Karvonsaroy
Diplomatiya

Gʻalaba kuni paradining ozchilik bilan oʻtgani Putinning tobora yakkalanib borayotganidan darak bermoqda

Kanat Altinbayev

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu 9-may kuni Moskvada Gʻalaba kuniga bagʻishlab oʻtkazilgan harbiy paraddan keyin nomaʼlum askar qabriga gulchambar qoʻyish marosimida qatnashganlar. [Mixail Mettsel/AFP]

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu 9-may kuni Moskvada Gʻalaba kuniga bagʻishlab oʻtkazilgan harbiy paraddan keyin nomaʼlum askar qabriga gulchambar qoʻyish marosimida qatnashganlar. [Mixail Mettsel/AFP]

OLMAOTA – Odatda Rossiyada har yili oʻtkaziladigan Gʻalaba kuni paradi – Ikkinchi jahon urushida fashistlar Germaniyasining tor-mor etilganiga bagʻishlangan dabdabali bayram tadbiri boʻlib, u turli mamlakatlar rahbarlari ishtirokida oʻtadi.

Ammo bu yil u Rossiya prezidenti Vladimir Putin uchun shafqatsiz voqelikni fosh qildi.

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bu yil tadbirda qatnashgan yagona xorijiy lider boʻldi – bu Putinning tobora yakkalanib borayotganidan darak bermoqda.

2-mart kuni Yevropa Ittifoqi (YI) va Qoʻshma Shtatlar muxolifat yetakchisi Aleksey Navalniyning zaharlangani va qamoqqa hukm qilingani uchun Rossiyaga qarshi sanksiyalar eʼlon qilgan.

9 may – Gʻalaba kuniga bagʻishlangan harbiy parad chogʻida Moskvadagi Qizil maydondan oʻtayotgan jangovar mashinalar. [Dimitar Dilkoff/AFP]

9 may – Gʻalaba kuniga bagʻishlangan harbiy parad chogʻida Moskvadagi Qizil maydondan oʻtayotgan jangovar mashinalar. [Dimitar Dilkoff/AFP]

Rossiyaning PC-24 “Yars” qitʼalararo ballistik raketa majmualari 9-may Gʻalaba kuniga bagʻishlangan harbiy parad paytida Moskvaning Qizil maydonidan oʻtmoqda. [Dimitar Dilkoff/AFP]

Rossiyaning PC-24 “Yars” qitʼalararo ballistik raketa majmualari 9-may Gʻalaba kuniga bagʻishlangan harbiy parad paytida Moskvaning Qizil maydonidan oʻtmoqda. [Dimitar Dilkoff/AFP]

Oʻtgan yil avgustda Moskva tarafidan tashkillashtirilgan amaliyot natijasida zaharlanib, halok boʻlayozgan va Germaniyada davolanib, 17-yanvar kuni Moskvaga qaytib kelganida hibsga olingan Navalniy ozod qilinishi kerak, deydi AQSH rasmiylari.

Qoʻshma Shtatlar, shuningdek, 15-aprel kuni Kremlning AQSHdagi saylovlarga aralashuvi, keng miqyosli kiberhujumi va boshqa tajovuzkor faoliyatiga javoban unga qarshi sanksiyalar joriy qilib, 10 nafar rossiyalik diplomatning chiqarib yuborilishini eʼlon qilgan.

Shu oy boshida ikki yildan koʻproqqa choʻzilgan tanaffusdan soʻng ilk bor yuzma-yuz uchrashgan “Katta yettilik” liderlari Rossiyani Ukraina chegarasida qoʻshin toʻplash, “zararli kiberfaoliyat”, dezinformatsiya va halokatli razvedka faoliyati kabi “masʼuliyatsiz va beqarorlashtiruvchi harakatlarni” toʻxtatishga chaqirganlar.

Aprel oyida Rossiyaning Ukraina bilan chegara yaqinida 100 mingdan ortiq askarni joylashtirishi boshqa mintaqalar, jumladan Markaziy Osiyoda xavotirga sabab boʻlgan.

Pandemiyaga bepisandlik

Oʻtgan yilda boʻlgani kabi, hali ham davom etayotgan pandemiya va uning koʻp sonli qurbonlari Rossiya hukumatining ramziy bayramdan siyosiy maqsadda foydalanishiga toʻsqinlik qilmagan.

Rasmiy statistik maʼlumotlarga qaraganda, chorshanba holatiga koʻra Rossiyada 4905059 odam koronavirus bilan kasallangan va 114331 odam oʻlgan. Ammo, bu raqamlar, odatda keskin kamaytirilgan deb ishoniladi, deb xabar beradi RFE/RL.

Rossiyadagi pandemiyaning haqiqiy koʻlami hech qachon maʼlum boʻlmasligi mumkin, deydi “Rosstat” agentligining sobiq demografi Aleksey Raksha. U Rossiyaning COVID-19 bilan bogʻliq oʻlimlarni hisoblash metodologiyasiga eʼtiroz bildirishi ortidan oʻtgan yil iyul oyida ishdan boʻshatilgan edi.

“Bu shunchaki fakt, biz qancha odam kasallanganini bilmaymiz”, degan edi Raksha Ozodlik radiosiga.

“Bularning bari taxminiy hisob-kitoblar. Fikrimcha, Rossiyada aholining kamida uchdan biri virusga chalinib boʻlgan... Moskvada va Sankt-Peterburgda bu koʻrsatkich 40 foizga yaqin. Mening taxminim shunday.”

Agar uning taxminlari toʻgʻri boʻlsa, pandemiya boshlanganidan beri 47 milliondan ortiq rossiyalik koronavirus bilan kasallangan boʻladi.

Hukumat 2020-yilning birinchi yarmida COVID-19 bilan bogʻliq vaziyatni nazorat qilishdan oʻz siyosiy maqsadlarini ustun qoʻydi, deydi Raksha oʻtgan yilgi referendumga ishora qilib.

“Ular bizga yolgʻon soʻzlamoqdalar, bizni ahmoq va ovsar deb oʻylashyapti”, dedi u.

Markaziy Osiyoda 9-may

Har yili oʻtkaziladigan harbiy paradlar Markaziy Osiyodagi yosh avlod uchun ularning mamlakatidagi muhim siyosiy qarorlarga taʼsir qila oladigan qudratli davlatni eslatadi.

Putin Sovet Ittifoqiga oʻxshash narsani va postsovet mamlakatlar ustidan nazoratni qayta tiklashga urinmoqda, deydi Oʻzbekistonning Samarqand shahridagi choyxona va mehmonxona sohibi Shuhrat Murodov.

“Bunday paradlar bilan u oʻz qurolini koʻz-koʻz qilmoqda va bizga Rossiya har qachongidan qudratliroq ekanini, mamlakatlarimiz Rossiya manfaatlariga zid qandaydir ish qilishdan oldidan uzoq va yaxshilab oʻylab koʻrishi kerakligini uqtirmoqchi”, dedi Murodov.

Moskva allaqachon ayrim postsovet mamlakatlarni iqtisodiy va harbiy bloklarga birlashtirgan va ularga Oʻzbekistonni ham jalb qilishdan manfaatdor, dedi u Evroosiyo iqtisodiy ittifoqi va Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotini nazarda tutib.

“Ammo, tajriba shuni koʻrsatmoqdaki, bu ittifoqlar tuzilayotganda Rossiya ularning aʼzolariga bergan vaʼdalarini bajarmaydi”, dedi Murodov.

“Ular bizga hech narsa bermaydi.”

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 3

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

“Barhayot polk” tadbiri ham oʻtdi.

Javob berish

Gitlerni SSSR emas, Gʻarb magʻlub qilganini tan olish vaqti kelgan. U Gʻarbning homiysi boʻlgan

Javob berish

Bu safar [Moskvaga] hatto chakalakzorlardan ham hech kim kelmadi. Putin va ruslar Rossiyani hech kim hurmat qilmaydigan, ikkinchi darajali mamlakatga aylantirdilar. Va xalqaro hamjamiyat Rossiyani Gitlerni magʻlub etgan davlatlardan biri deb hisoblamaslikka intilmoqda.

Javob berish