Karvonsaroy
Jinoyat va adolat

Qozogʻiston 30 yildan beri Sovet zulmi oqibatlari bilan kurashishda davom etmoqda

Karvonsaroy

“Qatagʻon qurbonlarining mangu xotirasi uchun” yozuvi bilan Qozogʻistondagi Sovet davri qurbonlariga qoʻyilgan yodgorlik. [Qozogʻiston mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi]

“Qatagʻon qurbonlarining mangu xotirasi uchun” yozuvi bilan Qozogʻistondagi Sovet davri qurbonlariga qoʻyilgan yodgorlik. [Qozogʻiston mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi]

NUR-SULTON – Sovet Ittifoqi parchalanganiga qariyb 30 yil toʻlgan boʻlsa-da, Qozogʻiston Moskva zoʻravonliklarining keksayib borayotgan jabrdiydalariga badal toʻlashda davom etmoqda.

2003-yildan beri Qozogʻiston 1930-yillardagi ocharchilik va boshqa Sovet zulmlaridan omon qolganlarga 14,9 milliard tenge (qariyb 35 million AQSH dollari) toʻlagan, deb xabar beradi Fergana News dushanba (31-may) kuni Qozogʻiston mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining bayonotiga tayanib.

31-may mamlakatda Siyosiy qatagʻonlar va ocharchilik qurbonlari xotirasi kuni deb eʼlon qilingan.

Bir martalik va muntazam toʻlovlar

Umumiy badal toʻlovlari bir martalik va doimiy nafaqani oʻz ichiga oladi.

Sovet Ittifoqi davrida minglab qozoqlar soxta ayblovlar bilan qamoqqa olingan. 2003-yildan beri Qozogʻiston hukumati Sovet davri adolatsizliklaridan aziyat chekkanlarga 35 million AQSH dollari mablagʻ ajratgan. [Pexels.com]

Sovet Ittifoqi davrida minglab qozoqlar soxta ayblovlar bilan qamoqqa olingan. 2003-yildan beri Qozogʻiston hukumati Sovet davri adolatsizliklaridan aziyat chekkanlarga 35 million AQSH dollari mablagʻ ajratgan. [Pexels.com]

Sovet rejimi tomonidan asossiz qamoqqa olingan, keyinchalik hukumat tarafidan oqlangan qozogʻistonliklar mahbuslikda oʻtkazgan muddatlariga qarab maʼlum nafaqa olishadi.

Vazirlikka koʻra, 2003-yildan 2020-yilga qadar soxta ayblovlar bilan qamalganlarga toʻlangan bir martalik nafaqaning umumiy miqdori 2,9 milliard tengeni (6,7 million AQSH dollari) tashkil etgan.

Ayrim fuqarolarga muntazam oylik nafaqa beriladi.

Siyosiy repressiya jabrdiydalari, nogironlar yoki nafaqa yoshiga yetganlar ijtimoiy nafaqalardan tashqari har oy 3122 tenge (7 AQSH dollari) oladilar.

Mazkur oylik toʻlovlarning umumiy miqdori 2005-yildan 2020-yilga qadar 12 milliard tengeni (28 million AQSH dollarini) tashkil etgan.

1-may holatiga koʻra, oylik nafaqa 32229 nafar qozogʻistonlikka toʻlab kelinmoqda.

Sovet ittifoqining davomli jinoyatlari

Iosif Stalin hukmronligi davrida Qozogʻiston katta talafot koʻrgan.

Maʼlumotlarga koʻra, 1930-yillardagi ocharchilik va siyosiy tozalash ishlari 1,5 million qozogʻistonlikning hayotiga zomin boʻlgan.

1921-1954 yillar davomida Sovet Ittifoqining maxfiy xizmatlari 25 mingga yaqin qozogʻistonlikni “xalq dushmani” sifatida otib tashlagan.

Qozogʻistondagi “Gulag” mehnat lagerlarida 5 milliondan ortiq sovet fuqarolari hibsda ushlangan.

1930-1940-yillarda Sovet rejimi har xil sabablar bilan ishonchsiz deb topgan turli millatlarga mansub qariyb 1,2 million odamni Qozogʻistonga deportatsiya qilgan.

Prezident matbuot xizmatiga koʻra, “oʻtgan asrning birinchi yarmidagi siyosiy repressiya millionlab sobiq Sovet fuqarolarining hayotini barbod qilgan”, deb aytgan prezident Qosim-Joʻmart Toʻqayev Xotira kuni xalqqa murojaatida.

“Tarixning fojiali sahifalari millatimizning ajralmas qismiga aylanib boʻlgan. Tarixdan saboq olar ekanmiz, bunday fojialar yana qaytarilmasligini taʼminlashga imkon qadar harakat qilamiz.”

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 3

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Qozogʻistonda bunday toʻlovlar haqida eshitmadik negadir

Javob berish

SSSR osonlik bilan qulagani bejiz emas ekanda

Javob berish

SSSR yovuzlik imperiyasi edi.

Javob berish