Karvonsaroy
Ramazon

Suratlarda: Qirgʻiziston musulmonlari, Ramazon oyi, pandemiya va iqtisodiy tushkunlik

Maksat Osmonaliyev

27-aprel kuni Bishkekdagi “Kelechek” masjidi hovlisida Markaziy Osiyoning anʼanaviy guruchli taomi – palov pishirayotgan xodimlar. Bu yil pandemiya sababli muhtojlarning uylariga iftorlik tarqatilmoqda. [Maksat Osmonaliyev/Karvonsaroy]

27-aprel kuni Bishkekdagi “Kelechek” masjidining xodimlari osh va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini idishlarga solmoqdalar. Bu taomlar roʻzador musulmonlar va muhtojlarga tarqatiladi. [Maksat Osmonaliyev/Karvonsaroy]

Bishkekdagi Kelechek masjidiga tashrif buyuruvchilar kirishdan oldin qoʻllarini antiseptik vosita bilan tozalashi talab etiladi, 27-aprel kungi surat. [Maksat Osmonaliyev/Karvonsaroy]

Bishkekdagi “Kelechek” masjidida namoz boshlanishini kutayotgan namozxonlar, 27-aprel. Maksat Osmonaliyev/Karvonsaroy]

Bishkekdagi “Alamuddin bozor” masjidi, 28-aprel. Ramazon oyida COVID-19 tufayli masjiddagi namozxonlar soni ancha siyraklashgan. [Maksat Osmonaliyev/Karvonsaroy]

27-aprel kuni Oʻsh bozorida roʻzgʻorlik uchun narsalar xarid qilayotgan bishkeklik er-xotin Murataliyevlar. Muqaddas Ramazon oyida iftorlikning asosiy yeguligi – xurmoga talab odatdagidan 3-4 marta koʻproq boʻladi, deydi quritilgan mevalar sotuvchisi Kubanch. [Maksat Osmonaliyev/Karvonsaroy]

Bishkeklik Sirgʻa Maraimova 27-aprel kuni Bishkekdagi Oʻsh bozorida boʻgʻirsoq xarid qilmoqda. U hech bir bayram dasturxonini boʻgʻirsoqlarsiz tasavvur qilolmaydi. [Maksat Osmonaliyev/Karvonsaroy]

Muborak Ramazon oyida homiylar puliga olingan oziq-ovqat mahsulotlarini roʻzador musulmonlar va muhtojlarga tarqatish uchun hozirlayotgan ishchilar, 27-aprel, Bishkekdagi “Kelechek” masjidi. [Maksat Osmonaliyev/Karvonsaroy]

27-aprel kuni Bishkekdagi “Kelechek” jome masjidida ogʻiz ochayotgan namozxonlar. Masjidga kiraverishdagi stol ustiga xurmo va suv qoʻyilgan. [Maksat Osmonaliyev/Karvonsaroy]

“Kelechek” masjidi imom-xatibi Erkinbek Talgatbek oʻgʻli xayriya uchun sotib olingan oziq-ovqat mahsulotlarini tarqatmoqda, 27-aprel kungi surat. Ramazon oyida masjidda har kuni osh va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari solingan 60-70 tagacha paketlar tarqatiladi. [Maksat Osmonaliyev/Karvonsaroy]

28-aprel kuni Bishkekdagi “Alamudin bozor” masjidi oldidagi xayr-ehson qutisiga pul solayotgan erkak. [Maksat Osmonaliyev/Karvonsaroy]

29-aprel kuni oʻz mashinasida Bishkekdagi muhtojlarga oziq-ovqat tarqatayotgan koʻngilli Alina Moldokeyeva. [Maksat Osmonaliyev/Karvonsaroy]

29-aprel kuni Bishkekda ijara uyda yashovchi ehtiyojmand ayolga xayriya yordamini olib kelgan volonter Alina Moldokeyeva (chapda). [Maksat Osmonaliyev / Karvonsaroy]

29-aprel kuni muborak Ramazon oyida xayr-ehson qilingan oziq-ovqat mahsulotlarini olgan bishkeklik onaxon. [Maksat Osmonaliyev/Karvonsaroy]

BISHKEK – Joriy yilda Qirgʻiziston musulmonlari Ramazon oyini odatdagidan boshqacha oʻtkazishmoqda, diniy peshvolarning COVID-19 tarqalishining oldini olishga qaratilgan maxsus qoidalari va cheklovlariga amal qilishmoqda.

Masjidlarda namozxonlarning ijtimoiy masofa saqlashi uchun maxsus belgilar qoʻyilgan, masjid xodimlari tashrifchilardan niqob taqish va kirishdan avval antiseptik vositalar qoʻllashni talab qilmoqdalar.

Bundan tashqari, Qirgʻiziston musulmonlari diniy idorasi (QMDI) musulmonlarni juma namozlarini masjidda emas, uyda oʻqishga chaqirmoqda.

Oʻtgan yil davomida Markaziy Osiyo mamlakatlari halokatli koronavirusdan tashqari sezilarli nochorlik bilan kurashishga majbur boʻldilar.

29-aprel kuni Bishkekda “Umma” jurnali xodimasi Mahabbat Kurmanova yetkazib berish yoʻnalishi boʻyicha xayriya yordamini taqsimlamoqda. Bu yil Ramazon oyi davomida “Umma” tahririyati muhtojlarga oziq-ovqat va boshqa yordamlarni toʻplash hamda tarqatishni tashkillashtirgan. [Maksat Osmonaliyev/Karvonsaroy]

Mintaqaga eng mushkul vaqtda yordam berish oʻrniga, qoʻshni Rossiya va Xitoy, ayniqsa Qirgʻizistonda vaziyatni yanada ogʻirlashtirdi.

Rossiya va Xitoy “Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan doʻstlik va birodarlikni” eʼlon qilganidan keyin mintaqadagi muammolarni yanada chuqurlashtiruvchi qarorlar qabul qilishdi.

Oʻtgan yil bahorda Rossiyadan mehnat migrantlarining ommaviy qaytishi Qirgʻizistonda ishsizlikni kuchaytirdi. Pandemiya ortidan kelib chiqqan karantin tufayli minglab migrantlar oʻz ishini yoʻqotgach, Rossiyada qololmadi. Shuningdek, Rossiya aviakompaniyalari reyslarni bekor qilib, chiptalar pulini qaytarishdan bosh tortishi ortidan koʻpchilik pulsiz qolgan.

Bu orada iqtisodiy ogʻir ahvoldagi Qirgʻiziston Xitoydan olingan kreditni toʻlash muddatini kechiktirishni soʻragan , Xitoy esa doʻstona javob qaytarmagan.

Yomonlashib borayotgan iqtisodiy muhit, ayniqsa bu yilgi Ramazon oyida sezilgan, ayrim masjidlar va xususiy donorlar mahalliy tashabbuslarni ilgari surib, koronavirus sharoitida yordamni muhtojlarning uylariga yetkazmoqda.

Bu kabi yordamlar umidsizlik va nochorlikda qolganlar orasida ekstremizmga yollanishning oldini olishi mumkin.

Ramazon oyida Bishkekdagi “Kelechek” masjidi har kuni roʻza tutayotgan muhtoj musulmonlarga osh va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari solingan 60-70 tagacha paketlar tarqatdi.

“Bu tashabbus oʻrtacha 15-25 ming qirgʻiz soʻmiga (200-350 AQSH dollari atrofida) aylanmoqda”, deydi masjid imomi Erkinbek Talgatbek oʻgʻli.

Pandemiyadan avval masjidda oʻtkazilgan iftorlik yeguliklari homiylar tarafidan taqdim etilgan, dedi u.

Qirgʻizistondagi diniy masalalarni yorituvchi oylik jurnal “Umma” tahririyati muhtojlarga oziq-ovqat va boshqa narsalarni toʻplash va tarqatishni tashkillashtirdi.

“Umma” xodimlari muqaddas oy davomida Bishkekda belgilangan marshrut boʻylab gumanitar yordam yetkazish uchun koʻngilli boʻlib yollandilar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500