Karvonsaroy
Inson huquqlari

Xitoyning Shinjondagi musulmonlar qatliomi tribunalda tergov qilinmoqda

Karvonsaroy va AFP

4-iyun kuni Londonda Xitoyning uygʻurlarga nisbatan huquqbuzarliklarini tergov qilayotgan bir guruh britaniyalik advokatlar va inson huquqlari boʻyicha ekspertlar hayʼati – “Uygʻur tribunali” eshituvlarining ilk kunida oʻzining “qayta tarbiyalash” lagerida kishanlab qoʻyilganini aytayotgan qozoq-uygʻur guvohi Omir Bekali (chapda). [Tolga Akmen/AFP]

4-iyun kuni Londonda Xitoyning uygʻurlarga nisbatan huquqbuzarliklarini tergov qilayotgan bir guruh britaniyalik advokatlar va inson huquqlari boʻyicha ekspertlar hayʼati – “Uygʻur tribunali” eshituvlarining ilk kunida oʻzining “qayta tarbiyalash” lagerida kishanlab qoʻyilganini aytayotgan qozoq-uygʻur guvohi Omir Bekali (chapda). [Tolga Akmen/AFP]

LONDON – Toʻqqiz nafar britaniyalik huquqshunos va inson huquqlari mutaxassislaridan iborat hayʼat Xitoyning Shinjon viloyatidagi uygʻurlar va musulmon ozchilikka nisbatan qatliomi ustida olib borilayotgan tergov doirasida guvohlarni tinglay boshlagan.

Dekabr oyida eʼlon qilinajak hisobot oldidan “Uygʻur tribunali” ikki marta – 4-7 iyun va 10-13-sentabr kunlari eshituv oʻtkazadi. Eshituvlar omma uchun ochiq boʻlib, tribunalning YouTube va Twitter sahifalarida namoyish etiladi.

“XXRga (Xitoy xalq respublikasi) qoʻyilayotgan ayblovlar jiddiy”, dedi tribunal raisi Djeffri Nays juma (4-iyun) kuni birinchi toʻrt kunlik sessiya oldidan. Ular BMT inson huquqlari deklaratsiyasining koʻp sonli buzilishlarini oʻz ichiga olgan, deb qoʻshimcha qildi u.

Pekin bir milliondan ortiq uygʻur va boshqa turkiy musulmonlar, jumladan etnik qozoqlarni Xitoyning “kasb-hunar markazlari” yoki “qayta taʼlim markazlari” deb ataluvchi 400 dan ortiq obyektlarida hibsda saqlamoqda.

Guvoh Patigul Tolib (chapda) 4-iyun kuni Londonda Xitoyning uygʻurlarga nisbatan huquqbuzarliklarik holatlarni tekshirayotgan bir guruh britaniyalik advokatlar va inson huquqlari boʻyicha ekspertlar hayʼati – “Uygʻur tribunali” eshituvlarining ilk kunida munosabat bildirmoqda. [Tolga Akmen / AFP]

Guvoh Patigul Tolib (chapda) 4-iyun kuni Londonda Xitoyning uygʻurlarga nisbatan huquqbuzarliklarik holatlarni tekshirayotgan bir guruh britaniyalik advokatlar va inson huquqlari boʻyicha ekspertlar hayʼati – “Uygʻur tribunali” eshituvlarining ilk kunida munosabat bildirmoqda. [Tolga Akmen / AFP]

Ammo bu muassasalar “konsentratsion lagerlarga” oʻxshash majburiy qamoqxonalar ekani haqidagi xabarlar keng tarqalgan.

Xitoyga qarshi ayblovlar sirasiga “qotillik, jiddiy tana va ruhiy, jumladan qiynoqlar, zoʻrlash va boshqa jinsiy zoʻravonliklar, qullik, farzandni ota-onadan majburan tortib olish, majburiy sterilizatsiya, majburiy koʻchirish yoki deportatsiya, irqiy izolyatsiya, majburiy mehnat, tana aʼzolarini majburan olish, gʻoyib boʻlishlar, madaniy va diniy merosni yoʻq qilish, taʼqiblar, majburan nikohlash va xitoylik xan erkaklarni majburan uygʻur oilalarga joylash” kiradi, deyiladi tribunal saytida.

“Agar ayblovlar isbotlansa, XXR uygʻur xalqi hamda ularni diniy, irqiy, milliy va etnik guruh sifatida butunlay yoki qisman yoʻq qilishga qaratilgan kampaniya olib bormoqda, degan xulosa chiqariladi”, deyiladi xabarda.

Tribunal hech bir hukumatga aloqador emas. Xitoy uni “yolgʻon toʻqiydigan mashina” deb atab, unda ishtirok etishdan bosh tortgan. Pekin BMTning harbiy jinoyatlar boʻyicha sobiq prokurori Nays va unga aloqador boshqa shaxslarga nisbatan sanksiyalar qoʻllagan.

Biroq, tribunal advokatlarining bayon qilishicha, AQSH va Avstraliya hukumatlari allaqachon toʻplangan minglab sahifali dalil-hujjatlarni toʻldiruvchi tegishli materiallarni taqdim etish taklifini bildirganlar.

Mazkur tribunal Shinjondagi huquqbuzarliklar sabab Xitoyga qarshi choralar koʻrishda xalqaro hamjamiyatni qoʻllab-quvvatlaydigan quvgʻindagi uygʻurlarning eng yirik guruhi – Butunjahon uygʻurlar kongressining iltimosiga binoan 2020-yil sentabr oyida tashkil etilgan.

Nays va uning hamkasblari hayʼat ishi “xolis” va dalillarga asoslangan boʻlishiga vaʼda berganlar.

Yurakni ezuvchi guvohliklar

Ilk kunlarda hayʼat guvohlarning qiynoqlar va guruh boʻlib zoʻrlash holatlariga oid koʻrsatmalarini tinglagan. Guvohlar Shinjon lagerlaridagi ogʻir sharoitlar va shafqatsizliklar haqida soʻzladilar. Majburiy sterilizatsiya qilingan ayollardan birining oʻlgani ham aytib oʻtildi.

Shinjondagi vaziyat Markaziy Osiyoda alohida aks-sado bermoqda. Shinjonda Markaziy Osiyo xalqlarining millionlab etnik vatandoshlari, shuningdek qarindoshlari bor. Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikiston – Xitoy bilan chegaradosh.

Qozogʻistonliklar uch oydan beri Xitoyning Olmaotadagi konsulligi oldida har kuni namoyish oʻtkazib, Pekinning Shinjondagi musulmonlarga qarshi tazyiqi doirasida hibsga olingan qarindoshlari va doʻstlarining ozod etilishini talab qilmoqdalar.

Shinjon poytaxti Urumchidan kelgan etnik oʻzbek, oʻqituvchi Qalbinur Siddiqning aytishicha, Kommunistik partiya rahbarlari unga badboʻy va odamlarga liq toʻla, biri ayollar, biri erkaklarga moʻljallangan ikkita “qayta tarbiyalash” lagerida uygʻurlarga xitoy tilini oʻrgatishni buyurgan.

“Talabalar” bir necha soatlik mashgʻulotlar davomida kishan taqib oʻtirishga majbur boʻlishgan, dedi u juma kuni tribunalga.

“Politsiya va lagerdagi qoʻriqchilar erkak mahbuslarni odam oʻrnida koʻrmas edi”, deydi Siddiq. “Mahbuslarning xoʻrlanishini koʻrib zavqlanar, azoblanishidan xursand boʻlar edilar”.

Ayol mahbuslarni soʻroqqa olib borishda ularga nisbatan zoʻravonlik qilinar edi, dedi u. “Ularni nafaqat qiynoqqa solishardi, balki zoʻrlashardi ham, baʼzida guruh boʻlib zoʻrlashar edi.”

Uygʻur ayollarini majburiy sterilizatsiya qilish odatiy hol edi. Mahbus ayollardan biri bu muolaja tufayli oʻldi ham, deb qoʻshimcha qildi u.

Siddiqning aytishicha, Gollandiyadagi qizi oldiga borish uchun viza olib, Xitoydan qochib ketguniga qadar uni ham majburiy sterilizatsiya qilishgan.

“Koʻrgan-kechirganlarimni bir kun ham unutolmayman”, dedi u. “Oʻzim ayolman, qizim bor. Hech kimga bunday azoblarni ravo koʻrmagan boʻlardim.”

Tribunal shuningdek, kelib chiqishi uygʻur boʻlgan Qozogʻiston fuqarosi Omir Bekalini ham tinglagan, u Shinjonga oilasini koʻrgani kelganida hibsga olingan.

U hayʼat oldida guvohlik bera turib, yetti oydan ortiq lagerda qanday hibsda saqlanganini qoʻliga zanjir bogʻlab koʻrsatgan.

“Dastlabki toʻrt sutka davomida meni qattiq qiynoqqa solishdi”, dedi u.

“Meni shiftga osib qoʻyishdi”, deb tushuntirdi Bekali butun tanasi va tovonlariga urishganini qoʻshimcha qilib.

U otasining oʻldirilgani, ukasi esa qiynoqlar tufayli nogiron boʻlib qolganini aytgan. “Otam vafot etdi, singlim va akamga esa terrorchi degan tamgʻa qoʻyishdi”, dedi u tribunalga.

Hayʼat oldida Germaniyadan siyosiy boshpana olgan Butunjahon uygʻurlar kongressi prezidenti Toʻlqin Iso ham soʻzga chiqqan.

“Xorijdagi faoliyatim tufayli butun oilam kuzatuv va taʼqiblarga uchradi”, dedi u.

“Oilam aʼzolaridan qanchasi konslagerlarda yoki hibsda ekanligi, yana qanchasi tirik ekanligini bilmayman.”

Pekin koʻp sonli dalillarni rad etmoqda

Tribunalda yangragan ayblovlar lagerlardan olingan boshqa koʻplab xabarlarga mos keladi.

Pekinning Shinjon mintaqasidagi musulmonlarga nisbatan davom etayotgan tazyiqlari doirasida Xitoy 1000 dan ortiq imomlar va diniy arboblarni hibsga olgan, deyiladi Uygʻur inson huquqlari loyihasining (UHRP) 13-may kungi hisobotida.

UHRP bayonoti Pekin islomiy madaniyat va dinni yoʻqotishga, etnik ozchiliklarni Xitoy xanlaridan iborat koʻpchilik madaniyatiga assimilyatsiya qilishga urinayotganini yana bir karra tasdiqlagan.

Sunʼiy yoʻldosh tasvirlari va statistik modellashtirishga asoslangan hujjatlarga koʻra, Xitoy hukumati 16 mingga yaqin masjidni vayron qilgan yoki ularga zarar yetkazgan, deyiladi Avstraliya strategik siyosat institutining (ASPI) oʻtgan yil sentabr oyidagi hisobotida.

Hisobotga koʻra, vayronagarchiliklarning aksariyati soʻnggi uch yilda sodir etilgan va taxminan 8500 masjid vayron qilingan.

2019-yilda AFP tomonidan oʻtkazilgan tekshiruv davomida mintaqada oʻnlab qabristonlar vayron qilingani aniqlangan, ulardan faqat inson suyaklari va buzilgan qabrlarning gʻishtlari qolgan.

Shinjonlik uygʻurlar, qozoqlar va boshqa musulmon erkak va ayollar bilan oʻtkazilgan suhbatlar, shuningdek, davlat statistikasi va mahalliy OAVni oʻrganish natijasida Xitoy rejimi tarafidan aholining reproduktiv huquqlarini nazoratga olish boʻyicha “majburiy choralar” koʻrilgani aniqlandi, deb yozadi The New York Times gazetasi 10-may kuni.

AQSH hukumati Shinjonda genotsid sodir etilayotganini eʼlon qilar ekan, 12-may kuni AQSH, Buyuk Britaniya va Germaniya rasmiylari birgalikda Xitoyni uygʻur ozchiliklariga qarshi repressiyalarni toʻxtatishga va Inson huquqlari boʻyicha BMT oliy komissarining (HCHR) mintaqaga kirishiga ruxsat berishga chaqirganlar.

Xitoy bu ayblovlarni rad etib, tribunalni yasama tuhmat kampaniyasi deb atadi.

“Shinjondagi joriy vaziyat tarixdagi eng yaxshisidir”, deb bayonot bergan edi Xitoy delegatsiyasi oʻtgan oy BMTda.

“Ushbu soxta tribunalning qonun bilan hech qanday aloqasi yoʻq”, deb aytgan Xitoy tashqi ishlar vazirligi vakili Van Venbin oʻtgan payshanba kuni mahkamani “Xitoyga qarshi siyosat yuritayotganlikda” ayblab.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 10

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Nima uchun musulmon dunyosi Xitoy natsistlarini tiyib qoʻyish oʻrniga sukut saqlamoqda?

Javob berish

Boshqa tomondan, xitoyliklar butun dunyoda erkin yashab, boshqalarga zarar yetkazishmoqda.

Javob berish

Nega hech kim uygʻurlarga yordam berolmaydi ?? Nega yordamga muhtoj odamlarni hech kim eshitmayapti ??? Ularga kim yordam beradi? Nega hamma Xitoydan qoʻrqadi ??? Nega Xitoy hammani yolgʻonchilikda ayblaydi, hamma esa jim?

Javob berish

Pekin Uygʻur xalqini tahqirlagani uchun javob berishi kerak.

Javob berish

Butun ummatni duo qiling. Duo – musulmonlarning asosiy quroli.

Javob berish

Xitoyliklar musulmonlardan nafratlanadi, ammo ular chuqur adashadi. Ularda hamma narsa bor, lekin musulmon xalqlariga hurmat yoʻq. Ularga odamlarni hurmat qilishni oʻrgatib qoʻyish kerak.

Javob berish

Xitoyga qarshi butun dunyo hamjamiyati chora koʻrishi kerak, hamma qoʻrqadimi Xitoydan

Javob berish

Shinjondagi qatliom tashkilotchilari ustidan tribunal; Gʻarb davlatlariga chuqur minnatdorchilik.

Javob berish

Serikjan Bilal haqiqatni gapirdi, uni esa Qozogʻistondan haydab chiqarayozishdi

Javob berish

Qoʻrqinchli!!!!!!

Javob berish