Karvonsaroy
Tahlil

Kremlning taʼsir agenti Prigojin xalqaro jinoyatchi sifatida shafqatsiz voqelik bilan yuzma-yuz keldi

Karvonsaroy va AFP

Kremlning taʼsir oʻtkazish agenti Yevgeniy Prigojin murakkab vaziyatda qolgan. [File]

Kremlning taʼsir oʻtkazish agenti Yevgeniy Prigojin murakkab vaziyatda qolgan. [File]

MOSKVA – Xufiyona ishbilarmon Yevgeniy Prigojin saylovlarga aralashish va butun dunyo boʻylab Kremlning rejalarini amalga oshiruvchi yollanma qoʻshinlarni moliyalashtirishdagi roli sababli huquqiy tarafdan jiddiy tahdid ostiga qoldi.

2018 va 2020-yillarda Vashington Prigojinga nisbatan sanksiyalar joriy qilib, unga qarashli hisoblanadigan Sankt-Peterburgdagi “trollar fabrikasi” – Internet tadqiqotlari agentligi (ITA) 2016 va 2020-yillarda AQSHdagi saylovlarga aralashuv ortida turganini aytgan.

ITA shuningdek, boshqa mamlakatlar, masalan, Angliya, Germaniya va Fransiyadagi saylovlar va referendumlar vaqtida buzgʻunchi tashviqot yuritishda ayblanmoqda.

Oʻtgan yilning oktabrida Vagner guruhini qoʻllab-quvvatlab, Liviyadagi vaziyatni beqarorlashtirgani uchun Prigojinga nisbatan Yevropa Ittifoqi sanksiyalar qoʻllagan edi.

AQSH Federal tergov byurosi (FTB) Yevgeniy Prigojinga qidiruv eʼlon qildi. Idora uning hibsga olinishiga yordam beruvchi maʼlumot uchun 250 ming dollar mukofot puli taklif qilmoqda. [Federal qidiruv byurosi]

AQSH Federal tergov byurosi (FTB) Yevgeniy Prigojinga qidiruv eʼlon qildi. Idora uning hibsga olinishiga yordam beruvchi maʼlumot uchun 250 ming dollar mukofot puli taklif qilmoqda. [Federal qidiruv byurosi]

Sankt-Peterburg shahridagi Savushkina koʻchasida joylashgan Rossiyaning “trollar fabrikasi” deb nomlanuvchi Internet-tadqiqotlari agentligi binosi, 2018-yil. [Fayl]

Sankt-Peterburg shahridagi Savushkina koʻchasida joylashgan Rossiyaning “trollar fabrikasi” deb nomlanuvchi Internet-tadqiqotlari agentligi binosi, 2018-yil. [Fayl]

Suriyada faoliyat yuritayotgan rossiyalik yollanma jangarilar, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan surat. “Vagner guruhi” yollanma armiyasini moliyalashtiruvchi Yevgeniy Prigojin AQSH FTB tomonidan qidirilmoqda. [Fayl]

Suriyada faoliyat yuritayotgan rossiyalik yollanma jangarilar, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan surat. “Vagner guruhi” yollanma armiyasini moliyalashtiruvchi Yevgeniy Prigojin AQSH FTB tomonidan qidirilmoqda. [Fayl]

Fevral oyida AQSH Federal tergov byurosi (FTB) “AQSHga nisbatan aldov fitnasiga aloqadorligi” sabab qidiruvda boʻlgan Prigojinni hibsga olishga yordam beradigan maʼlumot uchun 250 ming dollar mukofot taklif qildi.

Hozirda Prigojin xalqaro jinoyatchiga aylangan.

Vagner guruhi

59 yashar Prigojin sovet davrining oxirlarida firibgarlik va oʻgʻirlikda ayblanib, toʻqqiz yil qamoqda oʻtirgan va Sovet Ittifoqi qulaganidan keyin Kreml shartnomalari bilan keytering sohasidagi magnat sifatida tanilib, “Putinning bosh oshpazi” laqabini olgan.

U boshqa bir qator “taʼsir agentlari” singari dunyo mamlakatlarida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning manfaatlarini ilgari surish bilan shugʻullanadi.

Prigojin butun dunyodagi mojarolarda haqiqatnamo inkor niqobi ostida Kremlning “iflos” ishlarini bajaruvchi “Vagner guruhi” xususiy harbiy kompaniyasiga bevosita aloqador shaxsdir.

Vagner guruhi haqidagi ilk xabarlar 2014-yilda Ukrainada urush boshlanganida paydo boʻlgan edi, oʻshanda Kreml mamlakat sharqidagi boʻlginchilar gʻalayonini qoʻllab-quvvatlashda ayblangan.

Keyinchalik guruh Suriyada ham paydo boʻldi va u yerda prezident Bashar Asadning rejimini dastaklab, Rossiya OAV tomonidan asirlarni qiynoqqa solish va neft obyektlarini egallab olishda ayblandi.

Oʻshandan beri Vagner jangarilari Markaziy Afrika Respublikasi (MAR) kabi siyosiy jihatdan beqaror Afrika davlatlarida xizmat qiladigan harbiy “yoʻriqchilar” va Liviyada amaldagi hukumatga raqib Xalifa Xaftar maʼmuriyatini qoʻllab-quvvatlovchi kuchlar sifatida oʻz faoliyatini qayta tikladi.

Oʻtgan yili Belarusda saylovlar oldidan muxolifat bilan birga ommaviy tartibsizliklar keltirib chiqarishni rejalashda ayblangan 33 nafar Vagner “jangarisi” hibsga olingan edi.

Qoʻlga olinganlar Belarus poytaxti Minsk orqali Venesuela, Liviya, Kuba, Turkiya va Suriyadagi manzillarga oʻtmoqchi boʻlganliklarini taʼkidlagan. Bu iqrordan noqulay vaziyatga tushgan Moskva ularning yashirincha ozod qilinishiga erishdi.

Maʼlumotlarga koʻra, Vagner Rossiyaning Suriyadagi kabi rasmiy harbiy operatsiyalarini qoʻllab-quvvatlashdan tashqari, boshqa joylarda ham infratuzilma obyektlari yoki siyosatchilarni qoʻriqlaydigan anʼanaviy xususiy soqchilik kompaniyasi rolini oʻynagan.

“Moskvaning eng mudhish siri”

15-mart kuni Moskvada Fransiya, Suriya va rossiyalik huquqbonlardan iborat uch guruh 2017-yili Suriyada odam boshini tanasidan judo qilish va “urush jinoyatiga” tenglashtirish mumkin boʻlgan xatti-harakatlar boʻyicha “Vagner” guruhi ustidan daʼvo qoʻzgʻagan.

Vagnerga nisbatan huquqiy bosim chorasi Yevropada Suriya rasmiylariga qarshi qiynoqlar bilan bogʻliq bir qator jinoiy ishlarning ochilishi ortidan yuz bergan, 2015-yilda Moskvaning harbiy aralashuvi u yerdagi fuqarolar urushida Suriya rejimining gʻalabasi uchun yoʻl ochgan edi.

Chorshanba (31-mart) kuni BMT rossiyalik yollanma harbiylar, shu jumladan MARdagi Vagner guruhi tomonidan “inson huquqlarining jiddiy buzilishi” holatlari sodir boʻlayotganini aytgan.

Sud jarayoni Vagner va Prigojinning guruhdagi rolini oydinlashtirishga qaratilgan noyob urinishdir.

Moskva “Vagner” yollanma askarlari haqidagi xabarlarni hech qachon tasdiqlamagan, Prigojin ham Vagner yoki ITA bilan aloqalarni rad etib keladi.

Boshqa barcha xususiy harbiy kompaniyalar singari Rossiyada noqonuniy hisoblangan Vagner huquq-tartibot idoralari va harbiy xizmatchilar orasidan Rossiyadagi oʻrtacha ish haqidan besh-olti baravar koʻproq maosh oladigan boʻlajak askarlarni yollash bilan shugʻullanadi.

Rossiyaning bir nechta mahalliy yangiliklar saytlari jangarilikda gumonlanganlarning Rossiyadagi dafn marosimlari haqida xabar bergan, ularning oilalari sukut saqlash evaziga katta mablagʻ olishadi.

Karnegi tadqiqot markazi Vagnerni “Moskvaning eng mudhish sirlaridan biri” deya taʼriflagan.

Uning maʼlum qilishicha, guruhning ikkita asosiy maqsadi bor: “Urush hududlariga jangarilarni joylashtirishda Kremlni haqiqatnamo inkor bilan taʼminlash” va “taʼsirga moyil davlatlarga bosim oʻtkazishga tayyor boʻlish”.

“Toza odam”

Prigojinga nisbatan bosim kuchaygani sari u hamlaga oʻtmoqda.

22-mart kuni u AQSHning qator rasmiylari, jumladan FTB rahbari Kristofer Reyga nisbatan jinoiy ish ochish uchun Rossiya tergov qoʻmitasiga ariza topshirgan.

Ertasi kuni u FTBga xat yoʻllagan, u Concord nashrining VKontakte sahifasida chop etilgan.

“Fitnachilar mendek toza odamni qalloblikda aylash bilan, menga qarshi fitna uyushtirishga urinmoqdalar”, deb yozadi Prigojin.

23-mart kuni Prigojin Repressiyaga qarshi kurash fondiga (FBR) asos solgan, deb xabar beradi Concord matbuot xizmati.

Bu tashkilot Vashingtonga qarshi trollik harakati oʻlaroq, rus tilida amerikacha FTB qisqartmasini olgan.

Prigojinga tegishli FBR goʻyoki Gʻarb mamlakatlarida inson huquqlari uchun kurashadi va fuqarolik jamiyatini qoʻllab-quvvatlaydi.

Hozircha FBR haqida hech narsa maʼlum emas.

Unda kimlar ishlashi va ayni damdagi faoliyati ochiqlanmagan. Uning matbuot kotibi, veb-sayti yoki ijtimoiy tarmoqlarda akkauntlari yoʻq, deb xabar bergan “Exo Moskvi” muxolifat radiokanali.

“Taʼsir agentlari”

Erkin tadqiqot va xalqaro hamkorlik uyushmasi (AFRIC) Prigojinga qarashli “taʼsir agentlari tarmogʻining” yana bir vositasidir, deb xabar beradi Kremlga aloqador turli shaxslarning jinoiy faoliyatini kuzatuvchi Dossier Centre.

“AFRIC aksari yevropalik taniqli oq tanli irqning ustunligi gʻoyasi tarafdorlari va neonatsistlardan tashkil topgan “saylov kuzatuvchilarini” Zimbabve, Madagaskar, Kongo demokratik respublikasi va Janubiy Afrikaga Prigojinning ulkan imperiyasi bir yoki bir nechta nomzodni qoʻllab kelgan demokratik saylovlarga taʼsir oʻtkazish uchun yuborgan”, deb yozadi 2-mart kuni Daily Beast nashri.

Prigojinning taʼsir oʻtkazish operatsiyalariga aloqador operativ xodimlar yanvar oyida Berlinda Estoniya, Latviya, Litva, Polsha va Germaniyada goʻyoki “pandemiyadan keyingi kelajak haqida yangi tasavvurni shakllantirishga bagʻishlangan” ikki kunlik anjuman oʻtkazdilar.

Daily Beast nashri, Dossier Centre, Germaniyaning ARD, Estoniyaning Delfi.ee va Litvaning Siena.lt nashrlari hamkorlikda oʻtkazgan tekshiruvga koʻra, Boltiq dengizi hududida oʻtgan strategik muloqot AFRIC bilan aloqador ikki uyushma tomonidan tashkillashtirilgan.

“Prigojinning aksariyat xorijiy taʼsir operatsiyalari kabi, bunisi ham Rossiya Federatsiyasi hududidan tashqarida roʻyxatdan oʻtgan va hech boʻlmaganda qogʻozda rus boʻlmaganlar tomonidan boshqarilgan “matryoshka” koʻrinishidagi tuzilmalardan iborat boʻlgan”, deyiladi xabarda.

Masalan, tashkilotchilardan biri – AFRIC maʼmuriyati aʼzolaridan biri boʻlgan litvalik fuqaro tomonidan taʼsis etilgan va boshqariladigan ADMIS Consultancy kompaniyasidir.

Yana bir hammuassis – BWA nomi bilan tanilgan Germaniyaning iqtisodiy rivojlanish va tashqi savdo federal uyushmasi boʻlib, u Xitoy boʻyicha ixtisoslashgan nemis biznes-maslahatchisi tomonidan boshqariladi.

Shu bilan birga, BWA 2016-yilda sobiq KGB zobiti va Putinning yaqin sirdoshi Vladimir Yakunin tomonidan asos solingan “Sivilizatsiyalar muloqoti” Rossiya tadqiqot instituti bilan ham hamkorlik qilgan, deb xabar beradi Daily Beast nashri.

2015-yilda Yakunin Rossiyaning Ukrainadagi bosqiniga aloqadorlikda gumonlanib, Qoʻshma Shtatlar sanksiyasi ostiga tushgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 3

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Rossiyalik orangutangga oʻxshar ekan

Javob berish

Biz bu agressiv va fashizm ideologiyasi bilan sugʻorilgan, korrupsiya oʻchogiga aylangan ikkiyuzlamachi, yolgonchi imperiyadan umuman uzoq boʻlishimiz kerak. Aks holda bizning millatimiz uchun bu shaytonni bolalari bilan yaqinlik mojetli tugashi aniq.

Javob berish

Kechirasiz “mojetli” degan soʻzingizni tarjima qivoring.

Javob berish