim. Shunchaki uni bir bor koʻrib, oʻpsam deyman. Shundan keyin oʻlsam ham mayli”, deydi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500