OLMAOTA – Moskvaning Qozogʻistonda atom elektrostansiyasi qurishga oid davomli urinishlari Kremlning resursga boy Markaziy Osiyo davlatidagi Rossiya taʼsirini kuchaytirish va uning suverenitetiga putur yetkazish niyatlarini namoyon qiladi, deydi tahlilchilar.
Elektrostansiyaning qurilishiga kamida 5 milliard AQSH dollari ketadi, bu mablagʻni Rossiya Qozogʻistonga “yaxshi niyatda” qarzga berishni taklif qilgan.
Ammo, mahalliy aholi bu rejaga qatʼiy qarshilik qilmoqda, Qozogʻiston hukumatining ishtiyoqi ham u qadar kuchli emas.
Prezident Qosim-Joʻmart Toʻqayev oʻtgan yili oktyabrda Olmaota viloyati, Ulken shahri yaqinida yangi atom elektrostansiyasi qurish gʻoyasini rad etgan edi.
![Olmaota viloyatidagi shamol turbinalari, 2020-yil, yanvar. Nur-Sulton ekologik xavfsiz yangilanuvchi energetikani rivojlantirishga intilmoqda. [Kanat Altinbayev]](/cnmi_ca/images/2021/04/02/29139-almaz-585_329.jpg)
Olmaota viloyatidagi shamol turbinalari, 2020-yil, yanvar. Nur-Sulton ekologik xavfsiz yangilanuvchi energetikani rivojlantirishga intilmoqda. [Kanat Altinbayev]
![Qozogʻiston milliy yadroviy markazi ishchilari Semipalatinsk yadroviy hududida tajriba oʻtkazib, tuproqni tiklamoqda, sanasiz surat. [BMT]](/cnmi_ca/images/2021/04/02/29218-Semipalatinsk-585_329.jpg)
Qozogʻiston milliy yadroviy markazi ishchilari Semipalatinsk yadroviy hududida tajriba oʻtkazib, tuproqni tiklamoqda, sanasiz surat. [BMT]
Ammo shunga qaramay, Rossiya niyatidan qaytmayapti.
10-fevral kuni Rossiyaning Qozogʻistondagi elchisi Aleksey Borodavkin “Komsomolskaya pravda v Kazaxstane” kremlparast nashriga bergan intervyusida Rossiyaning Qozogʻistonda atom elektrostansiyasi qurish rejalarini tasdiqlagan.
Bu gʻoyani u “sof energiya” va “samarali energetik yechim” deya taqdim etishga uringan.
Uning aytishicha, Rossiyaning davlatga qarashli “Rosatom” kompaniyasi elektrostansiyaning xavfsiz va atrof-muhit uchun zararsiz boʻlishiga kafolat bergan. “Hech qanday xavf yoʻq”, deb qoʻshimcha qildi u.
Ammo, oddiy qozogʻistonliklar elchining vaʼdalariga uchayotgani yoʻq.
Ijtimoiy tarmoqlarda koʻpchilik bu gʻoyaga qatʼiy qarshilik bildirib, bunday loyihalar atrof-muhit va aholi salomatligi uchun zararli ekanini aytmoqda.
Ular uylari yonida Rossiya atom elektrostansiyasi qurilishiga jimgina qarab turmasliklarini va qoʻrquvda yashamasliklarini aytganlar. Xususan, 1986-yili Chernobilda yuz bergan Sovet davriga oid falokat, Qozogʻistonning Semipalatinsk (hozirgi Semey) shahridagi yadroviy sinovlarning aholi salomatligiga taʼsiri tilga olingan.
1949-yildan 1989-yilga qadar Sovet Ittifoqi Semipalatinskda 456 ta yadroviy portlashlarni amalga oshirgan, inson salomatligi va atrof-muhitga yetkazilayotgan zarar bilan hisoblashmay, hududda saraton kasalliklari va tugʻma nuqsonlarning ortishiga sabab boʻlgan.
“Bizga shunday kelajak kerakmi?”
Ochiq-oydin moddiy xatarlardan tashqari, Rossiya oʻz yadroviy loyihasidan mintaqada oʻz geosiyosiy maqsadlariga erishish uchun ham foydalanmoqda, deydi tahlilchilar.
Moskva oʻz rejasini amalga oshiradigan boʻlsa, atom elektrostansiyasi boshqaruvini qoʻlga olib, jumladan taʼmirlash ishlari va texnik xizmat koʻrsatish, ehtiyot qismlar yetkazib berish va mutaxassislarni oʻqitish orqali Qozogʻiston yadroviy sanoati ustidan ham nazorat oʻrnatadi, deydi Xavflarni baholash guruhi rahbari, olmaotalik Dosim Satpayev.
“Texnologik jihatdan yakkalanib qolgan Rossiyaga qaram boʻladigan kelajak bizga kerakmi?”, deydi u.
Buning oʻrniga Qozogʻiston oʻzining tabiiy gaz sohasini rivojlantirishi kerak, deydi Satpayev.
Olmaotaning “Delovaya Nedelya” nashri muxbiri Jildiz Aliyeva atom elektrostansiyasi uchun Qozogʻiston Rossiyaga oʻz suvereniteti bilan haq toʻlashi mumkinligidan xavotir bildirgan.
“Rossiyadan juda katta miqdorda qarz olishni taqozo etadigan va tasavvur qilib boʻlmaydigan darajadagi qimmat loyiha Qozogʻistonni Moskvaga qaram qilib qoʻyadi”, deydi u.
“Biz Rossiyaga turli imtiyozlar taqdim etishimiz, oʻz yerimiz va resurslarimizdan foydalanishiga ruxsat berishimiz kerak boʻladi. Mustaqil qaror qabul qila olmaymiz.”
Oʻtgan bir necha yil davomida Kreml Qozogʻistonni bu loyiha eng avvalo qozogʻistonliklar uchun zarurligiga ishontirish maqsadida “Sputnik” yangiliklar agentligi kabi tashviqotchi OAV orqali oʻz yadroviy kun tartibini tajovuzkorona ilgari surib kelgan, deydi Aliyeva.
“U oʻz tashviqotiga nafaqat jurnalistlar, balki olimlar, iqtisodchilar va blogerlarni ham jalb qilmoqda”, deydi u.
Qozogʻiston uchun foyda yoʻq
Oʻtgan oʻn yillik ichida yangilanuvchi energiya arzonlashib borishi bilan atom energetikasi qimmatlashar ekan, atom elektrostansiyasi Qozogʻiston uchun iqtisodiy jihatdan deyarli foyda keltirmaydi, deydi Qozogʻistonning KEGOC elektr tarmogʻi operatorining sobiq rahbari, olmaotalik ekolog-faol Aset Naurizbayev.
Ayni vaqtda atom elektrostansiyasi eng qimmat elektr manbaidir.
“Atom elektrostansiyasi nafaqat qurilish, balki uni boshqarish davrida ham juda katta bosh ogʻriq, bu muammolar uchun esa foydalanuvchilar haq toʻlaydi”, deb aytgan u fevral oyida Ozod Yevropa/Ozodlik radiosiga bergan intervyusida.
Rossiya Qozogʻistonda iqtisodiy emas, siyosiy maqsadlarini koʻzlab infratuzilma barpo etmoqchi, deydi Naurizbayev. Moskva inshootni himoya qilish uchun oʻz maxsus kuchlarini olib kelishi va oʻz yadroviy materiallarini yetkazib berishi mumkin.
Qozogʻistonga Rossiya tomonidan taklif qilinayotgan bu tavakalli ish Qozogʻistonga “hech qanday foyda keltirmaydi” va “shubhalarni kuchaytiradi”, deydi u agar elektrostantsiya ishga tushgan taqdirda ham Rossiya oldida yuzaga keladigan katta qarzdorlik kabi jiddiy salbiy oqibatlarni nazarda tutib.
“Elektrostantsiya qurilishiga oʻz yonimizdan toʻlaydigan boʻlsak, isteʼmolchi sifatida uning qurilishiga, pullarimizning oʻgʻirlanishiga, ularning bu loyihani boshqarishiga yoʻl qoʻymasligimiz kerak. Chunki buning uchun Rossiyaga oʻnlab yillar davomida haq toʻlaymiz”, deb ogohlantirdi Naurizbayev.
Kremlning Qozogʻistonga katta mablagʻ va koʻp yillar talab qiladigan Rossiya atom energiyasi stansiyasini sotib olishni takroran “taklif etgani” ajablanarli emas, zero Rossiya Sovet Ittifoqi qulaganidan keyin tabiiy resurslar va yerga boy Qozogʻistonni yoʻqotganini hanuzgacha qabul qila olmaydi.
Rossiyalik siyosatchilar qozoqlarga shimoldagi ulkan qoʻshnisi oldida zaif ekanliklarini doim eslatib turadilar, hatto Qozogʻistonda kremlparastlik kayfiyatini targʻib qiladilar.
Masalan, Rossiyaning Milliy ozodlik harakati (MOH) deb nomlanuvchi irredentistik tashkiloti Nur-Sultonda oʻz ofisini ochib, qozoqlarni oʻz safiga qoʻshilishga chaqirgan.
MOHga “Qozogʻiston oʻz hududining bir qismini Rossiya bergan sovgʻa sifatida tan olmasa, ularni qaytarib berishi kerak”, deb aytgan Rossiya Davlat dumasi deputati Yevgeniy Fyodorov rahbarlik qiladi.
2017-yilda Qozogʻiston rasmiylari 2014-yili Kremlning Ukrainaga qarshi “gibrid urush” olib borganini yodda tutgan holda, olti yil ichida ilk marta mamlakat harbiy doktrinasini isloh qilgan edilar.
Yangi tahrirdagi hujjatda chegara boʻylab qurolli mojarolar va ularni yumshatish choralariga keng oʻrin ajratilgan. Unda gibrid urush xavflari ham zikr qilingan.
Oʻzbekiston uchun ogohlik
Rossiya shu kabi energetik loyihalar orqali oʻz taʼsirini oʻtkazishga urinadigan obʼektlar orasida Oʻzbekiston ham bor.
2018-yil sentyabr oyida ikki mamlakat rahbarlari Oʻzbekistonning Jizzax viloyatidagi Tuzkon koʻli yaqinida atom elektrostansiyasini qurish toʻgʻrisida bitim imzoladilar.
Oʻshandan beri ikki mamlakatning ushbu yirik loyiha boʻyicha muzokaralari boshiberk koʻchaga kirib qolgan.
Qurilish ishlari 2022-yilda boshlanishi kutilmoqda, elektrostantsiyaning ikki energoblokidan birinchisi 2028-yilda foydalanishga topshiriladi. Oʻzbekistonga stansiyani qurish uchun zarur boʻlgan Rossiya krediti tafsilotlari oshkor etilmagan.
Loyiha qiymati 11 milliard dollarga baholangan.
Oʻzbekiston hukumati ushbu “siyosiy qarorni” Rossiyaning bosimi ostida qabul qilishga majbur boʻlgan, deydi kuzatuvchilar.
“Bu Oʻzbekistonning joriy va uzoq muddatli manfaatlariga zid ravishda, puxta tahlillar va prognozlarga qaramay, Moskva tomonidan majburlab oʻtkazilayotgan loyihadir”, deb yozgan edi Londonda istiqomat qiluvchi mustaqil tadqiqotchi Alisher Ilhomov 2019-yilda Cabar.Asia yangiliklar portali uchun tayyorlagan maqolasida.
Rossiya oʻzida istagan narsasini, atom elektrostansiyasini quraversin, bizga majburlab oʻtkazmasin. Uning siyosatchilari allaqachon Qozogʻistonga nisbatan oʻz qiziqishlari va ishtahalarini bildirishgan. Ularning Ukraina bilan birodarligi Qrimning qoʻshib olinishi bilan tugadi va ular endi bizning yerlarimizga koʻz olaytirmoqda. Ammo biz Rossiyaga bir metr yerimizni ham bermaymiz. Tarixdan maʼlumki, Rossiya har doim boshqa xalqlarni ekspluatatsiya qilib kelgan, ularning tili va huquqlarini poymol qilib, umumiy erishilgan barcha yutuqlarni oʻziniki deb daʼvo qiladi (yirik zavodlar va fabrikalarning qurilishi, Ikkinchi Jahon urushidagi gʻalaba va boshqalar).
Javob berishFikrlar 15
Bizga Qozogʻistondagi AQSH laboratoriyalari kerak..
Javob berishFikrlar 15
Rossiya oʻz hududida xohlaganini quraversin – mamlakatning yarmini AES uchun ishlatishi mumkin. Juda haddidan oshib ketdi, u bilan barcha bitimlarni bekor qilish kerak. Umid qilamanki, Nur-Sultondagi Fedorovning dushmanlik oʻchogʻi taqiqlangan va yopilgan.
Javob berishFikrlar 15
Fransiyadan sovgʻa - Ust-Kamenogorskdagi “yadroviy materiallar banki” (yadro chiqindixonasi). Albatta, bu Qozogʻiston uchun yaxshiroq!
Javob berishAtom stansiyasidan yaxshiroq
Javob berishFikrlar 15
Fransiya va Yaponiya atom elektrostansiyalari qurilishi lozim.
Javob berishFikrlar 15
Qoloq AESlarini bizga yedirib yuborishmoqchi
Javob berishFikrlar 15
Bu alkashlar atom elektrostantsiyasini qanday qurmoqchi? Balalayka va laptilardanmi? Kuldirmanglar.
Javob berishFikrlar 15
Rossiyada yer koʻp. Oʻsha yerga quraverishsin.
Javob berishFikrlar 15
Turkiyada ham xuddi shunaqa AES qurishayotgandi, poydevori yorilib ketdi.
Javob berishFikrlar 15
Qozogʻistonliklar sifatsiz va ishonchsiz Rossiya atom elektr stansiyasi qurilishiga shunchaki yoʻl qoʻymaydilar.
Javob berishRossiya atom elektr stansiyalari – eng ishonchlilari, ular butun dunyoda qurilmoqda
Javob berishShuning uchun ham oʻzlarida, Rossiyada qurishsin. Bizga Rossiya atom elektr stantsiyalari kerak emas, biz ularning ishonchli ekaniga ishonmaymiz.
Javob berishHamma uchun gapirmang. Nima sifatli-sifatsiz ekanligini vaktsinadan ham bilsa boʻladi. Shunday ekan, ruslar qurgani yaxshiroq.
Javob berishDarvoqe, Rossiyaning vaktsinasi ham boʻlmagʻur. Hatto ruslarning oʻzi ham unga ishonmaydi.
Javob berishFikrlar 15