Karvonsaroy
Inson huquqlari

Tojikistonda tugʻilgan “Rus ayoli” ijrochisi Internetda irqchi-shovinistik haqoratlarga duch keldi

Jumaguli Annayev va AFP

Rotterdamda boʻlib oʻtadigan “Yevrovideniye-2021” musiqiy tanlovida Rossiya sharafini himoya qiladigan xonanda Manija repetitsiya qilmoqda, Moskva, 16-mart. 18-mart kuni Rossiya tergov qoʻmitasi Manijaning konservativ guruhlar eʼtiroziga sabab boʻlgan “Rus ayoli” qoʻshigʻining matni oʻrganib chiqilishini aytgan. [Kirill Kudryavtsev/AFP]

Rotterdamda boʻlib oʻtadigan “Yevrovideniye-2021” musiqiy tanlovida Rossiya sharafini himoya qiladigan xonanda Manija repetitsiya qilmoqda, Moskva, 16-mart. 18-mart kuni Rossiya tergov qoʻmitasi Manijaning konservativ guruhlar eʼtiroziga sabab boʻlgan “Rus ayoli” qoʻshigʻining matni oʻrganib chiqilishini aytgan. [Kirill Kudryavtsev/AFP]

MOSKVA – Rossiyadagi konservativ guruhlar may oyida boʻlib oʻtadigan “Yevrovideniye-2021” musiqiy tanlovida Rossiya nomidan ishtirok etish uchun asli tojikistonlik ayol tanlaganganidan norozi.

Ular 29 yashar Manija Sangin tarafidan bastalangan va ijro etilgan “Rus ayoli” qoʻshigʻi matnining tekshirilishini talab qilmoqda.

Rus ayollarining irodasini madh etuvchi “Rus ayoli” qoʻshigʻi ularni mustaqil boʻlishga, yosh, goʻzallik va bola tugʻishga oid anʼanaviy qarashlarga qarshi turishga chaqiradi.

Yirik jinoyatlarni tergov qiladigan Rossiya tergov qoʻmitasi (TQ) 18-mart kuni jamoatchilik guruhlarining biridan mazkur qoʻshiqni “qonunchilikka xilof fikrlar” boʻyicha tekshirish soʻralgan murojaat kelib tushganini aytdi.

“Rus ayoli” qoʻshigʻini ijro etib, onlayn soʻrovnoma orqali “Yevrovideniye-2021” musiqiy tanlovida Rossiya nomidan ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan Manija, 8-mart kungi YouTube videosidan olingan kadr. Bu chiqishidan soʻng, Tojikistonda tugʻilgan qoʻshiqchiga nisbatan nafratli va noloyiq gap-soʻzlar yogʻila boshlagan.

“Rus ayoli” qoʻshigʻini ijro etib, onlayn soʻrovnoma orqali “Yevrovideniye-2021” musiqiy tanlovida Rossiya nomidan ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan Manija, 8-mart kungi YouTube videosidan olingan kadr. Bu chiqishidan soʻng, Tojikistonda tugʻilgan qoʻshiqchiga nisbatan nafratli va noloyiq gap-soʻzlar yogʻila boshlagan.

Qoʻmita ushbu talabni qonun hujjatlariga muvofiq oʻrganib chiqadi, dedi TQ matbuot kotibi Svetlana Petrenko “RIA Novosti” agentligiga.

“Rus ayoli” tekshiruvi

Ushbu murojaat urush faxriylariga bagʻishlangan “Veteranskiye vesti” saytidan kelib tushgan. 16-mart kuni saytda TQ raisi Aleksandr Bastrikindan mazkur qoʻshiq yuzasidan jinoiy ish qoʻzgʻash soʻralgan ochiq xat eʼlon qilingan.

Tashkilot oʻzini mustaqil deb atasa-da, Rossiyaning ichki ishlar va mudofaa vazirliklari hamda Federal xavfsizlik xizmati (FSB) bilan hamkorlik qiladi.

Guruhning iddaosicha, Manijaning qoʻshigʻi “rus ayollarining insoniy qadr-qimmatini qoʻpol ravishda haqorat qilish va kamsitishga qaratilgan”. Murojaatda bu qoʻshiq etnik nizolar qoʻzgʻatuvchi “davomli jinoyat” deb nomlanadi.

Yana bir shikoyat Pravoslav ayollar ittifoqidan kelib tushgan, u 18-mart kungi ochiq xatida Manijaning klipi va “Yevrovideniye” tanlovidagi ishtirokini taqiqlashga chaqirgan.

Uning matnida “anʼanaviy oila asoslariga putur yetkazuvchi, erkaklarga nisbatan nafrat qoʻzgʻatuvchi” soʻzlar bor, deyiladi xatda.

8-mart kuni “Rus ayoli” qoʻshigʻini ijro etgan Manija onlayn tarzda oʻtkazilgan soʻrovnomada boshqa ikki ishtirokchini katta farq bilan magʻlub etib, “Yevrovideniye”da Rossiya vakili boʻlish imkoniyatini qoʻlga kiritgan.

Tanlovda gʻolib boʻlgan zahoti Rossiyadagi ijtimoiy tarmoqlar va yirik nashrlarda nafratga toʻla postlar va maqolalar paydo boʻla boshlagan.

Ijtimoiy tarmoqlarning ayrim foydalanuvchilari Manijani tojik millatiga mansublikda va oʻzi rus boʻlmay, rus ayollarini kamsituvchi feminist deya ayblashgan.

“Haqoratli izohlarning birinchi toʻlqinini oʻqiganimda, kimga nima yomonlik qilganimni tushunmay qolgan edim”, deydi u 15-mart kuni Kseniya Sobchak bilan Rossiyaning “Birinchi kanali”dagi suhbatida.

Rossiyada tojik boʻlish

Manija Dushanbeda tugʻilgan, ammo uch yasharligida – 1994-yili Tojikistondagi fuqarolar urushi sabab ota-onasi bilan Rossiyaga koʻchib kelishgan.

Sobchak bilan suhbatida aytishicha, aqlini taniganidan beri Manija ruslardan etnik mansubligi, terisi va sochining rangi, koʻzining shakli va boshqa koʻrinishlari yuzasidan haqoratli soʻzlarni eshitib kelgan.

“Rus tilida oʻrgangan birinchi soʻzim “qoramoʻndi” boʻlgan”, deb aytgan qoʻshiqchi televideniyeda.

U etnik kelib chiqishi sababli hayotida doim irqchilikka oid haqoratlar va boshqa yomonliklar boʻlib kelganini aytadi. “Ammo oʻtgan haftada boʻlganichalik emas.”

Internetdagi “u qayerdan kelib qoldi” va “butun Rossiyada Yevrovideniyeda ishtirok etish uchun rus qoʻshiqchisi yoʻq ekanmi?” kabi fikr-mulohazalar shular jumlasidan.

Natsizm va irqchilikka oid ayrim haqoratlarni hatto yozish ham noqulay.

Manija salbiy fikr-mulohazalardan dili ogʻriganini aytgan.

Uning tarafdorlari va muxlislarining koʻpchiligi irqiy haqoratlarning taniqli va oʻqimishli arboblarga oid ekanligidan hayratda qolishgan.

Qoʻshiqchi Yuriy Loza, jurnalist Mixail Shaxnazarov, Duma aʼzosi Vitaliy Milonov, LDPR yetakchisi va Duma aʼzosi Vladimir Jirinovskiy hamda boshqa yuzlab taniqli ruslar Manijani qoralab chiqishgan.

Milonov chorshanba (24-mart) kuni “Komsomolskaya pravda” radio dasturida qoʻshiqchini yana bir marta haqorat qilgan.

“Ruslarning oʻrniga ashula aytish uchun boshqalarni olib kelishga nima hojat”, deb aytgan u koʻrsatuv boshlovchisi Diana Kadiga Manijani nazarda tutib.

Ruscha shovinizm va ikkiyuzlamachilik

Rossiya jamiyatidagi koʻpchilik boshqalardan farqli har qanday odamga qarshi chiqadi, deydi Manija kabi Tojikistondagi fuqarolik urushidan qochib, Uralda qoʻnim topgan etnik tojik Karim Shermatov.

Manija shu kabi minglab odamlardan biri, deydi Shermatov.

U internetda etnik tajovuzga uchrayotgan boʻlsa, restoran va barlarda ofitsiantlik qiladigan, idish yuvadigan, koʻchalarni axlat va qordan tozalaydigan boshqa tojiklar, oʻzbeklar, qirgʻiz va qozoqlar bunday adovatga oʻz hayotlarida duch kelmoqdalar, deb qoʻshimcha qildi u.

“Hatto aroq ichmaganing uchun seni tanqid yoki haqorat qilishga urinadilar”, deydi Shermatov. Unga koʻra, nima qilishlaridan qatʼi nazar, ruslar Markaziy Osiyoliklardan baribir qandaydir ayb topadi.

Shermatov Karvonsaroyga ruslar tomonidan Markaziy Osiyoliklarga nisbatan qoʻllaniladigan irqchilikka oid haqoratli soʻzlarni aytib bergan.

Shermatov oʻz vatandoshi Manija uchun xursandligini, ammo uning “Yevrovideniye”dagi ishtirokiga ovoz bergan ruslarning oʻzi nima uchun ijtimoiy tarmoqlarda uning ustidan kulayotganini tushunmasligini aytadi.

Unga koʻra, “bu nafaqat ularning shovinizmini, balki ikkiyuzlamachiligini ham fosh etadi”.

Nederlandiyaning Rotterdam shahrida boʻlib oʻtadigan tanlovda Manija gʻalaba qozonadigan boʻlsa, ruslarning ikkiyuzlamachiligi namoyon boʻladi, deydi u.

“Ruslar tojik qizi toʻgʻrisida boshqacha gapirishini keyin koʻrasizlar.”

41 Yevropa mamlakati vakillari tashrif buyuradigan “Evrovideniye” tanlovi 18-22-may kunlari Rotterdamda boʻlib oʻtadi.

COVID-19ga qarshi choralar tufayli tadbirda qatnashuvchi mamlakatlar delegatsiyalari va jurnalistlar soni qisqartirilgan, deydi tashkilotchilar.

Rossiyada har kuni, minglab Markaziy Osiyolik migrantlar oʻz etnik mansubligi tufayli kamsitish va tahqirlanishga duch keladi, deb aytgan u Skype orqali bergan intervyusida.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 27

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Xudo Majuj yurtidagi Yajujdan nafratlanishiga sabab bor (Zulkifl 38-39). Rossiyaliklar eng yomon ikkiyuzlamachi va yolgʻonchilar. Rossiyadagi barcha xorijliklar Iso Masihga qayting, aksariyatingiz Isroilning adashgan qavmidansiz. Siz Xudoning bandalarisiz. Xudoni tark etganingiz uchun sizlarni gʻayridinlar yurtida tark etdi. Jirkanch va pastkash kaltakesaklar qoʻlida xoʻrlik, irqchilik va har turdagi zulmga uchrayapsiz. Xudoga qayting, Xudo qalbingizni tiklab sizlarni yana sogʻlom qiladi. Hammasi Injilda. Iso nomi bilan.

Javob berish

Rus xalqi shuni esdan chiqarmasinki, nemislar bilan urush paytida aynan Markaziy Osiyoliklar bu xalqning qanchadan-qancha vakillarini qabul qilib, gʻamxoʻrlik koʻrsatgan.

Javob berish

Doʻstlar, Manijani yomonlayotganlarning fikriga qoʻshilmayman. Hamma Rossiyaliklar unaqa emas; bu bir toʻda oʻngchi va boshqa radikallar, xolos. Bunday maqolalarga uchmanglar. Qiz malades; qoʻshiq noodatiy, ammo toʻgʻri. Bu qoʻshiqda ayollarga nisbatan hech qanday diskriminatsiya yoʻq. Aksincha, unda ayol kishi kuchli boʻlishi kerakligi aytilmoqda, chunki hayot har doim ham shirin boʻlmaydi; qanday qilib omon qolish va birovning yordamiga umid qilmay, oʻz-oʻzini taʼminlashni bilish kerak. Hozirgi zamonda erkaklar maydalashib ketyapti. Biz ayollar erkaklardan koʻproqmiz; shuning uchun qanday qilib mustaqil yashashni bilishimiz kerak. Sizga omad tilayman, Manija. Qoʻshiq Yevropaning hozirgi holatiga mos keladi, u yerda ayollar erkaklarga qaram emas. Bu hozirgi Yevropa mentalitetini aks ettiradi, shuning uchun gʻalaba qozonish uchun yaxshi imkoniyat bor. Bu qoʻshiqqa Rossiya emas, Yevropa ovoz beradi. Uning tojik ekanligi esa muhim emas. U bolaligidan Rossiyada yashagan va rus ayolining mentalitetiga ega, onasi esa sovet ayoli, shuning uchun bu ruscha yangramoqda. Manija, tashvishlanmang; sizni muvaffaqiyat kutmoqda. Siz jasur va kuchli rus ayolisiz.

Javob berish

“yorqin ongga va uning doim yorqin boʻlib qolishiga ishonaman.”

Javob berish

Mana taniqli odam toʻgʻrisidagi “buyuk”, “muloyim”, “madaniyatli” rus xalqi haqidagi rossiyalik turli Andersen va Grimmlarning ertagi ham yakuniga yetdi. Ular Markaziy Osiyoliklarni “Vokzal, chemodan, Rossiya” deb baqirganlikda ayblashgan, aslida esa hammasi yolgʻon. Rossiyaliklarning oʻzlari Markaziy Osiyoliklar SSSR uchun ruslar boqayotgan “ortiqcha ogʻiz” boʻlishlikda ayblashgan. Shuning uchun ham Rossiya oʻzini “mustaqil” deb eʼlon qilgan!!! SSSR va 10-12 (Boltiq mamlakatlari va Gruziya de fakto SSSR tarkibidan chiqib boʻlgan edilar) ajralib olsak hayotimiz zoʻr boʻladi deb oʻylashgan. Aslida rossiyaliklarning oʻzi ashaddiy millatchi, Manija bunga yaqqol misol.

Javob berish

Eshitilgan va boshdan kechirilgan barcha xoʻrliklardan soʻng, oʻz zolimlarini ulugʻlab, ruslar haqida qoʻshiq aytish toʻgʻrimikin? Qoʻshiq aytib, yana haqoratlanmaslik uchun boshqa mavzular yoʻqmi? Laptilar doim lapti boʻlib qolaveradi.

Javob berish

Nima haqda kuylasang ham, doim senga oʻxshagan ahmoq va kaltafahmlar chiqib, nimadandir ayb topishga urinadi. Tirsagingni tishlab, jimgina hasad qil!

Javob berish

Tojikistonda tugʻilgan Dilafruz Xonikboyeva AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi – USAIDning siyosat, rejalashtirish va taʼlim masalalari boʻyicha katta maslahatchisi sifatida qasamyod qilgan.

Javob berish

Hasadgoʻylarning izohlariga eʼtibor bermang... Olgʻa! faqat oldinga!!

Javob berish

Bardam boʻl, Manija. Koʻchish kerak boʻlsa, madaniyatli mamlakatni tanlash kerak, Palkani emas.

Javob berish

Tojik qizi Manijaga, sen toʻgʻri oʻrta asrlarga, ibtidoiy jamoa tuzumi davriga sakrab tushdingmi yoki palma daraxtlari boʻylab oʻrmaladingmi? Hozir 21-asr. 20-asrni esla, biz qudratli davlat – Sovet Ittifoqi edik; butun dunyo bizni hurmat qilar va qudratimizdan qoʻrqardi. Bugungi shovinizm shu qadar modadan qolgan, eskirgan va, eng muhimi, vayronkorki, u hech qayerga olib bormaydigan, mayib-majruh qiluvchi yoʻldir. Biz, “milliy chekka hududlar” Rossiya oʻzining imperatorlik “ulugʻvorligi” va oʻz fuqarolari boʻlgan ruslarni terisining rangi boshqacha boʻlganiga kamsitgani uchun, Yer yuzidan yoʻq boʻlib ketsa, afsuslanamiz!

Javob berish

Milliy Yevrovideniye musobaqasida gʻolib boʻlgan Manija ustidan kulgan maqolani oʻqidim. Qoʻshigʻi meni qoyil qoldirmagan boʻlsa-da, koʻp millatli Rossiyani himoya qiladigan bu qiz atrofidagi gaplardan xafaman va uyalib ketyapman. Facebook tarmogʻida oʻz fikrlarimni qoldirgim keldi. Rossiya va Rossiya hukumati hali ham hamma xalqlarni birlashtirgan Rossiya koʻp millatli mamlakat kuchi va sharafini koʻrsatib kelgan 70 yillik Sovet tarixiga tayanib keladi. Aksincha, bungi kundagi shovinizm, pastkashlik va immigrantlarni haqoratlashlarning hammasi kuchsizlik, primitivlik, kaltafahmlik va Rossiyaning ichidan yemirilishiga olib boradi. Boshqa tomondan esa, Bayden Qozogʻistonda tugʻilgan qozoq qizni prezident protokol xizmati rahbari etib tayinladi. Bu ikki kunlik arzimas qoʻshiq tanlovidan ming marta afzal. Agar avvalgi gʻoliblarni: soqolli ayol – Konchita Vurst yoki qoʻrqinchli niqoblar va mahluqlar kiyimlaridagi finlarning Lordi guruhini eslasangiz – tomosha asabi boʻsh odamlar uchun emas edi! Ruslar bu achinarli holatlarni hech qanday hissiyotlarsiz tinchgina tomosha qilgan edi. Ukraina Jamala ismli tatar qizni Yevrovideniyega vakil sifatida yuborgan edi; hech qaysi ukrainalik bunday imperial shovinizmni namoyon qilmadi va u gʻolib boʻldi, mamlakatiga shon-sharaf olib keldi! Amerikada hukumatning eng yuqori choʻqqisiga chiqqan qozoq qizning ustidan kulish hech kimning xayoliga ham kelmagan. Rossiyaliklar esa qarshi chiqishdi

Javob berish

Bayden maʼmuriyatidagi ayol qozoq emas, balki tojik ayoli; adashtirib yubordingiz.

Javob berish

Gugllab koʻring: AQSH maʼmuriyatidagi ayol haqiqatan ham qozoq, tojik emas

Javob berish

Asli qozogʻistonlik Asel Tolenova AQSH protokoli boshligʻining oʻrinbosari boʻlib ishlaydi

Javob berish

Kim eʼtiroz bildirmoqda? Shaxnazarov armani, Loza polyak, Milonov oʻzbek qizni asrab olgan nemis, Jirinovskiy yahudiy. Kulgili, rus boʻlmagan janoblar!

Javob berish

Putin-chi?

Javob berish

Onasining familiyasi Shalomova, Putlerning oʻzi kimligini bilib olavering....

Javob berish

Buni kutsa boʻladi! Nimadir deyishga hojat ham yoʻq; kim va nima ekanliginingizni oʻzingiz koʻrsatasiz !!!!! Hayotda hamma narsa oʻz oʻrniga qaytadi! Prezidentingiz aytganidek, salomat boʻling!

Javob berish

Bu yerda menimcha Manijaning oʻziga emas, qoʻshiq matniga eʼtiroz boʻlyapti.

Javob berish

U yaxshiroq qoʻshiq aytsa, ruslar kimni ayblaydi?

Javob berish

Ha, Rossiya doim shu bilan mashhur boʻlib kelgan.

Javob berish

Ruslarning fashizmi SSSR vaqtida ham maʼlum darajada mavjud edi. Paradoks. Fashizmdan aziyat chekkan odamlarning oʻzlari fashistlar

Javob berish

Nima deb oʻylaysiz, 1980-90-yillar Moskvadagi aholi kimlardan iborat edi va ular nima bilan mashgʻul edilar. Fashizm ochigʻi tan olish kerak, hamma millatda bor. Ayniqsa, ojizligini biladigan, ayni paytda imkon paydo boʻlgani uchun umr boʻyi yuragida paydo boʻlgan alamlarni oʻzgalarga azob berish bilan toʻkadigan ayrim shaxslar tomonidan yaqqol namoyon etiladi. Bu alamlar qanday paydo boʻlgani ahamiyatga ega emas. U xoh tizim, xoh tuzum tomonidan oʻtkazilgan boʻlsin.

Javob berish

Sovet Ittifoqi mafkurasida etnik millatchilik har doim birinchi oʻrinda turar edi (buni juda kamchilik taʼkidlashicha qaramay), qanchalik oq boʻlsa, shuncha yaxshi edi, sovet pasportlarida shunday boʻlim bor edi.

Javob berish

Rossiyada natsistlar koʻp.

Javob berish

Aynan rus boʻlmaganlar rus millati haqida shunday deyishadi. Asl ruslar oʻzi mehribon, hamdard va ochiqkoʻngil odamlar boʻladi. Rossiyada hamisha shunday emasligiga achinaman. Shuning uchun oʻz mamlakatiga borib, uning nomidan chiqish kerak!

Javob berish