Karvonsaroy
Xavfsizlik

Oʻzbekiston-Tojikiston chegaraviy hamkorlik idorasi odam savdosiga qarshi kurashda yordam beradi

Karvonsaroy

image

18-may kuni AQSH, BMT va Tojikiston rasmiylari Tursunzodadagi chegaraviy hamkorlik idorasini tojik rasmiylariga topshirish toʻgʻrisidagi hujjatlarni imzoladilar. Suratning qayerda olingani nomaʼlum. [AQSHning Tojikistondagi elchixonasi]

DUSHANBE – Chegaraviy hamkorlik idorasi giyohvand moddalar, odam savdosi va boshqa qonunbuzarliklarga qarshi kurashishda Tojikiston va Oʻzbekiston huquq-tartibot idoralariga yordam beradi, deyiladi AQSH elchixonasining payshanba (20-may) kungi bayonotida.

Dushanbedagi AQSH elchixonasi rasmiylari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurash idorasi bilan hamkorlikda seshanba kuni Tojikiston poytaxtida tasma qirqish va topshirish marosimini oʻtkazdilar.

Tadbir Tojikiston-Oʻzbekiston chegarasidagi Tursunzoda shahrida chegaraviy hamkorlik idorasining qurib bitkazilgani munosabati bilan oʻtkazildi. Bu Tojikistonda AQSH hukumatining moliyaviy yordami bilan barpo etilgan shu turdagi ikkinchi idoradir.

Tojikistondagi yana bir chegaraviy hamkorlik idorasi tojik-afgʻon chegara hududidagi Panj daryosida faoliyat olib bormoqda.

Yangi hamkorlik idorasi chegaradagi turli qonunbuzarliklarga qarshi kurashda Tojikiston huquq-tartibot idoralari va bojxona xodimlariga oʻzbekistonlik hamkasblari bilan maʼlumot almashishga yordam beradi. Seshanba kuni Quduqli shahrida ham xuddi shunday yana bir idora ochilgan.

Tursunzoda va Quduqlidagi obyektlar temiryoʻlda joylashgan Markaziy Osiyodagi ilk idoralar hisoblanadi.

Idoralararo hamkorlik

Yangi ochilgan idoralarda Tojikiston davlat chegara xizmati, Ichki ishlar vazirligi (IIV), Giyohvand moddalar nazorati agentligi va Bojxona qoʻmitasi birgalikda faoliyat olib boradi.

AQSHning Tojikiston chegara xavfsizligini qoʻllab-quvvatlashdagi yordami qatʼiyligicha qolmoqda, dedi marosimda nutq soʻzlagan AQSH elchixonasining narkotiklarga qarshi kurash va huquqni muhofaza qilish idorasi (INL) direktori Sita Farrel.

“Biz Tojikistonning oʻz xavfsizligi va suverenitetiga qaratilgan tahdidlarga qarshi kurashi yoʻlidagi saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlashda davom etamiz”, deb qoʻshimcha qildi u.

INL Tojikiston boʻylab chegara infratuzilmasiga oid loyihalarni moliyalashtirishda davom etmoqda. Ayvojdagi chegara qoʻriqlash otryadining yangi shtabi va Chaldovar chegara nazorat punkti shular jumlasidandir.

2002-yildan beri AQSH hukumati Tojikiston xavfsizlik sektoriga 300 mln. dollardan ortiq yordam taqdim etgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500