OLMAOTA – Rossiya Boyqoʻngʻir kosmodromidan raketa uchirishi ortidan Qozogʻiston ekologiyasiga yetkazgan zararini qoplashdan bosh tortar ekan, qozogʻistonlik deputatlar Moskvadan tovon puli undirish yoʻllarini izlamoqdalar.
Rossiya 1994-yildan beri Qozogʻistondan ijaraga olingan dunyodagi eng yirik kosmodrom va uning yaqinidagi shahardan foydalanib keladi. Rossiya shu kungacha bu yerdan harbiy raketalar uchiradi.
Parlament quyi palatasi (Majilis) deputatlari 12-may kuni Rossiyaning janubiy Qiziloʻrda viloyatida joylashgan Boyqoʻngʻir kosmodromidan foydalanishi bilan bogʻliq ekologik zararni muhokama qildilar.
Oʻtgan 20 yil davomida Rossiyaning “Roskosmos” agentligi 110 ta Proton-M raketasini uchirgan, ulardan 11 tasining parvozi muvaffaqiyatsiz yakunlangan.
![Rossiya raketa parvozlari tufayli Qozogʻiston ekologiyasiga yetkazgan zararini qoplashdan bosh tortar ekan, qozogʻistonlik qonun chiqaruvchilar uni kompensatsiya toʻlashga majbur qilish yoʻllarini izlamoqdalar. Boyqoʻngʻir kosmodromi, 2019-yil, 25-sentabr. [baikonurtour.com]](/cnmi_ca/images/2021/05/24/29943-Baikonur-cosmodrome-KH-585_329.jpg)
Rossiya raketa parvozlari tufayli Qozogʻiston ekologiyasiga yetkazgan zararini qoplashdan bosh tortar ekan, qozogʻistonlik qonun chiqaruvchilar uni kompensatsiya toʻlashga majbur qilish yoʻllarini izlamoqdalar. Boyqoʻngʻir kosmodromi, 2019-yil, 25-sentabr. [baikonurtour.com]
![Olmaota yaqinidagi koʻldan suv ichayotgan saygʻoqlar. Qozogʻistonlik deputatlarga koʻra, 2015-yilda Qozogʻistonda Qizil kitobga kiritilgan saygʻoqlarning ommaviy nobud boʻlishi Rossiyaning Boyqoʻngʻirdagi aerokosmik faoliyati bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. [Anatoliy Ustinenko/AFP]](/cnmi_ca/images/2021/05/24/29945-saiga-antelopes-Almaty-585_329.jpg)
Olmaota yaqinidagi koʻldan suv ichayotgan saygʻoqlar. Qozogʻistonlik deputatlarga koʻra, 2015-yilda Qozogʻistonda Qizil kitobga kiritilgan saygʻoqlarning ommaviy nobud boʻlishi Rossiyaning Boyqoʻngʻirdagi aerokosmik faoliyati bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. [Anatoliy Ustinenko/AFP]
Bu raketalar Gʻarb mamlakatlarda taqiqlangan, 1-toifadagi oʻta zaharli geptil yoqilgʻisini ishlatadi.
Avvalgi falokatlar natijasida bir necha oʻn tonna geptil tuproq, suvga va oʻsimliklarga ziyon yetkazgan.
Bu yil Rossiya Boyqoʻngʻirda xuddi shu toifadagi yana uchta raketa uchirishni rejalashtirgan.
Kompensatsiya talabi
Yaqin haftalar davomida qozogʻistonlik qonun chiqaruvchilar Qozogʻistonda ekologik muammolar keltirib chiqarayotgan Rossiyaga nisbatan qonun ishlab chiqish va undan kompensatsiya talab qilishni rejalashtirmoqdalar.
Nazariy jihatdan, Kreml atrof-muhitga yetkazgan zararini qoplashi kerak, amalda esa toʻlovlardan qochish uchun turli byurokratik kechikishlarni bahona qilmoqda, deb aytgan 12-may kuni boʻlib oʻtgan parlament majlisida tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Marat Sizdikov.
“Masalan, Rossiya 2018-yildagi falokat uchun moddiy zararni umuman qoplamagan”, deydi Sizdikov Rossiyaning Soyuz-FG raketa tashuvchisi parvozidagi nosozliklar sabab 22 tonna yoqilgʻining toʻkilib ketganini nazarda tutib.
Shuningdek, Rossiya Qozogʻistonga 2013-yilda Boyqoʻngʻirdan uchirilgan 600 tonna geptil, azot tetroksidi va kerosin tashigan Proton-M raketasining portlashi bilan bogʻliq zararlarni qoplamagan.
Bu portlash tufayli atrof-muhitga 13 milliard tenge (oʻsha vaqtdagi valyuta kursida 86 million AQSH dollari) zarar yetkazilgan, deb taxmin qilgan oʻshanda Qozogʻiston ekologiya va suv resurslari vazirligi.
Ammo Rossiya kompensatsiya toʻlashdan bosh tortmoqda.
Portlash natijasi Rossiya raketasining qoldiqlari kelib tushgan hududlar aholisi ekologik ziyon uchun tovon puli toʻlanishini talab qilmoqda, deb aytgan Majlis raisi Nurlan Nigmatulin 12 may kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishda.
“Nima uchun bu rasmiyatchiliklardan fuqarolarimiz aziyat chekishi kerak?”, deb savol bergan Nigmatulin.
U raqamli rivojlanish, innovatsiya va aerokosmik sanoat vaziri Bagdat Musinni “zarar uchun Rossiyaning tovon toʻlashi shartlarini aniq koʻrsatib beradigan” hujjatni ishlab chiqishga chaqirdi.
Xavfli raketalar
Rossiyaning raketalari parvoz yoʻnalishidan chiqib ketib, koʻp qavatli uylarga qulashi ham mumkin, deydi Qaragʻanda ekologik muzeyining rivojlantirish boʻlimi rahbari Dmitriy Kalmikov.
“Biz profilaktika choralarini koʻrib, yaqin atrofda yashaydigan aholini xavfsiz hududga koʻchirishimiz kerak”, dedi Kalmikov. “Aks holda, keng koʻlamli vayronagarchiliklar va koʻplab qurbonlar berilishi mumkin.”
Geptil faqat raketa tushgan joyga zarar yetkazmaydi, balki 100 metr radiusdagi odamlar uchun ham xavf tugʻdiradi, dedi u.
“Roskosmos” atmosferaga bir necha tonna geptil chiqaribgina qolmay, zaharli chiqindilarni Qozogʻistondan ijaraga olingan yerlarga koʻmadi, deydi “Baykonur Eko Monitoring” ekologik nodavlat tashkiloti raisi Marat Dauletbayev.
“Hududda, shu jumladan bolalar va chaqaloqlar orasida saraton va (barvaqt) oʻlimlar koʻp uchramoqda”, dedi u. “Koʻp bolalar nuqsonlar bilan dunyoga kelmoqda.”
Majilis deputati Asqarbek Uisimbayevga koʻra, 2015-yilda Qozogʻistonda Qizil kitobga kiritilgan saygʻoqlarning ommaviy nobud boʻlishi Rossiyaning Boyqoʻngʻirdagi aerokosmik faoliyati bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.
2015-yil iyun oyi boshiga kelib, Qozogʻistonda 132 mingdan ortiq saygʻoq nobud boʻlgan, 2014-yilda ularning soni 256 mingta tashkil etgani inobatga olinsa, bu halokatli yoʻqotishdir.
“Bu chinakam falokat, chunki saygʻoqlar qozoqlar uchun salkam muqaddas jonivorlar hisoblanadi”, dedi Uysimbayev.
Sovet merosi: atrof-muhitga yetkazilgan talafot
Rossiyaning atrof-muhitga nisbatan oʻta eʼtiborsizligi Sovet davrida yashagan qozoqlarga yaxshi tanish.
Moskva 1949-yildan 1989-yilgacha Semipalatinskda (hozirgi Semey) odamlar salomatligini umuman eʼtiborga olmay, qariyb 460 ta yadro sinovini oʻtkazgan.
Yaponiya va Qozogʻistonning hamkorlikda oʻtkazgan tekshiruvi natijasida Semipalatinsk atrofida yashovchi mahalliy aholi orasida turli saraton kasalliklari, tugʻma nuqsonlar va yurak-qon tomir xastaliklari darajasi oshgani aniqlangan, deyiladi 2016-yilgi EurasiaNet hisobotida.
Hozirgi vaqtda Rossiya oʻz atom elektr stansiyasi loyihasini Qozogʻistonga majburan oʻtkazishga urinmoqda. Bu urinishlar 1986-yilgi Chernobil fojiasi bilan yaxshi tanish boʻlgan qozogʻistonliklarni gʻazabga solgan. Ukrainada 1986-yil yuz bergan Chernobil fojiasi – ruslarning yadro reaktoridagi avariya natijasida kelib chiqqan yongʻin sababli Yevropa boʻylab radiatsiya tarqalgan edi.
Shifokorlarga koʻra, AES portlashi tufayli 30 ta odam bevosita halok boʻlgan. Ammo, halokatdan keyingi yillar davomida Ukrainada, shuningdek qoʻshni Rossiya va Belarusda radiatsiyadan zaharlanish natijasida minglab odamlar hayotdan koʻz yumgani aytiladi.
“Ijara haqini oshirish vaqti keldi” degan yashirin maʼno oʻqidim.
Javob berishFikrlar 10
Biz bu parvozlarni Boyqoʻngʻirdan 200 km radiusda sezamiz. Ob-havo oʻzgaradi, odamlarning qon bosimi koʻtariladi, umumiy ahvoli yomonlashadi. Yuqori darajadagi saraton va endokrinologik kasalliklar kuzatilmoqda.
Javob berishFikrlar 10
Ruslarga Boyqoʻngʻirdan foydalanishni taqiqlash kerak; bizni zaharlashni bas qilishsin. Rossiyaning oʻzida raketa uchirishsa boʻladigan joylar yetarli.
Javob berishFikrlar 10
Shartnomani bekor qilish kerak, tamom-vassalom.
Javob berishFikrlar 10
Shartnomaga koʻra Rossiya har bir avariya uchun pul toʻlashi kerak. Toʻlamasa, haydash kerak. Oʻzlarining talonchilikdan iborat “Vostochniy” loyihasini tezroq qurib bitirsin undan koʻra. Uch yil oldin yakunlashga vaʼda berishgan, ammo siljish yoʻq.
Javob berishSanksiyalar bosimi, hokimiyatdagi o‘g‘rilar va mutloq qashshoqlik tufayli oxirigacha qura olishlari dargumon!
Javob berishFikrlar 10
Men “Boyqoʻngʻir”ning 25 yillik ijarasi bekor qilinishini talab qilaman; Moliyaviy kompensatsiya talab qilaman
Javob berishFikrlar 10
Mustamlakachilikning qanday foydasi bor?
Javob berishMustamlakaga aylantirish davom etmoqda
Javob berishBuning nimasi mustamlakalashtirish?! Hech kim hech qachon oson pullardan voz kechmaydi!
Javob berishFikrlar 10