OLMAOTA – Rossiya Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqining (YOII) umumiy moliya bozori qoidalarini belgilash va blok ichidagi gegemonligini mustahkamlashga imkon beradigan moliyaviy tuzilmani yaratish rejalarini amalga oshirishga kirishdi, deb ogohlantirmoqda Qozogʻistondagi kuzatuvchilar.
Valyuta siyosati boʻyicha Maslahat kengashining 15-aprel kungi yigʻilishida YOIIga aʼzo davlatlarning markaziy banklari moliya bozorlarini tartibga soluvchi millatlararo organni tuzishga oid kelishuvni muhokama qilganlar.
Yagona tartibga soluvchi organ konseptsiyasi 2015-yil 1-yanvardan kuchga kirgan YOIIni tuzishga oid dastlabki kelishuvda bor edi. U 2025-yilda ofisi Olmaotada joylashadigan yagona tartibga soluvchi organni tashkil etish uchun YOIIga aʼzo davlatlar moliya bozorlari qonunlarini uygʻunlashtirishga chaqiradi.
Qozogʻistonlik tahlilchilarning ogohlantirishicha, yangi subyektning tashkil etilishi Qozogʻiston va YOIIning boshqa aʼzolari uchun jiddiy iqtisodiy va siyosiy oqibatlarga olib keladi.
“Biz moliya bozorlarimizni birlashtirganimizdan keyin, unda eng kuchli va eng yirik davlat qonun-qoidalarni belgilashni boshlaydi”, deydi olmaotalik iqtisodchi Arman Beysembayev.
“YOII ichida bu davlat – Rossiya, demak, bu uning ittifoqdagi taʼsiri yanada kuchayishini anglatadi”, dedi u.
Uning aytishicha, Rossiya Markaziy banki mamlakatda yuqori inflatsiyaga qarshi kurashar ekan, narxlar koʻtarilib ketmasligi uchun iqtisodiyotdan pullarni olib chiqa boshlaydi va rubllar zarb qilishni toʻxtatadi.
“Odamlar koʻp tovar sotib oladigan boʻlsa, inflatsiya kuchaydi. Buning oldini olish uchun Markaziy bank turli usullardan foydalanib, bozordan naqd pullarni “quritishni” boshlaydi va yangi kupyuralar bosib chiqarishni toʻxtatadi”, deb qoʻshimcha qildi Beysembayev.
Ammo Qozogʻiston Milliy banki bu muammoga boshqacha yondashadi.
“Bizda koʻp tanga bosib chiqariladi”, dedi u. “Bitta regulyator taʼsiriga tushib qoladigan boʻlsak, ortiq bunday qilolmaymiz. Boshqacha qilib aytganda, bizning mamlakatimizda qachon va qancha pul zarb qilinishini Rossiya hal qiladi.”
“Rossiya nazorati ostida”
Beysembayevga koʻra, YOII yagona valyuta joriy qiladigan boʻlsa, aʼzo mamlakatlar avtonomiyasi nuqtai nazaridan vaziyat yanada ogʻirlashadi.
2019-yil sentabrda “Rossiyskaya Gazeta”ga intervyu bergan Yevroosiyo taraqqiyot banki (YOTB) boshqaruvi raisi Andrey Belyaninov rublni YOIIning yagona valyutasi qilib tanlashga chaqirgan edi.
Rossiya va Qozogʻiston oʻzaro savdo-iqtisodiy aloqalarini kengaytirish maqsadida 2006-yil yanvar oyida YOTBga asos solishgan. Armaniston va Tojikiston esa unga 2009-yilda aʼzo boʻlgan, 2010-yilda Belarus va 2011-yilda Qirgʻiziston qoʻshilgan. Bankning bosh ofisi Olmaotada joylashgan.
YOII yagona tartibga soluvchi organni tashkil etishda YOTBdan oʻrnak olishi kerak, deb aytgan Belyaninov.
“Menimcha, bu YOII markaziy bankining pul bosib chiqarish huquqiga ega boʻlmagan kelajakdagi prototipi”, degan edi Belyaninov.
Qozogʻiston hukumati esa har qanday ehtimoliy oʻzgarishlarga qarshi chiqmoqda.
“YOTB rahbariyatining bayonoti voqelikka toʻgʻri kelmaydi va YOII ichida qabul qilingan shartnomalarga zid”, deb bayonot bergan Qozogʻiston Milliy banki Belyaninovning gap-soʻzlariga javoban.
Beysembayev Qozogʻiston Milliy banki nima deyishidan qatʼi nazar, YOII uchun yagona valyuta joriy etilishiga shubha qilmayapti.
“Fond bozorlarimiz va bojxona siyosatimiz birlashtiriladi, yagona moliyaviy bozor tuziladi va unda yagona tartibga soluvchi organ paydo boʻladi”, deydi u.
“Mantiqan, uning asosida yagona valyuta yaratiladi va bundan Rossiya eng koʻp manfaat koʻradi, chunki pul bosmaxonalari Rossiyada boʻladi.”
“Bizga pul berish-bermaslikni Rossiya hal qiladi”, deb qoʻshimcha qildi u. “Bizda pul koʻp deb qaror qilsa, oʻzimiz pul chiqara olmaymiz. Rossiya bizni toʻliq nazorat qiladi.”
Dollardan voz kechiladimi?
Rossiyaning daʼvolariga koʻra, yagona tartibga soluvchi organ YOIIga aʼzo mamlakatlarni mustaqil moliyaviy siyosat olib borish imkoniyatidan mahrum qilmaydi, deb aytgan Nur-Sultondagi moliya sohasi tahlilchisi Andrey Chebotarev.
“Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YOII ijrochi organi) aʼzolari bir yil avval Nur-Sultonga tashrif buyurishganida men ayrim yigʻilishlarda boʻlib, yagona moliyaviy bozor masalasini muhokama qilganman”, deydi u.
“Komissiya vakillariga koʻra, yagona moliya bozori yagona tartibga soluvchi organni taqozo etadi, ammo YOIIda qaysi mamlakatda qancha pul chiqarilib, kreditlar berilishi va depozit stavkalarini oʻsha mamlakat Markaziy banki belgilaydi”, deb aytgan Chebotarev.
Oldi-sotdida AQSH dollaridan voz kechishni koʻzda tutuvchi yagona moliyaviy bozor – ittifoq ichidagi integratsiyani kuchaytirishning bir yoʻli, deb aytgan u.
“Axir shu kungacha Qozogʻiston va Rossiya oʻrtasidagi hisob-kitoblarning 50 foizi dollarda amalga oshirilgan”, deya taʼkidladi u. “Yagona moliyaviy bozor dunyoning bu chekkasida AQSH valyutasi taʼsirini kamaytirishi kerak.”
Beysembayevga koʻra, Markaziy Osiyoda dollardan foydalanishni cheklash imkonsiz.
“YOII tarkibida beshta mamlakat bor, Oʻzbekiston aʼzo boʻlishga intilayotgandek, ammo qoʻshilmasligi ham mumkin , chunki oʻzbeklar biz qozoqlardan aqlliroq”, deydi u.
“Mamlakatlarimizning hech biri dollar va yevroga sotib olinadigan turli mahsulotlardan voz kechib, oʻz-oʻzini taʼminlay oladigan darajada mustaqil emas”, deydi Beysembayev.
“Bundan tashqari, Qozogʻiston va Rossiyaning xalqaro bozorda dollarga sotiladigan mahsulotlari – neft va metallari bor”, deb qoʻshimcha qildi u. “AQSH valyutasidan voz kechish haqidagi har qanday gap-soʻzlar shu yerga kelganda toʻxtaydi.”
Qozogʻiston bu ittifoqni tark etmasligi va unda aʼzolikni toʻxtatmasligi kerak. Qozogʻiston Qirgʻiziston va Tojikistonni toʻplab, YOII va Bojxona ittifoqi yigʻilishini oʻtkazishi va Ukrainaga bostirib kirgani uchun Rossiyani, Ozarbayjon hududini bosib olgani uchun Armanistonni Bojxona ittifoqi va YOIIdan chiqarib yuborishi kerak. Va shu sabablarga koʻra KXSHTni tark etishi yoki dastlab unga aʼzolikni toʻxtatib turishi kerak.
Javob berishFikrlar 7
Qozogʻiston YOIIni tark etishi kerak, bu ittifoq Qozogʻistonga ziyon keltirmoqda. Rossiya
Javob berishFikrlar 7
Biz bu ittifoqni tark etishimiz kerak. U faqat Rossiyaga foyda keltiradi
Javob berishFikrlar 7
Rubl yetakchiligi dollar yetakchiligi oʻrnini bosishi mumkin. Biz bunday boʻlishiga yoʻl qoʻymasligimiz kerak, chunki Putin boshchiligidagi rossiyalik siyosatchilar oʻz imperialistik shovinizmini namoyish qila turib, ochiqdan-ochiq sobiq respublikalarning suvereniteti va davlatchiligini tortib olishdek axmoqona siyosatni olgʻa surmoqdalar. Bu jinnilik, chunki bugungi dunyoda bu harakat Rossiya bilan hamkorlik va yaqin aloqa qilishdan uzoqlashtiradi. Rossiya borgan sari hamkor sifatida oʻz jozibadorligini yoʻqotib bormoqda. Hatto Qrimda ham Rossiya bilan birlashish tarafdorlari borgan sari kamayib ketmoqda va koʻpchilik boʻlgan ishlardan pushaymon boʻlyapti. Agar vaziyat shu tarzda davom etsa, menga oʻxshagan Rossiya bilan aloqani yaxshilash tarafdorlari boʻlganlar uning harakatlaridan tobora shubhalanib boradi. YOIIga aʼzo boʻlish pushti koʻzoynak ortidan qarashga oʻxshaydi. Yagona bank, valyuta, bojxona va h.k. faqat hamma tomonlardan bir xil uzoqlikda boʻlgan, kichik iqtisodiyotlar ustida kattalarning gegemonligi istisno qilingan yagona markaz yaratilsagina amalga oshishi mumkin. Teng huquqlilik boʻlishi kerak, umumiy markazdan ishtirokchilar orasida donorlik bundan istisno boʻlishi mumkin.
Javob berishFikrlar 7
Bu soxta ittifoqdan chiqish kerak.
Javob berishFikrlar 7
Rossiya va Qozogʻiston kabi xomashyoga asoslangan mamlakatlar uchun dollardan voz kechish – ahmoqlik. Bu mumkin emas.
Javob berishFikrlar 7
Iqtisodiy ittifoqda Rossiya oʻzini xoʻjayinlardek tutmoqda, boshqalar esa xuddi qaroldek. Bu ittifoqda esa u oʻzini quyonga duch kelgan boʻgʻma ilon kabi tutadi va boshqalarni boʻgʻadi. Rossiya hech qachon oʻz ittifoqchilari bilan teng huquqli munosabatda boʻlmagan; u har doim zoʻrlik qilib kelgan. Bu tashabbuslarning bari boshqa Yevroosiyo mamlakatlari boʻyniga tushadigan sirtmoqdir.
Javob berishFikrlar 7