Karvonsaroy
Xavfsizlik

“ISHID ovchilari” yollanma askarlarning asl maqsadi – Rossiyaning Suriyadagi manfaatlarini himoyalash ekanligini rad etmoqda

Volid Abul Xayr

Suriyaning Palmira sahrosidagi neft konini qoʻriqlayotgan “ISHID ovchilari” boʻlinmasi. Kuzatuvchilarga koʻra, goʻyoki IDga qarshi kurashish uchun Suriyada joylashtirilgan guruh koʻproq Rossiyaning iqtisodiy manfaatlarini himoyalash vazifasini bajarmoqda. [“ISHID ovchilari”/Twitter]

Suriyaning Palmira sahrosidagi neft konini qoʻriqlayotgan “ISHID ovchilari” boʻlinmasi. Kuzatuvchilarga koʻra, goʻyoki IDga qarshi kurashish uchun Suriyada joylashtirilgan guruh koʻproq Rossiyaning iqtisodiy manfaatlarini himoyalash vazifasini bajarmoqda. [“ISHID ovchilari”/Twitter]

Internetda Rossiya OAV tomonidan tarqatilayotgan videolavhalarda Suriyada Rossiya qoʻllovida faoliyat olib boruvchi xususiy qoʻriqlash shirkati – “ISHID ovchilari” macho obrazida tasvirlanadi.

Qizil nishon bilan toʻsilgan qoʻrqinchli bosh suyagi aks etgan yorliqli kiyimdagi va ogʻir qurollangan ushbu yollanma guruh aʼzolari “Islom davlati” (ID) qoldiqlariga qarshi kurashda toblangan askarlarga oʻxshab koʻrinadi.

Aslida esa, anchadan beri ID bu guruhning nishoni boʻlmay qolgan.

Suriyalik kuzatuvchilarning taʼkidlashicha, “ISHID ovchilari”ning asosiy vazifasi – Rossiyaning Suriyadagi koʻplab va turli xil iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish.

Suriyaning Palmira shahri yaqinidagi “ISHID ovchilari” yollanma askarlari, 2017-yil. [“ISHID ovchilari”/Twitter]

Suriyaning Palmira shahri yaqinidagi “ISHID ovchilari” yollanma askarlari, 2017-yil. [“ISHID ovchilari”/Twitter]

Suriyada faoliyat yuritadigan Rossiya xususiy qoʻriqlash kompaniyasining “ISHID ovchilari” boʻlinmasi aʼzolari Dayr Az-zor qishlogʻidagi neft qudugʻida oldida. [“ISHID ovchilari”/Twitter]

Suriyada faoliyat yuritadigan Rossiya xususiy qoʻriqlash kompaniyasining “ISHID ovchilari” boʻlinmasi aʼzolari Dayr Az-zor qishlogʻidagi neft qudugʻida oldida. [“ISHID ovchilari”/Twitter]

Prezident Bashar Asadning zolim rejimini qoʻllab-quvvatlash uchun Suriya mojarosiga aralashgan Rossiya Suriya tabiiy boyliklarini oʻzi uchun asosiy mukofot deb bilmoqda va mamlakatni tiklash jarayonida katta ulushga ega chiqmoqchi.

U Asadning 2013-yilgi 55-raqamli farmonidan foydalanib, Suriyada xususiy qoʻriqlash kompaniyalarini tashkil etish orqali mamlakatdagi harbiy hozirligini sezilarli kengaytirgan.

“ISHID ovchilari”ga rahbarlik qiluvchi va Suriya sharqiy sahrosining (Badiya) turli hududlarida, Dayr Az-zor, Xama va Damashqning qishloq tumanlarida joylashtirilgan “As-Sayyod qoʻriqlash va muhofaza qilish xizmatlari” – shu kabi kompaniyalarning eng mashhurlaridan.

“ISHID ovlovchilari” va Rossiya nazoratidagi yana bir qoʻriqlash kompaniyasi – “Sanad” Suriyaning sharqiy hududlariga joylashtirilgan boʻlib, asosan neft, gaz va fosfat sanoatiga kiritilgan Rossiya investitsiyalarini muhofaza qilish va bu obyektlarga olib boruvchi yoʻllarni qoʻriqlash bilan shugʻullanadi.

Rossiya manfaatlarini himoyalash

“ISHID ovlovchilari ilk bor Damashqning qishloq hududlaridagi Gʻuta uchun kechgan janglarning soʻnggi bosqichida, keyinroq Palmira sahrosida, Uqayribat tumani va Dayr Az-zor qishloqlarida paydo boʻlgan”, deydi Dayr Az-zorlik OAV faoli Jamil al-Obid.

Guruh yaqinda Xama va Xoms qishloqlarida ham paydo boʻldi, dedi u. Soʻnggi vaqtlarda uning safi kengayib, kamida 5000 yollanma askar fosfat shaxtalari, neft va gaz konlari joylashgan nisbatan olis tumanlarga joylashtirilgan.

Bu hududlarni toʻgʻridan-toʻgʻri yoki Suriya hukumati bilan uzoq muddatli shartnomalar orqali Rossiya nazorat qiladi, deb qoʻshimcha qildi u.

“As-Sayyod” kompaniyasi dastlab Suriya sahrosidagi Latakiya viloyatida rus harbiylari tomonidan IDga qarshi kurash uchun tashkil etilgan, moliyalashtirilgan va oʻqitilgan, 2017-yil mart oyida esa xususiy qoʻriqlash kompaniyasi litsenziyasini olgan.

Keyinchalik uni jangovar tayyorgarlikdan oʻtkazishni “Vagner guruhi” oʻz zimmasiga oldi.

Xamadagi As-Suqaylabiya shahrida joylashgan “Al-Sayyod” kompaniyasiga Rossiya bilan yaqin aloqada boʻlgan va u yerga tez-tez borib turadigan Favaz Mixail Gerges rahbarlik qiladi.

Prezident Vladimir Putin hatto 2018-yilda Gergesning oʻgʻlini “Vatan oldidagi xizmatlari va fidoyiligi uchun” medali bilan taqdirlagan.

“Al-Sayyod”ning shoʻba kompaniyasi boʻlgan “ISHID ovlovchilari” davlat nazoratidagi Rossiya OAV tomonidan faol targʻib qilinib, uning jangovar qobiliyatlari va operatsiyalari koʻlami oshirib koʻrsatiladi, deydi suriyalik advokat Bashir al-Bassam.

Rossiya Suriyada haqiqatnamo inkor niqobi ostida oʻz manfaatlarini ilgari surish uchun “Vagner guruhi” va “ISHID ovlovchilari” kabi xususiy kompaniyalardan foydalanadi, deb qoʻshimcha qildi u.

Hamalik Sami Dovudga koʻra, “Al-Sayyod”ga ishga olinayotgan suriyalik erkaklar aslida “ISHID ovchilari” safiga yollanmoqda.

Dovudga koʻra, saralangan nomzodlarni vagnerchilarning oʻzi jangovar tayyorgarlikdan oʻtkazadi.

Yangi yollanganlar Liviyaga yuborilgan

“Al-Sayyod” va uning boʻlinmalari IDga qarshi kurash bilan band emasligini Liviyaga yuborish uchun suriyalik jangarilar yollash bilan ovora boʻlib qolganidan ham bilish mumkin.

Kreml Liviyada “Vagner guruhi” yordamida xalqaro hamjamiyat tan olgan hukumatni agʻdarmoqchi boʻlayotgan harbiy yetakchi Xalifa Haftarning muvaffaqiyatsiz urinishlarini dastaklab kelmoqda.

Suriya rejimi nazorati ostidagi hududlarda oʻz faoliyatini kengaytirib borayotgan “Al-Sayyod” yaqinda Suayda viloyatining janubi-gʻarbida yollash amaliyotlarini olib borgan, deydi Daud.

Liviyada rus va boshqa millatlarga mansub yollanma askarlar safida jang qilish uchun Suaydadan oʻnlab suriyalik erkaklar yollangan, deb qoʻshimcha qildi u.

Yangi yollangan jangarilar Latakiyada rossiyaliklar nazoratidagi Hmeymim bazasiga, u yerdan esa Liviyaga olib ketilgan va qisqa muddat, bor-yoʻgʻi bir necha kun harbiy tayyorgarlik oʻtagach, jang maydoniga tashlangan.

Dovudning aytishicha, Liviyada jang qilayotganlarning sharoitlari ogʻir, ularga tibbiy va oziq-ovqat mahsulotlari yetishmayapti.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 4

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Rossiyadagilar hammaga “fashist” deb tamgʻa yaxshi koʻradi, garchi ularning oʻzlari fashist boʻlsa ham. “ISHID ovchilari” ham ehtimol ularning niqobi boʻlishi mumkin. ISHID Rossiya va Saddam Husaynning sobiq armiyasi qoldiqlaridan kelib chiqqani maʼlum.

Javob berish

Aslida Rossiyaliklarning oʻzi fashistlardan battar, tarix buni isbotlagan.

Javob berish

Kamini aytganda axmoq ekansan, birodar. Nafrating oʻzingni oʻldirmasin.

Javob berish

Har qaysi mamlakat ICHKI ishlari bilan oʻzi shugʻullanishi kerak. Boshqa biron bir mamlakat bunga haqli emas.

Javob berish